Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa The News O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrigi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrigi

E-mail Bosish PDF

Qadrli ustoz va murabbiylar! 


Avvalambor, dunyodagi eng ulug‘ va sharafli kasb egasi bo‘lgan siz, azizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o’zimning ezgu tilaklarimni izhor etaman.
 

Ushbu sana bundan 19 yil oldin O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk Yurtboshimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tashabbusi bilan el-yurtimizning sizlarga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromining amaliy ifodasi, umumxalq bayrami sifatida ta’sis etilganini albatta hammamiz yaxshi eslaymiz. 

Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishni kelajagi buyuk O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim sharti deb bilgan, sizlarga o‘zining eng yaqin maslakdoshlari sifatida katta ishonch va hurmat bilan qaragan Yurtboshimizning o‘zlari ham barchamiz uchun mehribon ustoz, talabchan murabbiy edilar. 



Islom Abdug‘aniyevich Vatanimizni buyuk muhabbat bilan sevish, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish, bu yo‘lda bor bilim va tajribamiz, butun borlig‘imizni safarbar etish borasida biz uchun yuksak ibrat maktabini yaratib ketdilar. 

Jahon hamjamiyatida “o‘zbek modeli” deb tan olingan taraqqiyot strategiyamizning ajralmas qismi bo‘lgan zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimiga asos solgan, bu sohani davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarib, uning rivojlanish yo‘llarini aniq belgilab bergan, “Butun O‘zbekiston bolalari – mening aziz farzandlarim” deb ularni hamisha e’zozlagan Islom Abdug‘aniyevich Karimovning o‘lmas tarixiy xizmatlarini bugungi va kelgusi avlodlar doimo chuqur minnatdorlik bilan yodga oladi. 


Ulug‘ ustozimizning ezgu g‘oya va vasiyatlari asosida ta’lim va tarbiya sohasidagi tub islohotlarni yuksak bosqichga ko‘tarish, mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini voyaga yetkazishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish hammamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas burchimiz bo‘lib, biz bu yo‘lda birinchi navbatda siz, azizlarga, sizlarning bilim va malakangiz, tajriba va mahoratingizga tayanamiz. 

Aziz do‘stlar! 


Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga yetkazish yo‘lidagi beqiyos xizmatlaringizni barcha ota-onalar, jamoatchiligimiz, butun xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi. 

Ayni paytda bugungi kunda oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini hammamiz yaxshi tushunamiz. Shu borada ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, uning nafaqat davr bilan hamohang bo‘lishini, balki zamondan oldinda yurishini ta’minlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or usullaridan keng foydalanish, bu ishlarni xorijdagi nufuzli markazlar bilan hamkorlikda olib borish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, o’qituvchi va domlalarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini har taraflama rag‘batlantirish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch bo‘lib kirayotgan yangi avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar safarbar etiladi. 

Muhtaram ustoz va murabbiylar! 

Siz, azizlarni 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, hayotda va mehnat faoliyatingizda baxt va omadlar yor bo‘lishini tilayman.

 

Shavkat Mirziyoyev,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

vazifasini bajaruvchi

Manbaa: www.uza.uz 

Oxirgi yangilash ( 03.10.2016 07:04 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-18foto-2foto-16foto-81-11

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-may. Xudoyberdiyeva Gavxar Ismailovna 29-may. Xasanov Gafurjan Aknazarovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2017-2018 o‘quv yillarida Italiya OTMlarida tahsil olish uchun grant stipendiya tanlovini e‘lon qilgan.
Grant shartlari:
1. Italyan tilini bilish,
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish
3. Italiya universitetidan ilmiy rahbar rozilik xati (PhD bo‘yicha)
Xujjatlarni topshirish muddati: 10 may 2017 yil (xujjatlar Italiya elchixonasiga topshiriladi) Qo‘shimcha ma’lumotni xalqaro aloqalar bo‘limidan olish mumkin.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 529
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 18901638
Hozir 303 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант