Samarqand Davlat Universiteti

ru-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Исторический факультет

E-mail Печать PDF

TARIX    FAKULTETI  FAOLIYaTIDAN  LAVXALAR

               Azaldan ilm-fan markazlaridan bo’lgan qadimiy Samarqandda universitet tashkil etilishi respublikamiz madaniy-ijtimoiy hayotiga muhim voqyea, keskin burilish bo’ldi. Tarix fakulteti dorilfunun tashkil topgan 1927 yildan buyon bu to’ng’ich fakultetlar qatorida kamol topib, ulg’ayib qizg’in faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

             Tarix fakulteti 80 yildan ortiq vaqt davomida haqiqiy taraqqiyot va rivojlanish bosqichini o’tdi. Dastlabki yillarida mashaqqatli qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. O’sha kezlarda talabalar soni yetarli emas edi. Shuning uchun, fakultet bazasida tayyorlov kurslari tashkil etildi, halq va yoshlar,  ayniqsa xotin-qizlar o’rtasida keng ko’lamda tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada fakultetda talabalar soni tez sur’atlar bilan o’sdi.

             Hozirgi kunda   fakultetda 449 nafar talaba, 57 ta magistrantlar tahsil olmoqda. Ularga 46 nafar professor-o’qituvchi tahsil bermoqda.  Ilmiy-pedagogik jamoa a’zolarining  3 tasi fan doktori, professor, 14 tasi fan nomzodlari, dosent, 5 tasi katta o’qituvchi, 24 tasi assistentlardir. Fakultet bo’yicha ilmiy saloxiyat 71%ni tashkil qiladi.

           Fakultetda tarix va arxeologiya ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat Arxeologiya, Vatan tarixi, umumiy tarix, tarixshunoslik,  manbashunoslik va tarixi tadqiqotlar metodlari, muzeyshunoslik: konservasiya va badiiy boyliklarni saqlash ta’lim yo’nalishlari bo’yicha magistratura mutaxassisliklari mavjud.

          Fakultetda 4 ta kafedra: Ular, O’zbekiston tarixi, arxeologiya, qadimgi Dune tarixi va etnografiya, umumiy tarix. manbashunoslik va tarixshunoslik, kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda. Shu kunlarda fakultet dekani t.f.d., prof. Sh.S.G’afforov  tashabbusi bilan o’quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash  maqsadida kompyuter  sinflari va maxsus dars xonalari tashkil  qilingan.  Fakultetdagi barcha kompyuterlar «Internet» halqaro tizimiga ulangan. Fakultetning har bir professor-o’qituvsisi elktron manzillari mavjud.

          Tarix fakulteti so’ngi o’n yilda xomiylar ko’magida to’liq qayta ta’mirlashdan chiqarildi. Barcha kafedralar, dekanat, auditoriyalar, o’quv xonalari, arxeologiya muzeyi yangi mebellar bilan jihozlandi. Kafedlarar va dekanat yangi zamonaviy kompyuterlarga ega bo’ldi. Barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha fanlar darsliklar, o’quv adabiyotlari, elektron darsliklar, ma’ruza matnlari bilan ta’minlandi.

         Fakultetda halqaro va respublika miqiyosida ilmiy konferensiyalar o’tkazish an’anaga aylangan.

         So’nggi besh yil ichida fakultet jamoasi tomonidan 33 ta monografiya, 5 ta darslik, 30 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmasi, 700 dan ortiq ilmiy maqolalar qilingan. Fakultetda 116 ta iqtidorli talabalar bo’lib, ularning ilmiy to’plamlari muntazam ravishda nashr qilinmoqda.

           Fakultet fundamental kutubxonasida Mediamarkaz tashkil etilgan bo’lib, xomiylar yordamida prof. Sh.S.G’afforov rahbarligi ostida  fakultet professor-o’qituvchilari barcha fanlar bo’yicha elektron darsliklar yaratildi. Mediamarkazning  talabalar uchun qulayligi unda mediatekaning mavjudligidir. Chunki, mediatekada barcha fanlarning o’quv-uslubiy majmualari jamlangan. Bugungi kunda fakultetda «Kadrlar tayyorlash  milliy dasturi»   talablari asosida raqobatbardosh  mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda.  Har yili iqtidorli  talabalar  safidan Prezident va davlat stependiantlari  hamda fan olimpiadalari  g’oliblari yetishib chiqmoqda. Jumladan, fakultet talabalaridan Obloqulova Dilafruz, G’afforova Dilbar, Ismailov Dilshod - Alisher Navoiy stipendiyasi, Hamroqulova Shoxista - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Xabibullayev Orif – Yaxyo G’ulomov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlaridir. 

           Iqtidorli yoshlarni fakultetga jalb qilish maqsadida viloyatning chekka – chekka   qishloqlardagi maktablar, akademik lisey va kasb – hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalar  o’rnatilgan. Fakultetda o’quv mashg’ulotlarining sifatini oshirish maqsadida Davlat standartlariga mos o’quv va ishchi rejalari yaratildi. Hozirgi kunda fakultet jamoasi oldida ma’suliyatli vazifalar turibdi. Ularning asosiylari «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni to’la amalga oshirish, ya’ni fakultet kafedralarining moddiy-texnik axborot bazasini mustahkamlash, o’quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan  ta’minlash, akademik lisey,  kasb xunar kollejlari uchun darsliklar, o’quv qo’llanmalari yaratish, elektron darsliklarni tayyorlashdan iboratdir. Bu esa o’z navbatida ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada oshirish imkoniyatini beradi.

           Fakultet jamoasi o’quv, ilmiy va  ma’naviy-ma’rifiy ishlar  sohalardagi faoliyat bilan bir qatorda universitet, shahar, viloyat hamda respublika miqiyosida o’tkazilayotgan turli tadbirlarda faol qatnashmoqda. Ular aholi o’rtasida ommaviy-siyosiy ishlarni jonlantirish, hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qarorlarni tushuntirish sohasida doimiy ish olib boradilar. Viloyatdagi maktablar, muzeylar, kutubxonalar, arxiv va boshqa madaniy-oqartuv muassasalarida tez-tez bo’lib amaliy konferensiya va seminarlar o’tkazilishi ular o’rtasida hamkorliklarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Jumladan, fakultet dekani Sh.S.G’afforov 2004 yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov o’tkazuvchi 47-Registon okrug saylov komissiyasi raisi, 2007 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi 8-Samarqand okrug saylov komissiyasi a’zosi, 2009 yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov o’tkazuvchi 50-Registon okrug saylov komissiyasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

          Tarix fakulteti olimlari jahonning yetakchi ilmiy markazlari bilan xamkorlik qilib kelmoqdalar. Jumladan: O’zbekiston tarixi kafedrasi Fransiyaning Sorbonna universiteti bilan, Arxeologiya kafedrasi Italiyaning Bolonya, Fransiyaning Sorbonna, Rossiyaning Moskva Davlat universiteti, Sankt-Peterburg, Novosibirsk universitetlari bilan, umumiy tarix kafedrasi Varshava universiteti bilan, manbashunoslik va tarixshunoslik kafedrasi AQShning Indiana universiteti, Moskva va Ashxabod universitetlari va ilmiy markazlari bilan xamkorlik aloqalari o’rnatganlar. Xamkorlik natijalari chet elda chop etilgan maqolalar, halqaro simpoziumlarda o’qilgan ma’ruzalarda o’z aksini topmoqda. Jumladan, prof. Sh.S.G’afforov, prof. I.M.Saidov AQSh Indiana universitetida halqaro konferensiyalarda qatnashib, o’z ilmiy hamkorliklarini olib borishmoqdalar. Prof. N.A.Avanesova Fransiyaning Sarbonna universiteti bilan aloqa o’rnatgan, ass. O.Ergashev polyak olimlari bilan Qizilqum dashtlarida Ko’kayaz botig’ida tadqiqotlar olib bormoqda.

           Arxeologiya kafedrasi a’zosi O.Ergashev O’zFA arxeologiya instituti tarkibida B.Sayfullayev rahbarligida chet el granti asosida Zarafshon vodiysi Ko’kayaz botig’i tosh davri tarixini o’rganish yo’nalishi bo’yicha tadqiqot olib bordilar. Tadqiqot 2010-2015 yillarga mo’ljallangan bo’lib, uni bajarish uchun 32 million so’m mablag’ ajratilgan.

         Fakultetda davlat mukofotiga sazovor bo’lgan xodimlar ham faoliyat ko’rsatmoqda. Prof. M.J.Jo’raqulov «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi», «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan xalq ta’lim xodimi» unvoni egadirlar. Prof.Sh.S.G’afforov O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligini, «Oliy va o’rta maxsus ta’lim fidoyisi» nishoni va «O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi» ko’krak nishoni bilan taqdirlangan

          Har yili tarix ta’lim yo’nalishi 1 kurs talabalari Surhandaryo viloyatida hamda Afrosiyob tarixiy manzilgoxlarida, Sazag’on, Tepako’l va boshqa tarixiy manzilgohlarda arxeologik ekspedisiyalarida bo’lishadi. Qazishma ishlarida o’zlari topgan tarixiy ashyolar fakultetning «Arxeologiya muzeyi»ga eksponat sifatida topshirishadi.

        Ta’lim tizimiga ilm-fan yutuqlarini muntazam ravishda tatbiqetib borishmaqsadida, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix va Sharqshunoslik, Arxeologiya institutlaribilan tarixfakulteti o’rtasidagi aloqalarni kengaytirish va rivojlantirish maqsadida shartnomalar tuzilgan. Fakultetda faoliyat ko’rsatayotgan professorlar T.Sh.Shirinov, M.J.Jo’raqulov, I.M.Saidov, K.K.Rajabov, E.Z.Nuriddinov, Sh.S.G’afforov doktorlik va nomzodlik dissertasiyalari himoya qiladigan ixtisoslashtirilgan kengash a’zolaridir.

         Tarix fakultetiO’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida belgilangan maqsad, vazifa va tamoyillar asosida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida” respublika va viloyat o’rta maxsus ta’lim tizimiga quyidagi yo’nalishlarda uslubiy va amaliy yordam berib kelmoqda:

- Fakultet hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari integrasiyasi bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash yig’ilishlarida o’quv jarayonining uslubiy ta’minoti masalalari muhokama etilib, amaliyotga qo’llash chora-tadbirlari ko’rib boriladi;

-  “Akademik lisey va kasb-hunar kollejlariga ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatish guruhi” vositachiligida  viloyatdagi 15 ta  kasb-hunar kollejlari bilan  o’zaro hamkorlik shartnomalari, istiqbol va kalendar ish rejalari tuzilgan bo’lib, unga ko’ra fakultet professor-o’qituvchilari ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatib boradi;

-  Fakultet professor-o’qituvchilari akademik  liseylar va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari bilan hamkorlikda liseylar va kasb-hunar kollejlari uchun 14 nomdagi darslik va 23 nomdagi o’quv qo’llanmalar chop ettirdilar;

-  Fakultet olimlari tomonidan dasturiy mahsulot sifatida yaratilgan 25 ga yaqin elektron darslik va virtual stendlar respublika hamda viloyat lisey va kollejlariga foydalanish uchun shartnoma asosida yetkazib berildi;

-  Fakultet  yordami  bilan Samarqand shahridagi akademik lisey, kollej va umumta’lim maktablari o’qituvchilari yaratgan 3 ta darslik va 3 ta o’quv qo’llanma chop etildi;

-  Fakultetning 16 ga yaqin professor-o’qituvchilari va  30 magistranti akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o’rindoshlik asosida faoliyat ko’rsatishmoqda. Fakultet bitiruvchilaridan 139 bakalavr va 20 ga yaqin magistrlar akademik lisey va kasb-hunar kollejlariga doimiy ishga joylashdilar. Bu jarayon hozirgi kunda ham davom etmoqda; 

-  Fakultetkutubxonasining 1- va 2-akademik liseylaridagi filiallari tashkil etildi. 1 – akademikga 1200 ga yaqin  2 – akademik liseyga hozirgacha 700 dan ziyod adabiyotlar yetkazib berildi. Fakultetga biriktirilgan  hamma akademik lisey va kasb hunar kollejlari o’qituvchilari va o’quvchilari fakultetkutubxonlariga a’zo bo’lishi, uning fondi hamda undagi Internet tarmog’idan chegaralanmagan holda foydalanishlari uchun hamma shart-sharotlar yaratilgan;

-  Akademik lisey va kasb hunar kollejlarida fakultetning 8 ta kafedrasi filiali faoliyat ko’rsatmoqda. Shuningdek, hamkor tayanch akademik lisey, kasb hunar kollejlari va O’MKHT boshqarmasi xodimlaridan 3 kishi fakultet ilmiy kengashi tarkibiga kiritilgan va ular bu kengashlar ishida faol ishtirok etishmoqda;

              Xomiylar va vasiylar yordamida fakultet talabalari yotoqxona ta’mirdan chiqarildi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning sport bilan shug’ullanishlari uchun shart-sharoit yaratib berilgan. Ular ichki va tashqi sport hamda dam olish maydonchasida sportning istalgan turi bilan shug’ullanishlari mumkin. Davolashning barcha imkoniga ega bo’lgan profilaktoriya ham yoshlar ixtiyorida.Shuningdek, talabalarning sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, yosh sportchilarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida universitetda “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati kengashi tashabbusi bilan  mini futbol bo’yicha “Fakultetkubogi” tashkil etilgan. Shaxmat, shashka, futbol, mini futbol bo’yicha musobaqalar  doimiy o’tkazilib kelingan. Shu bilan birga, fakultettalabalari madhiyasi yaratilgan,chet tillarini o’rgatish va ma’naviyat klublari faoliyat ko’rsatadi.  Fakultetningg  hamma yig’ilish va anjumanlari, xar yili an’anaviy o’tkazilib boriladigan “Zulfiya qizlari”, “Talabalar bahori” ko’rik tanlovlari odat bo’lib qolgan hay’at tarkibisiz faol  talabalar  tomonidan boshqarilib boriladi. Fakultet ma’muriyati tomonidan homiy tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muxtoj, kam ta’minlangan va faol talabalarni rag’batlantirish ishlari ham yo’lga qo’yilgan. Jumladan, 2006 yilda 500000 so’m, 2007 yilda 600000 so’m, 2008 yilda 2 million so’m, 2009 yilda  2,8 million ming so’m, 2010 yilda esa  3 million so’mlik moddiy yordam ko’rsatilgan. 

             Mustaqillik, istiqlol davrida O’zbekiston hukumatining oliy ta’limni davr talabi darajasiga ko’tarish yuzasidan qo’ygan vazifalarini hal qilish fakultet jamoasining diqqat markazida turibdi. Hyech shubha yo’qki, bu olijanob va sharafli vazifani bajarish yo’lida jamoa astoydil mehnat qiladi, respublikada oliy ta’limning rivojlanishida, O’zbekiston xalqlarining yangi tarixini yaratishda o’zining munosib hissasini qo’shadi.

Tarix fakulteti iqtidorli talabalari faoliyatidan.

            Samarqand DavlatUniversiteti  rivojlanishi tarixida tarix-falsafa fakultetining ham alohida o’rni mavjud bo’lib, bunda iqtidorli talabalarning  ham o’ziga xos o’rnini qayd etish lozim. Chunki har bir jarayonda yoshlar faoliyatining cheksiz o’rni bo’lgani kabi, ayniqsa, bu holat mustaqillik yillariga kelib yanada keng imkoniyatlar vujudga kelganligi sababli ularning faoliyatida ham keskin o’zgarishlar vujudga keldi. Shuning uchun Respublikamiz Oliy Uquv yurtlari orasida Samarqand Davlat Universiteti tarix-falsafa fakultetining talabalari o’z ilmi, mustaqil fikrlashi bilan ajralib turadi.

         Ularning bu darajada shakllanishida, chuqur ilmga ega bo’lishida ustoz murabbiylardan tarix fanlar doktorlari, professorlar M. Jo’raqulov, Sh. G’afforov, I.Saidov, tarix fanlar nomzodlari, dosentlar N. Xolmatov, R. Xoliqulov, N. Avanesova, A. Malikov, B.Ergashev kabilarning mehnati, faoliyati, fidoyiligi, talabalarga bo’lgan mehrini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir. Bu ustozlarning tarixga, vatanimiz va jahon tarixini, qadimiy ajdodlarimizning tarixini talabalarda unga nisbatan mehr uyg’ota olganligi sababli ham yoshlarimiz, bevosita, iqtidorli talabalarimiz katta qiziqish bilan yondashishga, bu tariximiz haqida ilmiy izlanishlar olib borishga asos bo’lmoqda.

         Fakultetimiz talabalari keyingi besh yil davomida o’tkazilgan Respublika Fan Olimpiadasining tarix mutaxasisligi buyicha 4 marotaba sovrinli o’rinlarni qulga kiritganligining o’ziyoq ilmga bulgan xurmatidan dalolat beradi. 2006 yilda Mattiyev O’tkir birinchi o’rinni, 2007 yilda Normanov Feruz birinchi o’rinni, 2008 yilda Mirubaydov Nasimjon ikkinchi o’rinni, 2009 yilda Tog’ayev G’anisher birinchi o’rinlarni qo’lga kiritdi. Shulardan Mattiyev O’tkir SamISI qoshidagi 1-son akademik liseyda talabalariga saboq bermoqda. Narmanov Feruz O’zbekiston tarixi kafedrasi tadqiqotchisi, nomzodlik dissertasiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Mirubaydov Nasimjon va Tog’ayev G’anisherlar kafedra magistrantlari sifatida o’z ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda. Fakultetimizda Prezident va atokli shaxslar nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari bo’lgan iqtidorli talabalarni aloxida qayd qilish mumkin. Xamraqulova Shoxista 2005 yilda Prezident stipendiyasi sovrindori bo’lgan bo’lsa, 2006-2007 o’quv yilida magistratura bosqichida ham Prezident stipendianti bo’lishga muvaffaq bo’ldi. Xamroqulova Shoxista aspiranturani tugatib, nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli yakunlab, kafedra muxokamasidan ham muvaffaqiyatli o’tdi. 2010-2011 – o’quv yilida 4- kurs talabasi Ismoilov Dilshod  Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo’lgan. Hozirgi kunga qadar uning 22 ta ilmiy maqolasi chop etilgan. Yahyo G’ulomov nomidagi Universiteti stipendiantiligiga 2009-yilda Normurodov Anvar, 2010-2011-o’quv yilida Habibullayev Oriflar sazovor bo’lganlagini keltirib o’tish lozim.

         Fakultetimizdagi 4ta kafedra qoshida ilmiy to’garaklar doimiy faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’zbekiston tarixi kafedrasi qoshida “Moziydan sado” nomli ilmiy to’garak faoliyat yuritib kelmoqda. Bu to’garak a’zolari O’zbekiston davlatchiligining turli davrlariga oid manbalar asosida ilmiy ma’ruzalar qiladi va har o’quv yilida to’garakning doimiy ravishda ilmiy to’plamlari nashr qilinmoqda.

         Arxeologiya kafedrasi qoshida “Yosh arxeolog” nomli ilmiy to’garak faoliyat ko’rsatadi. To’garak rahbari prof. M.J. Jo’raqulovdir. Bu to’garak a’zolari ikki daryo oralig’ida vujudga kelgan sivilizsiyalar, arxeologiya va etnologiyaning dolzarb mavzularga bag’ishlangan ilmiy izlanishlarning maxsuli bo’lgan ma’rzalar qilmoqda.

         Manbashunoslik va tarixshunoslik kafedrasi qoshida “Yosh manbashunos” nomli ilmiy to’garak mavjud bo’lib, to’garak rahbari prof. I. Saidovdir. Vatanimiz tarixining turli davrlariga oid  manbashunoslik va tarixshunoslikka oid ma’ruzalar qilinadi, ilmiy izlanishlar olib boriladi.

         Umumiy tarix kafedrasi qoshida “Jahonga nazar” nomli ilmiy to’gark faoliyat ko’rsatadi. Bunga dos. M.Xoshimova rahbarlik qilib kelmoqda. To’garak a’zolari jaxon mamlakatlari tarixiga bag’ishlangan jiddiy izlanishlar olib borayotganligini aloxida ta’kidlash lozim.

         Ko’rinib turibdiki tarix fakulteti talabalarining ilmiy izlanishlari ular chuqur bilimga ega ekanligidan, vatanimiz tarixini jiddiy va mukammal o’rganayotganligidan dalolat beradi. Ularning bu kabi chiqishlari, ilmiy ma’ruzalari respublika tarixchi olimlarimiz tomonidan ham haqli ravishda e’tirof etilmoqda.

         Xullas, mustaqil O’zbekistonimizning qadimdan to hozirgacha bo’lgan tarixini o’rganishda o’z o’rni kelajakda yanada yorqinroq namoyon buladi degan umiddamiz.

Обновлено ( 29.12.2016 15:48 )  

Виртуальная приемная ректора

Баннер

Фотогалерея


1-221-19foto-7foto-61-30

Электронная почта

1414756350 e-mail2
Баннер

Объявления

logoabitur1 


 Румынский университет “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” сообщает об участии по программе “Erasmus +” для сотрудников и студентов.Срок подачи документов до 5 ноября 2016 года. Заполнение анкеты по сайту:https://erasmusplus.uaic.ro/

За дополнительной информацией обращаться в отдел Международных связей Университета.
Примечание: Все расходы покрываются  

 

Направлении факультета

Проекты

Баннер
Баннер

СамГУ в блогах fikr.uz

Баннер

Национальный интернет конкурс

Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер

Reyting


Статистика

Пользователи : 7
Статьи : 487
Ссылки : 6
Просмотры материалов : 15581663
Сейчас 398 гостей онлайн

Погода

Онлайн консультант