Samarqand Davlat Universiteti

en-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Faculty of History

E-mail Print PDF

FAKULTET MA'MURIYATI 

Holmatov

Fakultet dekani

Xolmatov Normuxammad O’rozovich

Qabul vaqti: har kuni 14:00-16:00 (dushanba va jumadan tashqari)

Telefon: (8 366) 239-18-26

E-mail: This e-mail address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it

 

FAKULTET FAOLIYАTIDAN LAVHALAR
 
Azaldan ilm-fan markazlaridan bo‘lgan qadimiy Samarqandda universitet tashkil etilishi respublikamiz ijtimoiy-madaniy hayotida muhim voqea, keskin burilish bo‘ldi. Tarix fakulteti Samarqand davlat universiteti tashkil topgan 1927 yildan buyon  to‘ng‘ich fakultetlari qatorida kamol topib, ulg‘ayib qizg‘in faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Hozirgi kunda fakultetda 1152 nafar talaba, 36 ta magistrantlar tahsil olmoqda. Ularga 107 nafar professor-o‘qituvchi tahsil bermoqda. Ilmiy-pedagogik jamoa a’zolarining 7 tasi fan doktori, professor, 32 tasi fan nomzodlari, dotsent, 11 tasi katta o‘qituvchi, 57 tasi assistentlardir. Fakultet bo‘yicha ilmiy salohiyat 48% ni tashkil qiladi.
Fakultetda tarix (512300) va arxeologiya (5120400),  Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi (5111600) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat, Arxeologiya(5 A 120401) , O‘zbekiston tarixi (5A 120301),  Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha) (5A 120302),  Tarixshunoslik, manbashunoslik  tarixi tadqiqotlar metodlari (5A 120304),  Muzeyshunoslik: konservasiya va badiiy boyliklarni saqlash (5 A 150204), Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) (5A 511601) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari mavjud.
Fakultetda 6 ta kafedra, xususan O‘zbekiston tarixi, Arxeologiya,  Jahon tarixi, Manbashunoslik va tarixshunoslik, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, Huquqiy fanlar kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shu kunlarda fakultetda o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash  maqsadida kompyuter sinflari va maxsus dars xonalari tashkil qilingan. Fakultetdagi barcha kompyuterlar «Internet» xalqaro tizimiga ulangan. Fakultetning har bir professor-o‘qituvchisi elektron manzillari mavjud. Barcha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar bo‘yicha fanlar darsliklar, o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodi,  o‘quv adabiyotlari, elektron darsliklar, ma’ruza matnlari bilan ta’minlandi. O‘qitishning modullik tizimi ustida faoliyat yuritilmoqda.
            Fakultet jamoasi o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohalardagi faoliyat bilan bir qatorda universitet, shahar, viloyat hamda respublika miqiyosida o‘tkazilayotgan turli tadbirlarda faol qatnashmoqda. Ular aholi o‘rtasida ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni jonlantirish,  xususan hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qonun va qarorlarni tushuntirish sohasida doimiy ish olib borishmoqdalar.
Tarix fakulteti olimlari jahonning yetakchi ilmiy markazlari bilan xamkorlik qilib kelmoqdalar.
Jumladan: Arxeologiya kafedrasi Italiyaning Bolonya, Fransiyaning Sorbonna, Rossiyaning Moskva Davlat universiteti, Sankt-Peterburg, Novosibirsk universitetlari bilan, umumiy tarix kafedrasi Varshava universiteti bilan, manbashunoslik va tarixshunoslik kafedrasi AQShning Indiana universiteti, Moskva va Samara universitetlari va ilmiy markazlari bilan xamkorlik aloqalari o‘rnatganlar. Hamkorlik natijalari chet elda chop etilgan maqolalar, xalqaro simpoziumlarda o‘qilgan ma’ruzalarda o‘z aksini topmoqda. Jumladan,  prof. I.M.Saidov AQSh Indiana universitetida xalqaro konferensiyalarda qatnashib, o‘z ilmiy hamkorliklarini olib borishmoqda. Prof. N.A.Avanesova Fransiyaning Sarbonna universiteti bilan aloqa o‘rnatgan, ass. O.Ergashev polyak olimlari bilan Qizilqum dashtlarida Ko‘kayaz botig‘ida tadqiqotlar olib borgan. Dots. N.U.Xolmatov, ass.I.M.Qurbonboyevlar O‘zbekiston-Fransiya xalqaro arxeologik ekspedisiyasining Ayakagitma yodgorligi tadqiqotida ishtirok etishgan.
Prof.M.Djuraqulov, dots.N.Xolmatovlar 2002-2005 yillar  VM “O‘zbekiston tarixi”  ko‘p jildli davlat grantida qatnashib, 1-jildi “Neolit” bo‘limini nashrga tayyorlashdi. Shuningdek, ular 2015 yilda nashrdan chiqqan “O‘zbekiston tarixi xrestomatiyasi” kitobining  hammualliflari hisoblanadi.
Fakultetda davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan xodimlar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Prof. M.J.Jo‘raqulov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’lim xodimi» unvoni, Hamroqulova Shohista “Shuhrat” medali sohibi hisoblanadi.
Assistent A.P.Aslanov  2015 yil yanvar oyidan boshlab, O‘zFA Arxeologiya institutidagi «So‘g‘d va Usturshonaning antik va o‘rta asrlar davri urbanizasiya jarayoning roli» (F1-FA-O-83775) grant loyihasining bajarilishida ishtirok etmoqda. Shuningdek ass. I.M.Kurbonboyev O‘zFA Arxeologiya institutidagi «Qashqadaryo voxasi sug‘orish inshoatlari tarixi» (A1-FA-O-17607) deb nomlangan grant loyihasining ishtirokchisi sifati qatnashib kelishmoqda.
Fakultetda arxeologiya muzeyi mavjud bo‘lib u 1965 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Muzey fondlarida mustye davri (bundan 90-70 ming yil avval)dan to asrimizning XIII asrigacha bo‘lgan davrga mansub katta tarixiy va badiiy qiymatga ega bo‘lgan, nafaqat o‘lkamizning balki O‘rta Osiyo mintaqasi tarixi uchun ahamiyatli hisoblangan arxeologik kolleksiyalar mavjud.
   Muzey fondlari materiallari, nafaqat O‘rta Osiyo, balki chegaradosh mintaqa va chet eldagi qadimiy tarix ixlosmandlari e’tiboriga tushdi. Muzey fondlarini o‘rganish va konkret materiallarni tadqiq qilish uchun Moskva, Sankt-Peterburg, Olma-Ota, Bishkek, Garvard va Parijdagi O‘rta Osiyo tadqiqotlari markazlari olimlari tashrif buyurishgan.
   Har yili tarix ta’lim yo‘nalishi 1 kurs talabalari Surxondaryo viloyatida (N.Avanesova) hamda Afrosiyob tarixiy manzilgoxlarida, Sazag‘on, Tepako‘l (N.Xolmatov) va boshqa tarixiy manzilgohlarda arxeologik amaliyotni o‘tashadi. Qazishma ishlarida topilgan tarixiy ashyolar fakultetning «Arxeologiya muzeyi» topshiriladi.
Ta’lim tizimiga ilm-fan yutuqlarini muntazam ravishda tatbiq etib borish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix va Sharqshunoslik, Arxeologiya institutlari bilan tarix fakulteti o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish va rivojlantirish maqsadida korporativ hamkorlik shartnomalar tuzilgan.
Tarix fakulteti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan maqsad, vazifa va tamoyillar asosida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida” respublika va viloyat o‘rta maxsus ta’lim tizimiga quyidagi yo‘nalishlarda uslubiy va amaliy yordam berib kelmoqda:
-       fakultet hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari integrasiyasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishlarida o‘quv jarayonining uslubiy ta’minoti masalalari muhokama etilib, amaliyotga qo‘llash chora-tadbirlari ko‘rib boriladi;
-     fakultetning 10 ga yaqin professor-o‘qituvchilari va 30 ga yaqin magistranti akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatishmoqda;
-         akademik litsey va kasb hunar kollejlarida fakultetning 6 ta kafedrasi filiali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida universitetda “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati kengashi tashabbusi bilan  mini futbol bo‘yicha “Fakultet kubogi” tashkil etilgan. Shaxmat, shashka, futbol, mini futbol bo‘yicha musobaqalar doimiy o‘tkazilib kelingan. Shu bilan birga, fakultet talabalari madhiyasi yaratilgan, chet tillarini o‘rgatish va ma’naviyat klublari faoliyat ko‘rsatadi.  Fakultetning  hamma yig‘ilish va anjumanlari, har yili an’anaviy o‘tkazilib boriladigan “Zulfiya qizlari”, “Talabalar bahori” ko‘rik tanlovlari odat bo‘lib qolgan xay’at tarkibisiz faol talabalar tomonidan boshqarilib boriladi.
Ustoz murabbiylardan tarix fanlar doktorlari, professorlar M. Jo‘raqulov, I.Saidov, prof J.Yaxshilikov, Z.Yu.Muqimov tarix fanlar nomzodlari, dotsentlar N. Xolmatov, R. Xoliqulov, N. Avanesova, B.Ergashev, B.To‘raqulov, X. Mamaraximov, M.Qo‘ldoshev, A.G‘ulomov, M.Xoshimova, D.Jo‘raqulova, M.Nasrullayev, D.Rajabova kabilarning mehnati, faoliyati, fidoyiligi, talabalarga bo‘lgan mehrini ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Fakultetimiz talabalari keyingi yillar davomida o‘tkazilgan Respublika Fan Olimpiadasining tarix mutaxasisligi buyicha 5 marotaba sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritganligining o‘ziyoq ilmga bo‘lgan xurmatidan dalolat beradi. 2006 yilda Mattiyev O‘tkir birinchi o‘rinni, 2007 yilda Normanov Feruz birinchi o‘rinni, 2008 yilda Mirubaydov Nasimjon ikkinchi o‘rinni, 2009 yilda Tog‘ayev G‘anisher birinchi o‘rinni, 2011 yilda Shopo‘latov Ulug‘bek uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Keyingi yillarda iqtidorli talabalar safidan Prezident va davlat stipendiantlari hamda fan olimpiadalari g‘oliblari yetishib chiqqan. Hamroqulova Shoxista - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi, Obloqulova Dilafruz, G‘afforova Dilbar, Ergashev Odil, Ismailov Dilshod, Sattorov Eldor, Xushvaqtov Nodir - Alisher Navoiy stipendiyasi  sovrindorlari hisoblanadi.      
2012 yil 26-28 noyabr kunlari Toshkent shahrida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan, 16 ta jamoa qatnashgan  “Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovida  fakultetimizning talabalaridan tuzilgan “Ulug‘bek vorislari” jamoasi  (Esanov Alisher, Umarov Sardor, Shopo‘latov Ulug‘bek, Bekmurodova Umida, Nazarov Bahodir,  Sodiqova Eldor, Eshnayeva Muhabbat, Xolova Fotima) barcha shartlarda o‘zlarining iqtidorini namoyish eta oldi va 1-o‘rinni oldi. 2013 yilda ushbu jamoa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va munosib taqdirlandilar.
        Fakultetimizdagi 4 ta kafedra qoshida ilmiy to‘garaklar doimiy faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston tarixi kafedrasi qoshida “Moziydan sado”, Arxeologiya kafedrasi qoshida “Yosh arxeolog”, Manbashunoslik va tarixshunoslik kafedrasi qoshida “Yosh manbashunos”, Jahon tarixi kafedrasi qoshida “Jahonga nazar” nomli ilmiy to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi.
2016 yil 6 may kuni “O‘zbekiston tarixining dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi. Anjumanda respublikamizning taniqli tarixchi olimlari, mutahassislar va ilmiy izlanuvchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Last Updated ( Thursday, 29 December 2016 15:48 )  

Rector's Virtual Reception

Photo Gallery


foto-14foto-101-181-311-30

E-mail service SamSU

1414756350 e-mail2
Banner

Advertisement

logoabitur1


 University Alexandra Ioana Cusa in Iasi of Romania announced“Erasmus +”scholarship program for students and staff. Submission of deadline is 5 November, 2016. Application forms can be obtained from scholarships program’s website: https://erasmusplus.uaic.ro/

Additional information: possible to get from International Relations Office of the University.

Note: All expenses are covered

The direction of faculty

Projects

Banner
Banner

SamSU in the blogs fikr.uz

Banner

National Internet contest

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistics

Members : 7
Content : 487
Web Links : 6
Content View Hits : 15516323
We have 267 guests online

Weather

Онлайн консультант