Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

2-Akademik litsey

E-mail Bosish PDF
SamDU qoshidagi 2-sonli akademik lisey
 
Universitet qoshidagi 2-sonli AL 2004 yildan lisey sifatida faoliyat boshlagan. Bugungi kunda akademik liseyda jami 95 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatadi. Ulardan 79 nafari asosiy shtatda, 5 nafari o’rindosh, 11 nafari soatbay o’qituvchilardir. 3 nafari fan nomzodi, 12 nafari bosh o’qituvchi, 16 nafari yetakchi o’qituvchi, 36 nafari katta o’qituvchi, 28 nafari o’qituvchidir. 
Universitetning 9 nafar professor-o’qituvchisi ALda o’rindoshlik asosida ishlamoqda.
2-son ALda aniq fanlar (iqtisodiyot), aniq fanlar (texnika), tabiiy fanlar, xorijiy tillarni o’rganish (ingliz va nemis tillari), ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi 4 yo’nalishda 1278 nafar o’quvchi tahsil olmoqda.
ALda 11800 ga yaqin kitob fondiga ega bo’lgan 80 o’rinli ARM bor. ARMda 200 ortiq ilmiy-ommabop mavzulardagi gazeta va jurnallar mavjud. ARM fondining elektron katalogi yaratilmoqda.
2013 yilda 29 ta o’qituvchi malaka oshirish kursini  o’tagan.
Joriy o’quv yilida akademik liseyda 47 fan, 1 ta ijodiy, 9 ta sport to’garagi faoliyat ko’rsatmoqda.
2013 yilda AL o’quvchilaridan 19 nafari viloyat olimpiadasida ishtirok etgan va 2 nafar o’quvchi g’olib bo’lgan. Ya’ni 2-kurs o’quvchisi Mamatkarimov Umidbek tarix fanidan I o’rinni, 3-kurs o’quvchisi Yuldoshev Olmos matematika fanidan III o’rinni egallagan. Olimpiadaning  Respublika bosqichida O.Yuldoshev ishtirok etgan.
2012-2013 o’quv yilida ALning 136 nafar bitiruvchidan 121 nafari testda qatnashgan va shundan 26 nafari  oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan. Bu 19,1%ni tashkil etadi. Shundan 5 nafariSamarqand davlat universitetiga qabul qilingan.
ALda tashkil etilgan fan klublari va “Abituriyent shtab”i mashg’ulotlarida universitetning 11 nafar professor-o’qituvchilari ishtirok etishmoqda.
ALda universitet kafedralaridan 5 tasining filiali tashkil etilgan.
AL yosh o’qituvchilarining dars berish salohiyatini oshirish maqsadida universitet professor-o’qituvchilari tomonidan ALda 9 marta ochiq darslar tashkil etilgan.
Akademik liseyda 2013 yil davomida 81 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilgan.
2-son Akademik lisey SamDU professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda quyidagi darslik va o’quv qo’llanmalarini yaratilgan: Abduhamidov A.U., Nosirov U.M. va boshqalar  Algebra va matematik analiz asoslari. 1-qism, 2-qism. – Toshkent: “O’qituvchi”, 2012; Bodirov A.J., Xolmatov N.Q., Sultonov E.M. Tarix fanidan yangi darsliklar asosida mavzulashtirilgan testlar to’plami. Samarqand: SamDUnashri, 2011; Bodirov A.J., Xazratov A. Jahon tarixidan  yangi darsliklar asosida mavzulashtirilgan testlar to’plami. – Samarqand, 2012; Bodirov A.J., Rajabov Q.K. O’zbekiston tarixi (1917-2012 yillar). Akademik lisey va KHK o’quvchilari uchun   mavzulashtirilgan testlar to’plami. – Samarqand, 2012 va boshqalar.
2-son AL o’qituvchilari universitet professor-o’qituvchilari bilan  hamkorlikda 46 ilmiy maqola nashr etilgan.
Oxirgi yangilash ( 05.11.2016 09:55 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-27foto-31-14foto-10foto-9

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.
   


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 488
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 16096814
Hozir 2424 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант