Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Psixologiya

Psixologiya

E-mail Bosish PDF

Psixologiya kafedrasi uzoq yillar pedagogika kafedrasi tarkibida bo’ldi. 1980 yilda psixologiya kafedrasi  alohida nom bilan yangidan shakllandi va mustaqil faoliyat ko’rsatdi.

Kafedraga shu yillar davomida dots. S.Raximov (1980-1991), dots.M.Xalilov ( 1991-2005) mudirlik qildilar. 2005 yilda psixologiya kafedrasi amaliy pedagogika kafedrasi tarkibiga qo’shib yuborildi va amaliy pedagogika va psixologiya nomi bilan yuritildi. 2011 yilda psixologiya kafedrasi yana alohida kafedra sifatida shakllandi. Hozir kafedraga dots. A.Saidov rahbarlik qilmoqda.

Kafedraning faoliyatida M.Sherbayev, T.Abayeva, N.Grigoryeva, M.Xalilov,U.Otavaliyeva, D.Ortiqovlar katta rol o’ynaganlar. Psixo-logiya fanining rivojiga A.Abduahadov, Y.Masharipov, S.Musinovlar  salmoqli hissa qo’shdilar. O’qish-o’qitish, ilmiy-tadqiqotchilik va tarbiyaviy ishlar saviyasini talablar darajasiga yetkazishda kafedra olimlari katta ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Kafedra olimlari  «Bilish faoliyatini o’rganish va rivojlantirish uslublari»,«O’qituvchilar ruhiyatini o’rganish uslublari» (E.Iskandarov),  «Psixologiyadan ayrim atamalar izohi» (Daminov Q.),  «Psixologiyadan dars bayoni» (M.Sulaymonov), «Milliy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» (M.Quronov)  kabi ishlarni yaratdilar.

Mustaqillik yillarida fakultet kafedralarida ayrim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Vaqt taqozosi bilan tabiiy fanlar va ularni o’qitish metodikasi hamda gumanitar fanlar va ularni o’qitish metodikasi kafedrasi shakllandi. 2011 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug’i bilan  mavjud kafedralar negizida to’rtta yangi kafedra shakllandi. Ana shu kafedralar sirasiga boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi ham kiradi. Bugungi kunda boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasida 33 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Fan nomzodlari, dotsentlar 10 nafar, o’qituvchilar 23 nafar.

Kafedra a’zolari viloyatning ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o’qish-o’qitishning yangi metodlari ustida ish olib bormoqdalar. Maktablarda o’tkazilgan yangi pedagogik texnologiyalar bo’yicha kuzatuvlar, eksperimentlar natijasi sifatida o’quv va uslubiy qo’llanmalar yaratmoqdalar. Hozirda X.Ziyodullayev, X.Nazarov, Q.Tursunov, A.Kabulova, M.Nuriddinova, F.Shodiyev, A.Azimov, Z.Hojimatova, T.Soy, H.Rabbonaqulov kabi olimlar boshlang’ich ta’lim metodikasi va pedagogikasi ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

1984 yilda «Maktabgacha pedagogika-psixologiya» fakulteti pedagogika fakulteti tarkibidan ajralib chiqdi va mustaqil tarzda faoliyat ko’rsata boshladi. Ushbu fakultet tarkibida «Maktabgacha tarbiya» kafedrasi tashkil topdi. Dastlab kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.O’tanazarov mudirlik qildi. Kafedrada maktabgacha tarbiya, pedagogika fanlari taraqqiyotida dotsentlar V.T Dinesinko, M.O Ashurov, M.A.Mirkamolova, O’.Otavaliyeva, katta o’qituvchilardan A.K.Yermakova, M.Quranov, M.B Xoliqov, Q.D.Daminov, R.N.Raxmatov, I.X.Xoliqov, M.Binaminova, F.Toshpulatov kabi  olimlarning xizmati katta bo’lgan.

1992 yildan e’tiboran sobiq pedagogika instituti SamDU ga qo’shilishi munosabati bilan maktabgacha tarbiya kafedrasi boshlang’ich ta’lim kafedrasi bilan qo’shib yuborildi.

Oxirgi yangilash ( 23.12.2011 15:03 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-161-21foto-3foto-151-29

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 487
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15566200
Hozir 286 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант