Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


ILMIY LABORATORIYALAR

«Molekulyar spektroskopiya» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari prof.A.Jumaboyev. Laboratoriyada suyuqliklarda molekulyar agregatlarning namoyon bo‘lishini kombinatsion sochilish usuli yordamida o‘rganish borasida tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «F-2-20 Molekulyar agregatlarning bog‘lanish energiyasi va strukturasi» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar bajarildi. Bugungi kunda «OT-F2-40- Molekulyar klasterlarning hosil bo‘lish mexanizmlari va ularning tebranma spektrlarda namoyon bo‘lishi» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Laboratoriyada 9 nafar tadqiqotchi va 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 nafari fan doktori va 4 nafari fan nomzodlari.
«Nochiziqli optika» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari prof. L.M.Sobirov. Laboratoriyada suyuqliklarda nochiziqli jarayonlarni lazer akustooptik spektroskopiyasi usulida o‘rganish borasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «F-2-09 - Lazer nurlanishlarining yuqori tartibli garmonikali generatsiyasini rezonans kuchaytirish mexanizmlarini tadbiq etish» nomli loyiha bajarildi. Bugungi kunda «OT-F2-39- Nanoo‘lchamli fazoviy va vaqt masshtablarida kondensirlangan muhitlarda akusto-optikaviy fazali holatlarni o‘rganish» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Laboratoriyada 7 nafar tadqiqotchi va 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 4 nafar fan doktori va 1 nafar fan nomzodlari.
«Molekulyar lyuminessensiya» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari prof. N.Nizomov. Laboratoriyada tabiiy bo‘yoqlarning molekulyar tuzilishi, ularning biomakromolekulalar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish borasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «A-4-4 – Tibbiyot va biologiya uchun tabiiy bo‘yoqlar asosida yangi flyuoressent zond yaratish» nomli loyiha tugatildi. Laboratoriyada 4 nafar tadqiqotchi faoliyat olib bordi. Shulardan 1 nafar fan doktori va 2 nafar fan nomzodlari.
«Yadro fizikasi» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari f-m.f.n.A.Safarov. Laboratoriyada MTS-22 elektron tezlatgich yordamida yadro fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi yo‘nalishlarida hamda ekologik masalalarni o‘rganish borasda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «A-3-32 - Yadro reaktorlarda ishlatilayotgan konstruksion materiallarni nazorat qiluvchi akustik metodni yaratish», «A-7-6 - Ichimlik suvi radiatsion xavfsizligini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish va tadbiq etish», «A-7-13 - O‘zbekiston qishloq hududlaridagi ommaviy qurilish maydonlarining potensial radon havfini baholash» loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tugatildi. Laboratoriyada 10 ta tadqiqotchi faoliyat olib bordi. Shulardan 1 nafar akademik, 1 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodlari.
«Magnit hodisalari fizikasi» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari prof. O.Quvondiqov. Laboratoriyada siyrak yer va o‘tkinchi element metall qotishmalarning hamda ularning intermetallik birikmalarining elektr va magnit xossalarini qattiq, suyuq holatlarda tekshirish borasida tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «A-4-9 - O‘tkinchi metallar oksidlari bilan legirlangan borat shishada nanozarrachalar va nanostrukturalarni xarakterlovchi usullarni ishlab chiqish» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tugatildi. Bugungi kunda «OT-F2-27- Issledovaniye kraya fundamentalnogo pogloщeniya i kvantovыx effektov pereklyucheniya pri termoradiatsionnom vozdeystvii kombinirovannqx poley na fosfatnыe i silikatnыe stekla, aktivirovannыe ionami perexodnыx metallov» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.Laboratoriyada 8 nafar tadqiqotchi va 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 nafar fan doktori va 5 nafar fan nomzodlari.
«Lazer spektroskopiyasi» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari prof. N.Eshqobilov. Laboratoriyada og‘ir elementlar atomlarining lazer spektroskopiyasi yo‘nalishida tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «F-2-15 - Okoloporogovaya lazerno-ionizatsionnaya spektroskopiya atomov tyajyolыx elementov» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar bajarildi. Laboratoriyada 4 nafar tadqiqotchi faoliyat olib bordi. Shulardan 1 nafar fan doktori va 1 nafar fan nomzodi.
«Biometodlar» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari b.f.d. Z.Ismailov. Laboratoriyada o‘simliklarni fitopatogen va zarakunandalardan himoya qilishda xavfsiz biopreparatlar yaratish borasida tadqiqotlar olib boriladi. Laboratoriyada 3 nafar tadqiqotchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 nafar fan doktori va 2 nafar fan nomzodlari.
«Ekologiya masalalari bo‘yicha muammoviy» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari dots. K.Toderich. Laboratoriyada O‘zbekiston cho‘l va yarim cho‘l hududlaridagi o‘simlik va suv manbalaridan oqilona foydalanish tizimlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «PFI-3 - O‘zbekiston Janubi-G‘arbiy sho‘rxokli cho‘l mikrofitotsenozlari muhit hosil qiluvchi S3/S4 daraxt turlarining landshaft ekologiyasini va genetik o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq bo‘lgan mexanizmlarini o‘rganish», «YoF-5-1 - Zirabuloq-Ziyavuddin past tog‘lari o‘simliklar qoplamining floristik tarkibi va ekologik-fitotsenotik holatini o‘rganish», «YoA-7-1 - O‘zbekiston cho‘l yaylovlaridan oqilona foydalanishning integrallashgan va ekologik usullarini ishlab chiqish (Qarnobcho‘l misolida)» loyihalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tugatildi. Laboratoriyada 7 nafar tadqiqotchi faoliyat olib bordi. Shulardan 3 nafar fan nomzodlari.
«Kimyoviy sensorlar» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari prof. A.Nasimov. Laboratoriyada organik va noorganik birikmalarni tahlil qilishning elektrokimyoviy usullarini yaratish yo‘nalishida tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «IOT-2016-7-23 - Zol-gel texnologiyasi asosida «smart» nanogibrid (organik-anorganik) materiallar ishlab chiqish va ularni kimyoviy sensorlarda ishlatilishi», «F-6-02 - Razrabotka teoreticheskix osnov i prakticheskogo primeneniya voltamperometricheskogo sposoba opredeleniya summarnoy antioksidantnoy aktivnosti prirodnыx i sinteticheskix biopreparatov» nomli loyihalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tugatildi. Laboratoriyada 3 nafar tadqiqotchi va 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi faoliyat olib bordi. Shulardan 1 nafar fan doktori va 1 nafar fan nomzodlari.
«Gazlar tahlili» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari prof. E.Abduraxmonov. Laboratoriyada gazlarni aniqlashning selektiv usullari va asboblarini yaratish yo‘nalishida tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «F-7-06 - Azot va fosfor saqlagan birikmalardan yengil yonuvchan materiallarning yonishini susaytiruvchi sifatida foydalanishning nazariy asoslarini tadqiq qilish» loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar bajarildi. Bugungi kunda «OT-F7-84- Kimyoviy sensorlarning yangi avlodi uchun gaz sezgir materiallar sintezi nazariy asoslarini tadqiq etish» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Laboratoriyada 4 nafar tadqiqotchi va 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 nafar fan doktori va 2 nafar fan nomzodlari.