Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Fakultet dekani

Keldiyorov Xudoyor Otamurodovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: (+99866) 2391305, (+99866) 2391633
  • Elektron pochta: biologiya@samdu.uz

  • 1947-yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tug'ilgan;
  • 1966-1970-yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
  • 1970-1970-yillar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi zoologiya instituti katta laboranti;
  • 1970-1971-yillar Harbiy xizmatda;
  • 1972-1973-yillar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi zoologiya instituti ilmiy tadqiqotchisi;
  • 1973-1976-yillar Urgut tumanidagi 90-maktab o‘qituvchisi;
  • 1976-1977-yillar Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi kichik ilmiy xodimi;
  • 1977-1993-yillar Samarqand davlat universiteti botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi assistenti, dotsenti;
  • 1997-1998-yillar Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti dekan muovini;
  • 1998-2011-yillar Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti dekani, tabiiy fanlar fakulteti dekani;
  • 2011-2016-yillar Samarqand davlat universiteti botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi dotsenti;
  • 2016-yildan Samarqand davlat universiteti biologiya  va kimyo fakulteti dekani.

FAKULTET HAQIDA

Biologiya fakulteti 1927 yilda  tashkil etilgan Biologiya fakulteti negizida 2018 yil 24 avgustda  qayta tashkil etilgan. 

Fakultetda «5140100-Biologiya (turlari bo’yicha)», «5320500-Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xo’jaligi)»,  «5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi» yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, «5A140101-Biologiya (Botanika, Zoologiya, Odam va hayvonlar fiziologiyasi)», «5A140104-Biotexnologiya», «5A140108-Zoologiya»va «5A140103-Ixtiologiya va gidrobiologiya» mutaxassisliklari bo’yicha magistrantlar hamda 4 ta ixtisoslik bo’yicha doktorantlar tayyorlanmoqda.

Fakultetda 5 ta kafedra (Botanika, Zoologiya, O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya, Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo hamda Genetika va biotexnologiya) mavjud.  Bu kafedralarda 6 ta fan doktori, professorlar, 25 ta fan nomzodi, dosentlar faoliyat ko’rsatmoqda, ilmiy salohiyat 64 % ga teng.

Fakultetda Botanika, O’simliklar fiziologiyasi, Zoologiya, Biokimyo, Genetika  ilmiy maktablari mavjud bo’lib, bu maktablar asoschilari va ularning izdoshlari tomonidan Zarafshon vohasi fauna va florasining o’ziga xosligini sistematik, biokimyoviy, fiziologik, genetik va biotexnologik jihatdan tahlil qilish, ulardan oqilona foydalanish uslublarini amaliyotga tadbiq etish yo’nalishlaridagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Fakultet qoshida 4000 dan ortiq eksponatga ega Zoologiya muzeyi,  1000 dan ortiq nusxadagi 250 ga yaqin tur o’simliklar o’stirilayotgan Oranjeriya, minglab nusxadagi gerbariylarga saqlanayotgan Gerbariy fondi, mahalliy faunamizda uchraydigan barcha turdagi hasharotlarni o’zida mujassamlashtirgan Entomologik kolleksiya,  eng zamonaviy xorijiy laboratoriya asboblari bilan jihozlangan O’quv laboratoriyalari mavjud.

Mustaqillik yillarida fakultetda tahsil olgan talabalardan 1 tasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiati (Sh.Xudoyberdiyev), 1 tasi Ulug’bek nomidagi davlat stipediatlari (D.Begmatova) va 10 dan ortiq fan olimpiadalari g’oliblari bo’lishdi.

Fakultetning professor-o’qituvchilar jamoasi O’zRFA qoshidagi ilmiy tadqiqot institutlari, respublikamiz va xorijdagi 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda Ilmiy tadqiqot markazlari bilan samarali o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatishgan