Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Iqtisodiyot va biznes fakulteti dekani

Safarov Bahodirxon Shahriyorovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon:
  • Elektron pochta:

1994-1999 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
1999-2001 yillar Samarqand davlat universiteti magistranti;
2001-2004 yillar O‘zbekiston fanlar akademiyasi aspiranti;
2005-2012 yillar Samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot, menejment va moliya kafedrasi assistenti;
2012-2014 yillar Samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot, menejment va moliya kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi;
2014-2017 yillar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti katta-ilmiy xodim, izlanuvchi;
2017-2018 yillar Samarqand davlat universiteti kadrlar menejmenti kafedrasi mudiri.

2018 yildan Samarqand davlat universiteti Iqtisodiyot va biznes fakulteti dekani

 

FAKULTET HAQIDA

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti o’z faoliyatini dastlab 1992-yil SamDU amaliy matematika fakulteti tarkibida 35 talaba qabul qilishdan boshlagan. 1997-yil 15-avgustda Samarqand Davlat universiteti tarkibida mustaqil "Iqtisodiyot" fakulteti tashkil etilganligi haqida rektor buyrug’i e’lon qilindi. Dastlab fakultet “Iqtisodiyot” deb nomlanib, fakultetning birinchi dekani prof. K.Saidov (1997-1999 yillar) bo’lgan. Shu yili ilk bor Iqtisodiyot fakultetini 30 nafar yosh mutaxassislari bitirib chiqdi, ular Respublikamizning turli nufuzli boshqaruv tashkilotlariga, moliya, bank, bojxona va soliq tizimiga yuborildi.

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetida  ta’lim yo’nalishlari bo’yicha quyidagi yo’nalishlar mavjud: bakalavriatura- iqtisodiyot-5230100; kasb ta’limi: iqtisodiyot-511000, kadrlar menejmenti-5231700; ijtimoiy ish-5520100; magistratura-Mehnat iqtisodiyoti - 5A230110; iqtisodiy nazariya -5A230101; etika va estetika - 5A120503; doktorantura- iqtisodiy nazariya-080001; demografiya, mehnat iqtisodiyoti-080010.

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetida beshta kafedra mavjud bo’lib, ular quyidagilardir: iqtisodiyot, kadrlar menejmenti, iqtisodiy nazariya, ijtimoiy fanlar, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti.

Fakultetda mustaqillik yillaridan boshlab fakultetda ilmiy maktablar yaratilib kelinmoqda. Jumladan, prof. E.Aliqulov iqtisodiy nazariya ilmiy maktabini, prof. K.Saidov menejment ilmiy maktabini, prof. B.Normurodov ijtimoiy ish ilmiy maktablarini yaratganlar.

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti universitetda yetakchi fakultetlardan biri hisoblanib, professor-o’qituvchilar tomonidan milliy iqtisodiyotining turli jabhalarini isloh qilishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kafedralarda faoliyat ko’rsatayotgan fan doktori, professor va dosentlar 700 dan ortiq talabalarga ta’lim bermoqdalar. Hozirda fakultetda  fan doktorlari 6 kishini, fan nomzodlari 25 kishini tashkil etadi.

        Mustaqillik yillarida Ergashev Islom O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi stipendiati, A’zamov Dilnur Navoiy stipendiati, Erkinov Behbud Navoiy stipendiati bo’ldi.

Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti hozirgi kunda Germaniyaning Bremen Universiteti, Rossiyaning Moskva Davlat Universiteti, Yaponiyaning Keyyo biznes-administrasiya Universiteti, AQSh Linkoln universiteti, Qozog’istondagi Olma-ota Transport va Kommunikasiya akademiyasi, Tojikiston Davlat Tijorat universiteti, Chexiya Respublikasi Tomas Bata Universiteti, Buyuk Britaniya Bornmut universitetlari bilan ilmiy-uslubiy hamkorlik olib bormoqda.