Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa The News ABITURIYENT-2016 MAVSUMI AVJIDA

ABITURIYENT-2016 MAVSUMI AVJIDA

E-mail Bosish PDF

Shu kunlarda respublikamizning barcha oliy oʻquv yurtlari qatori universitetimizda ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2016/2017 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida»gi Qaroriga asosan oʻqishga talabgor abituriyentlar bilan kasbga yoʻnaltirish ishlari hamda hujjatlar qabul qilish jadal sur’atlar bilan davom etmoqda.

2016 yilgi qabul komissiyasi faoliyati universitetimizning yangi ta’mirdan chiqqan fizika-kimyo korpusida tashkil etilgan boʻlib, 20 iyundan e’tiboran bu yerda Qabul komissiyasi tarkibida tashkil etilgan 30 ta ishchi guruhi tegishli ixtisosliklar va ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha abituriyentlar bilan kasbga yoʻnaltiruvchi suhbatlar oʻtkazishmoqda va talabgorlardan hujjat qabul qilishmoqda.

Universitetimizda bu yilgi qabul jarayonini Prezidentimizning Qarorida belgilab qoʻyilgan talablar darajasida namunali oʻtkazish uchun  tegishli barcha chora-tadbirlar koʻrildi,-deydi qabul komissiyasining mas’ul kotibi oʻrinbosari, prof. A.Jumaboyev. –Jumladan, qabul jarayoni boshlanmasdan ancha oldin universitetning tajribali va prinsipial professor-oʻqituvchilaridan iborat qabul komissiyasi tarkibi SamDU rektorining buyrugʻi bilan shakllantirildi. Tegishli fakultet va ta’lim yo’nalishlari ham fakultetlar va boʻlimlar qabul guruhlarining tarkibini oshkoralik asosida va mehnat jamoasining fikrlarini inobatga olgan holda  shakllantirdilar. 20 iyundan dastlabki talabgorlardan hujjatlar qabul qilindi, ya’ni bugungi kungacha 1600 nafarga yaqin abituriyent oʻzi tanlagan ta’lim yoʻnalishlariga hujjat topshirdi. Erta-indin litsey va kollejlarning bu yilgi bitiruvchilari ham diplomlarini olib hujjat topshirish uchun kelishsa, qabul komissiyasining ish hajmi yanada oshadi, albatta. Shuni e’tiborga olgan holda qabul komissiyasining ishchi guruhlari tarkibiga yosh, ishchan, yuksak muomala madaniyatiga ega professor-oʻqituvchilar va texnik xodimlarni qoʻshimcha jalb qilamiz.

Bu yil universitetimiz fakultetlarining 1-kursiga 30 ta ta’lim yoʻnalishi boʻyicha jami 1615 nafar talaba oʻqishga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2005 yil 31 oktabrdagi № PQ-213 raqamli «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatni bitirib kelgan va harbiy qoʻmondonlikning tavsiyanomasiga ega boʻlgan yoshlar bilan alohida shugʻullanmoqdamiz. Bu toifadagi yoshlarga alohida tayyorlov mashgʻulotlari tashkil etilgan, bu mashgʻulotlarni universitetning tajribali professor-oʻqituvchilari olib borishmoqda. Bugungi kunga qadar 46 nafar muddatli harbiy xizmatni bitirgan va harbiy qoʻmondonlik tavsiyanomasiga ega boʻlgan yoshlar qabul komissiyasiga murojaat qilishdi.

Shuni qayd etish kerakki, qabul jarayonini toʻgʻri, oqilona va odilona tashkil etish universitet rahbariyatining diqqat-markazida turibdi. Universitet rektori prof. A.R.Xalmuxamedov boshchilik qilayotgan qabul komissiyasi tarkibiga universitetning barcha prorektorlari, rahbar xodimlar va obroʻli professor-o’qituvchilar kiritilgan. Qabul komissiyasining a’zolari har kuni navbati bilan fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlari, talab va shikoyatlarini oʻrganadilar. Kerak boʻlganda qabul komissiyasi har bir holni maxsus oʻrganib chiqadi hamda fuqarolarning talab va ehtiyojini qondiradigan zaruriy chora-tadbirlarni koʻradi.

        2016 yilgi qabul jarayonini talab darajasida va halol-pokiza oʻtkazish, universitetimizning 1-kurs talabalari safiga akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining eng yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlgan bitiruvchilarining tanlab olinishiga zaruriy shart-sharoitlarni yaratish qabul komissiyasining oldiga qoʻyilgan asosiy talabdir. Bundan tashqari, universitetimizda va shahar maktablarida test sinovlari oʻtkaziladigan binolarni tartibga keltirish, ularni test sinovlariga tayyorlash, test sinovlari oʻtadigan kun mazkur binolarda va ularning atrofida abituriyentlar va ularning yaqinlariga zaruriy shart-sharoitlarni hozirlash boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Har bir binoga qabul komissiyasi tomonidan tayinlangan mas’ullar joylardagi maktab direktorlari, bino komendantlari bilan birga zaruriy tayyorgarlik ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Xullas, 2016 yilgi qabul jarayoni universitetimizda talablar darajasida tashkil etilgan, bu yilgi qabul mavsumini yuqori saviyada tashkil etish hamda  bu jarayonda shaffoflik va adolatni ta’minlash uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

QABUL-2016 1

QABUL-2016 2

 

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-61-14foto-13foto-181-21

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-Iyun. Kushshayeva Matlyuba, Xamrakulova Iroda Shaxobovna, Boboqulov G‘olib Doniyorovich, Kushatov Toshkul Shamsiyevich, Pirnazarov Sherzod Shermamatovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Samarqand Davlat universiteti “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etadi. Tadbir 2017 yil 10-12 iyun kunlari 900 da Samarqand Davlat universitetining katta majlislar zalida ochiladi. Manzil: Samarqand shahar, universitet xiyoboni, 15-uy, Tel: (0366) 233-60-85.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 554
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 19729546
Hozir 924 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант