Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Tabiiy fanlar

E-mail Bosish PDF

Fakultetning faoliyati to’g’risida statistik ma’lumotlar

      Fakultetda 3 ta bo'lim mavjud:

  1. Biologiya bo'limi
  2. Kimyo bo'limi
  3. Geografiya bo'limi

Biologiya bo'limi (fakultetdagi professor-o’qituvchilar soni - 58, ilmiy salohiyati – 71%, talabalar soni – 542 , magistrantlar soni – 42,  aspirantlar soni - 7, doktorantlar soni - 2, tadqiqotchilar soni – 2 , bitiruvchilar soni - 155, dissertasiya himoyalari soni – 2 (2011 yil)

Chet el va davlat grantlari

Kafedra

Qism davlat granti

Qayd raqami

Muddati

Mas’ul raxbar

1

Zoologiya

O'zb.R

Davlat grant

2009-2011

Jabborov A

2

Ekologiya va tabiatdan foydalanish

O’zb. R

I.T.D.-9-011

2011-2015

Izzatullayev

3

Fiziologiya, genetika va biokimyo

ICGEB–TWAS

halqaro  ilmiy grant

2010-2011

Ismoilov

Hisobot yilida bitta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi va tasdig’i olindi. Mavzu: «Samarqand viloyatining turli sharoitlarda introduksiya qilinayotgan Cynara scolymus L ning bioekologik xususiyatlari» (Z.B. Nomozova)

Kafedra a’zolaridan dos. Bozorov B.M. 2011 yilda «Qorakul qo’ylari mahsuldorligiga noqulay ekologik omillar ta’sirining fiziologik asoslari» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini doktorant-tadqiqotchi sifatida davom etdirdi. Hisobot yilida dos. Bozorov B.M. 7 ta Respublika va halaro ahamiyatdagi ilmiy maqolalarning va 2 ta uslubiy-qo’llanmalarning muallifi bo’ldi.

Kafedra ass. Ismoilova M.A. nomzodlik disertasiyasini tayyorlab Biokimyo instituti qoshidagi ixtisoslashgan kengashga, ilmiy-tadqiqotchi Maxmudova X.I. Fiziologiya va biofizika instituti qoshidagi  ixtisoslashgan kengashga seminardan o’tish uchun xujjatlarini topshirdi.

Ekologiya va tabiatni muxofaza kilish kafedrasida 2011 yilda izlanuvchi Karimqulov A.  nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi.

Botanika va usimliklar fiziologiyasi kafedrasida xisobot yilida bitta aspirant (Z. Islomova, 3 bosqich), bitta stajer-tadqiqotchi - izlanuvchi qabul qilindi, ilmiy ishlari reja bo’yicha davom etmoqda (X. Jalov, 1 bosqich).

Botanika va usimliklar fiziologiyasi kafedrasida xisobot yilida bitta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi va tasdig’i olindi. Mavzu: «Samarqand viloyatining turli sharoitlarda introduksiya qilinayotgan Cynara scolymus L ning bioekologik xususiyatlari» (Z.B. Nomozova)

Usimliklar fiziologiyasi bulimida ikkita stajer-tadqiqotchi- izlanuvchi mavjud:

1.        Mo’minov Maxmud «Sezonnaya dinamika fitomassы, xlorofilnogo i vegetasionnogo indeksov na pastbiщax Uzbekistana». Ilmiy rahbar dos.Nosirov M.G.

2.        Avutxonov Burxon Sobirovich «Kolumb o’ti (SorgumalmumParodi)ning introduksiya sharoitida o’sishi, rivojlanishi va biokimyoviy xususiyatlari». Ilmiy rahbar O’zR FA «Botanika» ilmiy ishlab chiqarish markazining yetakchi ilmiy xodimi, b.f.d., prof. Safarov K.S.

Ushbu  izlanuvchilar ishlarini oxiriga yetkazmokdalar, eksperimentlarni tugatib, taxlil kilmokda va dissertasiyani ximoyaga tayerlamokda.

Zoologiya kafedrasida bir nafar aspirant J.A.Qudratov «Nurota tog’ tizmalari qorinoyoqli mollyuskalarining taksonomik tarkibi, ekologiya-si, shakllanishi va xo’jalikdagi ahamiyati» mavzusi bo’yicha nomzodlik dissertasiyasi bajarmoqda.

Dos. A.R.Jabborov «O’zbekistonda qushlar keltirib chiqaradigan biozararlanishlar, ularning nazariy va amaliy jihatlari» mavzusida doktorlik dissertasiyasini, ass. A.O’.Mamashukurov «Farg’ona vodiysi ba’zi ommaviy qushlarining ekologiyasi, etologiyasi va bioshikastlanishlardagi o’rni» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini tayyorladi.

Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasining aspiranti  Axrorova Durdona «Tamaki ekstraktining jinsiy bezlar faoliyatiga ta’siri» mavzusidagi nomzodlik dissertasiya ustida ishlar olib bormoqda. Kafedraning birinchi bosqich aspiranti Normuradova M. joriy yilda rejalashtirilgan ishlar bo’yicha 2011 yil noyabr oyida falsafadan nomzodlik minumumini topshirdi. Yil davomida 100 ta ilmiy adabiyotlar bilan tanishdi va 2 ta ilmiy maqolani chop ettirishga topshirdi.

Ekologiya va tabiatni muxofaza kilish kafedrasida  3- kurs aspiranti Eshqobilov Shuxrat prof.Sh.T.Xoliqulov rahbarligida faoliyat ko’rsatmoqda. Dos. M.K.Abduraximov doktorlik dissertasiyasini fakultet kafedralarining qo’shma yig’ilishidan muhokamadan o’tkazdi va muvofiqlashtirilgan kengashga topshirishga tayyorgarlik ko’rmoqda, dos. Q.D.Ochilov va kat.o’q. N.Xolmonov doktorlik dissertasiyalari ustida ishlamoqdalar va assistent O.Niyazova nomzodlik dissertasiyasi mavzusini nihoyasiga yetkazmokda.

Universitetning dastlabki yillarida tabiyot-matematika fakultetida biologiya bo'lim sifatida faoliyat ko'rsatdi. 1993 yili mustaqil biologiya fakulteti tashkil topdi. Uning olimlari Markaziy Osiiyo o'simlik va hayvonot dunyosi ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bilan birga yuqori malakali kadrlar tayyorlashda o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Biologiya fakultetida ayni kunda 542 talaba ta'lim olmoqda.

Talabalarga 59 malakali professor-o'qituvchilar ta'lim berishmoqda, shulardan 6 nafari fan doktori, 35 nafari dotsent va ilmiy darajali assistentlar, va 5 magistrlardir. Fakultetda o'zining ilmiy maktabiga ega bo'lgan 4 ta kafedra mavjud: Zoologiya kafedrasi, fiziologiya, genetika va biokimyo  kafedrasi, botanika va usimliklar kafedrasi, ekologiya kafedrasi. Ularning qoshida magistratura va aspiranturalar faoliyat ko'satmoqda. Iqtidorli talabalar kelgusida ilmiy tadqiqot ishlar olib borishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

SamDU botanika bog'i  Xishrav hududida joylshgan bo'lib, umumiy maydoni 27 gektarni tashkil etadi va bunda 66 oilaga mansub 270 turdan ko'proq madaniy va yovvoyi o'simliklar o'sadi. Bu erga introduksiya qilingan qog'oz daraxti, sovun daraxti, fil daraxti,manjur yong'og'i, lipa, eman, livan kedri, butasimon o'simliklardan farzitsiya, shamshod, beresklet, gibiskus, turli xil atrgullar va bundan ashqari ko'p yillik gullar (sinya, pitunya, tagitys, nomozshomgul, kosmiya va boshqalar) o'stirilmoqda. Botanika bog'i kelajakda nafaqat Samarqand viloyati, respublikamizda, balki O'ta O'siyoda o'ziga xos ekologik muhitga, edafik faktorlarga ega bo'lgan noyob va yo'qolib borayotgan o'simliklarni asrash, ularni ko'paytirishga ega bo'lgan tabiiy ilm maskani bo'ladi. Bundan tashqari bog'da etishtiriladigan o'simliklar bilan shahrimiz ko'chalarini, universitetimiz xiyobonlarini ko'kalamzorlashtirish, ko'chatlar yetkazib berish, viloyat tumanlariga butalar,gullar yetkazib berishdir.
Biologiya bỷlimi  universitet tashkil topgan kundan boshlab faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’tgan davr mobaynida fakultetda o’quv, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi oshdi. Bu yuksalishlarda N.Merkulovich, K.Zokirov, J.Saidov, R.Ibodullin, A.To’laganov, J.Qobulov, Ye.Proskoryakov, P.Soldatov, S.Bronshteyn, S.Abayeva, G.Danov, B.Hamroqulov, N.Amirxanov, M.Rish, A.Sagitov kabi taniqli olimlarning xizmatlari salmoqlidir.

Fakultetning biologiya bulimida  tashkil topgan yildan boshlab bugungi kungacha ko’p minglab oliy ma’lumotli biolog - mutaxassislar tayyorlandi. Ular orasidan 320 dan ortiq fan nomzodlari, 60 ga yaqin fan doktori va professorlar yetishib chiqdi. Hozir biologiya bulimida  yetti  mutaxassislik -botanika, zoologiya, o’simliklar fiziologiyasi, genetika, biokimyo,  ekologiya, odam va hayvonlar fiziologiyasi bo’yicha bakalavriat va aspirantura, 4 ta mutaxassislik – biologiya,  biotexnologiya, mikrobiologiya, ekologiya bo’yicha magistratura muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.

Fakultet ixtiyorida zoomuzey, entomologik kolleksiya, gerbariy, tanqis o’simliklarni o’stirish uchun maxsus issiqxona, botanika bog’i mavjud bo’lib, ular yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.

Hozirgi kunda fakultet biologiya bulimining AQSh, Angliya, Germaniya, Isroil, Polsha, Yaponiya, Koreya, Shvesariya,  Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qirg’iziston, Tojikiston, Kozokiston  kabi qator xorijiy mamlakatlar, O’zbekiston FA institutlari va bir qancha universitetlar bilan o’quv-uslubiy, ilmiy-amaliy hamkorligi rivojlanib bormoqda.

Biologiya bulimida  ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo’nalishlari xalq xo’jaligi muammolarini yechish, ekinlarning hosildorligini oshirish, atrof-muhitni, o’simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish, voha tabiiy boyliklaridan samarali foydalanishga qaratilgan.

Tabiiy fanlar fakulteti Samarqand davlat universitetining katta fakultetlaridan biri. Bu fakultet 3 bỷlimdan tuzilgan – biologiya, kime va geografiya. Bu bỷlimlar orasida biologiya bỷlimi alohida ỷrinni egallaydi. Biologiya  bỷlimida 4 kafedra mavjud, ular quyidagilar – botanika va ỷsimliklar fiziologiyasi, zoologiya, fiziologiya, genetika va biokimyo, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish.

Biologiya bỷlimining kafedralarida 2011 yilga  mỷljallangan 34 bỷlimdan iborat 5 mavzu asosida ilmiy ishlar olib borildi.

Ilmiy-tadqiqot ishlarni bajarilishi natijasida  kafedralarda  142 o'kuv kullanmalar, makolalar, konferensiyaga materiallallar va tezislartayerlandi:

Botanika va usimliklar fiziologiyasi kafedrasida – 55

Zoologiya kafedrasida-31

Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasida - 19

Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish kafedrasida – 37

Biologiya bỷlimida  hisobot yilida  16 monografiya, kitob va ỷquv qỷllanmalar chop etildi. 2011 yil davomida kafedra professor-o’qituvchilarining kafedra ixtisosligiga tegishli yo’nalishlardagi ko’pdan-ko’p ilmiy maqolalari rasmiylashtirilib nashrdan chiqarildi, prof. Rajamuradov va dos. Rajabov A.I. larning Odam va hayvonlar fiziologiyasi deb nomlangan darsligi nashrdan chiqarildi va Oliy Ta’lim Vazirligining «Darslik va o’quv adabiyotlari muallifi-2011» tanlovida g’olib deb topilib uchinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.

Tabiiy fanlar fakulteti biologiya bỷlimida  Xudoyberdiyev Sharof (2000 y) Prezident stipendiyasiga,  Begmatova Dilorom (1-kurs magistr, 2009 y)  Shamsitdinova Sobira - Kodir Zokirov nomidagi universitet  stipendiyasiga, 4-kurs talabasi Mimet Lenur (2010 y) esa Jỷra Saidov nomidagi universitet stipendiyasi g’oliblari bulishdi.    

Botanika va ỷsimliklar fiziologiyasi kafedrasining dosenti Nosirov M.G. Shveysariyaning ilmiy tadqiqotlar fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyixaga katnashdi.

Fiziologiya, genetika va biokimekafedrasining professori  Ismoilov Z.F.  2011 yilidan kuyidagi proyekt GEO 10/007«Entomopathogene Pilze. Ein regionaler Ansatz zur biologischen Insektenbekämpfung in Zentralasien und dem Kaukasus(In English: Entomopathogenic Fungi. A Regional Concept for Insect Biocontrol in Central Asia and the Caucasus)»  ishlarni boshladi.

Professor Z.T.Rajamurodov bilan birgalikda «Vliyaniye biotexnologicheski obrabotannыx grubыx kormov na prosessыrubsovogo piщyevareniya i obmena veщyestv u koz» mavzusida  RUz-da utkazilgan  prikladnoy proyekt konkursiga topshirildi..

        Botanika va usimliklar  fiziologiyasi  kafedrasida 2010 yil 17 noyabr UzR FA da Uzbekiston respublikasida inovatsion loyxalar va texnologiyalarni ishlab chikarish takdimoti tashkil etilib, bu takdimotda kafedra dos. Kabulova F.J. va Xaydarov X.K. tomonidan «Chakanda va jiydaning istikbolli formalari xalk xujaligida» mavzusida ilmiy loyxa takdim etildi.

        Ekologiya va tabiatni muxofaza kilish kafedrasida prof.Z.I.Izzatullayev rahbarligida 2009-2011 yillarga mo’ljallangan I.T.D.-9-011 «O’zbekistondv katta katta ikki pallali mollyuskalarning biologik xilma-xilligi va ulardan marvarid yetishtirish texnologiyasi» mavzusida har yili 14 mln. so’mga yaqin ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda.

Oxirgi yangilash ( 16.05.2015 04:28 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-271-25foto-91-7foto-16

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.
   


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 488
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15793032
Hozir 1162 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант