Fakul’teti dekani

Xayriyev Isroil

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +(99891) 549-12-58 +(99866)222-29-96
  • Elektron pochta: xayriyev1958@mail.ru

1958 yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug’ilgan;

1976-1980-yillar S.Ayniy nomidagi SamDPI talabasi;

1980 yil 12-avgustdan -1981 yil 19-martgacha Xatirchi tumanidagi 9-o’rta maktabda matematika fani o’qituvchisi;

1981 yil 19-martdan 1985 yil 30-dekabrgacha SamDPI psixololgiya kafedrasi o’qituvchisi;

1985 yil 30-dekabrdan 1989 yil 30-yanvargacha SamDU aspiranti;

1989 yil 17-apreldan 1990 yil 8-fevralgacha SamDPI maktabgacha pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi;

1989 yil 8-fevraldan 1994 yilgacha maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri;

1994 yildan 2002 yil 24-maygacha SamDU psixologiya kafedrasi dosenti;

2002 yil 24-maydan 2013 yil 21-iyungacha SamDU kasbiy ta’lim fakulteti dekani;

2017 yil 11-maydan 2020 yil 24-avgustgacha SamDU maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi dosenti;

2020 yil 24-avgustdan san’atshunoslik fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

FAKULTET HAQIDA

San’atshunoslik fakul’teti dastlab, 1969 yilda sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika institutining o’zbek tili va adabiyoti fakulteti qoshida “musiqa va ashula” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan.

Yillar davomida kafedra kengayib, 1982 yildan “musiqa ta’limi” fakultetiga aylangan. 2000-yillardan keyingi davr fakultet uchun ijodiy ishlar va yutuqlarga erishish davri bo’ldi. Aynan musiqa ta’limi fakul’teti talabalaridan tashkil topgan universitetning “Ilhom” teatr-studiyasi 2001 yilda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan respublika oliy o’quv yurtlari o’rtasidagi ko’rik tanlovda «Behbudiy» asari bilan ishtirok etib, 2-o’rinni, «Xazina-2003» o’zbek folklor san’ati va urf-odatlari festivalida «Chet ellik kuyov» asari bilan ishtirok etib, respublikada 3-o’rinni, «Nihol-2004» festivalida «Mehr-muruvvat chashmasi» sahna asari bilan ishtirok etib, respublikada 1-o’rinni, «Xazina-2005» o’zbek folklor san’ati va urf-odatlari festivalida «Al-iksir – jon malhami» asari bilan ishtirok etib, respublikada 3-o’rinni, «Nihol-2006» teatr san’ati festivalida «Asalari ibrati» spektakli bilan ishtirok etib, respublikada 1-o’rinni egallagan. Shu yilni o’zida «Barhayot an’­analar» folklor festival tanlovida Dilorom Dilhohning «Oqtov oydini» asari bilan ishtirok etib, respublikada 3-o’rinni, 2007 yili esa «So’g’d bayrami» asari bilan ishtirok etib, respublikada Gran-priga sazovor bo’ldi.

2008 yil 10-noyabrda kasbiy ta’lim fakulteti bilan musiqiy ta’lim fakultetlari birlashib, san’atshunoslik fakulteti tashkil topdi. Bularning barchasi ma’naviy barkamollikka erishuv yo’lidagi keng jabhada olib borilayotgan amaliy sa’y-harakatlardir. Zero, ma’naviyat-ma’rifat sohasini yuksaltirish borasidagi har qanday tadbir kelgusi taraqqiyotimizning ishonchli va mustahkam asosi bo’lib xizmat qiladi. 2008 yilda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbusi bilan talabalarimiz Qarshi shahrida o’tkazilgan tadbirda «Baxshi bayoti» pyesasi bilan ishtirok etib, respublikada 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Fakultet qoshida tashkil etilgan «Guldas­ta» xor jamoasi 2008-2017 yillar davomida xar yili “O’zbekiston – Vatanim manim”, “Yagonasan, muqaddas Vatan”, “Barhayot an’analar” qo’shiqlar ko’rik-tanlovlarida “Vatan”, “Sen mening Vatanimsan”, “O’ktam diyorim”, “Vatan zikri”, “Azizsan Vatan” qo’shiqlarini ijro etib, respublikada I-II-III o’rinlarni va Gran pri mukofotlarini qo’lga kiritib kelgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019 yil 19-mart kuni bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Yoshlarning musiqa, rassomlik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladigan birinchi tashabbusning amaliy ijrosi sifatida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida san’atshunoslik fakultetlarini tashkil etish to’g’risida”gi 2019-yil 2-maydagi 404-sonli qarori va Samarqand davlat universiteti rektorining 2019 yil 7-maydagi №-367-ij sonli buyrug’i asosida musiqa, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo’nalishlari negizida “San’atshunoslik fakulteti” qayta tashkil etildi.

2019 yilda “5 ta muhim tashabbus” doirasida “Jonajon O’zbekiston, mangu bo’l omon!” shiori ostida o’tkazilgan Respublika talaba yoshlar festivalida fakultet talabalari ishtirok etishib, OTVning diplom va faxriy yorliqlari bilan, “Yoshlar Vatan xizmatida rostgo’ylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori” mavzusidagi ijodiy ishlari Respublika tanlovida “Eng yaxshi plakat” nominasiyasi bo’yicha Respublikada faxrli 3-o’rinni, “Alla -2020” onlayn Respublika ko’rik-tanlovida 3-o’rinni, “Qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik” fanidan Respublika onlayn fan olimpiadasida 3-o’rinni, O’zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi tomonidan “Orol dengizi bolalar nigoxida” nomli onlayn rasmlar tanlovida III-darajali diplom va sertifikat bilan taqdirlandi.

 

Sana’tshunoslik fakul’tetida tashkil etilgan to’garaklar

Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari so’rilgan 5 ta muxim tashabbus doirasida, jumladan birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga qaratish maqsadida fakultetning musiqa ta’limi kafedrasi qoshidagi “Guldasta” xor jamoasi, “Dutorchilar”, “Dilnavo” ansambli, “Doirachilar” ansambli, muhandislik grafikasi kafedrasida “Musavvir”, “Yosh muxandislar”, “Dizayn” tuguraklari, tasviriy san’at kafedrasi qoshida “Amaliy san’at” tugaragi tashkil etildi.

Bugungi kundi fakul’tetda 61 nafar malakali professor-o’qituvchilar jamoasi faoliyat ko’rsatmoqda. Isroil Xayriyev rahbarligidagi fakultet jamoasi yoshlarni Vatanga, ota-onaga, hayotga bo’lgan muhabbatini kuchaytirish ularning asosiy maqsad etib belgilandi.

MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari

5110800    Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
5111100    Musiqa ta’limi
5150600    Vokal san’ati (turlar bo’yicha)
5150700    Cholg’u ijrochiligi (turlar bo’yicha)
5150800    Rangtasvir(turlar bo’yicha)
5151200    Amaliy san’at (turlar bo’yicha)
5151700    Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish

Magistratura yo'nalishi malaka talablari

5A110802    Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
5A111101    Musiqa ta’limi va san’at