Fakultet dekani

Babayarov Abdusattor Ibragimovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: (+99866) 239-17-25
  • Elektron pochta: amaliy_fak@samdu.uz

1982-1984       yy. -    Samarqand Davlat universiteti hisoblash markazi muxandisi
1984-1985       yy. -    Samarqand Davlat universiteti injener dasturchi
1985-1987       yy. -    Samarqand Davlat universiteti tadqiqotchi
1987-1990       yy. -    Samarqand Davlat universiteti aspiranti
1990-1993       yy. -    Samarqand Davlat universiteti assistenti
1995-2001       yy. -    Samaqand Davlat universiteti «Hisoblash matematika» kafedrasi dotsenti
2002-2005       yy. -   Samarqand Davlat universiteti  Amaliy matematika va informatika fakulteti dekan o‘rinbosari
2005-2008       yy. -   Samarqand Davlat universiteti  Fizika matematika fakulteti dekan o‘rinbosari
2009-2017       yy -    Samarqand Davlat universiteti Mexanika-matematika fakulteti dekan o‘rinbosari
2017-2019       yy.   - Samarqand Davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakulteti dekan o‘rinbosari
2019-2020      yy. - Samarqand Davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakulteti dekani

2020-   h.v.   - Samarqand Davlat universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti dekani

 

FAKULTET HAQIDA

Amaliy matematika va informatika fakulteti 2017-yilda maxanika-mtematika fakultetidan ajralib qayta tashkil etildi va yanvardan boshlab alohida fakultet sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Fakultetda talim olgan 1700 nafardan ziyod malakali kadrlar Respublika xalq xo’jaligining turli soxalarida mehnat qilmoqdalar. Ulardan 20 nafari fan doktori va 40 kishi fan nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.

Hozirgi paytda fakultetda 5130200 – “Amaliy matematika va informatika”, 5110701 – “Informatikani o’qitish metodikasi”, 5330100 – “Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti” yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat; 5A110701 – Ta’limda axborot texnologiyalari, 5A130200 – “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxassisliklari bo’yicha magistratura ta’limi berilmoqda. 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotlarni qayta ishlash”, 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosliklari bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturalarda (DSc) oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

Fakultetda “Axborotlashtirish texnologiyalari”, “Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash”, “Optimal boshqaruv metodlari ” kafedralari mavjud bo’lib ularda 4 ta professor, 17 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi hamda 20 ta assistent o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.

Talabalar o’quv jarayonida zamonaviy axborot texnogiyalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, 4 ta kompyuter sinfi (80 ta kompyuter), 10 ta texnik jihozlangan alohida auditoriyalarda darslar olib boriladi.

Fakultetda “Axborot texnologiyalari va tizimlari”, “Anomal suyuqliklar mexanikasi” ilmiy maktablari faoliyat olib bormoqda va ularni tashkil etish va rivojlanishida prof. I.I.Jumanov va prof. B.X.Xujayorovlarning hissalarinni alohida ta’kidlash mumkin.

Kafedralar professor-o’qituvchilari zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’limda qo’llash, ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini yaratish, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy etish yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Soha bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida 15 dan ortiq dasturiy mahsulotlari yaratilgan.

Fakultet hududdagi o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar bilan fanning zamonaviy yutuqlarini tadbiq qilish ehtiyojlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzib, ularning bazasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlamoqda.

MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari 

5110700    Informatika o’qitish metodikasi
5130200    Amaliy matematika va informatika
5330100    Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti

Magistratura yo'nalishi malaka talablari 

5A110701 Ta’limda axborot texnologiyalari
5A130202 Amaliy matematika va axborot texnologiyalari