Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Fakultet dekani

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon:
  • Elektron pochta:

FAKULTET HAQIDA

Amaliy matematika va informatika fakulteti 2017-yilda maxanika-mtematika fakultetidan ajralib qayta tashkil etildi va yanvardan boshlab alohida fakultet sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Fakultetda talim olgan 1700 nafardan ziyod malakali kadrlar Respublika xalq xo’jaligining turli soxalarida mehnat qilmoqdalar. Ulardan 20 nafari fan doktori va 40 kishi fan nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.

Hozirgi paytda fakultetda 5130200 – “Amaliy matematika va informatika”, 5110701 – “Informatikani o’qitish metodikasi” yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat; 5A110701 – Ta’limda axborot texnologiyalari, 5A130200 – “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxassisliklari bo’yicha magistratura ta’limi berilmoqda. 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotlarni qayta ishlash”, 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosliklari bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturalarda (DSc) oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

Fakultetda “Axborotlashtirish texnologiyalari”, “Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash”, “Optimallashtirish usullari” kafedralari mavjud bo’lib ularda 4 ta professor, 17 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi hamda 20 ta assistent o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.

Talabalar o’quv jarayonida zamonaviy axborot texnogiyalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, 4 ta kompyuter sinfi (80 ta kompyuter), 10 ta texnik jihozlangan alohida auditoriyalarda darslar olib boriladi.

Fakultetda “Axborot texnologiyalari va tizimlari”, “Anomal suyuqliklar mexanikasi” ilmiy maktablari faoliyat olib bormoqda va ularni tashkil etish va rivojlanishida prof. I.I.Jumanov va prof. B.X.Xujayorovlarning hissalarinni alohida ta’kidlash mumkin.

Kafedralar professor-o’qituvchilari zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’limda qo’llash, ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini yaratish, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy etish yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Soha bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida 15 dan ortiq dasturiy mahsulotlari yaratilgan.

Fakultet hududdagi o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar bilan fanning zamonaviy yutuqlarini tadbiq qilish ehtiyojlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzib, ularning bazasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlamoqda.