Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Kimyo bo'limi

Kimyo bo'limi

E-mail Bosish PDF

img 0026STATISTIK MA’LUMOTLAR

  Tabiiy fanlar fakulteti kimyo bo’limida bugungi kunda jami 31 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ilmiy salohiyat 90% ni tashkil etadi. Kimyo bo’limida bugungi kunda  224 talaba tahsil olmoqda. Aspirantlar soni  5ta. 2ta yo’nalish bo’yicha aspirantura faoliyat ko’rsatib keladi (02.00.02-Analitik kimyo, 0200.03- Organik kimyo). Ilmiy tadqiqotchilar soni 8 ta. Bitiruvchilar soni 60-65 ta. Keyingi 3 yil ichida bitiruvchilardan 10 kishi nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilishdi.

KIMYO FAKULTETI  TARIXIDAN

1933 yilda universitetda kimyo fakulteti tashkil qilinadi, ikki yil o’tgandan keyin,unda kimyo ilmiy tekshirish instituti ish boshlaydi. Unda organik, analitik, fizikaviy va kolloid kimyolari bo`yicha tadqiqotlar  boshlandi.

1933 yildan 1941 yilgacha doimo 200 ga yaqin talabalar o`qiganlar, shu yillarda kimyo fakultetini 125 ta talaba bitirgan, ulardan 12 dan ortig’i nomzodlik dissertasiyalarini yoqladilar.

1941yilda urush boshlanishi bilan kimyo  fakulteti ham o’z faoliyatini tugatdi. Talabalar va butun o’quv jihozlari SAGU ga qo’shib berildi.

1944yilda O’zDU qayta tiklandi, ammo kimyo fakulteti ochilmadi, faqat fakultetlararo umumiy kimyo kafedrasi ochildi.

 1959 yili kimyo bo’yicha kechki bo’limga talabalar qabul qilindi. Ushbu bo’lim talabalari va umumiy kimyo kafedrasi biologiya fakultetining tarkibida faoliyat ko’rsatdi.

1960/61 o’quv yilida universitet tarkibida kimyo fakulteti yana o’z faoliyatini boshladi va shu yili ham kunduzgi, ham kechki bo’limga talabalar qabul qildi va kimyo mustaqil fakultet sifatida to’liq ajralib chiqdi. Kimyo fakultetining birinchi dekani bo’lib R. A. Ibodullin saylandi. 1959-1964 yillarda R.A. Ibodullin fakultet rahbari sifatida, uning rivojlanishiga, uquv jarayonini takomillashtirishda, fakultetni yuqori malakali o’qituvchilar va laborantlar tarkibi bilan komplektlashdagi xizmatlari beqiyos kattadir.

1964-1974 yillarda kimyo fakultetida dekan vazifasini dos. Abramov M.M. bajardi.

1974 yil dekan lavozimida dos. Mardiyev X. I. faoliyat ko’rsatdi.

1975 yilda organik kimyo kafedrasi dosenti Sh.B. Abdullayev dekanlikka saylandi va 1983 yilgacha shu vazifada ishladi.

1970 yildan boshlab fakultetning har yilgi talabalar kontingenti 550 kishiga yetdi, ulardan 250 kishi kunduzgi bo`lim, 300 tasi kechki bo`lim talabalari edi. Har yili kimyo fakultetini 100 ga yakin talaba bitirib chiqadi. Masalan, 1986 yilda 86 ta yosh mutaxassis diplom oldi.

1983 yilda prof. T.K.Xamroqulov fakultet dekanligiga saylandi. Uning talabchanligi fakultetni universitetda eng yuqori darajaga ko’tardi. Uquv jarayoni yaxshilandi, ilmiy ishlar ko`lami ortdi, xo`jalik shartnomasi asosida bajariladigan ilmiy ishlarning salmogi ko`tarildi. Moskva, Leningrad, Toshkent va Samarkand shaharlarida nufuzli korxonalar bilan xo`jalik shartnomalari asosida bajariladigan ishlar ko`lami 10 mln. so`mdan oshib ketdi.

1987 yilda «Gaz muhiti tarkibini avtomatik sistemada nazorat qilish» bo`yicha bajarilgan ilmiy ishlar (T.K.Xamrokulov, A.M.Nasimov, V.V.Xamrokulova, Z.N.Normurodov) O’zbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

1990-1993, 1996-2001 yillarda fakultet dekanligi lavozimini professor Nasimov A.M.egalladi.

1993-1996 yillarda dosent Lutfullayev E.L. fakultet dekanligi lavozimini bajargan.

2001-2005 yilda fakultet dekanligi lavozimini dos. Muradov K.M. bajargan.

2005 yilda o’zaro yo’nalishlari bir biriga yaqin bo’lgan  fakultetlarning birlashtirilishi munosobati bilan  Biologiya, kimyo, geografiya fakultetilari bitta Tabiiy fanlar fakultetiga birlashtirildi. Tabiiy fanlar fakulteti tarkibida Kimyo bo’limi faoliyat ko’rsata boshladi.

2005-2007 yilda  Kimyo bo’limi boshlig’i lavozimini prof. Abduraxmonov E. egalladi

2007-2010 Kimyo bo’limi boshlig’i lavozimini dos. Norkulov U. bajargan.

2010 Kimyo bo’limi boshlig’i lavozimini dos. Normuradov Z.N..bajarmoqda.

Kimyo fakulteti fakatgina ta’lim tarbiya dargohi bo`libgina qolmasdan, keng ko`lamda ilmiy tadqiqot ishlari kashfiyotlar, ixtirolar, laboratoriya analizlari va sintezlari o’tkaziladigan yirik ilmiy markaz hamdir.

Atrof-muhitni muxofaza qilish, mineral ug`itlar, o`simliklar kimyosi, suyuqliklar xromatografiyasi, turli organik moddalar sintezi, yangi organik reaksiyalar tiplari, kompleks birikmalar kimyosi, kompleksion materiallar ishlab chiqish, anorganik gazlarni uzluksiz  avtomatik aniqlash kabi qator muammolar bo`yicha izlanishlar olib borish fakultetimiz olimlarining ilmiy-amaliy ishlarining asosiy yo`nalishidir. Bu sohalar bo`yicha fakultet bazasida xalqaro simpoziumlar, anjumanlar, har 2 yilda  Respublika miqyosidagi “Kimyoning dolzarb muammolari” mavzusida konferensiyalar o’tkaziladi.Fakultet kafedralarida olib borilayotgan ilmiy-tadkikot ishlari zamon talablari va ehtiyojlari bilan hamohangdir.

Samarqandlik kimyogar, olim-murabbiylar mustaqillik ruhiga mos g’ayrat bilan ishlab yangi-yangi ixtisosliklar bo’yicha yetuk kimyogar muaxassislar tayyorlash uchun tinmay izlanmoqdalar.

img 0053

Kimyo bo`limida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyati

Anorganik kimyo kafedrasida  ilmiy salohiyat-89%. 

Analitik kimyo kafedrasida hisobot yilida  ilmiy salohiyati -100%.

Organik kimyo kafedrasida  ilmiy salohiyat-80%.

Fizikaviy kimyo kafedrasida  ilmiy salohiyat-90%.

Davlat ilmiy-amaliy  dasturlari asosida bajarilayotgan ilmiy loyiha 2009-2011 yillarga mo’ljallangan IDT-6 «Respublikaning mineral xom-ashyo resurslarini, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat va qishlok xo’jalik mahsulotlari, hamda chiqindilarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanishning resurs tejamkor, ekologik xavfsiz innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish» dasturi doirasidagi  ITD-6-041» Siqilgan va kompressorlangan uglevodorodli gazlar sifatini nazorat qilishning yangi usullari va asboblarini yaratish» mavzusida  amalga oshirilmoqda.

“OT-F3-022”raqamli «Issledovaniye kinetiki i mexanizma geterogenno-kataliticheskogo okisleniya toksichnыx, pojaro- i vzrыvoopasnыx gazoobraznыx promыshlennыx otxodov» mavzusidagi fundamental loyiha bo’yicha tadqiqotlar olib borildi.

“Innovatsion g’oyalar va ilmiy ishlanmalar  II, III, IY Respublika yarmarkasi”da ishtirok etildi.

Kimyo bo’limida 5ta aspirant va 10dan ortiq tadqiqotchilar ilmiy-tadqiqot ishlarini  olib borishmoqdalar.

Keyingi 5 yil ichida Kimyo bo’limi bitiruvchilaridan 15 kishi  nomzodlik dissertasiya himoya qilishdi.

Erishilgan  natijalar

Bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari kafedrada o’quv jarayoniga qo’llanilib kelinmoqda.

Professor-o’qituvchilar tomonidan yaratilgan inversion voltamperometriya  va pyezoelektrik sensorlar yaratish qurilmalari to’g’ridan-to’g’ri maxsus fanlarni o’tishda, magistrlarning maxsus kurslariga kiritilgan bo’lib ulardan ilmiy ishlab chiqarish amaliyoti davrida qo’llanilmoqda. Bulardan tashqari kimyo o’qitishdagi yangi yaratilgan o’qitish texnologiyalari ham talabalar  bilan o’quv mashg’ulotlari olib borishda keng qo’llanilmoqda. Dosentlar Lutfullayev E.L. va Berdiyev A.T. tomonidan yaratilgan Anorganik kimyodan qo’llanma litseylar uchun asosiy qo’llanma sifatida foydalanilmoqda. 1. Lutfullayev E.L. Anorganik kimyodan o’quv qo’llanma Samarqand 2009 yil,450 bet. 2. 1.Lutfullayev E.L. Berdiyev A.T. Anorganik kimyo  o’quv qo’llanma Samarqand 2009 yil,458 bet.

Ilmiy –tadqiqot faoliyatining ustivor yo’nalishlari.

Kimyo bo’limi professor o’qituvchilarining  ilmiy tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi.

1. Noorganik biologik faollikga ega bo’lgan moddalar va koordinatsion birikmalar sintezi, tuzilishi,  reaksion qobiliyati va ularning ekosistema diagnostikasi uchun ishlatilishi;

2. Tabiiy va sintetik moddalar aralashmalari analizi uchun usul va asboblar yaratish;img 0029

3. Amaliy qimmat kompleks xossalarga ega bo’lgan moddalar hosil qilishga qaratilgan sintez usullarini rivojlantirish;

4. Organik va bioorganik birikmalarni umumiy va individual olish usullarini yaratish.

2011 yilda davlat ilmiy-amaliy  dasturlari asosida quyidagi mavzular bo’yicha tadqiqotlar olib borildi.

1. 2009-2011 yillarga mo’ljallangan IDT-6 raqamli amaliy grantlar dastur doirasidagi  ITD-6-041 «Siqilgan va kompressorlangan uglevodorodli gazlar sifatini nazorat qilishning yangi usullari va asboblarini yaratish» mavzusidagi  loyiha bajarildi (Ilmiy rahbar prof.Nasimov A.M.).

2. Innovasion yo`nalishda  I-2-3  «Neft mahsulotlari tarkibidagi oltingugurt birikmalarini nazorat qilishning yangi usullarini yaratish» loyihasi bajarildi (Ilmiy rahbar dos.Normurodov Z.N.).

3.Fundamental loyihalar dasturi bo’yicha «OT-F3-022» «Zaharli va portlovchi gazsimon sanoat chiqindilarining geterogen-katalitik oksidlanish jarayoni kinetikasi va mexanizmini o’rganish» mavzusidagi grant bajarildi (Ilmiy rahbar professor Abduraxmonov E.).

Kimyo bo’limida 2011yilda jami 31 million so`mlik xo`jalik shartnomasi asosidagi ishlar bajarildi. Shu jumladan analitik kimyo kafedrasida Samarqand paxta sanoat hududiy aksionerlik birlashmasi  bilan professor E.Abduraxmanov rahbarligida «Mahalliy xom ashyolardan paxta sanoat korxonalarida ishlatiladigan fosfor saqlagan antiperin preparatlarni olish tegnologiyasini yaratish»mavzusida 20 mln so`mlik   shartnoma, shu kafedrada kimyo fanlari nomzodi S.Tilayev 1 mln so`mlik shartnomani Britaniyaning O’zbekistondagi tamaki maxsulotlari ishlab chiqarish korxanasi bilan bajardi.

Kimyo bo’limida  Toshpo’latov X.Sh. boshchiligida Zol-Gel texnologiyasi asosida optik sensorlar yo’nalishida ishlar Xitoylik olimlar bilan birgalikda amalga oshirildi..

Kimyo bo’limi o’qituvchilari ilmiy tadqiqotlari  O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo texnologiya instituti, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining "O’simlik moddalar kimyosi instituti", Jizzax davlat pedagogika instituti, Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Respublika Tabiatni muxofaza qilish qo’mitasining viloyat bo’limi, Samarqand kimyo zavodi, Samarqand-geologiya, O’zbekiston-Rossiya konservalash qo’shma korxonasi, Samarqand Paxta sanoat xududiy aksionerlik birlashmasi kabi respublikamizning oliy o’quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda olib borildi.

Kimyo bo’limi a’zolari tomonidan  xorijiy va SNG mamlakatlarda bo’lib o’tgan nufuzli ilmiy anjumanlarda  ilmiy maqolalar chop etildi. Jumladan prof. Nasimov A.M., prof. Abduraxmonov E., dos.Muxammadiyev N. dos. Normurodov Z.N.,dos. Aronbayev D.M., aspirant Toshpo’latov X lar Rossiya va AQSh da bo’lib o’tgan kimyogarlarining  konferensiyalarida  o’z ilmiy ishlarining natijalarini tezislar shaklida chop etdilar. Aspirant S.Aranboyev,Asp. I.Abduraxmanov va tadqiqotchi Z.Murodovalarning tadqiqot natijalari Rossiyada bo’lib o’tgan kimyogarlarning 19chi Mendeleyev syezdiga qabul qilindi.

2011 yilda tadqiqotchilar X.Toshpo’latov, Mo`minova N., Murodova Z., Polvonov X.lar  nomzodlik dissertasiyasi ustidagi ilmiy ishlarini tugatib dastlabki muhokamadan o’tib, O’zbekiston Milliy universiteti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy Kengashga topshirdi.Shuningdik dosent N.Muxammadiyev doktorlik ishini dastlabki muhokamaga tavsiya qildi.

Aspirant Tillayev S. Nomzodlik dissertasiyasini tasdig’ini oldi.

Hozirgi kunda kimyo bo’limida 5 ta aspirant nomzodlik dissertasiyalari ustida ish olib bordi.

Dosent Normurodov Z.  va dosent Norqulov U.M. doktorlik dissertasiyalari  ustida ish olib bormoqda.

Bo`limda mustaqil tadqiqotchilik asosida Qarshi davlat universitetidan 1 ta, Navoiy davlat pedagogika institutidan 2 ta, Jizzax davlat pedagogika institutidan 2 ta tadqiqotchi ilmiy ish olib borishmoqda.

Bo’limda ixtisoslashgan kengash mavjud emas. Prof Abduraxmanov E. va prof.Nasimov A.M. O’zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi kimyo fanlari bo’yicha ixtisoslik Kengashi a’zosi hisoblanadi.

Bo’limida bajarilayotgan ishlarning natijalari keyingi yillarda muntazam  ravishda o’tkazilib kelinayotgan Respublika Innovasiya  vistavkasida namoyish qilinib kelinmoqda,

1987 yilda «Gaz muhiti tarkibini avtomatik sistemada nazorat kilish» bo`yicha bajarilgan ilmiy ishlar (T.K.Xamrokulov, A.M.Nasimov, V.V.Xamrokulova, Z.N.Normurodov) O`zbekistan Respublikasi Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

1997 yili aspirant N.Fayzullayev 3 yillik muhim tadqikoti uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasini sovrindori bo`ldi.

Kimyo bo’limi professor o’qituvchilari tomonidan chop etilgan darslik va o’quv qo’llanmalar

  1. O.Fayzullayev  Analitik kimyo. darslik A.Qodiriy nomidagi xalq merosi T-2006
  2. O.Fayzullayev, N.Turobov, E.Ro‘ziyev, A.Quvatov, N.Muhammadiyev Analitik kimyo.
  3. Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari  O‘quv qo‘llanma Yangi asr avlodiT-2006
  4. O.Fayzullayev Analitik kimyo.Darslik.Yangi asr avlodi T-2006
  5. A.Quvatov  Fizikaviy tadqiqot usullari (Laboratoriya ishlari uchun qo’llanma), O‘quv qo‘llanma Fan va texnologiya T-2006
  6. O.Fayzullayev. Elektrokimyoviy tekshirish usullari O‘quv qo‘llanma O’qituvchi, T-1995

    7. Lutfullayev E.L. Anorganik kimyodan o’quv qo’llanma Samarqand2009 yil,450 bet. 2.

    8 .Lutfullayev E.L. BerdiyevA.T. Anorganik kimyo  o’quv qo’llanma Samarqand 2009 yil,458 bet.

   9. Lutfullayev E.L. Normurodov Z.N,Berdiyev A.T “Anorganik kimyodan laboratoriya mashg’ulotlari”  “O’qituvchi” T.2006

   10. Lutfullayev E.L. Normurodov Z.N,Berdiyev A.T  “Umumiy kimyodan amaliy  mashg’ulotlar”  “O’qituvchi” T.2006

    11.Fayzullayev N., Turobjonov S., Muxammadiyev N “Umumiy va anorganik kimyo” T-2009

  12. Fayzullayev N va boshqalar  “Organik kimyo” darslik T-2009

  13. Fayzullayev N “Organik kimyo”  o’quv qo’llanma  T-2010

Kimyo bo’limi professor o’qituvchilari tomonidan 100dan ortiq patentlar va mualliflik guvohnomalari olingan

Jumladan  2010 yilda  olingan patentlar, litsenziyalar va ixtirolar

-  Abduraxmanov E. va boshq. Termokataliticheskiy datchik kisloroda //  O’zRes patenti. № IAP 20100122. Topshirilgan sana 26.03.2010.

-  Abduraxmanov E. va boshq. Sposob opredeleniya soderjaniya kisloroda // O’zRes patenti. № IAP 20100123. Topshirilgan sana 26.03.2010.

-  Abduraxmanov E. va boshq. Termokataliticheskiy datchik konsentrasii oksida ugleroda // O’zRes patenti. № IAP 20100222. Topshirilgan sana 27.05.2010.

-  Abduraxmanov E. va boshq. Sposob termokataliticheskogo opredeleniya konsentrasii oksida ugleroda // O’zRes patenti. № IAP 20100223. Topshirilgan sana 27.05.2010.

Kimyo bo’limi talabalari tomonidan erishilgan yutuqlar

Kimyo bo’limi talabalari qator yillardan buyon  respublika fan olimpiadalari sovrindorlari bo’lib kelishmoqdalar.

Shokirova N,, Mamirzayev M., Tursunova G., Rizayev O. kabi talabalar keyingi yillardagi fan olimpiadalarining sovrindorlari hisoblanishadi. Musayeva S., O’rinboyeva Z nomdor stipendiya sohibalaridir.

Oxirgi yangilash ( 27.05.2015 11:06 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-12foto-6foto1-191-16

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-Iyun. Kushshayeva Matlyuba, Xamrakulova Iroda Shaxobovna, Boboqulov G‘olib Doniyorovich, Kushatov Toshkul Shamsiyevich, Pirnazarov Sherzod Shermamatovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Samarqand Davlat universiteti “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etadi. Tadbir 2017 yil 10-12 iyun kunlari 900 da Samarqand Davlat universitetining katta majlislar zalida ochiladi. Manzil: Samarqand shahar, universitet xiyoboni, 15-uy, Tel: (0366) 233-60-85.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 554
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 19726257
Hozir 1572 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант