Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


2019-2020 o'quv yilida davlat xizmatlari markazi orqali faqatgina 5 ta OTM ga hujjat topshirish mumkin bo’ldi.
Ular:

1. Toshkent davlat yuridik universiteti
2. Qoraqalpoq davlat universiteti
3. Guliston davlat universiteti
4. Farg‘ona davlat universiteti
5. Samarqand davlat universiteti

Davlat xizmatlari markazlarida quyidagilar uchun hujjatlar qabul QILINMAYDI: Yuqorida berilgan ro’yxatdan tashqari OTMlar, magistratura, sirtqi ta’lim, xususiy OTM lar hamda harbiy ta’lim muassasalari.

Hujjat topshirish uchun faqat pasport hamda diplom (shahodatnoma) bo‘lsa kifoya. Mabodo imtiyozi bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat.

Joriy yildan boshlab tibbiy ma’lumotnoma (086-forma) hamda 3×4 rasm topshirish shart emas!
Endi abituriyent hujjat topshirmaydi, balki hujjatlarining aslini ko‘rsatib, ro‘yxatdan o‘tadi va o‘zi bilan qaytarib olib ketadi;

Kunduzgi ta’lim uchun qabul muddati:  15-iyundan 15-iyulga qadar
Kirish imtihonlari:  20-iyuldan 15-avgustga qadar

Sirtqi ta’lim uchun qabul muddati:  1-iyuldan 15-iyulga qadar
Kirish imtihonlari muddati: 16 avgustdan 25 avgustga qadar bo’lib o’tadi.