Fakultet dekani

Ro’zimurodov Jalol To’rabekovich

1977 yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan.
1996-2000 – yillar Samarqand Davlat universiteti talabasi.
2000-2002 – yillar Samarqand Davlat universiteti magistranti.
2002-2005 – yillar Samarqand Davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi aspiranti.
2006-2014 – yillar Samarqand Davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi o’qituvchisi.
2014-2016 – yillar Samarqand Davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi katta o’qituvchisi.
2016-2017 – yillar Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi “Elektr va elektronika” bo‘limi boshlig‘i.
2017-2019 – yillar Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.
2019-2020 – yillar Samarqand davlat universiteti, Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
2020 yil 2 sentyabrdan Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

FAKULTET HAQIDA

Samarqand davlat universiteti  Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti

Zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2019 yilda Samarqand davlat universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasasalari bilan hamkorlikda Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tashkil etildi.
Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, Rossiya, Germaniya va AQSh kabi rivojlangan davlatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan. Jumladan, Xitoyning Sian Jiaotong va Shansi Normal universitetlari, Janubiy Koreyaning Sunchonxyan universiteti, Isroilning Xolon texnologiya instituti, Rossiyaning Stankin Moskva davlat texnologiyalar universiteti, Tomsk davlat universiteti, Shimoliy Kavkaz Fedaral universiteti, Moskva Psixoanaliz institute, Germaniyaning Kiyel universiteti va AQShning Yuta davlat universitetlari bilan hamkorlikda 8 ta bakalavriat yo’nalishlari va 11 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Fakultetda 2019-2020 o’quv yilida 171 nafar, 2019-2020 o’quv yilida esa 280 nafar talabalar qabul qilindi. Hozirda fakultetda 450 nafar bakalavr va magistrantlar tahsil olishmoqda.  
Fakultetda “Tarix (Buyuk ipak yo’li tarixi)”, “Maktabgacha ta’lim”, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi”, “Amaliy matematika va informatika”, va “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat yo’nalishlarida ta’lim olib borilmoqda. Ushbu ixtisosliklar bo’yicha o’qishning birinchi va ikkinchi yillari SamDUda olib boriladi. Dastlabki ikki yillik o’qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o’qishni davom ettiradi. Ushbu ta’lim yo’nalishlari bo’yicha xorijda o’qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo’ladi.
Fakultetda magistratura mutaxassisliklari bo’yicha 4 ta qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan. Ushbu qo’shma dasturlari Germaniyaning Kiyel universiteti, Rossiyaning Stankin Moskva Davlat texnologiyalar universiteti, Xitoyning Shansi universiteti hamda AQShning Yuta davlat universitetlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Magistraturada “Mexatronika va robototexnika”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”, “Psixologiya (amaliy psixologiya)” va “Ekologiya (yaylov ekologiyasi)” ixtisosliklari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Magistratura yo’nalishida tahsil oladigan talabalar o’qishning birinchi yilini SamDUda va ikkinchi yilini xorijiy OTMda olib boradi.
Fakultetda ta’lim jarayonlarini samarali va yuqori darajada tashkil etish maqsadida malakali mahalliy va xorijiy professor-o’qituvchilar jalb qilingan. Hozirgi kunga qadar hamkor xorijiy universitetlardan 6 nafar mutaxassislar fakultetda doimiy ravishda faoliyat ko’rsatishmoqda. Jumladan, Xitoyning Shansi universitetidan 2 nafar, Hindistonning Dehli universitetidan 1 nafar, Janubiy Koreyadan 2 nafar va Rossiyadan 1 nafar professor-o’qituvchilar fakultet talabalariga dars berib kelmoqda. Istiqbolda 20 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislarning doimiy ravishda ta’lim jarayonlariga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari

5120300 - Tarix (Buyuk ipak yo’li tarixi-Xitoy Xalq Respublikasi, Shansi Normal universiteti)
5312600 - Maktabgacha ta’lim (Yoshlar tarbiyasi- Koreya Respublikasi, Sunchunxan universiteti)
5130200 - Amaliy matematika va informatika  (Isroil, Xolon texnologiya instituti)
5330100 - Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo’nalishlar bo’yicha-Isroil, Xolon texnologiya instituti)
5320100 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha-Xitoy)
5320100 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha- Rossiya Federatsiyasi, “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universiteti)
5312600 - Mexatronika i robototexnika (Rossiya Federatsiyasi, “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universiteti)
5234100 - Raqamli iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo’yicha-    Rossiya Federatsiyasi, Tomsk davlat universiteti)
5230100 - Iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo’yicha-Rossiya Federatsiyasi, Tomsk davlat universiteti)

Magistratura yo'nalishi malaka talablari

5A312601 - Mexatronika va robototexnika (Rossiya Federatsiyasi, “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universiteti)
5A320302 - Mashinashunoslik (Rossiya Federatsiyasi, “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universiteti)
5A330202 - Axborot va multimediya texnologiyalari (qo’llanilish sohalari bo’yicha)
5A121101 - Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar (Rossiya Federatsiyasi, Tomsk davlat universiteti)
5A630102 - Ekologiya (yaylov ekologiyasi-AQSh, Yuta davlat universiteti)
5A210201 - Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha -Rossiya Federatsiyasi, Moskva psixoanaliz institute)
5A140602 - Geografiya (o’rganish obyekti bo’yicha-Rossiya Federatsiyasi, Shimoliy Kavkaz federal universiteti)
5A230602 - Korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar bozori (sohalar bo’yicha- Rossiya Federatsiyasi, Shimoliy Kavkaz federal universiteti)
5A231601 - Inson resurslarini boshqarish (Rossiya Federatsiyasi, Shimoliy Kavkaz federal universiteti)
5A120102 - Lingvistika: rus tili (Rossiya Federatsiyasi, Shimoliy Kavkaz federal universiteti)
5A120101 - Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti (Rossiya Federatsiyasi, Shimoliy Kavkaz federal universiteti)

KAFEDRALAR