Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Umumiy ma'lumotlar Universitet nizomi

Universitet nizomi - Sahifa 3

E-mail Bosish PDF
Maqolaning indexi
Universitet nizomi
Sahifa 2
Sahifa 3
Sahifa 4
Sahifa 5
Sahifa 6
Sahifa 7
Sahifa 8
Sahifa 9
Hamma sahifalar

 

II.  O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlarning subyektlari , ularning huquq va burchalari 

a) Talabalar

6.Universitet rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilingan shaxs universitetning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting (yoki sinov) daftarchasi beriladi.

7.Universitetga o‘rta (to‘liq) umumiy, hunar-texnik, o‘rta maxsus (texnikumlar, bilim yurtlari, kollejlar va h.k.) hamda o‘rta maxsus, professional (akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari) ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar arizalari bo‘yicha, test sinovlari natijalariga ko‘ra, tanlov yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish tartib va qoidalari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq davlat grantlari hamda to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

8.Universitet talabalari quyidagi huquqlarga ega:

  •   Fan, texnika va madaniyatning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni olish;
  •   Universitetning muhim masalalarini muhokama etish va hal qilishda qatnashish, shu jumladan, jamoatchilik tashkilotlari hamda oliy o‘quv yurtini boshqarish organlari orqali ishtirok etish;
  •   Universitet kutubxonasi, axborot jamg‘armasi, o‘quv, ilmiy, tibbiy va boshqa bo‘g‘inlarining xizmatidan bepul foydalanish;
  •   Ilmiy-tadqiqot ishlarining barcha turlari, konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish, o‘z ishlarini nashrga, shu jumladan, oliy o‘quv yurti nashrlariga taqdim qilish;
  •   Tanlangan yo‘nalish (mustaxassislik) bo‘yicha o‘tiladigan fanlardan tashqari universitetda o‘qitiladigan o‘quv rejaga kiritilgan boshqa har qanday fanlarni ham shartnoma asosida o‘zlashtirish;
  •   Universitet ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari,nizom va ichki tartib koidalarga zid bo‘lsa, ularning ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish;
  •   Qonunchilikda belgilangan tartibda harbiy ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olish;
  •   O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid kelmaydigan, oliy o‘quv yurtiga berilgan boshqa huquqlardan foydalanish.

9.Davlat grantlari  va shartnoma asosida kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar. Talabalar muvofiq nizomlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Davlat stipediyalari, shuningdek, o‘qishga yo‘llangan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarini olish huquqiga egadirlar.Talabalarga akademik ta’til faqat tibbiy komissiya ko‘rsatmasiga asosan sog‘ligini tiklash uchun beriladi.O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, kunduzgi o‘quv shakli talabalariga universitetda o‘qiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.Turar joyga muhtoj talabalar universitetning talabalar turarjoyliridan sanitariya me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadilar. Talabalarturarjoylarida talabalarga kommunal-maishiy xizmatlar uchun to‘lov miqdori qonunchilikka muvofiq belgilanadi. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo‘lgan holda, universitetning talabalar turarjoylari maydonidan boshqa maqsadlarda foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.Kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mehnat shartnomasi bo‘yicha universitetning o‘zida, shuningdek, boshqa joylarda ishlashga ruxsat etiladi. Bu ish mehnat qonunchiligiga muvofiq o‘rindoshlik hisoblanmaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq universitet tomonidan talabalarga berilgan boshqa huquqlardan foydalanadi.

10.Universitetning  talabalari safidan o‘z xohishi yoki uzrli sabablarga binoan chetlashtirilgan talaba, talabalar safidan chetlashtirish vaqtida, amalda bo‘lgan tartib saqlangan holda 5 yil muddatichida qayta o‘qishga tiklanish huquqiga ega. Uzrsiz sabablarga ko‘ra talabalar safidan chetlashtirilgan talabalarni universitetga o‘qishga qayta tiklash va o‘qitish faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Talabalarni o‘qishga qayta tiklash tartibini ta’limni boshqarishbo‘yicha vakolatli davlat organi belgilaydi. Universitetning talabalari boshqa oliy o‘quv yurtlariga o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga qayta tiklanish) huquqiga ega. Akkreditasiya qilinmagan, shuningdek, nodavlat  oliy o‘quv yurtlaridan talabalar o‘qishini universitetga ko‘chirishi (o‘qishga tiklash) mumkin emas. Talabalar o‘qishini akkreditasiya qilingan bir oliy o‘quv yurtidan boshqasiga ko‘chirish (o‘qishga tiklash) tartibi va shartlarini O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

11.Universitet talabalarioliy ta’limning ta’lim dasturlari va o‘quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur hamda Universitetning Ustaviga, ichki tartib qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etishlari shart.O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o‘qish vaqti hisobidan o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish man etiladi.

12.Ushbu Ustav va universitetning ichki tartib-qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan talabalarga quyidagi intizomiy jazolar qo‘llanilishi mumkin: hayfsan, universitet talabalari safidan chetlashtirish.Intizomiy jazolar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda, hatti-harakat aniqlangandan so‘ng bir oyda va hatti-harakat sodir etilganidan so‘ng olti oydan kechiktirilmay qo‘llaniladi. Talabalarni kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bog‘liq bo‘lgan ta’til paytlarda talabalar safidan chetlashtirish mumkin emas.

13.Universitetda ta’limning sirtqi yokimaxsus sirtqio‘quv shaklida muvaffaqiyatli o‘qiyotgan talabalarga ularning ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 248-257 moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlar (maosh saqlangan yoki saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til, universitet joylashgan manzilga borish hamda kelish uchun yo‘l haqi va boshqalar) beriladi.

b) Tinglovchilar 

14.Universitet qoshida malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida ta’lim xizmatlarni olish qism bo‘yicha o‘quv yurti muvofiqkunduzgio‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabaning maqomi bilan tenglashtiriladi.Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o‘qitish shartlari va huquqlari tegishli Nizomlar bilan belgilanadi. 

c) Aspirantlar, doktorantlar, tadqiqotchilar

15. Oliy ma’lumotga ega, universitetning aspiranturasida o‘qiyotgan va fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tayyorlayotgan shaxs- aspirant hisoblanadi.Fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan va fan doktori ilmiy darajasini olish maqsadida dissertasiya tayyorlash uchun universitetning doktoranturasiga qabul qilingan shaxslar–doktorant hisoblanadi.Universitetga (kafedraga) biriktirilgan va fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tayyorlayotgan shaxs–tadqiqotchi hisoblanadi.Universitetning yuqori malakali olimlari rahbarligida oliy faoliyatga tayyorlanish bilan shug‘ullanuvchi qobiliyatli, ilmiy tadqiqot ishini olib borishga moyil bitiruvchi shaxs  stajer–tadqiqotchi hisoblanadi.

16.Universitet aspiranturasiga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan: magistr, diplomli mutaxassis diplomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi. Aspiranturada o‘qish kunduzgi o‘quv shaklida amalga oshiriladi. Aspiranturada o‘qish uch yildan oshmasligi kerak. Aspiranturaga kirish huquqini faqat oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat beradi. Magistrlik diplomini taqdim etishda, bakalavrlik diplomini ham ko‘rsatish lozim. Universitet  doktoranturasiga fan nomzodi ilmiy darajasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. Doktoranturada tahsil muddati uch yil. Aspirantura va doktoranturaga qabul qilish, shuningdek universitetga tadqiqotchilar biriktirish hamda aspirantlar, doktorantlar va tadqiqotchilarga dissertasiya ustida ishlayotganliklari uchun imtiyozlar berish tartibi, ularning huquq va burchlarini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar markazi tomonidan tasdiqlangan Nizomga, chet ellik fuqarolar uchun xorijiy davlatlar fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi o‘quv yurtlari  va ilmiy muassasalariga qabul qilish hamda o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 

d) Universitetning professor–o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv–yordamchi va ma’muriy–xo‘jalik xodimlari 

17.Universitetda professor–o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar muhandislik–texnika, ma’muriy–xo‘jalik, ishlab chiqarish, o‘quv–yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud. Professor–o‘qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dosent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va assistentlar kiradi.

18.Professor–o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlarni egallash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom»ga muvofik tanlov asosida mehnat shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Universitetning prorektori rektor tavsiyasiga binoan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tayinlanadi.

19.Universitetning professor–o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:

  •   Belgilangan tartibda universitet ilmiy kengashiga saylash va saylanish; ]
  •   Universitet faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama etish va hal qilishda ishtirok etish;
  •   Universitet kutubxonasi, axborot jamg‘armasi, o‘quv va ilmiy bo‘limlar (bo‘linmalar)ning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy–maishiy, tibbiy va universitet tuzilmasidagi boshqa bo‘linmalarning xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
  •   O‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish;
  •   Universitet ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish;
  •   O‘zining kasbiy faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash.O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, universitet tomonidan belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

20.Universitetning professor–o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarining burchlari:

  •   shaxsiy ish rejasida belgilangan yillik o‘quv yuklamalari va boshqa vazifalarnibajarish;
  •   ilmiy konferensiyalarda qatnashish va maqolalar chop etish;
  •   jamoat ishlariga faol qatnashish;
  •   o‘quv dasturlari mazmunini oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limning Davlat ta’lim standartlariga muvofiq belgilash va amalga oshirish;
  •   Pedagogik va ilmiy jarayonning yuksak samaradorligini ta’minlash;
  •   talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy–ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish;
  •   ta’lim oluvchilarda tanlangan yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha yuksak kasbiy sifatlarni, fuqarolik nuqtai nazarni, zamonaviy taraqqiyot va demokratiya sharoitida mehnat hamda hayotga bo‘lgan qobiliyatni shakllantirish;
  •   ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni taraqqiy toptirish;
  •   o‘z kasbiy malakasini oshirish ustida doimiy shug‘ullanish;
  •   ushbu Ustavga qat’iy rioya qilish;
  •   qonunchiliqda nazarda tutilgan hollardan tashqari holatlarda o‘qituvchilarni kasbiy burchlarini bajarishdan boshqa ishlarga jalb etish man etiladi.

21.Shtatlarning qisqarishi munosabati bilan ma’muriyatning tashabbusi  bo‘yicha o‘qituvchilarni bo‘shatish faqat o‘quv yili tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.

22.Universitet professor-o‘qituvchilar tarkibiga uch yilda kamida bir marta malakasini oshirish kafolatini beradi.

23.Universitetning ma’muriy–xo‘jalik, muhandislik–texnika, o‘quv–yordamchi va boshqa xizmat xodimlarining huquq va burchlari universitetning ichki tartib–qoidalari hamda lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi. 



Oxirgi yangilash ( 27.11.2016 15:08 )  

Fotogaleriya


foto-111-15foto-15foto-161-31

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 

logoabitur1

 


  

Rektor virtual qabulxonasi

 


РЕСПУБЛИКА МАЪНАВИЯТ ТАРҒИБОТ МАРКАЗИ

ОДАМ САВДОСИ – ИНСОНИЯТ КУШАНДАСИ

 РЕСПУБЛИКА МАЪНАВИЯТ ТАРҒИБОТ МАРКАЗИ ОДАМ САВДОСИ – ИНСОНИЯТ КУШАНДАСИ  Ўзбекистон Республикаси фуқароси қаерда бўлмасин, ўз фуқаролигини сақлаб қолиш ҳуқуқига эга. Ўзбекистон Республикаси фуқаролари чет элда вақтинча ёки доимий яшаётганлигидан қатъий назар, ўз фуқаролик ҳуқуқий мақомини сақлаб қолади ҳамда Ўзбекистон Республикаси ҳимоясида бўлади. Ушбу қоида 1966 йил 19 декабрдаги «Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисида»ги халқаро фактда акс этган принципларга тўла мос келади. Мазкур пактда шундай дейилган: ...


Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 

Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.

Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.


2016 yil dekabr oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.  


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 482
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15138254
Hozir 910 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант