Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Abituriyentlarga Tayyorlov markazi

Samarqand davlati universiteti ilmiy kengashi

E-mail Bosish PDF

Samarqand davlati universiteti ilmiy kengashi

 

 Samarqand davlati universiteti ilmiy kengashi tarkibi 47 kishidan iborat. Kengash tuzilgan reja asosida faoliyat ko’rsatadi. Kengashda o’quv yili davomida 40 ga yaqin asosiy masalalar, 100 dan ortiq turli masalalar muhokama qilib boriladi. Universitet ilmiy kengashida quyidagi vazifalarni bajarishga alohida e’tibor beriladi:

 

    - yangi o’quv yili uchun ilmiy kengash ish rejasini hamda har bir ilmiy kengash yig’ilishining kun tartibini tuzish (reja asosida);

 

    - har bir ilmiy kengash kun tartibida ko’riladigan masalalarni tayyorlaydigan mas’ul shaxslar bilan birgalikda ishlash hamda xujjatlarni sifatli va o’z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash;

 

    - ilmiy kengash bo’lib o’tgandan keyingi material va ma’ruzalarni qarorga asosan tayyorlash va nashr qilinishini ta’minlash;

 

    - ilmiy kengash qarorlarining sifatli va o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;

 

    - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevral 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi Nizom talablari haqida fakultet va kafedralar kesimida tushuntirish ishlarini o’tkazish hamda ushbu Nizomga qat’iy rioya qilgan holda fakultetning kafedra mudiri, professori, dosenti, katta o’qituvchisi, o’qituvchisi (assistenti) lavozimlariga o’z vaqtida tanlov o’tkazilishini ta’minlash: (kafedra mudiri, professor, dosent, katta o’qituvchi, assistent lavozimlarida ishlayotgan professor-o’qituvchilarning qachon, qaysi oyda tanlovdan o’tganligi jadvalini tuzish).

 

    a)     tanlov muddati tugayotgan lavozimlarga kamida ikki oy ilgari tanlov e’lon qilish uchun professor-o’qituvchilarning ro’yxatini universitet ilmiy kengashi kotibiga taqdim etish;

 

    b)    fakultet pedagog kadrlari lavozimlariga tanlovda ishtirok etish uchun tushgan arizalarni qabul qilib, universitet ilmiy kotibiga topshirish;

 

    v)    nomzodlarning “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 16 bandi asosida tegishli kafedralarda muhokamasini to’g’ri tashkil etilishi hamda har bir alternativ nomzod bo’yicha kafedraning tavsiyasi (ijobiy yoki salbiy)ni berilishi ustidan nazorat olib borish;

 

    g)     fakultet ilmiy kengashida tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlar haqida, shuningdek kafedraning xulosasi yuzasidan axborot berish;

 

    d)    xodimlar bo’limi bilan birgalikda, har chorakda vakant pedagog kadrlar lavozimlariga o’z vaqtida tanlov o’tkazilganligi hamda tanlov natijasida ular bilan tuzilgan shartnomalarning monitoringini olib borish hamda ma’lumotlar bankini yaratish va yangilab borish;

 

    ye)   kafedra mudirligi lavozimiga, professor, dosent ilmiy darajasini berish uchun professor-o’qituvchilarning nomzodini berish va konkurs asosida tanlash va qayta tanlash bilan bog’liq kerakli xujjatlarni tayyorlash;

 

    - ilmiy kengash majlisi bayonnomalarini tayyorlash va tasdiqlash, ilmiy kengash majlisida aspirant va doktorant, tadqiqotchilarning mavzulari tasdiqlanganligi to’g’risida ilmiy kengash qaroridan ko’chirma tayyorlash;

 

    - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, o’quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy xujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o’zining  xizmat vazifalariga rioya etish.

        

Asos: Oliy ta’lim muassasalariga pedagogik xodimlarni ishga qabul qilish tartibi haqida Nizom (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabr 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan )

                Oliy ta’lim muassasalariga pedagogik xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizomni amalda qo’llash bo’yicha yo’riqnoma. (Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2006 yil 6 iyuldagi buyrug’i)

           Samarqand davlat universiteti Ish Reglamenti (Universitet Ilmiy kengashining 2007 yil 23 fevraldagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan).

Oxirgi yangilash ( 27.11.2016 15:38 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-17foto-101-211-301-12

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 487
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15566220
Hozir 332 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант