Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

3-Akademik litsey

E-mail Bosish PDF
SamDU qoshidagi 3-sonli akademik lisey
Universitet qoshidagi 3-sonli AL OO’MTV, O’MKHT Markazining 2007 yil 24 noyabrdagi 7/1-sonli  hamda viloyat O’MKHT boshqarmasining 2007 yilning 16 martdagi № 51-sonli buyruqlari asosida 2007 yildan faoliyat boshlagan.
Bugungi kunda  akademik liseyda jami 33 nafar oliy ma’lumotli o’qituvchi bo’lib, shundan 23 nafari doimiy shtatda, 10 nafari o’rindosh va soatbay asosida sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. O’qituvchilardan 1 nafari fizika-matematika fanlari nomzodi, 1 nafari Xalq o’qituvchisi, 1 nafari O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Xalq ta’limi hodimi, 2 nafari Xalq ta’limi a’lochisi, 3 nafari katta o’qituvchidir. G’.Fazliyev “El-yurt hurmati” ordeni bilan, kimyo fani o’qituvchisi R.Vohidov “Mustaqillikning 20 yilligi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
ALda aniq fanlar (iqtisodiyot), tabiiy fanlar, xorijiy filologiya, ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi 4  yo’nalishda 449 nafar o’quvchi tahsil olmoqda.
Liseyda barcha umumta’lim va chuqur o’rganiladigan fanlardan 22 ta to’garak tashkil qilingan. Bu to’garaklarda 375 nafar o’quvchi yoshlar qatnashadi.
Ta’lim muassasasi yetarli darajada moddiy texnik bazasiga ega. Barcha o’quv xonalari fanga oid ko’rgazmali plakatlar va o’quv jihozlari bilan yaxshi ta’minlangan. O’quv laboratoriyalari ham kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. o’quvchilar fanlar bilan chuqurroq shug’ullanishlari uchun to’garak xonalari, hamda dam olishlari uchun dam olish xonalari faoliyat ko’rsatadi. O’quvchilar uchun  60 o’rinli axborot resurs markazi,  100 o’rinli oshxona, 100  o’rinli yotoqxona xizmat qilmoqda. Binolar isitish moslamalari bilan jihozlangan.
2012-2013 o’quv yilida ALning 136 nafar bitiruvchidan 121 nafari testda qatnashgan va shundan 26 nafari  oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan. Bu 19,1%ni tashkil etadi. Shundan 5 nafariSamarqand davlat universitetining talabasidir.
ALda tashkil etilgan fan klublari va “Abituriyent shtab”i mashg’ulotlarida universitetning 6 nafar professor-o’qituvchisi ishtirok etmoqda.
ALda universitet kafedralaridan 3 tasining filiali tashkil etilgan.
Akademik liseyda 2013 yil davomida 46 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilgan.
3-son AL o’qituvchilari universitet professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda 9 ta maqola nashr ettirilgan.
Oxirgi yangilash ( 05.11.2016 10:00 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-16foto-41-28foto-10foto

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.
   


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 488
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 16083659
Hozir 2100 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант