Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Umumiy ma'lumotlar AL va KHK lar bo'limi

AL va KHK bo'limi

E-mail Bosish PDF

Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi faoliyati haqida

             Samarqand Davlat universiteti akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 21 fevraldagi 07/02-1-6-sonli topshirig’iga asosan tashkil etilgan.

Bugungi kunda bo’lim boshlig’i va 2 nafar uslubchi faoliyat yuritmoqda. Bo’lim OO’MTVning 2011 yil 14 martdagi 109-sonli buyrug’iga asosan universitetga biriktirilgan 37 ta, o’zaro hamkorlik  shartnomasini tuzgan 59 (jami 96 ta) kasb-hunar kollejlari hamda 3 ta akademik lisey bilan hamkorlikda bajarilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib bormoqda. Ushbu ta’lim muassasalari bilan 2011-2015 yillarga mo’ljallangan  hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Joriy yilda turli sohalarda 200dan ortiq hamkorlik ishlari amalga oshirildi.  

Bo’lim tomonidan quyidagi ishlar bajariladi:

            Bo’lim O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, OO’MTVning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, modemogrammalari, viloyat hokimi qarori hamda universitet rektori buyruqlari, Ilmiy kengash va dekanlar yig’ilishi qarorlarida belgilangan topshiriqlarni bajaradi.

            Universitet Ilmiy kengashi va dekanlar yig’ilishida sohaga oid masala bo’yicha ma’lumotlarni tayyorlaydi.     

            Universitet professor-o’qituvchilarining akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarda o’rindoshlik va soatbay ishlashlarini tashkil etadi va doimiy ravishda bu boradagi ma’lumotlar bankini yangilab boradi.   

            Universitet qoshidagi akademik liseylar va biriktirilgan kasb-hunar kollejlarida turdosh kafedralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy, o’quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni umumlashtirib boradi.

            Universitet professor-o’qituvchilarining o’rta maxsus ta’lim muassasalari pedagoglari bilan hamkorlikda o’quv-uslubiy qo’llanma, ko’rsatma va ilmiy maqolalar yaratishni targ’ib etadi  va bu boradagi ma’lumotlarni to’plab boradi.

Biriktirilgan AL va KHKlarning professor-o’qituvchilar bilan ta’minlanganlik holatini o’rganib boradi va kadrlarga bo’lgan ehtiyojni bartaraf etish bo’yicha takliflar beradi.

Biriktirilgan AL va KHKlarning iqtidorli o’quvchilarini Respublika va jahon olimpiadasiga tayyorlash maqsadida hududiy boshqarma bilan birgalikda tashkil etilgan “Yosh fizik”, “Yosh matematik”, “Yosh biolog”, “Yosh informatik”, “Yosh kimyogar” kabi  fan klublari faoliyatini nazorat qilib boradi. Yangi fan klublar tashkil etish bo’yicha takliflar beradi.

Universitetda doimiy o’tkazilib kelinayotgan «Uzluksiz ta’lim sifat va samaradorligini oshirishning nazariy-uslubiy muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasiga va boshqa seminar-treninglarda akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagoglarini faol ishtirokini ta’minlaydi.

            AL va KHKlarida tashkil etilgan «Abituriyent shtab»lari faoliyatini nazorat qiladi va har tomonlama ko’maklashadi.

            AL va KHKlarida universitet professor-o’qituvchilari tomonidan yosh o’qituvchilarga metodik yordam ko’rsatish maqsadida tashkil etilayotgan seminar-treninglar, ochiq darslar, master-klasslar bo’yicha ma’lumotlarni umumlashtirib boradi. 

            Ustoz-shogird tizimida AL va KHKlarida ishlayotgan faol, bilimli, yosh, o’qituvchilarga universitetdan rahbarlar tayinlash va ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish ishlarini nazorat qiladi.

Universitetga biriktirilgan kollej va liseylarda tashkil etilayotgan doimiy seminar-treninglarda universitetning yetakchi professor-o’qituvchilarini ma’ruzachi sifatida ishtirokini ta’minlaydi. 

            Biriktirilgan kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari malakasini oshirishga amaliy yordam ko’rsatadi.

Biriktirilgan kasb-hunar kollejlariga keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalarni ishga tushirishga va ularga metodik yordam ko’rsatish ishlariga mutaxassislarni jalb etadi.

            Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlaydi.  

 

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-9foto-51-111-61-31

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 487
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15581590
Hozir 337 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант