Bugun Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti dotsenti Abidjon Tillayevning tug’ilgan kuni.

    Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsenti Abidjon Tillayev 1956-yilda tavallud topgan. 68 yoshni qarshi olgan olim ko’p yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvaffaqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati