Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

“Kamolot” YoIH

E-mail Bosish PDF

“Kamolot” YoIH

Samarqand Davlat universiteti

boshlang’ich tashkilotining faoliyati xususida

       O’zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati muhtaram yurtboshimizning tashabbuslari bilan 2001 yil 25 aprel kuni tashkil etilgan. Uning kichik bo’g’ini hisoblanmish SamDU bolang’ich tashkilotiga shu yili 27 iyunda boshlang’ich tashkilot ochilganligi to’g’risida viloyat Adliya boshqarmasi va harakat shahar Kengashining guvohnomalari topshirilgan.

       O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va “Kamolot”  YoIH Markaziy Kengashining 2007 yil 25 yanvardagi “Kamolot” YoIH ning Oliy va o’rta maxsus, kasb- hunar ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil tish to’g’risida” gi 11/01-04/10- sonli qo’shma qarori asosida Samarqand Davlat universitetining shu yili 25 yanvarda №11- ij, hamda universitetning va harakat Samarqand shahar bo’limining 2007 yil 16 fevral kuni №38- ij qo’shma buyrug’i chiqarildi.

      Qo’shma buyruqqa asosan universitet boshlang’ich tashkiloti yetakchisiga universitetdagi yoshlarning huquqlari va manfaatlari himoyachisi sifatida rektor muovini maqomi berildi. Universitet boshlang’ich tashkiloti xonasi talabalar turar joyidan universitetning bosh binolaridan biri, sobiq rektorat binosiga ko’chirildi. Boshlang’ich tashkilotning vakolatlarini amalga oshirish hamda samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash boshlang’ich tashkilot xonasi qo’shimcha xona, kompyuter jamlanmasi, nusxa ko’paytirish moslamasi, televizor, videomagnitofon, musiqa markazi va ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy mavzudagi xujjatli va badiiy filmlar bilan ta’minlandi. Bundan tashqari boshlang’ich tashkilotning yig’ilishlar va davra suhbatlari uyushtirishi uchun bosh binoning 105- xonasi ajratildi. Boshlang’ich tashkilotning klublar faoliyati uchun 3-son talabalar turar joyidan yumshoq mebel jihozlari bilan ta’minlangan alohida “Klublar Markazi” xonasi berildi.

         Universitet rektori T. Shirinovning buyrug’i bilan boshlang’ich tashkilotning vakolat doirasi kengaytirilib fakultet va bo’lim yetakchilari fakultet ilmiy kengashi tarkibiga kiritildi. Talabalar bilimini xolisona baholashni ta’minlash, o’qituvchi va talaba o’rtasida ta’magirlik holatlarini oldini olish maqsadida fakultet va bo’lim yetakchilariga akademik guruhlarning yakuniy nazoratlarida ishtirok etish va kuzatish huquqi berildi.    

     Boshlang’ich tashkilot tomonidan talabalarning sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishlariga zamin yaratilgan bo’lib, muntazzam ravishda sport musobaqalari o’tkazilib kelinmoqda.

     Talabalar o’rtasida giyohvandlik, OITS, alkogolizmga va tamaki chekishga qarshi tizimli targ’ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

     Harakatning universitet boshlang’ich tashkiloti Samarqand shahrida mavjud oliy o’quv yurtlaridagi boshlang’ich tashkilotlar ichida eng katta va salmoqlisi hisoblanadi. Bugungi kunda uning a’zolarining soni 6983 bakalavr va 487 magistrlar azo xisoblanadi. Universitet boshlang’ich tashkiloti nafaqat viloyatda balki, respublika miqyosidao’tkazilib kelayotganturli tanlovlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda.

       Boshlang’ich tashkilotning ish rejasiga ko’ra har semestrda universitet rektori va rahbariyat bilan talabalarning bevosita uchrashuvi tashkil etiladi. Unda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar va ta’lim olishlari jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar bilan murojaat qilishadi.  

    Harakatning universitetdagi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan 2005 yildan buyon universitet jamoasi Respublika “Zakovat” intellektual televizion o’yiniga ishtirok etib kelishmoqda.

         Universitetda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab harbiy qism tavsiyanomasi bilan talim olayotgan talabalar ko’pchilikni tashkil etadi. Boshlang’ich tashkilot qoshida mana shu talabalar bilan ishlaydigan “Habiy xizmatni o’tabkelgan talabalar bilan ishlash markazi” faoliyat olib bormoqda. U o’zining alohida ish rejasiga ega bo’lib o’quv yili davomida harbiy xizmatni o’tab kelgan talabalar bilan ma’aviy-ma’rifiy va sport tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Ushbu talabalar  o’rtasida ularning davomati va o’zlashtirishini, universitet ijtimoiy hayotida va jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etishini ta’minlab boradi.  

        Boshlang’ich tashkilot o’zining ma’naviy tadbirlarini doimo  “Ma’naviy-axloqiy tarbiya inson kamolotining poydevoridir” shiori ostida olib boradi.

     Boshlang’ich tashkilot tomonidan 2008 yilda Samarqand shahri o’tkazilgan “Talabalar bahori-2008” Respublika talaba yoshlar festivali doirasida “Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda yoshlarning roli” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazish taklifini kiritdi va bu taklif inobatga olinib festival doirasida ushbu Respublika konferensiyasi  universitet xomiyligida bo’lib o’tdi.

       Boshlang’ich tashkilot qoshida “Huquqiy, ma’naviy targ’ibot guruhi” tashkil etilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va Prezident I.Karimovning  “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”,”O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”kitobini o’rganish bo’yicha muntazzam ravishda turli tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etib kelmoqda.

      Universitet rektori U.N.Tashkenbayev tashabbuslari bilan 3-8 yanvar kunlari Toshkent viloyati Qibray tumani Botanika sanatoriyasida universitetning 60 nafar iqtidorli talabalari va professor o’qituvchilari ishtirokida “qishki faollar maktabi ” tashkil etildi.Faollar maktabi ishtirokchilari tomonidan ushbu vaqt mobaynida SamDU “Kamolot”YoIX BT qoshida 10 ta yo’nalishlar bo’yicha qo’mitalar tashkil etildi. 

      Boshlang’ich tashkilot tashkil etilgandan buyon unda Saloxiddin Davronov (2001-2002), Sirojiddin Mirzayev (2002-2003 y.), To’xtamish Azizov (2003-2005 y. ), Rustam Qobilov (2005-2010 y.) Abror Jabborov (2010- h.v.) lar univeritet boshlang’ich tashkilotining yetakchisi sifatida faoliyat olib borishmoqda.

      2006, 2010 yillarda universitetning “Ilhom” jamoasi Respublika “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovining final bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etiib kelmoqda.  

 

Oxirgi yangilash ( 16.05.2015 04:14 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-61-181-28foto-8foto-3

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-Iyun. Kushshayeva Matlyuba, Xamrakulova Iroda Shaxobovna, Boboqulov G‘olib Doniyorovich, Kushatov Toshkul Shamsiyevich, Pirnazarov Sherzod Shermamatovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Samarqand Davlat universiteti “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etadi. Tadbir 2017 yil 10-12 iyun kunlari 900 da Samarqand Davlat universitetining katta majlislar zalida ochiladi. Manzil: Samarqand shahar, universitet xiyoboni, 15-uy, Tel: (0366) 233-60-85.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 554
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 19698855
Hozir 303 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант