Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa

O'quv ishlari - O’quv adabiyotlari

E-mail Bosish PDF
Maqolaning indexi
O'quv ishlari
O’quv adabiyotlari
O’quv amaliyotlari
Hamma sahifalar

O’quv adabiyotlari

          Mustaqillik yillarida universitet ilg’or professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish yo’lida qilingan mehnatlari evaziga 1500 dan ortiq o’quv adabiyotlari yaratildi. Keyingi yillarda vazirlik grifi bilan 50 dan ortiq darsliklar, 100 dan ortiq o’quv qo’llanmalari nashr etildi. Masalan, J. Xo’jayevning «O’simliklar fiziologiyasi», Z. Muqimovning «O’zbekiston davlati va huquqi tarixi»,    J. Laxanovning «Umurtqalilar zoologiyasi», N. Bozorovning «Mehnat sosiologiyasi va iqtisodiyoti», J. Eshnazarovning «Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish», E. Nuriddinovning «Jismoniy madaniyatning fiziologik asoslari», O. Fayzullayevning «Analitik kimyo», K. Hasanovaning «Pedagogika nazariyasi va tarixi» darsliklari,  R. Orzibekovning «O’zbek adabiyoti tarixi», A. G’oziyev va boshqalarning «Matematik analizdan misol va masalalar», A. Quvvatovning «Fizikaviy tadqiqot usullari», S. Fayzullayevaning «Ehtimollar nazariyasidan masalalar to’plami», H. To’rayevning «Harakatning turg’unligini tadqiq etishni avtomatlashtirish», E. Lutfullayev va boshqalarning «Analitik kimyodan amaliy mashg’ulotlar»I. Ilalovning «Muzeyevedeniye»,I. Isroilovning «Geometriyadan masalalar to’plami», A. Abduhamidov va boshqalarning «Algebra va analiz asoslari» darsligi, A. Vohidovning o’rta maktablar uchun «Tojik tili»darsligi, I. Mirzayev, M. Boltayevlarning «O’zbek tili» darsligi, nomli o’quv qo’llanmalari shular jumlasidandir.

         J. Eshnazarovning «Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish» darsligi, Z.Rajamurodov, A.Rajabovlarning «Odam va hayvonlar fiziologiyasi» darsligi, Y.Masharipovning «Sport psixologiyasi» o’quv qo’llanmasi,     H. To’rayevning «Matematik mantiq va diskret matematika» o’quv qo’llanmasi va yana bir qator darslik hamda o’quv qo’llanmalar respublika miqyosida o’tkaziladigan «Yilning eng yaxshi muallifi va o’quv adabiyoti» tanlovida g’olib deb topildi.

         Universitet professor-o’qituvchilarining namunali ochiq darslarini o’tkazish yaxshi yo’lga qo’yilgan va har yili «Namunali ochiq darslar» tanlovi o’tkaziladi. Unda universitet o’quv-uslubiy boshqarma xodimlari, boshqa oliy o’quv yurtlari va tegishli tashkilotlardan ekspertlar jalb qilinib, har bir ochiq darsning ilmiy-uslubiy saviyasi bo’yicha berilgan ekspert baholari kafedra yig’ilishlarida, fakultet va universitet ilmiy kengashlarida atroflicha muhokama etiladi. Ochiq darslarni ilg’or pedagogik texnologiyalar, ya’ni aqliy hujum, klaster, bahs-munozara usullaridan, elektron darsliklar, slaydlar, animasiyalar, diaproyektorlar, tegishli manbalar asosida o’tgan professor-o’qituvchilardan J.Xo’jayev, N.Xolmatov, M. Mo’minov,R.IbodovO. Uzoqov, Z. Izzatullayev, B. Usmonov,                  N. Shodiyev, A. Azizqulov, E. Arziqulov va yana ko’pgina o’qituvchilarning darslari ommalashtirildi hamda universitet ma’muriyati tomonidan taqdirlandi. Keyingi uch yilda 30dan ortiq professor-o’qituvchilarning ilg’or dars usullari tajribasi o’rganildi.

Professor R.Ibodov talabalarga yangi pedagogik va axborot texnologiyalar asosida dars o’tmoqda

Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayonining barcha bo’g’inlarida, ya’ni ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya mashg’ulotlariga, talabalarning ilmiy ishlari, bitiruv malakaviy hamda magistrlik  dissertasiyalarida qo’llash bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Respublikada birinchilar qatorida universitetda optik tolali tarmoq o’rnatildi va o’quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy ztish bo’yicha sezilarli o’sishga muvaffaq bo’lindi. Dars mashg’ulotlarida keng foydalanish imkonini beradigan elektron o’quv vositalari: elektron darslik, o’quv adabiyotlarining elektron variantlari, multimediali va videodarsliklar, virtual stendlar, laboratoriya ishlarining dasturiy modellarini yaratish bo’yicha katta ishlar olib borildi va davom ettirilmoqda. Hozirda 180 ga yaqin multimediali, 300 dan ortiq elektron darsliklar yaratildi, 900 dan ortiq o’quv adabiyotlarining elektron variantlari axborot-resurs markazining kompyuterlariga kiritildi. Har bir ta’lim yo’nalishi bo’yicha zamonaviy texnik vositalar bilan to’liq ta’minlangan 20 dan ortiq namunaviy o’quv xonalari tashkil etildi.

                



Oxirgi yangilash ( 16.05.2015 04:32 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-21-101-141-311-3

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

14-may. Uzakov Alisher Mardonkulovich 15-may. Yuldashev Musa Muxammatovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2017-2018 o‘quv yillarida Italiya OTMlarida tahsil olish uchun grant stipendiya tanlovini e‘lon qilgan.
Grant shartlari:
1. Italyan tilini bilish,
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish
3. Italiya universitetidan ilmiy rahbar rozilik xati (PhD bo‘yicha)
Xujjatlarni topshirish muddati: 10 may 2017 yil (xujjatlar Italiya elchixonasiga topshiriladi) Qo‘shimcha ma’lumotni xalqaro aloqalar bo‘limidan olish mumkin.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 524
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 18873650
Hozir 152 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант