Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa The News 2016-YILGI QABUL JARAYONI BOSHLANDI

2016-YILGI QABUL JARAYONI BOSHLANDI

E-mail Bosish PDF

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-may kuni qabul qilingan “2016/2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan mamlakatimizning barcha  oliy ta’lim muassasalarida, shu jumladan universitetimizda  shu yil 20 iyun kuni o‘qishga qabul ko‘tarinki ruhda boshlandi.

     SamDUga 2016-2017 o‘quv yilida bakalavrlar ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha jami 1615 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan. Ta'lim yo'nalishlari bu kontingent quyidagicha taqsimlangan: 

Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda) 50,

Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi 50,  

Filologiya va tillarni o‘qitish bo‘yicha: o’zbek tili 100, rus tili 50, tojik tili 25,

Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) 90,

 Arxeologiya 25,

Matematika 100,

Amaliy matematika va informatika 70,

Informatika o’qitish metodikasi 40,

Biologiya (turlari bo‘yicha) 100,

Fizika 100,

Mexanika 50,

Astronomiya 25,

Kimyo 75,

Geografiya 50,

Gidrometeorologiya 25,

Psixologiya (turlari bo‘yicha) 50,

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 40,

Kadrlar menejmenti 25, 

Amaliy matematika va informatika 70,

Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha) 40, 

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 25, 

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 40,

Kasb ta’limi:  iqtisodiyot 20,

Kasb ta’limi: elektronika va asbobsozlik 20,

Musiqa ta’limi 40, 

Boshlang’ich ta’lim, sport-tarbiyaviy ish 110,

Jismoniy madaniyat 90,

Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti yo’nalishi bo’yicha)  40,

Mehnat ta’limi 50 nafar.

Bu yil universitetimizda qabul jarayoniga jiddiy tayyorgarlik ko’rildi. O’z vaqtida Qabul komissiyasi takribi shakllantirildi, fakultetlar va yo’nalishlar bo’yicha mas’ullar, hujjat qabul qiluvchi va ularga ishlov beradigan texnik xodimlar belgilandi. Kerakli bukletlar va qabul jarayoni uchun kerakli hujjatlar va ish qog’ozlari nashrdan chiqarildi.

 Qabul komissiyasi faoliyati bu yil yangi ta’mirdan chiqqan Fizika-kimyo binosida tashkil etilgan. 20 maygacha bu binoda barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tegishli hujjat qabul qilish joylari,  qabul komissiyasiga kelganlar uchun dam olish va ovqatlanish joylari tashkil etildi. Hujjat topshiruvchilar uchun zarur shart-sharoitlar to'liq muhayyo etilgan.

Qabul kvotasi bo‘yicha qabul qilinadigan yo‘nalishlar nomi, talabalar soni va boshqa ma'lumotlar, fakultetlar hayotini aks ettiruvchi stendlar chiqarildi.

“Samarqand universiteti” gazetasining abituriyentlar uchun maxsus soni chop etishga hozirlandi.

Olimu fuzalolar, shoiru ijodkorlar, olovqalb yoshlar maskani Samarqand davlat universitetiga umid bilan kelayotgan yigit-qizlar safi tobora kengayib bormoqda. ''Umid bilan suqulgan tayoq, bir kun berar meva-yu yaproq'', degan satrlar zamirida ulkan ma'no mujassam. Shunday ekan, ilmu ma'rifat yo‘lida intilayotgan barcha iqtidor sohiblariga faqat omad tilab qolamiz.

Qabul1 Qabul2

Qabul3 Qabul4

 

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-31-261-151-41-23

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

14-may. Uzakov Alisher Mardonkulovich 15-may. Yuldashev Musa Muxammatovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2017-2018 o‘quv yillarida Italiya OTMlarida tahsil olish uchun grant stipendiya tanlovini e‘lon qilgan.
Grant shartlari:
1. Italyan tilini bilish,
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish
3. Italiya universitetidan ilmiy rahbar rozilik xati (PhD bo‘yicha)
Xujjatlarni topshirish muddati: 10 may 2017 yil (xujjatlar Italiya elchixonasiga topshiriladi) Qo‘shimcha ma’lumotni xalqaro aloqalar bo‘limidan olish mumkin.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 524
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 18873649
Hozir 149 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант