10-may kuni  Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi o'qituvchisi Sherzodbek Mirzayev  kimyo yo'nalishi 2-kurs talabalariga “Noorganik kimyo praktikum” fanidan “Mis, kumush va ularning birikmalari olinishi, xossalariga doir tajribalarni bajarish” mavzusida ochiq dars o'tadi.

    Ochiq dars Biokimyo instituti kimyo binosining 7-xonasida, soat 18:00 da boshlanadi. Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.