Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Geografiya bo'limi

Geografiya bo'limi

E-mail Bosish PDF

Tabiiy geografiya va geoekologiya kafedrasi

Umumiy tabiiy geografiya kafedrasi 1934yili geologiya-geografiyasi fakulteti qoshida geografiya kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Shu yildayoq kafedraga professor V.A.Lenov rahbarlik qilgan. 1944yildan boshlab geografiya kafedrasiga K.F.Kondrateva boshchilik qiladi. 1965yildan keyin kafedraga dosent L.A. Leven rahbarlik qilgan.

1964yildan boshlab umumiy tabiiy geografiya kafedrasiga M.U.Umarov rahbarlik qildi. 1964-1965 yillarda kafedraga olimlardan S.N.Nishonov, A.S.Saidov, A.A.Abdulqosimovlar ishga taklif etiladilar. Shundan keyin kafedraga M.A.Abdujabborov ishga kelgan. M.U.Umarov kafedraga 1972yilgacha rahbarlik qilgan. Shundan keyin 1972yildan boshlab umumiy tabiiy geografiya kafedrasiga dosent L.A.Alibekov, 1983yildan 1988yilgacha dosent Z.S.Sultonov, 1988 yildan boshlab dosent M.A.Abdujabborovlar boshchilik qilgan.

1990 yildan boshlab kafedra mudiri yetib professor L.A.Alibekov saylandi. 1994 yildan kafedra nomi “Tabiiy geografiya va geoekologiya” deb o’zgartirildi. Kafedrada keyingi yillarda yosh professor - o’qituvchilar, aspirant va stajerlar soni ko’payib ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanib kelmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari X.Jo’raqulov 1992yili, X.T.Nazarov 1993yili nomzodlik dessertasiyalari, S.B.Abbosov 1996yili nomzodlik, 2007 yili doktorlik dissertasiyalarini himoya qilishdi. Kafedra katta o’qituvchilari K.Davronov, R.Mamajonovlar nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilish arafasida.

geog13

Kafedra qoshida geografiya mutaxassisligi bo’yicha magistratura faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari 2011-2015 yillarga mo’ljallangan “Janubiy-G’arbiy O’zbekiston geosistemalarni xaritalashtirish, ularni sosial iqtisodiy va ekologik baholash” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari dolzarb muammolarga, xaritalashtirish, atrof muhitni muhofaza qilish, geoekologik muammolar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga qaratilganligi diqqatga sazavordir.

Kafedra professor L.A.Alibekov rahbarligida respublika hamda jahon mamalakatlari bilan hamkorlikda turli xil ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda, jumladan professor L.Alibekov NATOning tinchlik yo’lidagi ekologik ekspertiza vakili bo’lib faoliyat ko’rsatadi. Professor L.Alibekovning “Cho’llanish jarayoni va unga qarshi kurashish chora tadbirlari”, “Ekologicheskiye problemыSenralnoy Azii” kabi ilmiy risolalalari, “O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi” o’quv qo’llanmasini II-qismi chop etilgan.

Professor L.Alibekov rahbarligida “O’zbekistonda cho’llanish jarayonlari paydo bo’lishining mexanizmlarini o’rganish muammolari va unga qarshi kurash strategiyalari” mavzusidagi davlat granti sohibi hisoblanadi.

geog11

Kafedra bakalavr ta’lim yo’nalishi bo’yicha “Umumiy yer bilimi”, “Kartografiya”, “Biogeografiya geologiya va geomorfologiya”, “O’zbekiston tabiiy geografiyasi”, “O’rta Osiyo geografiyasi”, “Tabiiy geografiyaning asosiy muommalari” fanlari va boshqa tanlov fanlardan ma’ruza, amaliyot, seminar va labaratoriya mashg’ulotlarini olib boradi. Yuqorida keltirilgan fanlar bo’yicha, yangi pedogogik texnologiyalar asosida o’quv metodik majmualar yaratilgan va ularni elektron variantlari o’quv jarayonida foydalanilmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada professor-o’qituvchilar 8 shtat birligida faoliyat ko’rsatmoqda. Shundan 1 nafari fan doktori professor, 4 nafari fan nomzodlari  dosentlar, 1 nafari katta o’qituvchi, 2 nafari o’qituvchi.

Kafedra Rossiya, AQSh, Belgiya, Shvesiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog’iston kabi mamlakatlarning oliy o’quv yurtlari hamda ilmiy markazlari bilan ilmiy aloqalar o’rnatgan.

Shuningdek kafedra a’zolaridan prof.L.Alibekov Shvesiya, Ruminiya, Pol’sha, Angilya, Belgiya, katta o’qituvchi K.Davronovlar Belgiya, Fransiya, assistent R.Mamajonov Italiya  (Milan) davlatlari bilan o’zaro ilmiy aloqalarni olib borishmoqda. Hamkorlikda “Urbalayf”  ilmiy-o’quv laboratoriyasini tashkil etgan. Prof. L.Alibekov tashabbusi bilan NATOning Tinchlik yo’lidagi ekologik muammolar doirasida 1998 yilda Samarqandda “Arid mintaqalarda cho’llanish muammosi” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazildi.

Oxirgi yangilash ( 27.05.2015 11:10 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-4foto-14foto-16foto-191-29

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.
   


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 488
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 16083695
Hozir 2020 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант