Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa

O'quv-uslubiy kengash

E-mail Bosish PDF

SamDU o’quv-uslubiy kengashi  rahbariyat va barcha ta’lim yo’nalishlari yetakchi mutaxassislaridan  iborat 23 kishilik tarkibga ega bo’lib, o’z vaqtida,    fizika, matematika va informatika,    tabiiy fanlar (biologiya, kimyo, geografiya), filologiya fanlari (o’zbek, rus, tojik va xorijiy tillar), tarix, huquqshunoslik, iqtisod va ijtimoiy-siyosiy fanlar,  pedagogik ta’lim kabi sho’balardan iborat tuzilma asosida ish olib boradi.

Asosiy vazifalar:o’quv  adabiyotlari, ilg’or axborot texnologiyalari  bo’yicha vazirlik qaror, buyruq  va ko’rsatmalarining universitet miqyosida joriy etilishini ta’minlash, dekanat va kafedralarni o’quv adabiyotlari, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalariga doir me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash chorasini ko’rish va uslubiy yordam ko’rsatish masalalaridan iborat.

Kengash qat’iy reja asosida ish olib boradi, fakultetlar  o’quv-uslubiy kengashi faoliyatini o’rganadi, fakultetlar, kafedralar  o’quv-uslubiy ish rejasining bajarilishini, ilmiy-kutubxona va fakultetlarda fanlarning o’quv-uslubiy adabiyotlari bilan ta’minlanish monitoringi, o’quv adabiyotlari, ilg’or pedagogik va axborot texnologtyalari natijalari bo’yicha ma’lumotlarni o’z vaqtida o’rganish, tezkor tahlil qilish va kerakli choralar ko’rib borish ishlarini amalga oshiradi.

Universitetda “ Yilning eng yaxshi  darslik va o’quv qo’llanmasi mual-lifi”, “ Sermahsul kafedralar, bo’limlar mudirlari” , “ Namunali fakultetlar tanlovi” , “ Darslik va o’quv qo’llanmalari tarjimoni tanlovi”, “Namunali ish yurituvchi fakultetlar dekani o’rinbosari tanlovi” ,“ Yilning eng yaxshi uslubiy muammolari haqidagi maqola muallifi” nominasiyalari bo’yicha tanlovlarni tashkil qiladi va g’oliblarni taqdirlash bo’yicha takliflar loyihalarini muhokama etadi.

Universitet bo’yicha malakaviy amaliyotlarning tashkil etilishi, o’tkazilishi,  uzluksiz pedagogik amaliyotning natijalari bo’yicha masalalarni ko’rib chiqadi.

Reyting baholarni tashkil etish va nazorat qilishni takomillashtirish bo’yicha  ilg’or tadbirlar, takliflar, fikr-mulohazalarni umumlashtirib tahlil qilib, shu asosda ularni ommalashtirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi.

Fakultetlarda YaDA ni tashkil qilish va uni o’tkazish bo’yicha me’yoriy va ishchi hujjatlar bilan ta’minlanganligi hamda unga amal qilinishi, professor-o’qituvchilar shaxsiy ish rejasidagi ilmiy-uslubiy ishlar va tashkiliy-uslubiy ishlarning natijalari, o’zaro darslarga kirish, ochiq darslar mashg’ulotlarining tashkiliy hamda ilmiy-uslubiy saviyasini va sifatini nazorat qilib turish ishlarini tashkil qiladi.

Professor-o’qituvchilar o’rtasida “Yilning namunali ochiq darslari g’oliblari” nominasiyasini tashkil qiladi.

Yosh o’qituvchilar darslarini tahlil qilib turilishi, ularni tajribali o’qituvchilarga biriktirishini hamda ilmiy-uslubiy yordam tashkil etish nazoratini olib boradi.

Ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarni yig’ish (internet va boshqa axborot manbaalaridan , mutaxassislardan va hk), ularni tahlil qilish hamda yangi pedagogik  texnologiyalar bandini yaratish va boyitishni nazorat qiladi.

Darslarda o’qitishning interfaol usullaridan : esse yozish, anglash,rolli o’yinlar, aqliy hujum, ishbilarmonlik o’yinlari, muammoli o’qitish, men kimman?, dumaloq stol atrofida kabilardan unumli foydalanib yuqori samaradorlikka erishayotgan o’qituvchilar tajribasini umumlashtiradi, ularni seminar, ochiq darslar tarzida, risola ko’rinishida, maatbuotda uslubiy maqolalar tarzida ommalashtirib boradi, uslubiy tavsiyalar tayyorlaydi.

Universitet miqyosida elektron va multimediyali darsliklardan, vertiual stendlardan, kompyuter sinflardan foydalanish samaradorligini umumlashtiradi va ularni ommalashtirilishining nazoratini olib boradi.

Oxirgi yangilash ( 16.05.2015 04:33 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-181-30foto-21-141-9

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 487
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15581644
Hozir 370 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант