Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Baholash tizimi

E-mail Bosish PDF

[ОКОЗ:

1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.01.00.00 Таълим / 13.01.11.00 Олий таълим (бакалавриат ва магистратура)]

[ТСЗ:

1.Ижтимоий-маданий масалалар / Таълим]

[ОКОЗ:

1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.01.00.00 Таълим / 13.01.11.00 Олий таълим (бакалавриат ва магистратура)]

[ТСЗ:

1.Ижтимоий-маданий масалалар / Таълим]

 

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida

NIZOM

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi.

I. Umumiy qoidalar

1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;

b) talabalar bilimi, ko’nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;

v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;

g) talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;

ye) talabalarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;

j) o’quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.

3. Fanlar bo’yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.

II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi

4. Nazorat turlari, uni o’tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasining (fakultet) o’quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o’quv dasturida mashg’ulot turlari bilan birgalikda ko’rsatiladi.

5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.

6. Talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi:

joriy nazorat — talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarida og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;

oraliq nazorat — semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko’p o’tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

yakuniy nazorat — semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan «Yozma ish» (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun «Yozma ish» yoki OTKS (obyektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida o’tkaziladi.

Ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakultet Ilmiy kengashi qarori asosida ko’pi bilan 40% fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og’zaki, test va hokazo) o’tkazilishi mumkin.

7. Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.

8. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.

III. Baholash tartibi va mezonlari

10. Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

11. Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi.

Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:

yakuniy nazoratga — 30 ball;

joriy va oraliq nazoratlarga — 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).

13. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo’yicha yakuniy davlat attestasiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertasiyasi bo’yicha o’zlashtirish darajasi — 100 ballik tizimda baholanadi.

14. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o’rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:

a) 86 — 100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

xulosa va qaror qabul qilish;

ijodiy fikrlay olish;

mustaqil mushohada yurita olish;

olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;

mohiyatini tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga ega bo’lish.

b) 71 — 85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

mustaqil mushohada yurita olish;

olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;

mohiyatini tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga ega bo’lish.

v) 55 — 70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

mohiyatini tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga ega bo’lish.

g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0 — 54 ball bilan baholanishi mumkin:

aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;

bilmaslik.

15. Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo’yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e’lon qilinadi.

16. Namunaviy mezonlarga muvofiq mutaxassislik fanlar bo’yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash mezonlari ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.

17. Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

18. Talabaning fan bo’yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:

           Rf = V x OI , bu yerda:
100

V — semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda);

OI — fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).

19. Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha 55 va undan yuqori ballni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan bo’yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi ballni to’plagan talabalar ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.

20. Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.

IV. Nazorat turlarini o’tkazish muddati

21. Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi.

22. Talaba fan bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo’yicha to’plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.

23. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.

Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi.

24. Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha to’plangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plangan ballari yig’indisi 55 balldan kam bo’lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida semestr yakunida fan bo’yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarining har biri bo’yicha saralash ballidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o’zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

25. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.

26. Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o’quv bo’limi hamda ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.

V. Reyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi

27. Talabaning fan bo’yicha nazorat turlarida to’plagan ballari semestr yakunida reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining «O’quv rejasida ajratilgan soat» ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklama soatlari, «Fandan olingan baho» ustuniga esa 100 ballik tizimdagi o’zlashtirishi qo’yiladi.

Talabaning saralash balidan past bo’lgan o’zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi.

28. Har bir fan bo’yicha o’tkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh jurnali hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning o’zida (nazorat turi yozma ish shaklida o’tkazilgan bo’lsa, 2 (ikki) kun muddat ichida) talabalar e’tiboriga yetkaziladi.

29. Yakuniy nazorat natijalariga ko’ra fan o’qituvchisi talabalarning fan bo’yicha reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarcha va qaydnomaning tegishli qismini to’ldiradi.

30. Talabaning reytingi uning bilimi, ko’nikmasi va malakalari darajasini belgilaydi. Talabaning semestr (kurs) bo’yicha umumiy reytingi barcha fanlardan to’plangan reyting ballari yig’indisi orqali aniqlanadi.

31. Talabalar umumiy reytingi har bir semestr va o’quv yili yakunlangandan so’ng e’lon qilinadi.

32. Diplom ilovasi yoki akademik ma’lumotnomani dekanat tomonidan rasmiylashtirishda fan bir necha semestr davom etgan bo’lsa, reytinglar yig’indisi olinadi.

Talabaga imtiyozli diplom belgilashda uning har bir semestr yakunidagi fanlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi hisobga olinadi.

33. Talabalarning nazorat turlari bo’yicha erishgan natijalari kafedralar, dekanatlar va o’quv-metodik bo’linmalarda kompyuter xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilib boriladi.

34. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig’ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.

VI. Yakuniy qoidalar

35. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi test baholari va reyting ballarining xolisligini tekshirishni tashkil etadi va nazorat qiladi.

36. Ushbu Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.

37. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, «O’zbekiston temir yo’llari» DAK, Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan.

Oxirgi yangilash ( 16.05.2015 04:02 )  

Fotogaleriya


fotofoto-12foto-151-191-11

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 

logoabitur1

 


  

Rektor virtual qabulxonasi

 


РЕСПУБЛИКА МАЪНАВИЯТ ТАРҒИБОТ МАРКАЗИ

ОДАМ САВДОСИ – ИНСОНИЯТ КУШАНДАСИ

 РЕСПУБЛИКА МАЪНАВИЯТ ТАРҒИБОТ МАРКАЗИ ОДАМ САВДОСИ – ИНСОНИЯТ КУШАНДАСИ  Ўзбекистон Республикаси фуқароси қаерда бўлмасин, ўз фуқаролигини сақлаб қолиш ҳуқуқига эга. Ўзбекистон Республикаси фуқаролари чет элда вақтинча ёки доимий яшаётганлигидан қатъий назар, ўз фуқаролик ҳуқуқий мақомини сақлаб қолади ҳамда Ўзбекистон Республикаси ҳимоясида бўлади. Ушбу қоида 1966 йил 19 декабрдаги «Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисида»ги халқаро фактда акс этган принципларга тўла мос келади. Мазкур пактда шундай дейилган: ...


Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 

Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.

Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.


2016 yil dekabr oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.  


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 482
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15118594
Hozir 488 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант