Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Umumiy ma'lumotlar Fakultet va kafedralar Mexanika-matematika fakulteti

Mexanika-matematika

E-mail Bosish PDF
Dekan: Ruzimurodov Xaydar Xolmuradovich, f. -m. f.n., dotsent
Dekan o‘rinbosarlari:   Qudratov Hamza Ergashevich,
Boboyorov Abdusattor Ibragimovich, f. -m.f.n. dotsent
Mexanika – matematika  fakulteti  haqida
dsc 0729Mexanika-matematika fakultetida 3 ta ta’lim yo‘nalishlari  (5406100-matematika, 5440200-mexanika va 5480100-amaliy matematika va informatika) bo‘yicha bakalavrlar, 12 mutaxassislik bo‘yicha (deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi, matematik tahlil, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, hisoblash matematikasi, amaliy matematika va axborot texnologiyalari, matematik fizika, nazariy mexanika, matematik modellash, geometriya va topologiya, matematika o‘qitish metodikasi, matematik mantiq, algebra va sonlar nazariyasi) magistrlar tayyorlanadi 121 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 20 nafar fan doktori, professor, 69 nafar fan nomzodi, dotsent faoliyat ko‘rsatishmoqda. Ilmiy salohiyat 72,7% .
Hozirgi kunda 908 nafar talaba (794 nafari bakalavriat va 114 nafari magistratura talabasi) tahsil olmoqda. 7 nafar stsjor-tadqiqotchi-izlanuvchi va 5 nafar tatqiqotchi ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanmoqdalar.
Bugungi kungacha fakultetni tugatgan kadrlardan 31 nafari fan doktori, 148 nafari fan nomzodi ilmiy darajalarga erishishgan. Jumladan, oxirgi 3 yilda 2 ta doktorlik va 8 ta nomzodlik dissertatsiyasihimoya qilindi.
Har yili 200-250 nafar yoshlar fakultetni bitirib, iqtisodiyotning turli sohalariga yo‘llanma olishmoqda. Jumladan, 2011 yilda  149 nafar talaba (196 nafar bakalavriat va 53 nafar magistratura talabasi) bakalavr va magistr akademik darajasiga ega bo‘lishdi.
Fakultet tarixidan lavhalar
1927-yilda tashkil topgan Samarqand pedagogika institutining (hozirgi universitet) fizika-matematika bo‘limi mexanika-matematika fakulteti  tashkil etilishiga asos bo‘ldi. 1961-yilda fizika-matematika fakulteti  bazasida fizika va mexanika-matematika  fakultetlari tashkil etildi. 1972-yilda amaliy  matematika fakulteti ochildi va keyinchalik informatika va  informatsion texnologiyalar, 2004-yildan amaliy matematika va informa-tika nomi bilan atala boshlandi. 2005-yilda mexanika-matematika, fizika, amaliy matematika va informatika fakultetlari birlashtirilib, yana fizika-matematika fakulteti nomini oldi. 2008-yil dekabr oyida ushbu fakultet fizika va mexanika-matematika  fakultetlariga ajratildi. 
Mexanika-matematika fakultetini turli yillar davomida quyidagi olimlar boshqarishgan: prof. Malin R.X. (1931-1935), dots. Sobirov M.S. (1936-1944, 1953-1956), prof. Iskandarov R.I. (1944-1953), prof. Narzullayev X. N. (1957-1974), prof. Ortiqov A.R. (1975-1977), prof. Abduhamidov A.U.(1978-1985), prof. Yormuhamedov Sh.Y. (1986-1990), dots.  Nazarov A.N. (1991-1994), prof. Isroilov I.I. (1995-1996), dots.  Aymatov Q.A. (1997-1998), prof.  Do‘stmatov O. (1999-2005), prof.  Eshqobilov N. (2006-2008).
Informatika va informatsion texnologiyalar fakultetiga turli yillarda dots. Shirov I, prof. To‘rayev X.T, dots. Suyarshayev M.M, dots. Amriddinov S.A, prof. Begmatov A.Q, dots. U.X.Narzullayevlar  dekanlik qilishgan. 2009-yildan  dotsent Qurbonov H.Q. fakultet dekani vazifasini bajarmoqda. Fakultet o‘z tarixi davomida iqtisodiyot uchun minglab ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlab berdi, o‘nlab yetuk fan va maorif arboblari yetishib chiqdi. Akademik T.Sh.Shirinqulov, Beruniy nomli davlat mukofoti lauriati F.B.Badalov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, M.S. Sobirovlar shular jumlasidandir. Shuningdek, fakultetda faoliyat ko‘rsatgan va hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan fan doktori va  professorlar Sh.R.Sharipov, Sh.Y.Yormuhamedov, N.Narzullayev, A.R.Ortiqov, S.N.Laqayev, A.S.Soleyev, X.X Xudoynazarov, X.T.To‘rayev, B.X.Xo‘jayorov, I.Jumanov, A.X.Haydarov, A.H.Begmatov, I.I.Isroilov, O.Do‘stmatov,  A.H.Hotamov, G.V.Zloskiy, T.X.Xolmatov, I.Ikromov, J.Abdullayev, T.Ishankulov, A.G‘oziyev, O.Abdurashidov, A.U. Abduhamidovlar hamda 148 nafar fan nomzodi va dotsentlar mexanika-matematika fakultetida yetishib chiqqan kadrlar hisoblanadi.      O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, FA ning muxbir a’zosi I.S. Kukles, professorlar N.P. Romanov, Sh. Y. Yormuhamedov kabi fan darg‘alari talabalarga ta’lim berish bilan bir qatorda malakali ilmiy-pedagogik  kadrlar tayyorlashga katta hissa qo‘shishdi. Hozir  bu borada professorlar Laqayev S.N, Soleyev A.S, Xudoynazarov X.X, Jalilov, A.J, To‘rayev X.T, I.I. Jumanovlar faol mehnat qilishmoqda.
Fakultetning tuzilishi
Fakultet tarkibida 5 ta kompyuter sinfi, 2 ta laboratoriya (amaliy mexanika, informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish), bitta matematika kabineti, 2 ta magistrlar xonasi, 26 ta o‘quv xonalari mavjud.
Matematika yo‘nalishi bosh korpusning uchinchi qavatida, mexanika, amaliy matematika va informatika yo‘nalishlari esa bosh korpus hovlisidagi 3 ta bir qavatlik korpuslarda joylashgan. Fakultetda 9 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
scan
Oxirgi o‘n yil davomida fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan ilmiy-tatqiqotlar natijasi 1441 ilmiy maqolada o‘z aksini topdi. Jumladan, xorijiy ilmiy nashriyotlarda  99 ta, Respublika markaziy nashriyotlarda 509 ta maqola nashr qilindi. 8 ta monografiya tayyorlanib, chop  etildi. 4 ta doktorlik, 21 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi.  5 ta doktorlik, 12 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya  arafasida turibdi. Jumladan, oxirgi yil 1 ta doktorlik, 3 ta nomzodlik ishi himoya qilindi. 16 ta professor-o‘qituvchi chet  el va respublika grantlari bo‘yicha tatqiqot ishlari olib bormoqda. Jumladan, Prof.A.A.Djalilov 1. DJF (Germaniya) granti. 2. Abdusalam (Italiya, Triyest  nazariy  fizika va matematik ins.) granti. 3. D.Mayer (Germaniya), K.Xanin (Kanada), I.Lus (Fransiya), Ya.Sinay (AQSh, Prinston universiteti) bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Prof.S.N.Laqayev 1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademyasi Samarqand bo‘limi O‘zbekiston fundamental tadqiqotlar fondi granti. 2. Germaniya-O‘zbekiston proyekti (DFG  436 USB113/3,113/4, 113/6,113/7) DAAD,SRDF grantlari. 3. Bonn, Mainz, Potsdam universitetlari olimlari. Sergio Albeverio, Volker Bach,  Walter de  Seqiera Pedra va Tarxanov-lar bilan birga ilmiy tatqiqotlar olib borilmoqda.
Prof.I.Ikromov 1. AQSHning Prinseton universiteti, Anglyaning Kembridj, Germaniyaning Kyolin universiteti, Izroilning Tel-Aviv universiteti, Italyaning Triyest shahridagi xalqaro nazariy fizika ilmiy markazi, Rossiyaning Moskva  davlat universitetlari bilan hamkorlikda ilmiy uslubiy tatqiqotlar olib bormoqda.
O‘quv-uslubiy ishlar
Oxirgi o‘n yil davomida fakultet professor o‘qituvchilar tomonidan  8 ta darslik, 27 ta o‘quv qo‘llanma, 118 ta uslubiy qo‘llanma, 164 ta uslubiy ko‘rsatma  va tavsiyalar tayyorlanib, chop etildi. Jumladan, 5 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalari «Yilning eng yaxshi o‘quv adabiyoti» tanlovida sovrinli va ragbatlantiruvchi o‘rinlarni egalladi.
1. I.I.Isroilov, «Geometriyadan masalalar to‘plami», o‘quv qo‘llanma T. O‘qituvchi, 2001 yil,  214 bet – 1 o‘rin. 2. I.I.Isroilov, Funksiyalar va grafiklar, o‘quv qo‘llanma, T.: O‘qituvchi, 2008 yil, 263 bet rag‘batlantiruvchi o‘rin.
3. A.G‘oziyev,, I.I.Isroilov, M.Yaxshiboyev, Matematik analizdan misol va masalalar, o‘quv qo‘llanma, T.O‘qituvchi,  2006 yil, 312 bet-rag o‘batlantiruvchi o‘rin.
4. H.T.To‘rayev, Diskret matematika va matematik mantiq, o‘quv qo‘llanma,  T.: O‘qituvchi, 2008 yil –2 o‘rin. 5. H.To‘rayev, O‘rinboyev, A.Musayev, Harakat turg‘unligini tadqiq etishni  avtomatlashtirish, T. O‘qituvchi, 2006 yil  3-o‘rin.
Fakultet talabalari erishgan yutuqlar
2003-yil: Arabboyev Sh. - Beruniy stipendiyasi,  Qudratova A. - Beruniy stipendiyasi.  2004-yil: Absalomov A. - Otaxodjayev  stipendiyasi, Jo‘rayeva A. - Beruniy stipendiyasi.  2005-yil: Qalandarova M. - Ulug‘bek stipendiyasi.2006-yil: Eshtemirova L. -  Beruniy stipendiyasi,  Soleyeva N. - Ulug‘bek  stipendiyasi, Imomqulov A. - Ulug‘bek  stipendiyasi, Shermatova Y. -  Sirojiddinov stipendiyasi,  Xolmatov Sh. -  Respublika fan olimpiadasida 2-o‘rin.  2007-yil:  Xolmatov Sh. -  Respublika fan olimpiadasida 1-o‘rin,   Eshtemirova L. -  Iqtidorli talabalar  Respublika ilmiy anjumani ishtirokchisi (diplom). 2007-yil: magistrlar Sattorov A., Achilov A., Kuliyev K., Kuliyeva G., Nurmatov X  lar  tanlovdan o‘tib  Chexiyada o‘qishni  davom ettirishdi. Kuliyev Komil 2009-yilda dissertasiya himoya qilib, Chexiya universitetida dotsent lavozimida ishlamoqda. 2008-yil: Ibragimov O. - Respublika fan  olimpiadasida 2-o‘rin,  2009-yil: - Respublika fan olimpiadasida 1-o‘rin, - Respublika «Universitet talabalar bahori» fan tanlovida 1-o‘rin, - Bolgariyada bo‘lib o‘tgan halqaro fan olimpiadasida 4-o‘rinlar sovrindori,  2009-yilda Germaniya universitetiga magistraturaga o‘qishga kirdi va o‘qishni davom ettirmoqda. 2009-yil:  Rasulov K. -  Sirojiddinov   stipendiyasi sovrindori, Axmedjanov B. -  «Ingliz tili» bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida 2-o‘rin g‘olibi. 2010-yilda Salimova D. - Rus tili buyicha Respublika olimpiadasida  2-o‘rin, 2010-yil: Ermamatova M – Ulug‘bek stipendiyasi. 2011-yil Nusratov X – Ulugbek stipendiyasi, 2011-yil Allado‘stov Sh – Respublika fan olimpiyadasida 3-o‘rin va shu yili Sirojiddinov nomli stipendiyasi sovrindori, Jo‘rayeava U – 2011-yil ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Zulfiya» nomidagi stipendiya sovrindorlari bo‘lishdi.
Non Vestibulum lacus justo pellentesque massa Pellentesque Integer Ut non a. Ligula egestas eget felis ut amet tortor et pellentesque id justo. Consequat Sed interdum in malesuada molestie fermentum justo scelerisque wisi ac. Maecenas urna nec dolor ullamcorper auctor laoreet ridiculus tortor Vestibulum morbi. Vitae Nullam Aenean Quisque id tellus pellentesque.
Oxirgi yangilash ( 16.12.2016 13:24 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


fotofoto-71-211-27foto-4

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.
   


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 488
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 16083676
Hozir 2041 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант