Fakultet dekani

Kipchakov Baxodir Baxriddinovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon:
  • Elektron pochta: sport@samdu.uz

  • 1973-yil Navoiy viloyati Nurota tumanida tug'ilgan;
  • 1991-1995-yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
  • 1995-1998-yillar Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o‘qituvchisi;
  • 1998-2013-yillar Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi;
  • 2013-2015-yillar Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi;
  • 2015-2016-yillar Samarqand davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri;
  • 2016-yildan Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti dekani.

FAKULTET HAQIDA

Jismoniy madaniyat fakulteti 

Samarqand davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 1967 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Fakultetning 5112000- “Jismoniy madaniyat”, 5610500- “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)”, 5A112001 “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” magistratura ta’lim yo‘nalishlarida 1200 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda.
Samarqand davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti qoshida 4 ta kafedra mavjud bo‘lib, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”, “Sport turlarini o‘qitish metodikasi”, “Sport pedagogik mahoratini oshirish” hamda “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedralaridir. Ushbu kafedralarda 50 nafar professor-o‘qituvchilar shundan 2 nafar professor, 8 nafar dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi hamda 36 nafar assistentlar faoliyat olib borishmoqdalar.
Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 ta darslik: “Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish” prof.J.E.Eshnazarov, “Sport pedagogik maxoratini oshirish” dots.B.B.Kipchakov, “Umumiy va sport psixologiyasi” dots.Y.Masharipov, “Voleybol nazariyasi va uslubiyoti” prof.Z.B.Boltayevlar tomonidan chop etilgan va O‘zbekiston Respublikasi OTMlaridagi 15 ta jismoniy madaniyat fakulteti talabalari aynan shu darsliklar orqali ta’lim olmoqdalar. Shuningdek 18 ta o‘quv qo‘llanma, 30 dan ortiq uslubiy qo‘llanma, monografiya, 550 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Fakultetda 3 ta xalqaro, 7 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazilgan.
Fakultet professor-o‘qituvchilari jamoasi Xitoyning Syu-Ju universiteti, Tojikiston, Rossiya, Qozog‘iston va respublikamizning 15 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatgan. 
2020-2021 o‘quv yilida Jismoniy madaniyat fakultetining kunduzgi ta’lim yo‘nalishida jami talabalar soni 1104 nafar bo‘lib, shundan 284 nafari yuqori malakali sportchi-talabalar hisoblanadi. Bulardan bugungi kunda 16 nafari Jaxon chempioni, 32 nafari Osiyo chempioni, 236 nafari O‘zbekiston chempionlaridir. 
Viloyat terma jamoasining 90 % tashkil etgan sportchi talabalarimiz o‘tkazilgan 7 ta Universiada sport musobaqalarida 3 ta  ikkinchi o‘rin, 2 ta uchinchi o‘rinni olishga va Prezidentimiz sovg‘asi bo‘lgan 3 Tiko, 3 ta Damas avtomashinalari bilan taqdirlanganlar.
Fakultetda jami 7 ta xalqaro Olimpiada qatnashchilari tahsil olgan va olmoqda. Ulardan Dilshod Yorbekov (boks), Alena Piskunova (yengil atletika), Aleksandra Kotlyarova (yengil atletika), O‘tkir Qurbonov (dzyudo), Ruslan Kurbanov (yengil atletika), Yodgora Mirzayeva (boks) va O‘tkir Negmatov (paradzyudo) lar o‘tgan olimpiadalarda ishtirok etib, nafaqat universitetimiz, balki respublikamizni dunyoga tanitishda o‘z xissalarini qo‘shishgan.
Osiyo o‘yinlarida 100 dan ortiq  talabalarimiz turli sport turlari bo‘yicha qatnashib sovrinli o‘rinlarni egallashgan. Bular qatoriga J.Tillayev, L.Azimova, I.Abdurazakova, G.Ismatova, A.Kotlyarova, R.Shusherov va I.Nurullayevlarni kiritish mumkin. Ayniqsa Xitoyning Guanjou shahrida 2011 yilda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida O‘.Qurbonov bronza, B.Murodov 2 ta bronza va Yo.Hamzayev 2 ta bronza medallari bilan taqdirlangan.
Shu bilan bir qatorda yuqori malakali sportchi talabalarimiz Jaxon chempionati musobaqalarida 4 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza medallariga va Osiyo chempionati musobaqalarida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallariga hamda O‘zbekiston chempionatlarida 53 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallari va diplomlari bilan taqdirlanishganlar.


 

Fakultetida o‘quv yili davomida nufuzli sport tadbirlarida muvofaqqiyatli qatnashib savrunli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan barcha talabalarilarni turli ommoviy axbrot vositalari kanallarida jumladan: O‘z report, Sport hamda universitetning telegram axborot kanallarida hamda saytlariga e’lon va tabriknoma matinlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanib muntazzam yoritib kelinmoqda.

 


Bugungi kunda O‘zbekiston sportchilari 2021 yil Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan “TOKIO-2021” Olimpiada o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishmoqda. To‘rt yillikning eng yirik musobaqasiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish uchun nufuzli turnirlar va yo‘llanma beradigan musobaqalarda munosib ishtirok etmoqdalar. Samarqand Davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetida tahsil olayotgan talabalar orasida dzyudo, boks, gimnastika, yengil atletika, akademik eshkak eshish kabi sport turlaridan “TOKIO-2021” Olimpiadasiga yo‘llanma uchun kurash olib borayotgan Jahon, Osiyo chempionlari borligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ushbu sportchi talabalarga universitet rektori R.I.Xalmuradov tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Shu sababli ham barcha sportchi talabalarning jahon sport arenalarida erishayotgan natijalari yuqori darajada ekanli taxsinga sazovordir.
2020 yilning 22-24 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan nufuzli “Katta Dubulg‘a” turnirida Samarqand Davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti sobiq talabalaridan Davlat Bobonov 90 kg vazn toifasida hamda Muhammadkarim Hurramov 100 kg vazn toifasida musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritishib, Olimpiada reytingi uchun muhim 1000 ochkolik reytingga ega bo‘lishlari universitetimizning 600 yillik yubileyiga munosib tuhfa bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

 


Fakultetda  2 nafar “Zulfiya” mukofoti, 2 nafar Mustaqillik ko‘krak nishoni sovrindorlari va 1 nafar Navoiy nomidagi davlat stipendiantlari tahsil olishmoqdalar.
Jismoniy madaniyat fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommoviy sportni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ 3031-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son Farmoni “O‘zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ta’lim va jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid qabul qilingan qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha fakultetda harakat dasturi hamda yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan va ijrosi o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. 
Bugungi kunda talaba yoshlarni turli sport to‘garaklariga jalb qilish, sport natijalarini oshirish, sport musobaqalariga tayyorlash uchun universitetning 5 ta sport zallarimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib ushbu sport zallarda sportning 12 ta turi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil qilingan. 
Bundan tashqari Samarqand davlat universitetining talabalar turar joylarida yashayotgan talabalar uchun 6 ta sport turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyat olib bormoqda va ushbu to‘garaklarga 500 dan ortiq talaba yoshlarimiz jalb etilgan. Shu bilan birgalikda Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari raxbarligida Talabalar turar joylarida yashayotgan talabalarga ertalabki badan tarbiya mashg‘ulotlari tashkil etilib muntazzam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. 
Xulosa qilib shuni aytish joizki, bugun O‘zbekiston tom ma’noda sporti rivojlangan, Samarqand Davlat universiteti esa sportni ruh va vujud tantanasiga aylantirgan insonlar maskani sifatida shuxrat topmoqda. Pirovardida, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmish tarzi qaror topib, sportning ommaviyligi ta’minlanmoqda. Universitet sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritib, mamlakat sport salohiyatini dunyoga namoyon qilmoqdalar.


MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari

5112000    Jismoniy madaniyat
5610535    Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti yo’nalishi bo’yicha)

Magistratura yo'nalishi malaka talablari

5A112001    Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi