Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Abituriyentlarga Tayyorlov markazi

Tayyorlov markazi

E-mail Bosish PDF
 OO’Yugacha tayyorlov markazi
Samarqand davlat universitetining tayyorlov bo’limiga 1971-yilda asos solingan. O’tgan yillar davomida u universitetga juda ko’plab yuqori saviyali talabalarni tayyorlab berdi. Hozirgi kunda ular Respublikamizning turli jabhalarida o’z kasblarining mohir peshqadamlari sifatida ishlab kelmoqdalar.
Oliy ta’lim tizimini milliy dastur asosida tubdan yaxshilash uchun 1992–1993-o’quv yilidan boshlab ta’lim sistemasiga test usuli joriy qilindi. Shu sababli, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ko’rsatmasiga asosan tayyorlov bo’limi bazasida 1993-yildan boshlab «Shartnoma»ga asoslangan, ya’ni, o’zini-o’zi mablag’ bilan ta’minlaydigan 8 oylik test asosidagi tayyorlov kursi tashkil etildi va u hozirgi kunda ham  davom etib kelmoqda. Samarqand davlat universiteti rektorining 2005-yil 27-oktyabrdagi №229-ij buyrug’iga asosan bu kurs universitet qoshida tinglovchilarni test sinovlariga tayyorlash bo’yicha Oliy o’quv yurti (OO’Yu) gacha tayyorlov markaziga aylantirildi.
Tayyorlov markazining asosiy vazifasi yoshlarni  umumta’lim darajasini ko’tarish, saviyasini oshirish, OO’Yuga kiruvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan yoshlarga imkon doirasida zarur shart-sharoitlar yaratib berish, universitetning barcha fakultetlariga yuqori bilim saviyali abituriyentlarni tayyorlab, talaba qilib yetkazib berishdan iboratdir.
Tayyorlov markaziga o’rta (to’liq) umumiy va o’rta maxsus ta’lim olgan, shuningdek akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi kurs o’quvchilari  ma’muriyatining tavsiyanomasi asosida qabul qilinadilar.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o’tab harbiy qism tavsiyanomasiga asosan kelgan fuqarolar uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil etilgan. 
O’qish shartnoma asosida. Ta’lim shakli – kunduzgi, kechki va sirtqi. O’qish muddati 8 oy. Tinglovchilar uchun SamDU talabalariga belgilangan huquq va majburiyatlar ham taalluqlidir. Ular belgilangan auditoriyalar, laboratoriyalar, kutubxonalardan foydalanishadi.
Uzoq viloyat va tumanlardan kelgan tinglovchilar yotoqxona bilan ta’minlanadilar.
Tayyorlov markazi fizika, matematika, mexanika, amaliy matematika, axborot texnologiyasi, iqtisod, kimyo, biologiya,  ekologiya, tibbiyot, jismoniy madaniyat, geografiya, o’zbek tili va adabiyoti, jurnalistika, tarix, huquqshunoslik,huquq va ma’naviyat asoslari, falsafa, sosiologiya, rus tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, boshlang’ich ta’lim pedagogikasi va uslubi, pedagogika va psixologiya, psixologiya hamda chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari) mutaxassisliklari bo’yicha tinglovchilar qabul qiladi.
Tayyorlov markaziga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:
     - universitet rektori nomiga ariza;
     - mehnat jamoasi, tashkilotlar yoki ota-onalar bilan xarajatlarni to’lash to’g’risida tuzilgan shartnoma; 
     - o’rta ma’lumot haqidagi hujjat (asl nusxasi); 
     - sog’ligi to’g’risidagi 086-U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma; 
     - 4 dona 3,5x4,5sm.o’lchamli surat;
     - pasportidan nusxa.
Hujjat topshirish chog’ida pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorlik to’g’risidagi  hujjat shaxsan ko’rsatiladi.
Tayyorlov markaziga hujjatlar  1-oktyabrdan 20-noyabrgacha qabul qilinib, 20–25-noyabr kunlari test-suhbat otkaziladi. Test-suhbat barcha ixtisosliklarda I-Blok boyicha umumtalim fanlari dasturi hajmida otkaziladi. Test-suhbatdan ijobiy o’tganlar 25–27-noyabr kunlari tinglovchilar safiga qabul qilinadilar. Tayyorlov markazida mashg’ulotlar 1-dekabrdan boshlanadi.  Markazda o’qish muddati – 8 oy(1 dekabrdan – 31 iyulgacha).
Tayyorlov markazida Pedagogik Kengash mavjud bo’lib, unda o’quv soatlari, hajmi,  o’qitish saviyasi, tinglovchilarning darslarni o’zlashtirib borishlari va test texnologiyasiga oid barcha yangiliklar muhokama qilib boriladi.
Tayyorlov markazida ijtimoiy va tabiiy gruppalar tashkil qilingan bo’lib, unda o’qitish o’zbek va rus tillarida olib boriladi. Markazda o’qish haftasiga 6 kun va har kuni 6 soatdan. Tinglovchilar har ikki oyda attestasiya va test sinovlaridan o’tadilar. Natijalari esa, Pedagogik Kengashda muhokama qilib boriladi. O’quv yili davomida  4 marta aynan DTM talablariga mos aprobasiya-test sinovlari o’tkaziladi.
Tayyorlov markazidagi barcha tinglovchilar umumta’lim fanlari darsliklari bilan ta’minlanadilar. Ta’lim jarayoni samaradorligini yanada oshirish, tinglovchilarning bilimini chuqurlashtirish uchun tayyorlov markazi  kerakli texnika vositalari bilan ta’minlangan.
Tayyorlov markazi tarkibida 2 ta – ijtimoiy (kafedra mudiri ass. Egamqulov B.) va tabiiy (kafedra mudiri dos. Ne’matov A.) fanlar bo’yicha kafedralar  mavjud. Tayyorlov markazida ishlaydigan professor-o’qituvchilar va dekanat xodimlari soni – 25 kishi. Shulardan dosentlar – 5 ta, fan nomzodlari – 6 ta, katta o’qituvchilar - 3 ta, assisentlar - 8 ta. Professor-o’qituvchilarning qariyib hammasi universitetda ishlaydigan eng malakali, umumta’lim fanlari dasturini mukammal biladigan tajribali o’qituvchilardan test sinovlari asosida tanlab olingan.
Ķabul qilingan tinglovchilarning 80%dan ko’prog’i  davlat granti  va shartnoma bo’yicha talabalar safiga qabul qilinmoqdalar.
Tayyorlov  markazini tugatganlar universitetning  1-kursiga umumiy qoidalar asosida qabul qilinadi.
Tayyorlov markazidagi mashg’ulotlar test bloklaridagi mutaxassisliklarga mos fanlar dasturi asosida olib boriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15.
Tayyorlov markazi dekanati, 5-qavat, 505- xona.
Telefon: 233-76-54
Oxirgi yangilash ( 23.11.2016 13:00 )  

Fotogaleriya


1-41-21-11foto1-28

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 

logoabitur1

 


  

Rektor virtual qabulxonasi

 


РЕСПУБЛИКА МАЪНАВИЯТ ТАРҒИБОТ МАРКАЗИ

ОДАМ САВДОСИ – ИНСОНИЯТ КУШАНДАСИ

 РЕСПУБЛИКА МАЪНАВИЯТ ТАРҒИБОТ МАРКАЗИ ОДАМ САВДОСИ – ИНСОНИЯТ КУШАНДАСИ  Ўзбекистон Республикаси фуқароси қаерда бўлмасин, ўз фуқаролигини сақлаб қолиш ҳуқуқига эга. Ўзбекистон Республикаси фуқаролари чет элда вақтинча ёки доимий яшаётганлигидан қатъий назар, ўз фуқаролик ҳуқуқий мақомини сақлаб қолади ҳамда Ўзбекистон Республикаси ҳимоясида бўлади. Ушбу қоида 1966 йил 19 декабрдаги «Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисида»ги халқаро фактда акс этган принципларга тўла мос келади. Мазкур пактда шундай дейилган: ...


Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 

Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.

Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.


2016 yil dekabr oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.  


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 482
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15138317
Hozir 860 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант