O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, yoshlar murabbiysi, shoir, adib Abdusaid Ko‘chimov Samarqand davlat universiteti talabalari bilan uchrashdi…

    Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov tadbirni kirish so’zi bilan ochdi. Adibningning faoliyati va ijodiga yuqori baho berdi.

    Abdusaid Ko’chimov so’zga chiqib, hayot yo’li, erishgan muvaffaqiyatlari, ijod olamiga kirishi, undagi qiyinchiliklar haqida so’zlab berdi. Mustaqillik va tinchlikning qadriga yetish, oila muqaddasligi, yoshlarda vatanparvarlikni kuchaytirish to’g’risida fikr bildirdi. Shuningdek, ijod namunalaridan o’qib berdi.

    Qizg’in kechgan tadbirda talabalar savollariga atroflicha javob oldi.

    Tadbir so’ngida Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov Abdusaid Ko’chimovga Samarqand davlat universitetining Faxriy professori unvoni va diplomini topshirdi.

    Shundan so’ng, SamDU tarix fakulteti bog’iga ko’chat ekildi.

    Tadbir doirasida, taniqli jurnalist “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va “Ijtimoiy himoya daftar” larida ro’yxatda turadigan talabalar bilan uchrashdi. Ular bilan muloqot qilib, fikr almashdi. Hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish bo‘yicha qator tavsiyalar berdi...

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.