Samarqand Davlat Universiteti

ru-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Fizika

E-mail Печать PDF

FIZIKA FAKULTETI FAOLIYaTITO’G’RISIDA

         Samarqandda Oliy pedagogika instituti tashkil etilgan yildayoq fizik mutaxassislar tayyorlash boshlangan edi. Dastlab “Umumiy fizika” kafedrasi, keyinchalik 1935 yildan boshlab “Optika va nazariy fizika” tashkil etildi. 1961 yil 28 avgustda Samarqand davlat universitetida yangidan fizika fakulteti tashkil topdi. Shu kundan boshlab fizik mutaxassislar tayyorlash va fizikaviy ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi davr boshlandi.

         Yarim asrdan ortiqroq vaqt davomida fizika fakultetining ilmiy va o’quv bazasi mustahkamlanib, yangidan-yangi o’quv va ilmiy laboratoriyalar yaratildi, shakllandi.

         Hozirgi kunda fakultetda 10 nafar fan doktorlari, professorlar, 44 nafar fan nomzodlari, dosentlar, 4 nafar katta o’qituvchi, assistentlar, jami 56 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Fakultet o’qituvchilarning o’rtacha yoshi 56 ga teng va ularning umumiy salohiyati 93.1% ni tashkil etadi.

         O’quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash  maqsadida fakultetda 3 ta kompyuter  sinflari va maxsus dars xonalar tashkil  qilingan bo’lib, barcha kompyuterlar xalqaro «Internet» tarmog’iga ulangan. Kafedralar hamda dekanat zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlangan bo’lib, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’tiladigan fanlar, darsliklar, o’quv adabiyotlari, elektron darsliklar, ma’ruza matnlari  kompyuterlarga kiritilgan. Fakultetning har bir professor-o’qituvchisining elektron manzillari mavjud.

           Fakultetda xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalar, seminarlar  muntazam ravishda o’tkazilib kelinmoqda.

          Fakultetda 2011-2012 o’quv yilida jami 563 nafar talaba, shundan, fizika yo’nalishida 414 nafar, astronomiya yo’nalishida 91 nafar, k-t elektronika va mikroelektronika yo’nalishida 58  nafar talaba, 63 nafar magistrantlar (1 kursda 34 nafar, 2 kursda 29 nafar) ta’lim olmoqda. 2011-2012 o’quv yilida  fakultetni  116 nafar bakalavr, 29 nafar magistrlar bitiradilar.

       Fakultet kafedralarida quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistr-mutaxassislar tayyorlanmoqda:  Fizika (yo’nalishlar bo’yicha), Astrofizika va radioastronomiya, Astronomiya, Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, Nazariy fizika, Lazer fizikasi hamda Issiqlik fizikasi va molekulyar fizika.

     Hozirgi kunda fakultetda 8 nafar ilmiy izlanuvchi tadqiqotchilar, 2 nafar kichik ilmiy xodimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Fakultetning 3 nafar xodimi nomzodlik dissertasiyasini himoya qilish arafasida turibdi.

Fakultetning tuzilishi

Fakultet Ilmiy kengashi

D e k a n a t

Fakultet uslubiy kegashi

Fakultet kasaba uyushmasi

Ilmiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

O’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

Fakultet “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti

“Sog’lom avlod uchun” tashkiloti

Guruh rahbarlari kengashi

Xotin qizlar kengashi

Akademik lisey va kasb hunar kollejlari bo’yicha dekan o’rinbosari

           1. Umumiy va magnit hodisalari fizikasi kafedrasi. Umumiy fizika kafedrasi 1933 yilda prof. A. M. Titov tomonidan tashkil qilingan. U 1944 yilgacha kafedraga mudirlik qilgan. 1944-1969 yillarda kafedrani prof. M. Mo’minov boshqargan. 1974 yilda  yadro fizikasi kafedrasi huzurida O. Q. Quvondiqov tomonidan  Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan “Magnit hodisalari fizikasi” bo’yicha  ilmiy tadqiqot laboratoriyasi  tashkil  qilindi. Samarqand davlat universitetida “Magnit hodisalari fizikasi” ilmiy laboratoriyasining shakllanishiga Moskva davlat universiteti “Magnetizm” kafedrasi mudiri prof. Ye. I. Kondorskiy, hozirgi vaqtdagi mudiri prof. A. V. Vedyayev, shu kafedra professori A. B. Granovskiylar  katta hissa qo’shgan. Shuningdek, Rossiya (Moskva, Yekaterinburg, Kiyev, Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk, Dnepropetrovsk)  Ukraina, Qirg’iziston, Turkmaniston nufuzli universitetlari va ilmiy markazlari bilan ilmiy yo’nalishda hamkorlik qilindi. Kafedra tashabbusi bilan quyidagi konferensiyalar o’tkazildi:

1.        O’zaro Iqtisodiy Hamkorlik mamlakatlari Kengashiga kirgan davlatlarning olimlari ishtirokida “Magnetizm” bo’yicha xalqaro konferensiya. Samarqand. SamDU.  1984 yil.

2.        “Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimlarida fizika fanini o’qitish muammolari”. Respublika amaliy – uslubiy konferensiyasi. Samarqand. SamDU. 2000 yil, (30-31 mart).

3.        “XXI asrda fizika ta’limi va fani muammolari”. Respublika amaliy – uslubiy konferensiyasi. Samarqand. SamDU. 2003 yil 5-6 may.

4.        “Murakkab materiallarning elektromagnit xossalari”. Xalqaro konferensiya. Samarqand. SamDU.  2006 yil. Sentyabr.

5.        “Fizika fani va fizik ta’limi muammolari”. Respublika ilmiy konferensiyasi. Samarqand. SamDU.  2009 yil 11-12 dekabr.

6.        «Ilg’or texnologiyalar uchun murakkab (kompleks)materiallar elektrodinamikasi» (PLASMETA'11) bo’yicha bo’lib o’tgan I – xalqaro konferensiya. Samarqand. SamDU. 2011 yilning 21-26 cyentyabr.

Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar:

Lavozimi

F.I.Sh.

Lavozimi

F.I.Sh.

1

prof., kaf.mud.

O. K. Kuvondikov

9

Laborant

O’. N. No’gmonov

2

dosent

X. O. Shakarov

10

Kabinet mudiri

B. U. Amonov

 

3

dosent

X. Sh. Rustamov

11

Katta laborant

M. E. Eshmirzayeva

 

4

dosent 

N. S. Xamrayev

12

Laborant

Sh. M. Murodova

 

5

dosent

R. M. Rajabov

13

Laborant

A. A. Eshqulov

 

6

dosent 

M.K.Saloxitdinova

14

Laborant

U. Q. Qodirov

 

7

dosent 

I. Subxonkulov

15

Ilm.-izl.- tadq.

U. Nurimov

8

dosent 

Z. M. Shodiyev

 

 

 

          Kafedra bakalavr ta’lim yo’nalishi bo’yicha umumiy fizika kursining “Elektr va magnetizm” bo’limi, “Fizikani o’qitish uslubiyati”,  “Fizika tarixi”, “Magnetizm va magnit materiallari”, “Elektrotexnikaning nazariy asoslari”, “Hayot faoliyati havfsizligi” fanlari va boshqa tanlov fanlarining ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlarini, shuningdek  “5A-140202 fizika” magistratura mutaxassisligi bo’yicha “Tajribalarni avtomatlashtirish”, “Tebranishlar nazariyasi” va boshqa tanlov fanlarining ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlarini olib boradi. Kafedra professor o’qituvchilaridan prof. O. Q. Quvondiqov, dos.  X. O.  Shakarov, dos. N. S. Xamrayev, dos. R. Rajabov, dos. M. Saloxitdinova, dos. Z.Shodiyev, A. Eshqulov, B. Amonov 1998-2003 yillar davomida 2 marta xalqaro “INTAS” granti tanlovi g’olibi deb topilgan. 2009 yil may oyida o’tkazilgan respublika fizika fani olimpiadasida O. Q. Quvondiqov rahbarligida Sh. Joniqulov faxrli II  o’rin sohibi bo’ldi.

         2. “Optika va spektroskopiyasi” kafedrasi.Kafedra 1935 yilda tashkil etilgan bo’lib, A.M.Titov uning asoschisi hisoblanadi.  1960 yilda Akbar Qosimovich Otaxo’jayev tomonidan kafedra qoshida “Molekulyar optika” muammolar laboratoriyasi tashkil etilgan.  1959-1994 yillar mobaynida optika kafedrasini O’z FA akademigi A.Q.Otaxo’jayev boshqargan. 1994 yildan boshlab optika kafedrasi “Optika va spektroskopiya” deb nomlanib, kafedrani professor F.X.Tuxvatullin boshqarib kelmoqda. Optika kafedrasiga professorlar A.M.Titov. M.F.Vuks, M.V.Chulanovskiy, M.M.Mo’minov, A.N.Tekuchov, S.U.Umarov, M.S.Saidovlar ham mudirlik qilishgan.  Bugungi kunda kafedra xodimlari AQSh ning Ogayo universiteti, Kiyev Davlat universiteti, Sankt-Peterburg universiteti,  O’zbekiston Milliy universiteti, Qarshi Davlat universiteti, Buxoro Davlat universitetlari va o’nlab markazlar  bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Fakultet va kafedra qarori bilan akademik A.Q.Otaxo’jayev xotirasiga bag’ishlangan (1996, 2001 va 2006 yillarda) «Molekulyar spektroskopiya» sohasida xalqaro konferensiyalar o’tkazilgan.

Hozirda kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar:

Lavozimi

F.I.Sh.

Lavozimi

F.I.Sh.

1.

Professor

F.X.Tuxvatullin

12.

Aspirant

B.Xudoyberdiyev

2.

Professor

U.N. Tashkenbayev

13.

Aspirant

G’. Sharifov

3.

Professor

N.N.Nizomov

14.

Assistent

Q.Xudoynazarov

4.

Professor

A.Jumaboyev

15.

Doktorant

E.Kurtaliyev

5.

Dosent

O’.B.Jo’rayev

16.

Doktorant

A.Absanov

6.

Dosent

M.Hamroqulov

17.

Laborant

Sh.Muminova

7.

Dosent

G’.Murodov

18.

Laborant

N.Saidova

8.

Dosent

A.A.Yakubov

19.

Laborant

F.Mustafaqulov

9.

Dosent

X.Xushvaqtov

 

 

 

10.

Dosent

M.X.Kuliyeva

 

 

 

11.

Dosent

Z.U.Mamatov

 

 

 

          Kafedra professor-o’qituvchilari «Mexanika», «Molekulyar fizika», «Optika», «Amaliy optika», Tanlov fanlari- (Molekulyar fizikaning tanlangan boblari 2-kurs, Atom va molekulyar spektroskopiya 3-kurs, Real gazlar va suyuqliklar 4-kurs, Molekulyar optikaning tanlangan boblari  4-kurs) fanlar bo’yicha bakalavrlarga, «Atom, molekula va kristallarning spektroskopiyasi», «Elektromagnit nurlanishlarning muhitlar bilan o’zaro ta’sirlashuvi». Tanlov fanlari- «Hozirgi zamon fizikasining dolzarb muammolari», «Polimerlar fizikasi», «Polimerlar issiqlik fizikasi», «Gaz va kondensirlangan muhitlar optikasi» fanlaridan magistrantlarga ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tib kelmoqda. Kafedrada «Mexanika», «Molekulyar fizika», «Optika», «Amaliy optika», «Atom va molekulyar spektroskopiya» o’quv laboratoriyalari mavjud.

         3. Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi. Kvantelektronika va radiofizika kafedrasi 1992 yili tashkil etilgan. Kvant elektronika va radiofizikasi xamda nazariy fizika kafedralari 2005 o’quv yilidabirlashtirilgandan keyin, “Kvant elektronika va nazariy fizika” kafedrasi deb nomlandi. Kafedraga 1992 yildan buyon prof. L.M.Sabirov mudirlik kilib kelmokda.  Kafedrada prof. L.M. Sabirov raxbarligida «Fazaviy o’tishlar kritik nuqtasi atrofida lazer nurining moddalar (nochiziqli qabul qiluvchanlikga ega bo’lgan moddalar) bilan o’zaro ta’siri» mavzusida ilmiy tadqiqot ishilari olib borilmokda. Bugungi kunga qadar kafedra olimlari Rossiya FA “Umumiy fizika” institutining “To’lqin tadqiqotlari ilmiy markazi, optika laboratoriyasi, Ukraina milliy universiteti SKR laboratoriyasi, TerDU umumiy fizika kafedrasi, O’z FA lazer materialshunoslik laboratoriyasi, O’zMU optika va lazer fizikasi kafedrasi va boshqa oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borimoqda hamda ular bilan birgalikda ilmiy ishlarni muhokama qilib maqolalar chop etishmoqda.      Kafedrada hozirga kunga qadar 8 ta fan nomzodi va 2 ta fan doktorlari tayyorlangan. Prof.Sabirov L.M. Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati.

Kafedraning bugungi kundagi tarkibi:

F.I.Sh

Lavozimi

 

F.I.Sh

Lavozimi

 

1

Sabirov L.M.

Kaf.mudiri.

Prof.f.m-f.d.

11

Akchurina D.A

Assistent

2

Eshqobilov N.

Prof.f.m-f.d.

12

Sa’dullayev U

Assistent

3

Shermatov E.N.

Dos.f.m.-f.n.

13

Ibadov R.M

.f.m-f.d.

4

Boboyev A.

Dos.f.m.-f.n.

14

Raximov A

f.m-f.d.

5

Semenov D.I.

Dos.f.m.-f.n.

15

Ismailov F

Kab. mudiri

6

Xaydarov X.S

Dos.f.m.-f.n.

16

Eshmurodova

laborant

7

Pardayev O.P.

Dos.f.m.-f.n.

17

Xolikov A

laborant

8

Seit-Enon M

Dos.f.m.-f.n.

18

Aripova Z

laborant

9

Amonov A.K

Dos.f.m.-f.n.

19

Mardonov Sh

aspirant

10

Umidullayev Sh

Kat.o’q

20

Redkin P

aspirant

             Kafedra fizika ta’lim yo’nalishiga-nazariy mexanika, kvant mexanikasi, elektrodinamika, termodinamika va statistik fizika, tanlov fanlar: lazerli akustooptik spektroskopiya, lazerli o’lchash texnikasi, lazer fizikasi asoslari,  Kasbiy ta’lim (Elektronika va mikroelektronika) ta’lim yo’nalishiga-metorologiya, standartlashtirish va sertifikatlash, mehnat ta’limiyo’nalishiga- umumiy fizikadan o’quv mashg’ulotlarini olib boradi.Kafedrada hozirgi kunda 3 ta yo’nalish (5A440101-nazariy fizika, 5A440105-Lazer fizikasi, 5A440202- fizika) bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

            4.Atom va yadro fizikasi kafedrasi. Atom va yadro fizikasi kafedrasi1944 yilda O’zbekistonning fan va maorif darg’alaridan biri professor Muso Mo’minovich Mo’minov tomonidan  ochilgan. O’sha davrda  kafedrada dos. A.G.Kochnev, dos. N.B.Badalov, katta o’qituvchilar A.M.Yusupov, X.X.Xaydarov, A.S.Botin, X.M.Ayupov, V.I.Sivalopov, Q.Komilov, M.Ya.Pugach, U.Maxsudov, D.Xotamov, A.Ye.Freylixmanlar faoliyat ko’rsatgan. Professor Muso Mo’minov 1952 yilda Umumiy fizika kafedrasida birinchi marta radioaktiv izotoplar fizikasi bo’yicha maxsus fan tashkil qildi. Kafedrada prof. M.M.Mo’minov tomonidan «Gamma-nurlarning suyuq va qattiq moddalarda yutilishi» mavzusida ilmiy ishlar olib borildi. Ushbu mavzudagi ilmiy ishlar natijalari asosida eritmalar zichligini, paxta namligini, qurilish ishlari sifatini aniqlash usullari ishlab chiqildi. Kichik dozadagi gamma-nurlarning paxta hosildorligiga ta’siri o’rganildi va hosildorlikning har gektardan 8% ga ortishiga erishildi. 1960 yilda prof. M.M.Mo’minov tomonidan O’zbekistonda birinchi marta «Atrof-muhit namunalarining radioekologik holatini o’rganish» mavzusida ilmiy ishlar boshlandi. Ilmiy ishlarga kafedraning barcha professor-o’qituvchilari jalb qilindi. 1961 yildan boshlab kafedra Toshkent Yadro fizikasi ilmiy tekshirish instituti (IYaF), O’zbekiston Milliy universiteti (O’zMU), Moskva Davlat universiteti (MGU), Rossiyaning Dubna shahridagi Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti (OIYaI), Tomsk universiteti, Sank-Peterburg Davlat universitetlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o’rnatdi. Kafedra tashabbusi bilanSamarqand Davlat universitetida 1981 va 1993 yillarda Yadro spektroskopiyasi va atom yadrosi tuzilishi bo’yicha Xalqaro ilmiy konferensiyalar o’tkazildi. 1986 yilda xalqaro «Yosh fiziklar maktabi» konferensiyasi o’tkazildi.

1944-2011 yillarda kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatgan xodimlar:

1.     1944-1969 yillar professor Muso Mo’minovich Mo’minov;

2.     1969-1972 yillar dosent Maqsud Musayevich Mo’minov;

3.     1973-1978 yillar dosent Ne’mat Badalovich Badalov;

4.     1978-1983 yillar dosent Amriddin Bobobekovich Xoliqulov;

5.     1983-1988 yillar dosent Rustam Mustafayevich Ibadov;

6.     1988-1998 yillar professor Maqsud Musayevich Mo’minov;

7.     1999-2010 yillar dosent Shaymon Xolmonovich Xushmurodov;

8.     2011-hozirgi kungacha professor Rustam Mustafayevich Ibadov.

Kafedrada bugungi kunda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar

Familiyasi, ismi va sharifi

Lavozimi

Familiyasi, ismi va sharifi

Lavozimi

1

Ibadov R.M

Kafedra mudiri professor

10

Nodirov G’.Yu.

staj.-tadqiq.-izlanuvchi

2

Axmedova G. A.

Dosent

11

Safarov A.A.

staj.-tadqiq.-izlanuvchi

3

Xoliqulov A.B.

Dosent

12

Azimov A.

staj.-tadqiq.-izlanuvchi

4

Omanov Sh.O.

Dosent

13

Badalov  A.N.

katta laborant

5

Suvanov I.S.

Dosent

14

Turkmanova Sh.I.

kabinet mudiri

6

Xushmurodov Sh.X.

Dosent

15

Suvanov A.I.

laborant

7

Sharipova S.A.

Dosent

16

Baratova Ya.

laborant

8

Sultanov M.U.

Dosent

17

Tuxtayev U

laborant

9

Mamatqulov O. B.

Dosent

 

 

 

         Kafedrada bakalavrlar uchun atom fizikasi (o’zbek, rus, tojik tillarida), yadro fizikasi (o’zbek, rus, tojik tillarida), 2, 3, 4-kurs talabalari uchun tanlov fanlaridan dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedrada 2001 yildan boshlab «Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi» mutaxassisligi bo’yicha magistratura ta’limiochilgan. Kafedra xodimlari 1, 2-bosqich magistrantlarigamutaxassislikfanlaridanma’ruza va amaliy mashg’ulotlarini o’tish bilan birga ularning  magistrlik dissertasiyalarigava ilmiy faoliyatiga ham  rahbarlik qilib kelishmoqda. Kafedradaatom fizikasi, yadro fizikasi, tanlov va maxsus fanlaridano’quv laboratoriyalarimavjud. Bugungi kunda kafedrada uch yo’nalish bo’yicha (yadro spektroskopiyasi, yuqori energiyalar fizikasi va maydon nazariyasi) ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

         5. “Qattiq jismlar fizikasi” kafedrasi.Kafedra1975 yilda tashkil qilingan. Dastlab kafedrada dosentlar A.N.Nosirov, S.M.Murodov, F.R.Axmedjonovlar, katta o’qituvchi I.A.Avetesyan, assistentlardan M.M.Axmedjanova, V.S.Kim, laborantlar B.R.Namozov, A.J.Qarayev, Z.T.Xodjayeva, B.A.Agishevlar faoliyat ko’rsatishni boshlaganlar. Kafedra ochilishi bilan dosent A.N.Nosirov rahbarligida «Qattiq jismlarning akustik xossalari»ni o’rganish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Hozirgi kunda kafedra Toshkent Davlat texnika universiteti, “Foton” OAJ, “Fizika-Quyosh” IIB, Yadro fizikasi instituti, “Materialshunoslik” va “Elektronika” instituti, O’zFA IIB “Akademasbob” hamda xorijdagi Rossiya FA SB Fizika instituti, MDU, Sankt-Peterburg FTI, Germaniyaning Kyoln universiteti, Yarim o’tkazgichlar instituti, Buyuk Britaniyaning Kembridj va Loughboroug universitetlari, Estoniyaning Tartu Fizika instituti, AQSh ning Jorjtoun universitetlari bilan har tomonlama mustahkam aloqalar o’rnatgan. Kafedrani 1975-1985 yillarda dosent A.N.Nosirov, 1985-1993 yillarda dosent S.M.Murodov, 1993-1996 yillarda dosent F.R.Axmedjanov, 1996-2010 yillarda dosent E.U.Arziqulovlar boshqardilar. 2011 yildan  buyon dosent S.Q.Axrorov boshqarib kelmoqda.

Kafedrada bugungi kunda faoliyat kursatayotgan xodimlar:

Familiyasi, ismi va sharifi

Lavozimi

Familiyasi, ismi va sharifi

Lavozimi

1

Axrorov S. Q.

kafedramudir

7

Eshbekov A. A.

dosent

2

Yarqulov U. Ya.

professor

8

Shermatov  B. N.

dosent

3

Arziqulov E. U.

dosent

9

Ro’zimurodov J.

assisent

4

G’ulomov G’.

dosent

10

Toshboyev M.D

kab. mud.

5

Abdukarimova  X.

dosent

11

Yakubova K

laborant

6

Srajev  S. N.

dosent

12

Srajev Q.N.

ilmiy izlanuvchi tadqiqotchi

          Kafedra “Fizika”, “kasbiy ta’lim: ”Elektronika va mikroelektronika” va “Astronomiya” bakalavr ta’lim yo’nalishlariga rejadagi fanlardan o’quv mashg’ulotlarini olib bormoqda.  Kafedrada radioelektronika, elektronika va mikroelektronika, qattiq  jismlar fizikasi, elektron  texnika materiallari va elementlari, vakuum va kriogen texnikasi asoslari, yarim o’tkazgichli asboblar fizikasi, elektron zanjirlar va mikrosxematexnika, talabalar ilmiy tadqiqot laboratoriyasi, elektronika va mikroelektronika o’quv laboratoriyalari mavjud.

         6. Astrofizika kafedrasi. Kafedra1988 yil 31 avgustda tashkil kilingan. Dastlab kafedrada prof.B.M.Maxmudov, dos.T.A.Alimov, dos A.A.Yusupov, dos.I.Jabborov, dos.R.K.Turniyazov, dos.N.Sirojevlar ishlaganlar. Kafedrada «Koinot fizikasi va astrofizika» ilmiy yo’nalishi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari prof. B.M.Maxmudov rahbarligida olib borilgan. Kafedra jamoasi Kazan DU, MDU, Sankt-Peterburg DU, NIIYaF ilmiy markazlari bilan ilmiy aloqalar o’rnatgan. Kafedra tashabbusi bilan “Kosmik nurlar fizikasi”ga bag’ishlangan (1975 y., 1981 y., 1984 y., 1992 y.,  1993 y., 2002 y.) 6 ta xalqaro konferensiya o’tkazilgan Kafedra ochilgandan buyon 2011 yilgacha prof. B.M.Maxmudov mudir bo’lib faoliyat yuritdi. Xozirgi kunda kafedraga dos. T.Alimov raxbarlik qilmoqda.

Kafedrada bugungi kunda faoliyat kursatayotgan xodimlar:

Familiyasi, ismi va sharifi

 

 

Lavozimi

Familiyasi, ismi va sharifi

 

 

Lavozimi

1

Maxmudov B.M.

Kafedra mudiri

8

Jabborov I.J.

dosent

2

G’aniyev F.S.

professor

9

Mirtoshev Z.D.

assistent

3

Eshburiyev R.M.

dosent

11

Abduraxmonov B.

laborant

4

Alimov T.A.

dosent

12

Butorin G.G.

laborant

5

Yusupov A.A.

dosent

13

Nabiyeva N.

laborant

6

Turniyazov R.K.

dosent

14

Abayeva N.

laborant

7

Zoxidov U.Z.

dosent

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

        Kafedra “Astronomiya” bakalavriat ta’lim yo’nalishibo’yicha: “Umumiy astronomiya”, “Astrometriya va kosmik dasturlar”, “Umumiy va amaliy astrofizika”, “Astronomiyani o’qitish uslubiyati”, “Astronomiya tarixi”, “Galaktik astronomiya”, “Astrofizikaning zamonaviy muammolari”, “Quyosh fizikasi”, “Yulduzlar fizikasi”, “Galaktikalar fizikasi”fanlaridan mashg’ulotlarini olib boradi. «Fizika» yo’nalishi bo’yicha: “Astronomiya va astrofizika asoslari” fanlaridan o’quv mashg’ulotlari olib boradi.«Astronomiya (tadqiqot yo’nalishi)» mutaxassisligi bo’yicha “Yulduzlararo muhit va yulduz to’dalari”, “Astrogelioseysmologiya”, “Astronomiyada zaryad yig’uvchi va boshqa detektorlar”, “Kosmogoniya va kosmologiya asoslari”, “Gravitasion linzalar nazariyasi’, “Kichik sayyoralar harakat nazariyasi va kuzatuv usullari”, “Astrotasvirlarni qayta ishlash”, “Astrofizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish”, “Astronomiyaning zamonaviy yutuqlari” fanlaridan magistrantlarga o’quv mashg’ulotlari olib bormokda. Kafedrada “Astronomiya”, “Maxsus kurs (Galaktik kosmik nurlar astrofizikasi)”, “Mexanika va molekulyar fizika”, “Elektromagnetizm va yadro fizikasi”, “Optika” o’quv laboratoriyalari faoliyat ko’rsatmoqda.

Fizika fakultetining ilmiy tadqiqot sohasi

         - Umumiy va magnit hodisalar fizikasi kafedrasi “2/7 d.k.r. 01860103966 Siyrak Yer, o’tkinchi element metall qotishmalarining hamda ularning intermetallik birikmalarining elektr va magnit xossalarini qattiq, suyuq holatlarda tekshirish.” mavzusida;

         -Astrofizikakafedrasi “Kosmik nurlar intensivligining vaqti variasiyalari tadqiqoti” mavzusida;

         - Atom va yadro fizikasi kafedrasi “Yadro fizikaning nazariy va eksperimental izlanishlari” mavzusida;

         - Optika va spektroskopiyakafedrasi “Issledovaniye mnogomernoy agregasii nizkomolekulyarnыx spirtov i vodыi razrusheniye etoy agregasii pri razbavlenii etix veщyestv v podxodyaщyem rastvoritele” va “Ckvarain bo’yoqlari molekulalarining ba’zi bir hayvonlar oqsillari bilan ta’sirini spektroskopik tadqiq qilish.” mavzularida;

         - Kvant elektronikasi va nazariy fizika kafedrasi “Fazaviy o’tishlar kritik nuqtasi atrofida lazer nurining moddalar bilan (nochiziqli qabul qiluvchanlikga ega bo’lgan moddalar) o’zaro ta’siri” mavzusida;

         - Qattiq jismlar fizikasi “Hajmiy va kichik o’lchamli qattiq  jismlarning elektrofizik, fotoelektrik, termomagnit,galvonomagnit,elastik, dielektrik xossalari va kvant o’lchamli effektlarga turli faktorlarning ta’sirini eksperimental va nazariy o’rganish hamda ular asosida yangi asboblarni yaratish istiqbollarini aniqlash” mavzulari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Fizika fakultetining o’quv-uslubiy sohadagi faoliyati

         Keyingi 3 yilda fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan  2 ta darslik, 20 ta o’quv qo’llanma, 87 ta uslubiy qo’llanma, 60 ta ma’ruza matni, 2 ta monografiya, 28 ta elektron darslik va 46 ta o’quv-uslubiy majmualariyaratildi.

 Fakultet professor o’qituvchilari, talabalari tomonidanshu kungacha erishilgan yutuqlar

       «Optika va spektroskopiya»kafedrasida hozirgi kunga qadar 14 ta fan doktori, 38 fan nomzodlari tayyorlangan. Akad. A.Q.Otaxo’jayev «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Fan arbobi», «Xalq ta’limi a’lochisi», «Oliy maktab a’lochisi» va «Beruniy» nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti sovrindori bo’lgan. Prof. R.Axmedjanov, prof. F.X.Tuxvatullin, prof. A.Jumaboyev, prof. N.N.Nizomov, dos. O.YakubovlarAQSh ning CRDF granti,prof. N.N.Nizomov – NATO granti,  dos. O.Yakubov –  SOROS  xalqaro  ilmiy    grantisohiblari bo’lishgan. Prof. A.Jumaboyev raxbarligida talaba Osmanov Bari – O’zbekiston Respublikasi PrezidentiDavlat stipendiyasi, Fattoyev Farrux – Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi, Ubaydullayeva Zebo - akad. A.Q.Otaxo’jayev nomidagi universiteti  stipendiyasi sovrindori bo’lishgan. Bugungi kunda Fattoyev Farrux AQSh Florida universiteti doktoranti. dos. A.A.Yakubov raxbarligida talaba Meliyev Orif - akad. A.Q.Otaxo’jayev nomidagi universiteti stipendiyasi sovrindorlari bo’lishdilar.  Fizika fani bo’yicha Respublika talabalar fan olimpiadasida  2007 yili Meliyev Orif (rahbari dos. A. A. Yakubov) 3-o’rinni, 2011 yili Majidov Husan (rahbari dos. A.A.Yakubov) 2-o’rinni egalladilar.

        “Umumiy fizika va magit hodisalari fizikasi” kafedrasida 2 nafar fan doktori, 10 nafar fan nomzodlari tayyorlangan. Kafedra mudiri professor Quvondiqov Obloqul Quvondiqovich Pedagogika Fanlari Xalqaro Akademiyasining muxbir a’zosi etib saylangan. Kafedra professor o’qituvchilaridan prof. O.Q.Quvondiqov, dos.  X.O.Shakarov, dos. N.S.Xamrayev, dos. R.Rajabov, dos.M.Saloxitdinova, dos. Z.Shodiyev, A.Eshqulov, B.Amonovlar 1998-2003 yillar davomida 2 marta xalqaro “INTAS” granti tanlovi g’olibi deb topildi. 2009 yil may oyida o’tkazilgan Fizika fani bo’yicha Respublika talabalar fan olimpiadasida  prof. O.Q.Quvondiqov rahbarligida talaba Sherali Joniqulov faxrli II o’rinni egalladi.

         “Nazariy fizika va kvant elektronikasi” kafedrasida hozirga qadar 8 ta fan nomzodi va 2 ta fan doktorlari tayyorlangan. Prof. L.M.Sabirov Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori hisoblanadi.Shuningdek, u kishi O’zbekiston va chet el granti sohibi. Prof.Eshqobilov N.B. xo’jalik shartnomasi asosida  ish olib bormoqda. Prof. Sobirov L.M.raxbarligidamagistrRedkin P.V. – O’zbekiston Respublikasi PrezidentiDavlat stipendiyasisovridori, prof. Eshqobilov N.B. raxbarligida talaba Meliyev Orif Fizika fani bo’yicha Respublika talabalar fan olimpiadasida qatnashib 3-o’rin sohibi bo’lishdilar.

         “Qattiq jismlar fizikasi”da hozirga qadar 10 ta fan nomzodi va 2 ta fan doktorlari tayyorlangan. Kafedra dosenti Arziqulov E.U. 1998 va 2002 yillar davomida 2 marta xalqaro “INTAS” va”NATO” granti tanlovi g’olibi deb topildi. Kafedra dosenti Arziqulov E.U. 1999 va 2004 yillarda  ikki marotaba O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ISTE’DOD” jamg’armasi g’olibi bo’ldi. Kafedra dosenti Arziqulov E.U. 2003 yil AQSh ning “CRDF” granti sovrindori bo’ldi.

         “Astrofizika” kafedrasida 5 nafar fan nomzodlari, 1 nafar fan doktori tayyorlangan. Kafedra professor-o’qituvchilari prof. B.M.Maxmudov rahbarligida shu kungacha 2 marta chet el granti“SORIS”  mukofoti sovrindori bo’lganlar. 

        “Atom va yadro fizikasi” kafedrasida prof.R.M.Ibadov O’zbekiston Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi hamda Italiya davlatining Landau Netvork granti, Germaniyaning DAAD, Folsvagen stiftung granti va Vengriya FA ning grantlari sovrindoribulgan. Kafedra mutaxassisligi bo’yicha 40 dan  ortiq  fan  nomzodlari, 7  ta  fan doktorlari yetishib chiqdi.  T.M.Mo’minov O’zRFA akademigi. 1977 yilda kafedra professori T.M.Mo’minov va dos. A.B.Xoliqulovlar Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasi davlat mukofotining laureati bo’ldilar. Kafedradosenti Sh.X.Xushmurodov 2001 yilda AQSh ning “CRDF”, 2009 yilda Angliyaning «Slose Nuclear Center Program», 2011 yilda “Xalkaro Atom energiyasidan foydalanish agentligi“ (MAGATE)  va O’zbekiston Fan va texnika qo’mitasi loyihalarining sovrindori, 2008-2011 yillar mobaynida Avstriyaning Vena, Germaniyaning Karlsruye, Xorvatiyaning Zagreb va Turkiyaning Anqara shaharlarida MAGATE yo’nalishi bo’yicha malaka oshirish kurslarini o’tagan. 2011 yildan buyon MAGATE ning Yevropa yo’nalishi bo’yicha texnik hamkorlik bo’limining xalqaro eksperti. 2003 yili O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ustoz” jamg’armasi sovrindori bo’ldi. Kafedra dosenti G.Axmedova rahbarligida talaba Nasriyev Aziz akademik A.Q.Otaxo’jayev nomli universitet stipendiya sovrindori bo’ldi.

Обновлено ( 06.01.2017 04:40 )  

Виртуальная приемная ректора

Баннер

Фотогалерея


1-30foto-161-12foto-191-10

С днем рождения!

24-июн. Кушшаева Матлюба, Хамракулова Ирода Шахобовна, Бобоқулов Ғолиб Дониёрович, Кушатов Тошкул Шамсиевич, Пирназаров Шерзод Шермаматович

Электронная почта

1414756350 e-mail2
Баннер

Объявления

logoabitur1 


Министерства   образования, культуры, спорта, наука и технологией Японии и Национальной комиссия по делам ЮНЕСКО Японский «Фонд мира Гои» проводит международный конкурс на лучшие эссе на тему: «Учится у природы»
Подробная информация о конкурсе прилагается на веб сайте  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ сочинения должен быт отправлены в срок до 15 июня 2017 года на е-mail: essay@goipeace.or.jp
Главный приз 100 тыс.йен (900$) и поездка в Японию на церемония награждения 25 ноября 2017 года.
За дополнительной информаций обращаться в Отдел Международных отношений

 Посольство Италлии в Узбекистане объявило стипендиальный грант на учёбу в одном вузов Италии в 2017-2018 учебном году.
Условие гранта:
1- Владение итальянском языком
2- Регистрироваться на сайте 
3- Письмо согласие от научного руководителя в одного из Итальянских вузах (по аспирантуре) Заявки будут приниматься в Посольстве Италии до 10 мая 2017 года. Дополнительная информация может быт получено в отделе международных связей.   


Информационное сообщение

Информационное сообщениеМеждународный Институт Центральноазиатских исследований (МИЦАИ) организует Международную научную конференцию «Цивилизации Великого Шелкового пути - прошлое и будущее: естественные, общественные и гуманитарные науки» 28 и 29 сентября 2017 г. в г. Самарканде (Узбекистан).


Самаркандский Государственный университет приглашает Вас на «День открытых дверей» который состоится 2017 году, 10-12 июня в 900 часов. В большом актовом зале СамГУ. Адрес: город Самарканд университетский бульвар, дом №15. Тел: (0366) 2336085 .

Проекты

Баннер
Баннер

СамГУ в блогах fikr.uz

Баннер

Национальный интернет конкурс

Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер

Reyting


Статистика

Пользователи : 7
Статьи : 554
Ссылки : 6
Просмотры материалов : 19725980
Сейчас 1642 гостей онлайн

Погода

Онлайн консультант