Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa

Ilmiy bo'lim haqida

E-mail Bosish PDF

Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi

Bo'limning web sahifasi  www.ilmiybulim.samdu.uz

 Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limning:

       Maqsadi:

Respublikamizning ustivor yo’nalishlarida dolzarb fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqotlar ko’lamini oshirish, kafedra va laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy–tadqiqot ishlarini amaliyotga qo’llash, xalq ta’limi va ishlab chiqarish integrasiyasining samaradorligi oshirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashni davom ettirish, olimlarining fan va texnologiyalar sohasidagi ilmiy ishlanmalari, tayyor mahsulot va intellektual mulk iste’molchilari montoringini yaratish.

Vazifalari:

Byudjet va xo’jalik shartnomasi asosidagi mavzularni shakllantirish va rejalashtirish, ilmiy loyihalar tanlovlariga ishtirok etishni tashkil qilish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga qo’llash rejasini ishlab chiqish, ilmiy seminarlarning rejasini tuzish va uning bajarilishi ustidan nazorat qilish, yillik va istiqbol rejalarni, ilmiy faoliyati bo’yicha yillik hisobotni tayyorlash, ilmiy natijalar ko’rsatgichlari bo’yicha statistik tahlil o’tkazib, kafedraviy mavzular bajarilishi bo’yicha hisobotlar tayyorlab, yuqori tashkilotlarga taqdim etilishini nazorat qilish.

Bo’limning tuzilishi (strukturasi):

Bo’lim tarkibida muammoviy va ilmiy laboratoriyalar, patentshunoslik, metrologiya xizmati, «Astronomiya» ilmiy-o’quv markazi, muzeylar, botanika oranjeriyasi va matbaa-nashr markazilari, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilik, katta ilmiy xodim-izlanuvchilikinstituti, mustaqil tadqiqotchilikinstituti, talabalar ilmiy tadqiqot ishlari markazi, iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi faoliyat yuritadi.

Ilmiy tadqiqotchilik yo’nalishlari:

Zamonaviy mexanika va matematika, fizika, kompyuter texnologiyalari, informatika; kimyo va kimyoviy texnologiyalar, biologiya, biotexnologiya va ekologiya, qishloq xo’jaligi, geologiya, geografiyaning fundamental, dolzarb muammolari. Shuningdek, jamiyatni erkinlashtirish, demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari, xalqimizning madaniyati, intellektual, adabiy merosi hamda ma’naviy madaniyati, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, o’zbek xalqi va uning davlatchilik tarixi, o’zbek tili, tilshunosligi va adabiyotining dolzarb muammolari hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning iqtisodiy asoslari,  pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolaridir.

Mahalliy va chet el aloqalari

O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlari va Fanlar akademiyasining tarmoq institutlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni yo’lga qo’yilgan.    Jumladan, SamDUda O’zFA Yadro fizikasi, Elektronika, Astronomiya, Zoologiya, O’simlik moddalari kimyosi, Arxeologiya, Falsafa va huquq, Til va adabiyot va h.k.lar, jami 30 dan ortiq ilmiy tadqiqot institutlariolim va mutaxassislari bilan hamkorlikda dolzarb mavzu va yo’nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda va kadrlar tayyorlanmoqda.

 Shuningdek, 20 dan ortiq xorijiy ta’lim muassasalari bilan ilmiy hamkorlik yo’lga qo’yilgan va hamkorlik shartnomalariga hamda memorandiumlariga ega. Bular jumlasiga Osaka xalqaro tadqiqotlar universiteti (Yaponiya); Qozog’iston mehnat va ijtimoiy aloqalar akademiyasi (Qozog’iston); Rossiya davlat gumanitar universiteti; Qozon davlat universiteti;  Rossiya FA Yer magnetizmi va radioto’lqinlar instituti (IZMIR RAN); Kama davlat iqtisod-muhandislik akademiyasi, Boshqirdiston davlat universiteti; Ufa mexanika instituti; M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti; Oldenburg universiteti (Germaniya); Ozarbayjon xalqaro universiteti (Ozarbayjon); Milan-Bikokka universiteti (Italiya); Shanxay universitetining Xalqaro almashinuv kolleji (XXR); Xalqaro Chengju universiteti (Tayvan); Ural davlat universiteti; “Universidad” jamg’armasi (Ispaniya), Tanta universiteti (Misr) va boshqalar kiradi.

Ixtisoslashgan kengashlar

O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi (OAK)ning buyrug’iga asosan 10.01.03-O’zbek adabiyoti tarixi va 10.01.06-Osiyo va Afrika xalqlari adabiyoti (tojik adabiyoti) ixtisosliklar bo’yicha filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertasiyalar himoyasini o’tkazishga mo’ljallangan K.067.04.01-raqamli hamda 01.04.05-optika, 01.04.21-lazer fizikasi va 01.04.11-magnit hodisalari fizikasi mutaxassisliklari bo’yicha doktorlik va nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilishga mo’ljallangan DK.015.90.01-raqamli birlashgan ixtisoslashgan kengashlar, shuningdek, ko’plab OAK ilmiy seminarlari faoliyat olib borishmoqda.

Jurnal va davriy nashrlar.

SamDU da O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining qarori bilan 1999 yildan buyon «SamDU Ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi» ilmiy-nazariy va uslubiy jurnali chop etib borilmoqda. Jurnal OAKning ijtimoiy-gumanitar (tarix, falsafa, sosiologiya, filologiya) fanlari yo’nalishlari bo’yicha doktorlik va nomzodlik dissertasiyalari yuzasidan ilmiy maqolalar chop etilishi lozim bo’lgan ilmiy jurallar qatoriga kiritilgan. Yiliga jurnalning 6 ta soni chop qilinmoqda. 10 ga yaqin davriy  ilmiy to’plamlar shakllantirilgan. Aniq va tabiiy fanlar yo’nalishlari bo’yicha «Fan chorrahalari» davriy to’plami ham shular jumlasidandir.     

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilik instituti

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestasiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi farmoniga (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2012 y., 30-son, 346-modda) muvofiq O’zbekiston Respublikasida 2013 yil 1 yanvardan boshlab Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi joriy qilindi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 19 oktyabrdagi “Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni attestasiya asosida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga o’tkazish to’g’risida”gi 407-sonli buyruqlariga muvofiq attestasiya o’tkazildi. Attestasiya natijalariga ko’ra Samarqand davlat universitetida 30 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchilar 16 yo’nalish bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanmoqda.


Oxirgi yangilash ( 16.05.2015 04:30 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-161-51-21-171-14

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-Iyun. Kushshayeva Matlyuba, Xamrakulova Iroda Shaxobovna, Boboqulov G‘olib Doniyorovich, Kushatov Toshkul Shamsiyevich, Pirnazarov Sherzod Shermamatovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Samarqand Davlat universiteti “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etadi. Tadbir 2017 yil 10-12 iyun kunlari 900 da Samarqand Davlat universitetining katta majlislar zalida ochiladi. Manzil: Samarqand shahar, universitet xiyoboni, 15-uy, Tel: (0366) 233-60-85.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 554
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 19698883
Hozir 312 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант