Samarqand Davlat Universiteti

en-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Home General information Faculty and Chairs The faculty of Philology

Fakultet haqida

E-mail Print PDF
There are no translations available.

Filologiya fakulteti jami ikki sho’badan tarkib topib, fakultetda 5120100 - Filologiya va tillarni o’qitish (rus tili) va 5120100 - Filologiya va tillarni o’qitish (tojik tili) mutaxassisliklari bo’yicha bakalavrlar va shu ta’lim yo’nalishlari negizida tashkil etilgan lingvistika va adabiyoshunoslik ixtisosliklari asosida magistrlar tayyorlanadi. Filologiya fakultetida  jami 5  ta kafedra faoliyat ko’rsatadi. Tojik tili va adabiyoti kafedrasida jami 14 nafar professor-o’qituvchi, ulardan ikki nafar fan doktori, professor, ikki nafar fan nomzodi, professor, 5 nafar fan nomzodlari, dosent va 5 nafar o’qituvchi-assistent, Jaxon va rus adabiyoti kafedrasida 5 nafar fan nomzodi,  dosent va 4 nafar o’qituvchi-assistentlar, Rus tilshunosligi kafedrasida 1 nafar fan doktori, professor, 4 nafar fan nomzodi, dosent va  3 nafar katta o’qituvchi, bir nafar o’qituvchi-assistent, Rus tili (milliy guruhlar uchun) kafedrasida  jami 14 nafar professor-o’qituvchi, ulardan bir nafar fan doktori, professor, to’rt nafar fan nomzodi, dosent,besh nafar fan nomzodi, dosent va to’rt nafar o’qituvchi-assistent faoliyat ko’rsatadi. Fakultetda bakalavriaturada 445 nafar, magistraturada 22 nafar talaba tahsil olayotgan bo’lsa,  4 nafar tadqiqotchi-izlanuvchi,  2 nafar doktarant mavjud. Shu jumladan, talabalarning  72% ini qiz bolalar va ayollar tashkil etishadi.

Fakultetning tarkibini quyidagicha tasniflash mumkin: 

Fakultetda bakalavriat va magistratura, shuningdek stajyor-tadqiqotch-izlanuvchilik va katta ilmiy tadqiqotchilik ta’lim yo’naalishlarida iqidorli talabalar ta’lim olishadi, lingvistika va adabiyotshunoslik mutaxassisliklar bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda.

 dsc5324

Ayni paytda fakultetda uch yo’nalish bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Bular: 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (rus tili), 5120100- Filologiya va tillarni o’qitish (tojik tili) va 5111300 - Rus tili va adabiyoti (milliy guruhlar uchun).

            4 yo’nalish bo’yicha magistratura ta’limi amal qilmoqda. Bular 5A120101- Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti), 5A120101- Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti), 5A120102- Lingvistika (rus tili), 5A120102- Lingvistika (tojik tili) ixtisosliklaridir. Shuningdek, fakultetning iqtidorli tadqiqotchi va izlanuvchilari 10.01.06.- Osiyo va Afrika xalqlari adabiyoti (tojik adabiyoti) ixtisosliklari bo’yicha nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilish imkoniyatiga ega. Zero, fakultetning ko’pgina professor-o’qituvchilari mazkur ixtisoslik kengashining a’zosi hisoblanishadi. Filologiya fakultetida professor-o’qituvchilar nafaqat ta’lim jarayonini tashkil etish, balki bakalavriatura va magistratura ta’lim bosqichlari uchun  o’quv qo’llanma va darsliklaryaratishmoqda. Fakultetda professor-o’qituvchilar tomonidan yaratilgan o’quv qo’llanma, darslik va uslubiy ko’rsatmalarni kafedralar kesimida quyidagicha tasniflash mumkin:

 dsc0274

Tojik tili va adabiyoti kafedrasida 8 ta darslik, 24 o’quv qo’llanma va 45 uslubiy qo’llanma; Rus va jahon adabiyoti kafedrasida 2 ta darslik, 16 o’quv qo’llanma va 40 uslubiy qo’llanma; Rus  tilshunosligi kafedrasida 2 ta darslik, 12 o’quv qo’llanma va 20 uslubiy qo’llanma; Rus tili (milliy guruhlar) kafedrasida, 13 o’quv qo’llanma va 19 uslubiy qo’llanma.

Fakultet professor o’qituvchilari tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo’nalishlari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.  Bu borada fakultet a’zolari sezilarli yutuqlarga erishishdi. Istiqlol davrida fakultet professor-o’qituvchilari erishgan ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari sohasidagi yutuqlari kafedralar bo’yicha quyida keltiririlgan.

Last Updated ( Wednesday, 27 May 2015 12:04 )  

Rector's Virtual Reception

Photo Gallery


1-19foto1-27foto-3foto-19

E-mail service SamSU

1414756350 e-mail2
Banner

Advertisement

logoabitur1


 University Alexandra Ioana Cusa in Iasi of Romania announced“Erasmus +”scholarship program for students and staff. Submission of deadline is 5 November, 2016. Application forms can be obtained from scholarships program’s website: https://erasmusplus.uaic.ro/

Additional information: possible to get from International Relations Office of the University.

Note: All expenses are covered

Projects

Banner
Banner

SamSU in the blogs fikr.uz

Banner

National Internet contest

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistics

Members : 7
Content : 487
Web Links : 6
Content View Hits : 15523574
We have 285 guests online

Weather

Онлайн консультант