Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Gidrometrologiya va landshaftshunoslik

Gidrometrologiya va landshaftshunoslik

E-mail Bosish PDF

alt

Gidrometeorologiya va landshaftshunoslik kafedrasi

Gidrometeorologiya va landshaftshunoslik kafedrasi. Gidrometeorologiya va landshaftshunoslik kafedrasi 2007 yilda Tabiiy fanlar fakulteti geografiya bo’limi qoshida tashkil etilgan. Dastlab kafedrani 2011 yilgacha prof. S.B.Abbosov boshqardi. Bugungi kunda kafedraga professor A.Abdulqosimov rahbarlik qilmoqda. Kafedra dastlab tashkil etilganda 6,5 shtat birligida ish boshlagan bo’lib, o’sha davrda 1 ta fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi dosent, 2 nafar katta o’qituvchi, 3 nafar assistent bilan ish boshlagan edi. Bugungi kunda 5 nafar fan doktori, professorlar, 1 nafar dosent, 2 nafar katta o’qituvchi kafedra salohiyatini ko’tarib turibdi. Kafedra ochilgandan to shu kungacha professor S.B.Abbosov «Qizilqum  landshaftlari  va  ularning  geoekologik  jihatlari» mavzuidagi doktorlik dissertasiyasini himoya qildi (2008 yil) va OAK tomonidan geografiya fanlari doktori ilmiy darajasi berildi. kafedra dosenti A.R.Raxmatullayev «O’zbekiston voha geosistemalarining ekologik holati (O’rta va Quyi Zarafshon misolida)» mavzuidagi doktorlik dissertasiyasini, Q.S.Yarashevning «Surxondaryo botig’i paragenetik landshaft komplekslari va ularni geoekologik rayonlashtirish» mavzuidagi nomzodlik dissertasiyalarini yozib tugallanib, Gidrometeorologiya ilmiy tekshirish instituti qoshidagi ixtisoslashgan kengash ilmiy seminariga muhokama  uchun topshirilgan. Kafedraning O’zbekiston gidrometeorologik markazi va respublikamizdagi ko’plab oliy o’quv yurtlari bilan aloqasi yo’lga qo’yilgan.

Kafedra tashabbusi bilan quyidagi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilgan:

1.        O’zbekistonda geografiya, ekologiya va turizm muammolari. Samarqand, 1996.

2.        Buyuk Ipak Yo’li: geografiya, turizm va ekologiya. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi, 1999.

3.        Problemыopustыnivaniya v aridnыx zonax. Xalqaro ilmiy konferensiya, 2000.

4.        Tabiiy va iqtisodiy geografiyaning regional muammolari. Prof. M.U.Umarovning 80 yilligiga bag’ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2002.

5.        Geografiya va barqaror rivojlanish. Prof. A.Abdulqosimovning 70 yilligiga bag’ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2004.

6.        Geografiyaning dolzarb muammolari. prof. S.A.Nishonovning 70 yilligiga bag’ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2006.

7.        Fan-texnika taraqqiyoti va geografiya. Prof. M.U.Umarovning 80 yilligiga bag’ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2007

8.        O’zbekistonda geografiyaning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2009.

Kafedra bakalavr ta’lim yo’nalishi bo’yicha Geografiya va Gidrometeorologiya yo’nalishlariga, Quruqlik  gidrologiyasi magistratura mutaxassisligiga mashg’ulotlarini olib boradi.

Kafedrada shuningdek 11.00.01-Tabiiy geografiya, landshaftlar geokimyosi va geofizikasi ixtisosligi bo’yicha aspirantura mavjud bo’lib unda hozirda 3 nafar tadqiqotchi ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Kafedra dosenti A.R.Raxmatullayev rahbarligida 2001 yil Haydarov Safarboy “Beruniy” nomidagi stipendiya, Ibodullayev Nurali “A.Otoxadjayev” nomidagi atoqli stipendiya”, 2007 yil Abjalova Umida “Ulug’bek” nomidagi stipendiya sovrindorlari bo’lishgan. 2009 yilda o’tkazilgan respublika gidravlika fani olimpiadasida I.Xushnazarov faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi. 2011 yilda kafedra iqtidorli talabasi N.Erlapasov dos. A.Rahmattullayev rahbarligida 5 ta ilmiy maqola chop ettirdi va “Qodir Zokirov” nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi.

Oxirgi yangilash ( 23.12.2011 10:33 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-16foto-111-81-221-16

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-Iyun. Kushshayeva Matlyuba, Xamrakulova Iroda Shaxobovna, Boboqulov G‘olib Doniyorovich, Kushatov Toshkul Shamsiyevich, Pirnazarov Sherzod Shermamatovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Samarqand Davlat universiteti “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etadi. Tadbir 2017 yil 10-12 iyun kunlari 900 da Samarqand Davlat universitetining katta majlislar zalida ochiladi. Manzil: Samarqand shahar, universitet xiyoboni, 15-uy, Tel: (0366) 233-60-85.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 554
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 19726264
Hozir 1572 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант