Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa

Madaniy tadbirlar

E-mail Bosish PDF

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

 

2011 yil 15 noyabr kuni   MXX Samarqand viloyat boshqarmasi, IIB, O’zbekiston Musulmonlar idorasi Samarqand viloyat vakilligi bilan hamkorlikda talabalarni norasmiy diniy oqimlar ta’siridan saqlash, ularni bu oqimlarga kirib ketishlariga yo’l qo’ymaslik hamda missionerlik faoliyatining oldini olish maqsadida «Din, aqidaparastlik va tahdid» mavzusida  “Ma’naviyat soati” o’tkazildi.

Universitet “Kamolot” YoIH yetakchilari bilan o’tkazilgan   “Ma’naviyat soati”ni universitet rektori prof. U.N.Tashkenbayev olib bordi.“Ma’naviyat soati”da Viloyat bosh imom xatibi Nuriddinxon Islomov “Islom dini va aqidaparastlikning oldini olish masalalari”, SamDU dosenti M.Allayorova “Din, aqidaparastlik va tahdid”, Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili B.Aminov “Diniy ekstremizm insoniyat dushmani”, Imom Buxoriy Xalqaro markazi direktori o’rinbosari B.To’rayev “Ma’naviy tahdidlar va ularni bartaraf etish yo’llari” mavzularida ma’ruza qilishdi.

Tadbir so’ngida «Xunrezlik. Kalavaning uchi» nomli film namoyish etildi.

“Manaviyat soati”da Samarqand viloyati MXX   xodimi F.Tilavov ishtirok etdi. Tadbirda 150 nafar talabalar qatnashdi.

 Shu mavzudagi “Ma’naviyat soati”  universitetning barcha fakultetlari va akademik guruhlarida  o’tkazildi. Mashg’ulotlarga universitetning 100% talabalari jalb etildi.

            2011 yil 17 noyabr kuni soat 11:00da Samarqand Davlat universitetining katta majlislar zalida «Kamolot» YoIH shahar kengashi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobini o’rganish va keng targ’ib qilishga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishni SamDU rektori, professor U.N.Tashkenbayev olib bordi. Yig’ilishda Respublika ”Kamolot”   YoIH  Markaziy Kengashi raisi o’rinbosari Odina Muxtorova, Respublika Manaviyat targ’iboti markazi viloyat bo’limi boshlig’i Y.Suyunov, ”Kamolot”   YoIH  viloyat kengashi raisi A.Norboyevlar  ishtirok etishdi. Tadbirda manaviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari va  “Kamolot” YoIH universitet  boshlang’ich tashkiloti yetakchilari, faollaridan iborat jami 380 kishi qatnashdi.

2011 yil 23 noyabr kuni soat 10:00da universitet katta majlislar zalida Samarqand viloyati hokimi Z.T.Mirzayev bilan universitet jamoasining uchrashuvi o’tkazildi. Uchrashuvda viloyat hokimi yil davomida amalga oshirilgan ishlar, qo’lga kiritilgan yutuqlar bilan bir qatorda mavjud muammolar, xususan, diniy ekstremizm va odam savdosiga doir jinoyatchiliklar hamda ularning oldini olish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida yig’ilish ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuvda 380 nafar professor-o’qituvchi va talabalar ishtirok etishdi.

2011 yil 25 noyabr kuni soat 11:30da universitet katta majlislar zalida Sud departamentining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasining mazmun mohiyatini o’rganishga bag’ishlangan seminar o’tkazildi. Seminarda huquqshunoslik fakultetining 175 nafar professor-o’qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

2011 yil 25 noyabr kuni soat 13:30 da universitet katta majlislar zalida Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda talabalarni norasmiy diniy oqimlar ta’siridan saqlash, ularni bu oqimlarga kirib ketishlariga yo’l qo’ymaslik hamda missionerlik faoliyatining oldini olish maqsadida «Diniy ekstremizm, missionerlik va prozelitizm g’oyalariga qarshi kurash» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi A.Tamiqayev, viloyat bosh imom xatibi Nuriddinxon Islomov, Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili B.Aminovlar ishtirok etishdi. Tadbir so’ngida «Xunrezlik. Kalavaning uchi» nomli film namoyish etildi.

            Tadbirda tarix fakultetining 380 nafar professor-o’qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

2011 yil 29 noyabr kuni soat 8:30da universitetning barcha fakultetlari hamda akademik guruhlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 26 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasini oldini olish samaradorligini oshirish qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi PK-1023 sonli qarorining ijrosini ta’minlash hamda 1 dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan Samarqand viloyat OITSni oldini olish va unga qarshi kurashish markazi hamkorligida «Ma’naviyat soati» o’tkazildi.

“Ma’naviyat soatlari” Samarqand viloyat OITSni oldini olish va unga qarshi kurashish markazi vrachlari, universitet tibbiy kafedrasi o’qituvchilari hamda guruh murabbiylari tomonidan o’tkazildi. Mashg’ulotlarga universitetning 100% talabalari jalb etildi.

2011 yil 28 noyabr kuni soat 16:30da 3-son talabalar turar joyida O’zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan “Qomusimiz - baxtimiz” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida kafedra mudiri prof. A.Abdusaidov, prof. B.Yo’ldoshev, dos. R.Suvonovalar ma’ruza qilishdi. Tadbirda 62 nafar talaba ishtirok etdi. 

2011 yil 2 dekabr kuni soat 16:00da 2-son talabalar turar joyida ijtimoiy ish kafedrasi tomonidan “Konstitusiya – taraqqiyot poydevori” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida kafedra mudiri L.Jo’rayev, katta o’qituvchi M.Sherov, o’qituvchi U.Abduraxmonovlar ma’ruza qilishdi. Tadbirda 54 nafar talaba ishtirok etdi. 

2011 yil 5 dekabr kuni soat 16:00da pedagogika fakultetida universitet xotin-qizlar kengashi va “Kamolot” YoIH universitet BT bilan hamkorlikda “Oila – jamiyat tayanchi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida Samarqand shahar “Baxt uyi” mudirasi N.Maxmatqulova, inspektori Z.Nuriddinova, Samarqand viloyat “Sabr” ijtimoiy-iqtisodiy markazining vrach-psixologi N.Mamurova, psixolog-sosiologi H.Habibovalar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda 120 nafar talaba ishtirok etdi. 

2011 yil 5 dekabr kuni soat 15:30da universitet 3-son talabalar turar joyida Tabiiy geografiya va geoekologiya kafedrasi tomonidan “Konstitusiyaviy burch va majburiyatlarimiz” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda 55 nafar talaba ishtirok etdi. 

2011 yil 6 dekabr kuni soat 8:30da universitetning barcha fakultetlari hamda akademik guruhlarida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 19 yilligiga bag’ishlangan «Ma’naviyat soati» o’tkazildi.

Shuningdek, «Ma’naviyat soati»da talabalar O’zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 noyabrdagi «Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini tashkil etish va «Ma’rifat markazi» binosidan samarali foydalanishni ta’minlash to’g’risida»gi 302-sonli qarori va «Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi to’g’risidagi Nizom» bilan tanishtirildi.

“Ma’naviyat soatlari” huquqshunoslik fakulteti professor-o’qituvchilari hamda guruh murabbiylari tomonidan o’tkazildi. Mashg’ulotlarga universitetning 100% talabalari jalb etildi.

2011 yil 6 dekabr kuni soat 14:00da universitet bosh binosi majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 19 yilligiga bag’ishlangan tantanali bayram tadbiri o’tkazildi. Bayram tadbirida universitet rektori prof. U.Tashkenbayev, huquqshunoslik fakulteti professori Z.Muqumov, huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi T.Botirovlar ma’ruza qilishdi. Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’i O’lmas Axadov ishtirok etdi. Bayram tantanasida universitetning 380 nafar professor-o’qituvchi va talabalari ishtirok etishdi. 

2011 yil 9 dekabr kuni soat 17:00da universitet 3-son talabalar turar joyida “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor S.Abbosov, ma’naviyat-ma’rifat bo’limi boshlig’i X.To’xtayev, “Kamolot” YoIH universitet BT yetakchisi A.Jabborov, huquqshunoslik fakultetining professor-o’qituvchilari, talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi 42 nafar talabalar ishtirok etishdi. Davra suhbatida huquqshunoslik fakulteti dosenti Sh.Hamrayeva «Korrupsiyaga qarshi kurashning ilmiy-nazariy asoslari», huquqshunoslik fakulteti dosenti D.Qurbonov «Poraxo’rlik jinoyati va unga qarshi kurashish» mavzusida ma’ruza qilishdi.

2011 yil 10 dekabr kuni soat 13:00 da universitet bosh binosi majlislar zalida “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan guruh murabbiylarining seminari o’tkazildi. Seminarda guruh murabbiylariga tarqatma materiallar (BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining elektron varianti, ma’ruza matni) tarqatildi.

 2011 yil 13 dekabr kuni soat 8:30 da universitetning barcha akademik guruhlarida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag’ishlangan “Ma’naviyat soati” o’tkazildi. Mashg’ulotlarga universitetning 100% talabalari jalb etildi.

Universitet bosh binosi majlislar zalida Samarqand viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan “Ma’naviyat soati”da viloyat prokuraturasi iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi boshlig’i U.Muhammadiyev ishtirok etdi.

 

Oxirgi yangilash ( 22.12.2011 08:26 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-91-20foto-14foto-151-5

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.
   


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 496
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 18232563
Hozir 647 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант