Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa

Ozodligimiz va g‘urur-iftixorimiz timsoli

E-mail Bosish PDF

bayroq

Yurtimizda bayroq qadim-qadimdan ozodlik, g‘urur-iftixor, or-nomus timsoli bo‘lib kelgan. Bobolarimiz hamisha Vatan bayrog‘ini sarbaland etish yo‘lida kurashgan. 
Amir Temur saltanatida ham jangu jadallarda davlat tug‘ini qo‘shindagi eng ishonchli bahodir sipohilar qo‘riqlagan, g‘anim ustidan g‘alaba qozonganda alohida shijoat va mardlik ko‘rsatgan amirlaru sipohilarga maxsus tug‘ hadya qilingan. 
1991-yil 18-noyabr kuni Birinchi Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran milliy bayrog‘imiz davlatimiz suvereniteti ramziga, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoliga aylandi. 
Vatan himoyasi uchun harbiy xizmatga chaqirilgan o‘g‘lonlarimizning harbiy qasamyod marosimini kuzatganmisiz? G‘alabasi sharafiga madhiya sadolari ostida balandga ko‘tarilayotgan bayrog‘imizga boqib, ko‘zlariga yosh olgan sportchilarimizni-chi? Maktabga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji bolajonlarning bayroqchani hilpiratib, sevinchdan orziqishini-chi? Bunday pallalarda qalb tug‘yonga kelib, shu yurt, shu muqaddas zamin farzandi ekaningdan to‘lqinlanib ketadi odam. Ayniqsa, Vatanimiz bayrog‘i dunyoning eng yuksak minbarlarida mag‘rur hilpirayotganini ko‘rgan lahzalarda Vatan uchun, uning tinchligi, istiqboli uchun qurbon bo‘lishga ham tayyorligingni his qilasan. 
1992-yil 2-mart kuni O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lib, bayrog‘imiz uning peshtoqida hilpiray boshlagan kun barcha vatandoshlarimiz ko‘nglida ana shunday tuyg‘ular to‘lib-toshdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov BMT minbarida mustaqil O‘zbekiston davlat bayrog‘i ostida nutq so‘zlagan sharafli damlarda ham shu hisni tuyganmiz.
Eng nufuzli sport musobaqalari – Olimpiya o‘yinlarida yurtdoshlarimiz g‘alabasi sha’niga bayrog‘imiz sarbaland bo‘lgan kunlarni eslasak, hayajonga tushamiz.
2016-yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham bot-bot madhiyamiz yangrab, bayrog‘imiz ko‘tarildi – ko‘ksimiz cheksiz faxr-iftixorga, g‘ururga to‘ldi. O‘sha lahzalarda bog‘u xiyobonlar davlatimiz bayrog‘ini mag‘rur hilpiratgan yoshlarga, ko‘chalar O‘zbekiston bayrog‘i qo‘yilgan mashinalarga to‘ldi...
Bularning barchasi davlatimiz bayrog‘i yurtdoshlarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, xalqaro miqyosda mamlakatimiz obro‘-e’tiborini mustahkamlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilayotganidan dalolatdir. 
2010-yili poytaxtimizda barpo etilgan “Vatanga qasamyod”  badiiy majmuasida tasvirlangan o‘g‘lon bayrog‘imizni ko‘ziga to‘tiyo qilib, Vatan himoyasi uchun, ota-bobolarimiz xoki yotgan qutlug‘ zaminning har qarich tuprog‘ini asrash uchun tayyorman, deb tiz cho‘kib qasamyod qilmoqda. Bu muqaddas bayroqning insonga beradigan cheksiz ma’naviy quvvati, yengilmas ruhi nishonasidir. 
Davlatimiz bayrog‘iga hurmat “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunni puxta o‘rganish va unga to‘la amal qilishimizda ham namoyon bo‘ladi. Milliy timsolimizni tasvirlash va o‘rnatishda belgilangan rangli-sxematik tartiblarga rioya etishimiz, uning mamlakatimiz fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar tomonidan hurmat qilinishiga erishishimiz chin insoniy burchimizdir.
Davlatimiz bayrog‘idagi har bir rang, har bir belgi chuqur ma’no-mazmunga ega. Ular milliy davlatchiligimiz tarixidagi qudratli davlatlar tug‘laridagi ezgu ifodalarni, ayni paytda yurtimizning tabiiy, milliy va ma’naviy xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. 
Moviy rang – musaffo osmon va obihayot ramzi bo‘lib, yaxshilikni, donishmandlik, halollik, shon-shuhrat va sadoqat, oq rang – tinchlik, poklik, beg‘uborlik, soflik, ezgu orzu va umidlar timsolidir. Tabiatning yangilanishi ramzi yashil rangda aks etgan bo‘lib, u navqironlik, umid va shodumonlikdan nishona. Qizil chiziqlar – har bir tirik vujudda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini ifodalaydi. 
Davlatimiz bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, davlatimizning chet ellardagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida, xalqaro miqyosdagi nufuzli anjuman va konferensiyalar, sport musobaqalarida baland ko‘tarilmoqda. Bu aziz timsol davlat idoralari, ta’lim muassasalarida yurtimizdagi tinchlik-farovonlikning ramzi sifatida mag‘rur hilpirab turibdi. 
Mamlakatimiz bilan Hamkorlik o‘rnatgan barcha davlatlar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘iga, uning timsolida davlatimiz suverenitetiga, xalqimiz ozodligiga bo‘lgan hurmat-ehtiromini ifoda etadi. Mamlakatimizning chet ellardagi elchixonalari, xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida mustaqil O‘zbekistonning davlat bayrog‘i qo‘yilgan. 
Bizni yagona davlat, bir xalq sifatida birlashtirib turgan bayrog‘imiz ostida ulug‘ maqsadlar, buyuk kelajak sari dadil boraveramiz. 
manba: uza.uz
Oxirgi yangilash ( 18.11.2016 10:59 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-111-17foto-19foto-71-24

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

14-may. Uzakov Alisher Mardonkulovich 15-may. Yuldashev Musa Muxammatovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2017-2018 o‘quv yillarida Italiya OTMlarida tahsil olish uchun grant stipendiya tanlovini e‘lon qilgan.
Grant shartlari:
1. Italyan tilini bilish,
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish
3. Italiya universitetidan ilmiy rahbar rozilik xati (PhD bo‘yicha)
Xujjatlarni topshirish muddati: 10 may 2017 yil (xujjatlar Italiya elchixonasiga topshiriladi) Qo‘shimcha ma’lumotni xalqaro aloqalar bo‘limidan olish mumkin.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 522
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 18821789
Hozir 109 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант