Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Yadro fizikasi

Atom va yadro fizikasi

E-mail Bosish PDF

Atom va yadro fizikasi kafedrasi. Atom va yadro fizikasi kafedrasi 1944-yilda O’zbekistonning fan va maorif darg’alaridan biri, professor Muso Mo’minovich Mo’minov tomonidan ochilgan. O’sha davrda kafedrada dots. A.G.Kochnev, dots. N.B.Badalov, katta o’qituvchilar A.M.Yusupov, X.X.Haydarov, A.S.Botin, X.M.Ayupov, V.I.Sivalopov, Q.Komilov, M.Ya.Pugach, U.Maxsudov, D.Hotamov, A.Ye.Freylixmanlar faoliyat ko’rsatgan.

Professor Muso Mo’minov 1952-yilda umumiy fizika kafedrasida birinchi marta radioaktiv izotoplar fizikasi bo’yicha maxsus fan tashkil qildi. Kafedrada prof. M.M.Mo’minov tomonidan «Gamma-nurlarning suyuq va qattiq moddalarda yutilishi» mavzusida ilmiy ishlar olib borildi. Ushbu mavzudagi ilmiy ishlar natijalari asosida eritmalar zichligini, paxta namligini, qurilish ishlari sifatini aniqlash usullari ishlab chiqildi. Kichik dozadagi gamma-nurlarning paxta hosildorligiga ta’siri o’rganildi va hosildorlikning har gektardan 8% ga ortishiga erishildi. 1960-yilda prof. M.M.Mo’minov tomonidan O’zbekistonda birinchi marta «Atrof-muhit namunalarining radioekologik holatini o’rganish» mavzusida ilmiy ishlar boshlandi. Ilmiy ishlarga kafedraning barcha professor-o’qituvchilari jalb qilindi.

1961-yildan boshlab kafedra O'zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, O’zbekiston Milliy universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiyaning Dubna shahridagi Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti, Tomsk universiteti, Sankt-Peterburg davlat universitetlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o’rnatdi.

Kafedra tashabbusi bilan Samarqand davlat universitetida 1981-va 1993-yillarda Yadro spektroskopiyasi va atom yadrosi tuzilishi bo’yicha xalqaro ilmiy konferensiyalar o’tkazildi. 1986-yilda xalqaro «Yosh fiziklar maktabi» konferensiyasi o’tkazildi.

1944-2011-yillarda kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatganlar:

1. 1944-1969-yillar professor Muso Mo’minovich Mo’minov.

2. 1969-1972-yillar dotsent Maqsud Musayevich Mo’minov.

3. 1973-1978-yillar dotsent Ne’mat Badalovich Badalov.

4. 1978-1983-yillar dotsent Amriddin Bobobekovich Xoliqulov.

5. 1983-1988-yillar dotsent Rustam Mustafayevich Ibodov.

6. 1988-1998-yillar professor Maqsud Musayevich Mo’minov.

7. 1999-2010-yillar dotsent Shaymon Xolmonovich Xushmurodov.

8. 2010-yildan hozirgi kungacha professor Rustam Mustafayevich Ibodov.

Kafedrada bugungi kunda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar:

Familiyasi, ismi

Lavozimi

Familiyasi, ismi

Lavozimi

1

Ibodov R.M

Kafedra mudiri professor

10

Nodirov G’.Y.

staj.-tadqiq.-izlanuvchi

2

Axmedova G. A.

Dotsent

11

Safarov A.A.

staj.-tadqiq.-izlanuvchi

3

Xoliqulov A.B.

Dotsent

12

Azimov A.

staj.-tadqiq.-izlanuvchi

4

Omonov Sh.O.

Dotsent

13

Badalov A.N.

katta laborant

5

Suvonov I.S.

Dotsent

14

Turkmanova Sh.I.

kabinet mudiri

6

Xushmurodov Sh.X.

Dotsent

15

Suvonov A.I.

laborant

7

Sharipova S.A.

Dotsent

16

Baratova Y.

laborant

8

Sultonov M.U.

Dotsent

17

To`xtayev U.

laborant

9

Mamatqulov O. B.

Dotsent

 

 

 

Kafedrada talabalar uchun atom fizikasi (o’zbek, rus, tojik tillarida), yadro fizikasi (o’zbek, rus, tojik tillarida), 2, 3, 4-kurs talabalari uchun tanlov fanlaridan dars mashg’ulotlari olib boriladi.

Kafedrada 2001-yildan boshlab «Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi» mutaxassisligi bo’yicha magistratura ta’limi ochilgan. Kafedra xodimlari 1-, 2-bosqich magistrantlariga mutaxassislik fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarini o’tish bilan birga ularning magistrlik dissertatsiyalariga hamda ilmiy faoliyatlariga rahbarlik qilib kelishmoqda.

Kafedrada atom fizikasi, yadro fizikasi, tanlov va maxsus fanlaridan o’quv laboratoriyalari mavjud.

Bugungi kunda kafedrada uch yo’nalish bo’yicha (yadro spektroskopiyasi, yuqori energiyalar fizikasi va maydon nazariyasi) ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda

Oxirgi yangilash ( 23.12.2011 12:19 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-151-271-241-11foto-7

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

Yo'nalishlar

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 487
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15526629
Hozir 306 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант