Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Abituriyentlarga Tayyorlov markazi

SamDU o’quv-uslubiy boshqarmasi

E-mail Bosish PDF

SamDU o’quv-uslubiy boshqarmasi

Samarqand davlat universitetida ham «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ijrosini ta’minlash maqsadida o’quv jarayonining me’yoriy hujjatlarini uslubiy jihatdan takomillashtirish, o’quv-axborot manbalarini rivojlantirish, ta’limning pedagogik, psixologik va uslubiy muammolarini izchillik bilan o’rganib borish, ta’limga oid ma’lumotlarni to’plash, ularni tahlil qilish va bu borada talab etiladigan axborotlarni tayyorlash hamda zamonaviy, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish yo’lida uzluksiz islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Asosiy e’tibor o’tilayotgan mashg’ulotlar sifatini yaxshilash, o’quv jarayoniga oid me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish, o’quv jarayonining o’quv-uslubiy va moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash hamda ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan bo’lib, unda ilmiy-pedagogik salohiyatni ko’tarish, ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish, ta’limning ishlab chiqarish bilan integratsiyasini mustahkamlash, o’quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasini ko’tarish, mehnat va ijro intizomini mustahkamlash ko’zda tutilgan.

Hozirgi kunda universitetda  11 ta fakultet, 62 ta kafedra, 33 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari, 43 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud. O’qish o’zbek, rus va tojik tillarida olib borilmoqda.

Mustaqillik yillarida bakalavr va magistrlar tayyorlashga kirishilgandan keyin dastlabki tajribalarning tahlili asosida oliy ta’limning me’yoriy hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha universitet jamoasi tomonidan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligigaqatortakliflar kiritildi va ularning aksariyati ma’qullandi. 22 ta magistratura mutaxassisliklari, tojik filologiyasi hamda jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ta’lim standartlari hamda o’quv rejalarining yangi variantlari tayyorlanib, vazirlikka taqdim etildi va tasdiqlandi.

        Mustaqillikning ilk yillarida universitetda bor - yo’g’i 13 yo’nalishda kadrlar tayyorlangan bo’lsa, bugungi kunda 30dan ortiq bakalavriat yo’nalishlari hamda 50 ga yaqin magistratura mutaxassisliklarida jahon standartlari darajasida kadrlar tayyorlanmoqda.

Universitetda talabalar bilimini obyektiv baholash, ularning semestr davomidagi o’zlashtirishi monitoringini yuritish, vaqtida tegishli choralarni ko’rib borish, o’quv dasturini o’zlashtirish bo’yicha talabalar mustaqil ishlarini tartibga solish va aniq maqsadga yo’naltirish, o’zlashtirishga sarflanadigan vaqt byudjetini fanlar va semestr bo’yicha tekis taqsimlash, talabalar, professor-o’qituvchilar hamda rahbariyatning bu sohadagi mas’uliyatini oshirishga erishildi. Reyting nazoratlarini tashkil etish, o’tkazish, rasmiylashtirish, baholash jarayonini sifatli o’tkazish uchun  kuzatish komissiyasi tashkil etildi va reyting tizimini amalga oshirilishini tahlil qilish hamda nazorat o’rnatish tartibi yo’lga qo’yildi. Reyting ballarini hisoblash va rasmiylashtirish, talabalarni kursdan-kursga ko’chirish va ularga stipendiya belgilashning kompyuterlashtirilgan dasturiy tizimi ishlab chiqildi.

         Universitetda dars jadvalining texnologik xaritasini tasdiqdan o’tkazish yo’lga qo’yildi. Reyting jurnali, qaydnomalar, o’quv yuklamasi hajmi hamda taqsimotini belgilash varaqalari, yig’ma qaydnoma va ishchi hujjatlarning qulay variantlari yaratildi va joriy etildi. Baholash qaydnomalarini ro’yxatdan o’tkazishning markazlashtirilgan tizimi yo’lga qo’yildi.

                                                    O’quv adabiyotlari

          Mustaqillik yillarida universitet ilg’or professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish yo’lida qilingan mehnatlari evaziga 1500 dan ortiq o’quv adabiyotlari yaratildi. Keyingi yillarda vazirlik grifi bilan 50 dan ortiq darsliklar, 100 dan ortiq o’quv qo’llanmalari nashr etildi. Masalan, J. Xo’jayevning «O’simliklar fiziologiyasi», Z. Muqimovning «O’zbekiston davlati va huquqi tarixi»,    J. Laxanovning «Umurtqalilar zoologiyasi», N. Bozorovning «Mehnat sosiologiyasi va iqtisodiyoti», J. Eshnazarovning «Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish», E. Nuriddinovning «Jismoniy madaniyatning fiziologik asoslari», O. Fayzullayevning «Analitik kimyo»,                         K. Hasanovaning «Pedagogika nazariyasi va tarixi» darsliklari,                  R. Orzibekovning «O’zbek adabiyoti tarixi», A. G’oziyev va boshqalarning «Matematik analizdan misol va masalalar», A. Quvvatovning «Fizikaviy tadqiqot usullari», S. Fayzullayevaning «Ehtimollar nazariyasidan masalalar to’plami», H. To’rayevning «Harakatning turg’unligini tadqiq etishni avtomatlashtirish», E. Lutfullayev va boshqalarning «Analitik kimyodan amaliy mashg’ulotlar»I. Ilalovning «Muzeyevedeniye»,I. Isroilovning «Geometriyadan masalalar to’plami», A. Abduhamidov va boshqalarning «Algebra va analiz asoslari» darsligi, A. Vohidovning o’rta maktablar uchun «Tojik tili»darsligi, I. Mirzayev, M. Boltayevlarning «O’zbek tili» darsligi, nomli o’quv qo’llanmalari shular jumlasidandir.

         J. Eshnazarovning «Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish» darsligi, Z.Rajamurodov, A.Rajabovlarning «Odam va hayvonlar fiziologiyasi» darsligi, Y.Masharipovning «Sport psixologiyasi» o’quv qo’llanmasi,     H. To’rayevning «Matematik mantiq va diskret matematika» o’quv qo’llanmasi va yana bir qator darslik hamda o’quv qo’llanmalar respublika miqyosida o’tkaziladigan «Yilning eng yaxshi muallifi va o’quv adabiyoti» tanlovida g’olib deb topildi.

Yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish

         Universitet professor-o’qituvchilarining namunali ochiq darslarini o’tkazish yaxshi yo’lga qo’yilgan va har yili «Namunali ochiq darslar» tanlovi o’tkaziladi. Unda universitet o’quv-uslubiy boshqarma xodimlari, boshqa oliy o’quv yurtlari va tegishli tashkilotlardan ekspertlar jalb qilinib, har bir ochiq darsning ilmiy-uslubiy saviyasi bo’yicha berilgan ekspert baholari kafedra yig’ilishlarida, fakultet va universitet ilmiy kengashlarida atroflicha muhokama etiladi. Ochiq darslarni ilg’or pedagogik texnologiyalar, ya’ni aqliy hujum, klaster, bahs-munozara usullaridan, elektron darsliklar, slaydlar, animasiyalar, diaproyektorlar, tegishli manbalar asosida o’tgan professor-o’qituvchilardan J.Xo’jayev, N.Xolmatov, M. Mo’minov,R.IbodovO. Uzoqov, Z. Izzatullayev, B. Usmonov,                  N. Shodiyev, A. Azizqulov, E. Arziqulov va yana ko’pgina o’qituvchilarning darslari ommalashtirildi hamda universitet ma’muriyati tomonidan taqdirlandi. Keyingi uch yilda 30dan ortiq professor-o’qituvchilarning ilg’or dars usullari tajribasi o’rganildi.\

Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayonining barcha bo’g’inlarida, ya’ni ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya mashg’ulotlariga, talabalarning ilmiy ishlari, bitiruv malakaviy hamda magistrlik  dissertasiyalarida qo’llash bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Respublikada birinchilar qatorida universitetda optik tolali tarmoq o’rnatildi va o’quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy ztish bo’yicha sezilarli o’sishga muvaffaq bo’lindi. Dars mashg’ulotlarida keng foydalanish imkonini beradigan elektron o’quv vositalari: elektron darslik, o’quv adabiyotlarining elektron variantlari, multimediali va videodarsliklar, virtual stendlar, laboratoriya ishlarining dasturiy modellarini yaratish bo’yicha katta ishlar olib borildi va davom ettirilmoqda. Hozirda 180 ga yaqin multimediali, 300 dan ortiq elektron darsliklar yaratildi, 900 dan ortiq o’quv adabiyotlarining elektron variantlari axborot-resurs markazining kompyuterlariga kiritildi. Har bir ta’lim yo’nalishi bo’yicha zamonaviy texnik vositalar bilan to’liq ta’minlangan 20 dan ortiq namunaviy o’quv xonalari tashkil etildi.

O’quv amaliyotlari

         Hozirgi paytda universitetimizda talabalarga 12 sohaga tegishli 33 ta ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ta’lim berilmoqda. Ta’lim sohalarining xilma-xilligi va xususiyatlaridan kelib chiqib, o’quv rejalarida pedagogik amaliyot, ishlab chiqarish amaliyoti, o’quv amaliyoti, dala amaliyoti, diplom oldi amaliyotlari kabi amaliyot turlari o’tash ko’zda tutilgan. Mavjud yo’nalishlardan 27 tasida pedagogik amaliyot, 15 ta yo’nalish bo’yicha ishlab chiqarish amaliyoti, 25 ta yo’nalish bo’yicha o’quv amaliyoti, 9 ta yo’nalish bo’yicha esa dala amaliyotini o’tash mo’ljallangan.

         Universitetimizda ta’lim yo’nalishlarining o’ziga xosligini, buyurtmachilar talab va ehtiyojlarini hisobga olib, Ilmiy kengash qarori asosida yo’nalishlarda amaliyotni boshqa turlarini ham o’tish ko’zda tutilgan. Masalan, pedagogika va psixologiya yo’nalishi bo’yicha ichki ishlar bo’limlarida o’quv amaliyoti o’tash uchun 4 haftalik vaqt ajratilgan.

Barcha turdagi amaliyotlarni o’tkazish bo’yicha vazirlik tomonidan tavsiya qilingan namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan universitet Nizomiga to’la amal qilinmoqda. Amaliyotlarni hozirgi talablarga yanada muvofiqlashtirish maqsadida Nizomga amaliyot o’tkaziladigan muassasalar bilan uzviy aloqa bog’lashni ta’minlashga, muassasalar tomonidan amaliyot rahbari etib tayinlanadigan xodimlarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qo’shimcha bandlar ham kiritilgan. Universitet tomonidan amaliyot o’tkazish mo’ljallangan obyektlar  bilan korporativ shartnomalar asosida muntazam ish olib borilmokda.

         Amaliyot tegishli yo’nalishlar bo’yicha ishlab chiqilgan va zaruriy tasdiqlardan o’tkazilgan dasturlar va ishchi dasturlar hamda obyektlar rahbariyati bilan kelishilgan holda tuzilgan amaliyot grafigiga qat’iy amal qilingan holda o’tkaziladi. Amaliyotlarni o’tkazish oldidan konferensiya tashkil qilinib, talabalarga amaliyot oldi ko’rsatmalari berilib, zarur hollarda texnika, hayot xavfsizligi qoidalari yana bir bor eslatib o’tiladi.

- Pedagogik amaliyotlar Samarqand shahri va viloyatimizning yaqin tumanlardagi 43 ta ta’lim muassasalari -  o’rta ta’lim maktablarida, universitet qoshidagi akademik lisey, iqtisodiyot va servis instituti, qishloq xo’jalik instituti, tibbiyot instituti, arxitektura-qurilish institutlari qoshidagi liseylarda, Samarqand sanoat, pedagogika, kasb-hunar kollejlarida korporativ shartnoma asosida o’tkazilmoqda.

- Ishlab chiqarish amaliyotlari Respublikamizning viloyat va shaharlarida  joylashgan 254 ta ishlab chiqarish obyektlarida, tashkilotlar va muassasalarida o’tkaziladi.  Bu tashkilotlar bilan shartnomalar, amaliyot dasturlari tuzilgan va tegishli fakultetlar tomonidan bu bo’yicha qo’shimcha tayyorgarlik ishlari olib boriladi.

         - Dala amaliyoti 9 ta yo’nalish: tarix, biologiya, ekologiya, geografiya, gidrometerologiya, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, o’zbek, rus, tojik filologiyasi  yo’nalishlari bo’yicha belgilangan bo’lib, biologiya va ekologiya yo’nalishi talabalari universitetning Yettiuylisoydagi oromgohida, tarix yo’nalishi bo’yicha Nurobod tumanida, Afrosiyob majmuasida, o’zbek, rus, tojik filologiyalari Samarqand viloyati tumanlarida amaliyotni o’tashdi.

         O’quv amaliyotlari 25 ta yo’nalish bo’yicha mavjud bo’lib, bu amaliyotlarni talabalar kafedralar qoshidagi laboratoriyalarda, shahar sport inshootlarida, o’rta ta’lim maktablari, bolalar uylarida, Samarqand kimyo zavodida, shahar muzeylari, arxivlari va tumanlarda o’tamoqdalar.

Universitet talabalari amaliyot davrida to’plagan tajribalarini o’qish davrida amaliy ishlarga qo’llamoqdalar. Masalan, biologiya fakulteti talabalari dala amaliyoti davrida qushlarning maketlarini, shu yerda yashaydigan qushlar oilasi haqidagi ko’rgazmali qurollar, yer kadastri chizmalarini tayyorlab, fakultet gerbariy muzeyiga topshiradilar. Bu tayyorlangan qurollardan viloyatimizning maktablarida o’qish davomida foydalanilib kelinmoqda.

Mustaqillik yillarida yakuniy davlat attestasiyasi (YaDA)da belgilangan barcha fanlar bo’yicha yozma ish variantlari, baholash mezonlari va sinovlarini o’tkazish tartiblari qayta ishlab chiqilib, takomillashtirildi. YaDA komissiyasi raislari tarkibi vazirlik va shu asosda chiqarilgan rektor buyruqlari bilan tasdiqdan o’tkazildi. Barcha yo’nalishlar va fanlar bo’yicha komissiya a’zolarining 54% ini respublikamiz professor-o’qituvchilari, shahrimizdagi oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari, ilmiy-tekshirish institutlari xodimlari, lisey, kollej, maktab o’qituvchilari va boshqa tashkilotlar  mutaxassislari  tashkil  qildi.  Iqtisodiyot va servis, chet tillar, arxitektura-qurilish, qishloq xo’jalik institutlari o’qituvchilari,   arxeologiya   ilmiy   tekshirish   instituti,   Fanlar akademiyasining Samarqand filiali xodimlari, SamDU qoshidagi akademik lisey, pedagogika kolleji va maktab o’qituvchilari YaDA sinovlarini muvaffaqiyatli o’tkazishda katta yordam ko’rsatishmoqda.

Xullas, o’quv-uslubiy jarayonning takomillashuvi talabalarga berilayotgan bilimlarning sifati va samaradorligini ta’minlamoqda. Bu esa universitetda ta’lim tizimining jahon standartlari darajasiga ko’tarilishiga imkoniyat yaratmoqda.

 

Oxirgi yangilash ( 22.12.2011 07:02 )  

Fotogaleriya


1-23foto-61-251-71-21

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 

logoabitur1

 


  

Rektor virtual qabulxonasi

 


РЕСПУБЛИКА МАЪНАВИЯТ ТАРҒИБОТ МАРКАЗИ

ОДАМ САВДОСИ – ИНСОНИЯТ КУШАНДАСИ

 РЕСПУБЛИКА МАЪНАВИЯТ ТАРҒИБОТ МАРКАЗИ ОДАМ САВДОСИ – ИНСОНИЯТ КУШАНДАСИ  Ўзбекистон Республикаси фуқароси қаерда бўлмасин, ўз фуқаролигини сақлаб қолиш ҳуқуқига эга. Ўзбекистон Республикаси фуқаролари чет элда вақтинча ёки доимий яшаётганлигидан қатъий назар, ўз фуқаролик ҳуқуқий мақомини сақлаб қолади ҳамда Ўзбекистон Республикаси ҳимоясида бўлади. Ушбу қоида 1966 йил 19 декабрдаги «Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисида»ги халқаро фактда акс этган принципларга тўла мос келади. Мазкур пактда шундай дейилган: ...


Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 

Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.

Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.


2016 yil dekabr oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.  


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 482
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15138166
Hozir 890 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант