Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Magistratura

E-mail Bosish PDF
MUSTAQILLIK YILLARIDA MAGISTRATURA TA’LIMI

         Respublikamiz mustaqillikka erishgach, «Ta’lim to’g’risidagi qonun», Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinishi ta’lim tizimida islohotlarga keng yo’l ochib berdi va mamlakatimizda ta’lim sohasida tom ma’noda tub o’zgarishlarga olib keldi. Ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar mamlakatimizda ta’lim sifati va tamoyillari bo’yicha xalqaro standartlarga kirib bordi va hozirgi kunda ta’lim modeli dunyodagi eng ilg’or va o’rgansa arzigulik darajada rivojlandi va takomillashdi.
         Barcha sohalar qatori ta’lim jarayoni ham uzluksiz o’zgarib, takomillashib zamon talablariga moslashib bordi va mustaqil fikrlaydigan iqtidorli yoshlarni tarbiyalab ilm-fan va mamlakat istiqboli yo’lida sidqidildan xizmat qiladigan yangi avlodni shakllanishiga olib keldi.
         «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi va hayotga tadbiq etilishi mamlakatimiz ta’lim tizimida mutlaqo yangi ta’lim bosqichi, magistratura ta’limini oliy ta’lim tuzilmasiga olib kirdiki, bu ta’limning yuqori bosqichi bo’lib tom ma’noda mustaqillikning mevasi deb e’tirof etilib, hamdo’stlik mamlakatlari orasida birinchi bo’lib respublikamizda 1999 yilda tashkil topgan edi.
         Respublikamizda magistratura ta’lim tizimining tashkil etilishi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning birinchi bosqichi (1997-2001 y.)ga to’g’ri keldi va aynan bu ta’lim tizimida mutlaqo yangi davrni boshlab berdiki, natijada bu esa hozir yangicha dunyoqarashga, salohiyat va iqtidorga ega yosh mutaxassislar avlodini kashf qildiki, aynan hozir shu yoshlar mamlakatimizda turli sohalarda samarali faoliyat ko’rsatmoqda yoki nufuzli xorij oliy o’quv yurtlarida tahsil olishmoqda.
         Ko’hna va hamisha navqiron Samarqand zaminida joylashgan SamDUda magistratura ta’limi 1999 yilda tashkil etilgan bo’lib, birinchi yilda universitetga 21 mutaxassislik bo’yicha 87 nafar magistrant qabul qilingan edi. 2001-2011 yillar davomida SamDUni 68 mutaxassislik bo’yicha 1923 nafar magistrlar bitirib qishloq xo’jalik, ishlab chiqarish korxonalari va ta’lim muassasalarida samarali mehnat qilishmoqda. 900 dan ortiq magistr-mutaxassislar kasb-hunar kollejlarida, akademik liseylarda va boshqa ta’lim muassasalarida yoshlarga tahsil berishmoqda. 200 dan ko’prog’i aspiranturaga kirib o’qishmoqda va ular turli OTMlarda o’qituvchilar safini to’ldirdilar, 44 dan ortiq magistrlar fan nomzodligi dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
         Magistratura ta’limi o’zining tashkiliy davrini o’tab sifat bosqichiga qadam qo’ydi. Me’yoriy hujjatlar takomillashib muntazam yangilanib bormoqda. Mamlakatimizda bu ta’lim tizimida yetarlicha tajriba to’plandi. O’quv jarayoni va magistrantlarning dissertasiya ishi uchun ilmiy rahbarlikka universitetdan 61 nafar professorlar va 120 dan ortiq fan nomzodlari, dosentlar hamda O’zFA tarmoq institutlaridan va mintaqadagi OTMlaridan 40 dan ortiq professor-o’qituvchilar hamda ishlab chiqarishdan 15 nafar tajribali mutaxassislar ham jalb etilgan. Sifatli va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda ayniqsa, O’zMU, TDPU, TATU, TDShI,  Jahon va diplomatiya universiteti, O’zFA falsafa va huquq, Arxeologiya, tarix, Astronomiya, Issiqlik fizikasi, Yadro fizikasi, Zoologiya, Biologiya, Umumiy va anorganik kimyo, polimerlar fizikasi, Matematika, Botanika ilmiy-ishlab chiqarish inistituti  O’simlik moddalari kimyo ilmiy-tekshirish instituti va O’zFA Samarqand bo’limi mutaxassislari va mintiqadagi OTMlari professor o’qituvchilari ham ta’lim  samaradorligini oshirish va sifatli mutaxassislar tayyorlash ishlariga yordam berishmoqda.
Universitet rahbariyati va magistratura bo’limi ta’lim tizimini va me’riy hujjatlarni takomillashtirish, o’quv jarayonini adabiyotlar bilan ta’minlash va raqobatbardosh magistr-mutaxassislarni tayyorlash ishlariga jiddiy e’tibor qaratmoqda. O’quv va ilmiy faoliyatning sifat va samaradorligini oshirish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Universitetda magistrantlarning ilmiy faoliyatini tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishi kundaliklari, magistrlik dissertasiya ishini himoya qilish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar yaratildi.
Universitetda magistrantlarning ilmiy-pedagogik faoliyati, dissertasiya ishi bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Magistrantlarga zamonaviy ilmiy laboratoriyalar, ilmiy tadqiqotlari bilan dunyoga tanilgan ilmiy maktablar, ko’p ming nusxali nodir Sharq qo’lyozmalari va o’quv hamda ilmiy adabiyotlarini o’zida mujassam qilgan axborot resurs markazlari va internet tarmog’i xizmat ko’rsatmoqda.
         SamDU Respublikamizda magistr-mutaxassislar tayyorlash bo’yicha yetakchi OTMlardan biri hisoblanadi. Universitetda ta’lim olayotgan 487 nafar magistrantning 150 dan ortig’i Jizzax, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Farg’ona viloyatlaridan hamda Qoraqalpog’iston Respublikasidan kelib tahsil olishmoqda.
         Magistrantlar turli xil tanlovlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok qilishmoqda. Hozirgacha 6 nafar magistrant fizika-matematika, kimyo-biologiya, ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyot, informatika ta’lim yo’nalishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori bo’lishgan bo’lsa, 4 nafar magistrant «Kelajak ovozi» ko’rik tanlovi yakuniy bosqichi g’olibligini qo’lga kiritdilar. 2007 yilda ikkinchi bosqich magistrantlari Pardayev Dilmurod va Hamraqulova Shohistalar jamoat ishlaridagi faol ishtiroki va fidoiyligi uchun «Jasorat» va «Shuhrat» medallari bilan taqdirlandilar. Ikki nafar magistrant: Rustam Qobilov (2007 y.) va Nozima Shamsiyeva (2011 y.) ilmiy tadqiqot ishlari bilan faol shug’ullanganligi va o’nlab nufuzli jurnallarda maqolalar chop etganligi, konferensiyalarda ma’ruzalar bilan ishtirok etganligi uchun hamda ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi yutuqlari uchun «O’zbekiston belgisi» ko’krak nishoni, Normatov Dilshod «O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi» nishoni bilan taqdirlandilar.
         Magistrantlar turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham ishtirok etishmoqda. 2008 yil – «Yoshlar yili», 2010 yil – «Barkamol avlod yili», 2011 yil «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik»yili munosabati bilan magistrantlar universitet va kasb-hunar kollejlari talabalari bilan bir qator amaliy konferensiyalar o’tkazishdi. Jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz farovonligini yuksaltirishdir»nomli asarini va Oliy majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» yuzasidan qilgan maruzalarini o’rganish bo’yicha bir qator amaliy seminarlar va uchrashuvlar o’tkazdilar.  Magistrantlar viloyat halq ta’limi boshqarmasiga qarashli 6-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini otaliqqa olishgan. Ular bilan turli xil bayramlarda uchrashuvlar o’tkazilib, ularga har tomonlama ma’naviy ko’mak berib kelmoqda.
Kelgusida asosiy maqsadimiz iqtidorli, salohiyatli raqabotbardosh respublikamiz ilm-fani, taraqqiyoti yo’lida o’zlarining bilim va iqtidorlari bilan xizmat qiladigan mutaxassis-kadrlarni tayyorlashdir.
Oxirgi yangilash ( 14.12.2016 13:12 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-121-9foto-201-3foto-6

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 487
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15581617
Hozir 352 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант