Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa The News Bilimdonlar kuni

Bilimdonlar kuni

E-mail Bosish PDF

Samarqand davlat universitetining 90 yillik yubileyiga bag’ishlangan “Bilimdonlar kuni” munosabati bilan 2017 yil 20 aprel kuni universitetning Bosh binosida ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ingliz tilida “Sharq allomalarining jahon sivilizasiyasiga qo’shgan o‘rni” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovda to‘rtta jamoa “Ibn Sino” jamoasi, “Al-Xorazmiy” jamoasi, “Mirzo Ulug‘bek” jamoasi, “Alisher Navoiy” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Jamoalar uchta shart, ya’ni tanishtiruv, sahna ko‘rinishi va savol-javob bo‘yicha o‘zlarining bilimi hamda qobiliyatlari namoyon qilib, ularning ishtiroki universitet ilmiy ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Yarmuhammedov – hakamlar hay’ati raisi, iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri D.Nasimov, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti rektor o‘rinbosari A.Gadoyev, Samarqand davlat qishloq xo‘jaligi instituti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xasanov hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Nihoyat, natijada “Alisher Navoiy” jamoasi faxrli 1-o‘rinni, “Ibn Sino” jamoasi 2-o‘rinni, “Mirzo Ulug‘bek” va “Al-Xorazmiy” jamoalari 3- o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bellashuv yakunida barcha jamoa qatnashchilari universitet rektorining sertifikat va diplomlari bilan taqdirlandi. Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ishtirokchilarning barchasiga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ilngliz-tili-bilimdonlari-1

Ilngliz-tili-bilimdonlari-2

Ilngliz-tili-bilimdonlari-3

 

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-19foto-71-101-261-22

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-may. Xudoyberdiyeva Gavxar Ismailovna 29-may. Xasanov Gafurjan Aknazarovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2017-2018 o‘quv yillarida Italiya OTMlarida tahsil olish uchun grant stipendiya tanlovini e‘lon qilgan.
Grant shartlari:
1. Italyan tilini bilish,
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish
3. Italiya universitetidan ilmiy rahbar rozilik xati (PhD bo‘yicha)
Xujjatlarni topshirish muddati: 10 may 2017 yil (xujjatlar Italiya elchixonasiga topshiriladi) Qo‘shimcha ma’lumotni xalqaro aloqalar bo‘limidan olish mumkin.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 524
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 18873678
Hozir 175 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант