Samarqand Davlat Universiteti

ru-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Абитуриентам Подготовительный центр

Подготовительный центр

E-mail Печать PDF

 OO’Yugacha tayyorlov markazi  

Samarqand davlat universitetining tayyorlov bo’limiga 1971 yildaasos solingan. O’tganyillar davomida u universitetga juda ko’plab yuqori saviyali talabalarni tayyorlab berdi. Hozirgi kunda ular Respublikamizning turli jabhalarida o’z kasblarining mohir peshqadamlari sifatida ishlab kelmoqdalar.

Oliy ta’lim tizimini milliy dastur asosida tubdan yaxshilash uchun1992-1993 o’quv yilidan boshlab ta’lim sistemasiga test usuli joriy qilindi. Shu sababli, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ko’rsatmasiga asosan tayyorlov bo’limi bazasida 1993 yildan boshlab «Shartnoma»ga asoslangan, ya’ni, o’zini-o’zi mablag’ bilan ta’minlaydigan 8 oylik test asosidagi tayyorlov kursi tashkil etildi va u hozirgi kunda ham  davom etib kelmoqda. Samarqand davlat universiteti rektorining 2005 yil 27 oktyabrdagi №229-ij buyrug’iga asosan bu kurs universitet qoshida tinglovchilarni test sinovlariga tayyorlash bo’yicha Oliy o’quv yurti (OO’Yu) gacha tayyorlov markaziga aylantirildi.

Tayyorlov markazining asosiy vazifasi yoshlarning umumta’lim darajasini ko’tarish, saviyasini oshirish, OO’Yuga kiruvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan yoshlarga imkon doirasida zarur shart-sharoitlar yaratib berish, universitetning barcha fakultetlariga yuqori bilim saviyali abituriyentlarni tayyorlab, talaba qilib yetkazib berishdan iboratdir.

·         Tayyorlov markaziga o’rta (to’liq) umumiy va o’rta maxsus ta’lim olgan, shuningdek o’rta umumiy maktablarning 11-sinfida «a’lo» va «yaxshi» baholarga o’qiyotgan maktab o’quvchilar, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi kurs o’quvchilarima’muriyatining tavsiyanomasi asosida qabul qilinadilar.

·         O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o’tab harbiy qism tavsiyanomasiga asosan kelgan fuqarolar uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil etilgan. 

            O’qish shartnoma asosida. Ta’lim shakli – kunduzgi, kechki va sirtqi. O’qish muddati 8 oy. Tinglovchilar uchun SamDU talabalariga belgilangan huquq va majburiyatlar ham taalluqlidir. Ular belgilangan auditoriyalar, laboratoriyalar, kutubxonalardan foydalanishadi.

            Uzoq viloyat va tumanlardan kelgan tinglovchilar yotoqxona bilan ta’minlanadilar.

            Tayyorlov markazi fizika, matematika, mexanika, amaliy matematika, axborot texnologiyasi, iqtisod, kimyo, biologiya,  ekologiya, jismoniy madaniyat, geografiya, o’zbek tili va adabiyoti, jurnalistika, tarix, huquqshunoslik,huquq va ma’naviyat asoslari,falsafa, sosiologiya, rus tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, boshlang’ich ta’lim pedagogikasi va uslubi, pedagogika va psixologiya, psixologiyahamda chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari)mutaxassisliklari bo’yicha tinglovchilar qabul qiladi.

Tayyorlov markaziga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:

  • universitet rektori nomiga ariza;
  • mehnat jamoasi, tashkilotlar yoki ota-onalar bilan xarajatlarni to’lash to’g’risida tuzilgan shartnoma;
  • o’rta ma’lumot haqidagi hujjat (asl nusxasi);
  • sog’ligi to’g’risidagi 086-U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • 9 dona 3,5x4,5sm.o’lchamli surat;
  • pasportidan nusxa.

Hujjat topshirish chog’ida pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorlik to’g’risidagi  hujjat shaxsan ko’rsatiladi.

Kunduzgi, kechki va sirtqi bo’limga hujjatlar  1 oktyabrdan 20 noyabrgacha qabul qilinib, 20-25 noyabr kunlari test-suhbat o’tkaziladi. Test-suhbat barcha ixtisosliklarda I-Blok bo’yicha o’rta maktab dasturi hajmida o’tkaziladi. Test-suhbatdan ijobiy o’tganlar 25-27 noyabr kunlari tinglovchilar safiga qabul qilinadilar. Tayyorlov markazida mashg’ulotlar 1 dekabrdan boshlanadi.  Markazda o’qish muddati – 8 oy(1 dekabrdan – 31 iyulgacha).

Tayyorlov markazida Pedagogik Kengash mavjud bo’lib, unda o’quv soatlari, hajmi,  o’qitish saviyasi, tinglovchilarning darslarni o’zlashtirib borishlariva test texnologiyasiga oid barcha yangiliklar muhokama qilib boriladi.

Tayyorlov markazida ijtimoiy va tabiiy gruppalar tashkil qilingan bo’lib, unda o’qitish o’zbek va rus tillarida olib boriladi. Markazda o’qish haftasiga 6kun va har kuni 6 soatdan. Tinglovchilar har ikki oyda attestasiya va test sinovlaridan o’tadilar. Natijalari esa Pedagogik Kengashda muhokama qilib boriladi. O’quv yili davomida  4 marta aynan DTM talablariga mos aprobasiya-test sinovlari o’tkaziladi.

Tayyorlov markazidagi barcha tinglovchilar o’rta maktab darsliklari bilan ta’minlanadilar. Ta’lim jarayoni samaradorligini yanada oshirish, tinglovchilarning bilimini chuqurlashtirish uchun tayyorlov markazi  kerakli texnika vositalari bilan ta’minlangan.

Tayyorlov markazi tarkibida 2 ta – ijtimoiy (kafedra mudiri ass. Egamqulov B.) va tabiiy (kafedra mudiri dos. Ne’matov A.) fanlar bo’yicha kafedralar  mavjud. Tayyorlov markazida ishlaydigan professor-o’qituvchilar va dekanat xodimlari soni – 25 kishi. Shulardan dosentlar – 5 ta, fan nomzodlari – 6 ta, katta o’qituvchilar - 3 ta, assisentlar - 8 ta. Professor-o’qituvchilarning qariyib hammasi universitetda ishlaydigan eng malakali, o’rta maktab dasturini mukammal biladigan tajribali o’qituvchilardan test sinovlari asosida tanlab olingan.

Ķabul qilingan tinglovchilarning 80%dan ko’prog’i  davlat granti  va shartnoma bo’yicha talabalar safigaqabul kilinmoqdalar.

Tayyorlov  markazini tugatganlar universitetning 1 kursiga umumiy qoidalar asosida qabul qilinadi.

Tayyorlov markazidagi mashg’ulotlar test bloklaridagi mutaxassisliklarga mos fanlar dasturi asosida olib boriladi.

 

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15.

Tayyorlov markazi dekanati, 5-qavat, 505- xona.

Telefon: 233-76-54                                                                       

Обновлено ( 23.11.2016 13:00 )  

Виртуальная приемная ректора

Баннер

Фотогалерея


1-26foto-81-10foto-17foto-7

С днем рождения!

24-май. Худойбердиева Гавхар Исмаиловна 29-май. Хасанов Гафуржан Акназарович

Электронная почта

1414756350 e-mail2
Баннер

Объявления

logoabitur1 


Министерства   образования, культуры, спорта, наука и технологией Японии и Национальной комиссия по делам ЮНЕСКО Японский «Фонд мира Гои» проводит международный конкурс на лучшие эссе на тему: «Учится у природы»
Подробная информация о конкурсе прилагается на веб сайте  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ сочинения должен быт отправлены в срок до 15 июня 2017 года на е-mail: essay@goipeace.or.jp
Главный приз 100 тыс.йен (900$) и поездка в Японию на церемония награждения 25 ноября 2017 года.
За дополнительной информаций обращаться в Отдел Международных отношений

 Посольство Италлии в Узбекистане объявило стипендиальный грант на учёбу в одном вузов Италии в 2017-2018 учебном году.
Условие гранта:
1- Владение итальянском языком
2- Регистрироваться на сайте 
3- Письмо согласие от научного руководителя в одного из Итальянских вузах (по аспирантуре) Заявки будут приниматься в Посольстве Италии до 10 мая 2017 года. Дополнительная информация может быт получено в отделе международных связей.   


Информационное сообщение

Информационное сообщениеМеждународный Институт Центральноазиатских исследований (МИЦАИ) организует Международную научную конференцию «Цивилизации Великого Шелкового пути - прошлое и будущее: естественные, общественные и гуманитарные науки» 28 и 29 сентября 2017 г. в г. Самарканде (Узбекистан).


Самаркандский государственный университет приглашает на семинар – тренинг на тему: «Необходимость совершенствования преподаваемых специальи подготавливаемых специальностей в учебных заведениях высшего и среднего специального образования исходя из требований экономики и социальной жизни» Мероприятие будет проводиться 31 мая 2017 года в 1000 часов в комнате духовности социально – экономического факультета СамГУ. Адрес: г.Самарканд, университетский бульвар, 15. Тел: (0366) 233- 60-85 .

Проекты

Баннер
Баннер

СамГУ в блогах fikr.uz

Баннер

Национальный интернет конкурс

Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер

Reyting


Статистика

Пользователи : 7
Статьи : 529
Ссылки : 6
Просмотры материалов : 18901599
Сейчас 265 гостей онлайн

Погода

Онлайн консультант