Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Umumiy ma'lumotlar Universitet nizomi

Universitet nizomi

E-mail Bosish PDF
Maqolaning indexi
Universitet nizomi
Sahifa 2
Sahifa 3
Sahifa 4
Sahifa 5
Sahifa 6
Sahifa 7
Sahifa 8
Sahifa 9
Hamma sahifalar

Samarqand shahar hokimiyatida ro‘yxatga olingan

Qaror 398-K 10.04.2008 yil

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

vazirligining 2008 yil 10 martdagi 63-son buyrug‘i

bilan tasdiqlangan

   

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING USTAVI 

 

 

  1. Umumiy qoidalar
  2. O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlarning subyektlari, ularning huquq va burchalari

a)      Talabalar

b)      Tinglovchilar

c)      Aspirantlar, doktorantlar, tadqiqotchilar

d)      Universitetning professor–o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv–yordamchi va ma’muriy–xo‘jalik xodimlari

  1. O‘quv–tarbiyaviy va ilmiy–uslubiy ishlar
  2. Oliy o‘quv yurtining tarkibi
  3. Oliy o‘quv yurtini boshqarish
  4. Moliya–xo‘jalik faoliyati va moddiy–texnik baza
  5. Xalqaro hamkorlik
  6. Yakuniy qoidalar

 


 

 

 

 

 

 

I. Umumiy qoidalar

 

1. Samarqand Davlat universiteti O‘zbekiston  Hukumatining qaroriga asosan 1927 yil 22 yanvarda tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga kiritilgan.

2.Samarqand Davlat universiteti (bundan keyin universitet) davlat oliy o‘quv yurti hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha (yoki faqat asosiy) ta’lim professional dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq holda, o‘quv, uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa faoliyatni amalga oshiradi.

3.Universitet o‘z faoliyatida O‘zbekiston  Respublikasining Konstitusiyasi, Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining Qarorlari va Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi Nizom,  O‘zbekiston  Respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, qarorlari va boshqa normativhujjatlar va mazkur Ustavga amal qiladi.

4.Universitet yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o‘ziga xos maxsus mol-mulkka ega, ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o‘z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan, valyuta bo‘yicha hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega. Universitet joylashgan manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15.

5.Universitetning asosiy vazifalari:

  • shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy–axloqiy kamol topishi ga bo‘lgan ehtiyojlarini oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limolishi orqali erishishni qondirish;
  • har tomonlama kamol topgan, mustaqil davlat fuqarosini, o‘z Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o‘z ma’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;
  • ilmiy-pedagogik xodimlar va ta’lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish;
  • iqtisodning muvofiq sohalarida oliy ma’lumotli xodimlarni va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  •  jamiyatning axloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini  asrash va ko‘paytirish;
  • aholi o‘rtasida bilimlarni tarqatish, uning ta’limiy darajasini ko‘tarish.  

 

II.  O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlarning subyektlari , ularning huquq va burchalari 

a) Talabalar

6.Universitet rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilingan shaxs universitetning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting (yoki sinov) daftarchasi beriladi.

7.Universitetga o‘rta (to‘liq) umumiy, hunar-texnik, o‘rta maxsus (texnikumlar, bilim yurtlari, kollejlar va h.k.) hamda o‘rta maxsus, professional (akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari) ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar arizalari bo‘yicha, test sinovlari natijalariga ko‘ra, tanlov yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish tartib va qoidalari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq davlat grantlari hamda to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

8.Universitet talabalari quyidagi huquqlarga ega:

  •   Fan, texnika va madaniyatning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni olish;
  •   Universitetning muhim masalalarini muhokama etish va hal qilishda qatnashish, shu jumladan, jamoatchilik tashkilotlari hamda oliy o‘quv yurtini boshqarish organlari orqali ishtirok etish;
  •   Universitet kutubxonasi, axborot jamg‘armasi, o‘quv, ilmiy, tibbiy va boshqa bo‘g‘inlarining xizmatidan bepul foydalanish;
  •   Ilmiy-tadqiqot ishlarining barcha turlari, konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish, o‘z ishlarini nashrga, shu jumladan, oliy o‘quv yurti nashrlariga taqdim qilish;
  •   Tanlangan yo‘nalish (mustaxassislik) bo‘yicha o‘tiladigan fanlardan tashqari universitetda o‘qitiladigan o‘quv rejaga kiritilgan boshqa har qanday fanlarni ham shartnoma asosida o‘zlashtirish;
  •   Universitet ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari,nizom va ichki tartib koidalarga zid bo‘lsa, ularning ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish;
  •   Qonunchilikda belgilangan tartibda harbiy ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olish;
  •   O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid kelmaydigan, oliy o‘quv yurtiga berilgan boshqa huquqlardan foydalanish.

9.Davlat grantlari  va shartnoma asosida kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar. Talabalar muvofiq nizomlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Davlat stipediyalari, shuningdek, o‘qishga yo‘llangan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarini olish huquqiga egadirlar.Talabalarga akademik ta’til faqat tibbiy komissiya ko‘rsatmasiga asosan sog‘ligini tiklash uchun beriladi.O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, kunduzgi o‘quv shakli talabalariga universitetda o‘qiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.Turar joyga muhtoj talabalar universitetning talabalar turarjoyliridan sanitariya me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadilar. Talabalarturarjoylarida talabalarga kommunal-maishiy xizmatlar uchun to‘lov miqdori qonunchilikka muvofiq belgilanadi. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo‘lgan holda, universitetning talabalar turarjoylari maydonidan boshqa maqsadlarda foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.Kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mehnat shartnomasi bo‘yicha universitetning o‘zida, shuningdek, boshqa joylarda ishlashga ruxsat etiladi. Bu ish mehnat qonunchiligiga muvofiq o‘rindoshlik hisoblanmaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq universitet tomonidan talabalarga berilgan boshqa huquqlardan foydalanadi.

10.Universitetning  talabalari safidan o‘z xohishi yoki uzrli sabablarga binoan chetlashtirilgan talaba, talabalar safidan chetlashtirish vaqtida, amalda bo‘lgan tartib saqlangan holda 5 yil muddatichida qayta o‘qishga tiklanish huquqiga ega. Uzrsiz sabablarga ko‘ra talabalar safidan chetlashtirilgan talabalarni universitetga o‘qishga qayta tiklash va o‘qitish faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Talabalarni o‘qishga qayta tiklash tartibini ta’limni boshqarishbo‘yicha vakolatli davlat organi belgilaydi. Universitetning talabalari boshqa oliy o‘quv yurtlariga o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga qayta tiklanish) huquqiga ega. Akkreditasiya qilinmagan, shuningdek, nodavlat  oliy o‘quv yurtlaridan talabalar o‘qishini universitetga ko‘chirishi (o‘qishga tiklash) mumkin emas. Talabalar o‘qishini akkreditasiya qilingan bir oliy o‘quv yurtidan boshqasiga ko‘chirish (o‘qishga tiklash) tartibi va shartlarini O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

11.Universitet talabalarioliy ta’limning ta’lim dasturlari va o‘quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur hamda Universitetning Ustaviga, ichki tartib qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etishlari shart.O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o‘qish vaqti hisobidan o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish man etiladi.

12.Ushbu Ustav va universitetning ichki tartib-qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan talabalarga quyidagi intizomiy jazolar qo‘llanilishi mumkin: hayfsan, universitet talabalari safidan chetlashtirish.Intizomiy jazolar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda, hatti-harakat aniqlangandan so‘ng bir oyda va hatti-harakat sodir etilganidan so‘ng olti oydan kechiktirilmay qo‘llaniladi. Talabalarni kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bog‘liq bo‘lgan ta’til paytlarda talabalar safidan chetlashtirish mumkin emas.

13.Universitetda ta’limning sirtqi yokimaxsus sirtqio‘quv shaklida muvaffaqiyatli o‘qiyotgan talabalarga ularning ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 248-257 moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlar (maosh saqlangan yoki saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til, universitet joylashgan manzilga borish hamda kelish uchun yo‘l haqi va boshqalar) beriladi.

b) Tinglovchilar 

14.Universitet qoshida malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida ta’lim xizmatlarni olish qism bo‘yicha o‘quv yurti muvofiqkunduzgio‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabaning maqomi bilan tenglashtiriladi.Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o‘qitish shartlari va huquqlari tegishli Nizomlar bilan belgilanadi. 

c) Aspirantlar, doktorantlar, tadqiqotchilar

15. Oliy ma’lumotga ega, universitetning aspiranturasida o‘qiyotgan va fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tayyorlayotgan shaxs- aspirant hisoblanadi.Fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan va fan doktori ilmiy darajasini olish maqsadida dissertasiya tayyorlash uchun universitetning doktoranturasiga qabul qilingan shaxslar–doktorant hisoblanadi.Universitetga (kafedraga) biriktirilgan va fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tayyorlayotgan shaxs–tadqiqotchi hisoblanadi.Universitetning yuqori malakali olimlari rahbarligida oliy faoliyatga tayyorlanish bilan shug‘ullanuvchi qobiliyatli, ilmiy tadqiqot ishini olib borishga moyil bitiruvchi shaxs  stajer–tadqiqotchi hisoblanadi.

16.Universitet aspiranturasiga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan: magistr, diplomli mutaxassis diplomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi. Aspiranturada o‘qish kunduzgi o‘quv shaklida amalga oshiriladi. Aspiranturada o‘qish uch yildan oshmasligi kerak. Aspiranturaga kirish huquqini faqat oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat beradi. Magistrlik diplomini taqdim etishda, bakalavrlik diplomini ham ko‘rsatish lozim. Universitet  doktoranturasiga fan nomzodi ilmiy darajasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. Doktoranturada tahsil muddati uch yil. Aspirantura va doktoranturaga qabul qilish, shuningdek universitetga tadqiqotchilar biriktirish hamda aspirantlar, doktorantlar va tadqiqotchilarga dissertasiya ustida ishlayotganliklari uchun imtiyozlar berish tartibi, ularning huquq va burchlarini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar markazi tomonidan tasdiqlangan Nizomga, chet ellik fuqarolar uchun xorijiy davlatlar fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi o‘quv yurtlari  va ilmiy muassasalariga qabul qilish hamda o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 

d) Universitetning professor–o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv–yordamchi va ma’muriy–xo‘jalik xodimlari 

17.Universitetda professor–o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar muhandislik–texnika, ma’muriy–xo‘jalik, ishlab chiqarish, o‘quv–yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud. Professor–o‘qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dosent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va assistentlar kiradi.

18.Professor–o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlarni egallash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom»ga muvofik tanlov asosida mehnat shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Universitetning prorektori rektor tavsiyasiga binoan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tayinlanadi.

19.Universitetning professor–o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:

  •   Belgilangan tartibda universitet ilmiy kengashiga saylash va saylanish; ]
  •   Universitet faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama etish va hal qilishda ishtirok etish;
  •   Universitet kutubxonasi, axborot jamg‘armasi, o‘quv va ilmiy bo‘limlar (bo‘linmalar)ning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy–maishiy, tibbiy va universitet tuzilmasidagi boshqa bo‘linmalarning xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
  •   O‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish;
  •   Universitet ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish;
  •   O‘zining kasbiy faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash.O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, universitet tomonidan belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

20.Universitetning professor–o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarining burchlari:

  •   shaxsiy ish rejasida belgilangan yillik o‘quv yuklamalari va boshqa vazifalarnibajarish;
  •   ilmiy konferensiyalarda qatnashish va maqolalar chop etish;
  •   jamoat ishlariga faol qatnashish;
  •   o‘quv dasturlari mazmunini oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limning Davlat ta’lim standartlariga muvofiq belgilash va amalga oshirish;
  •   Pedagogik va ilmiy jarayonning yuksak samaradorligini ta’minlash;
  •   talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy–ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish;
  •   ta’lim oluvchilarda tanlangan yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha yuksak kasbiy sifatlarni, fuqarolik nuqtai nazarni, zamonaviy taraqqiyot va demokratiya sharoitida mehnat hamda hayotga bo‘lgan qobiliyatni shakllantirish;
  •   ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni taraqqiy toptirish;
  •   o‘z kasbiy malakasini oshirish ustida doimiy shug‘ullanish;
  •   ushbu Ustavga qat’iy rioya qilish;
  •   qonunchiliqda nazarda tutilgan hollardan tashqari holatlarda o‘qituvchilarni kasbiy burchlarini bajarishdan boshqa ishlarga jalb etish man etiladi.

21.Shtatlarning qisqarishi munosabati bilan ma’muriyatning tashabbusi  bo‘yicha o‘qituvchilarni bo‘shatish faqat o‘quv yili tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.

22.Universitet professor-o‘qituvchilar tarkibiga uch yilda kamida bir marta malakasini oshirish kafolatini beradi.

23.Universitetning ma’muriy–xo‘jalik, muhandislik–texnika, o‘quv–yordamchi va boshqa xizmat xodimlarining huquq va burchlari universitetning ichki tartib–qoidalari hamda lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi. 


   

III. O‘quv–tarbiyaviy va ilmiy–uslubiy ishlar

24.Universitet quyidagi yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning asosiy ta’limiy professional dasturlari, qo‘shimcha professional ta’lim (kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish)ning dasturlarini amalga oshiradi; 

1).Oliy ta’lim (bakalavriyat).

a) kunduzgi o‘quv shakli:

 

a) kunduzgi o‘quv shakli:
1.   5141500 Milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari
2.   5440100 Fizika
3.   5220100 Tojik filologiyasi
4.   5220100 Rus filologiyasi
5.   5521700 Elektronika va mikroelektronika
6.   5440400 Kimyo
7.   5220100 O‘zbek filologiyasi
8.   5620100 Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
9.   5141900 Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat
10.      5141600 Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
11.      5141800 Defektologiya
12.      5141000 Musiqiy ta’lim
13.      5460100 Matematika
14.      5440200 Mexanika
15.      5480100 Amaliy matematika va informatika
16.      5380100 Yurisprudensiya
17.      5380103 Yurisprudensiya: fuqarolik huquqiy faoliyat
18.      5380102 Yurisprudensiya: davlat huquqiy faoliyat
19.      5850200 Ekologiya va tabiatdan foydalanish
20.      5340100 Iqtisodiyot
21.      5340200 Menejment
22.      5220200 Tarix
23.      5440500 Geografiya
24.      5440600 Gidrometereologiya
25.      5310300 Sosiologiya
26.      5220300 Falsafa
27.      5420100 Biologiya
28.      5141700 Maktabgacha tarbiya va sport
29.      5146800 Pedagogika va psixologiya
30.      5140900 Kasbiy ta’lim (transport vositalaridan foydalanish)
31.      5140900 Kasbiy ta’lim (amaliy san’at)
32.      5140900 Kasbiy ta’lim (iqtisod)
33.      5140700 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
34.      5142000 Mehnat ta’limi
35.      5760100 Ijtimoiy ish
Ikkinchi mutaxassislik:
1.         5141600 Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
2.         5141800 Defektologiya
3.         5380100 Yurisprudensiya
4.         5340100 Iqtisodiyot
5.         5220200 Tarix
6.         5146800 Pedagogika va psixologiya
Maxsus sirtqi o‘quv shakli:
1.    5220100 Tojik filologiyasi
2.    5220100 O‘zbek filologiyasi
3.    5141900 Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat
4.    5141600 Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
5.    5141000 Musiqiy ta’lim
6.    5141700 Maktabgacha tarbiya va sport
7.    5140900 Kasbiy ta’lim
8.    5142000 Mehnat ta’limi
 
2) Oliy ta’lim (magistratura):
1.         5A140801 Pedagogika (ta’lim turlari bo‘yicha)
2.         5A140802 Psixologiya (ta’lim turlari bo‘yicha)
3.         5A140901 Kasb ta’limi (sohalari bo‘yicha)
4.         5A141001 Musiqiy ta’lim
5.         5A141602 Boshlang‘ich ta’lim
6.         5A141901 Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat
7.         5A210206 Muzeyshunoslik; konservasiya va badiiy boyliklarni saqlash
8.         5A220101 Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti)
9.         5A220101 Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)
10.     5A220102 Lingvistika (o‘zbek tili)
11.     5A220102 Lingvistika (rus tili)
12.     5A220102 Lingvistika (fors, tojik, arab tillari)
13.     5A220103 Tarjima nazariyasi va amaliyoti
14.     5A220106 Kasb-hunar fanlarini o‘qitish metodikasi (o‘zbek tili)
15.     5A220201 Vatan tarixi
16.     5A220203 Umumiy tarix
17.     5A220204 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodlari
18.     5A220206 Arxeologiya
19.     5A220301 Dialektika va bilish nazariyasi
20.     5A220308 Siyosat falsafasi
21.     5A310301 Sosiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi
22.     5A340109 Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti
23.     5A420102 Zoologiya
24.     5A420103 Botanika
25.     5A420104 O‘simliklar fiziologiyasi
26.     5A420105 Odam va hayvonlar fiziologiyasi
27.     5A420109 Biokimyo
28.     5A420110 Biotexnologiya
29.     5A440101 Nazariy fizika
30.     5A440105 Lazer fizikasi
31.     5A440106 Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi
32.     5A440107 Magnit hodisalari fizikasi
33.     5A440108 Issiqlik fizikasi va molekulyar fizika
34.     5A440122 Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish
35.     5A440126 Fizika fanini o‘qitish metodikasi
36.     5A440201 Nazariy mexanika
37.     5A440202 Deformasiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi
38.     5A440203 Suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi
39.     5A440401 Noorganik kimyo
40.     5A440402 Analitik kimyo
41.     5A440403 Organik kimyo
42.     5A440503 Fizik geografiya, landshaflar geofizikasi va geokimyosi
43.     5A460101 Matematik tahlil
44.     5A460102 Differensial tenglamalar
45.     5A460103 Geometriya va topologiya
46.     5A460104 Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
47.     5A460105 Matematik mantiq, algebra va sonlar nazariyasi
48.     5A460107 Matematika fanini o‘qitish metodikasi
49.     5A480101 Hisoblash matematikasi
50.     5A480103 Amaliy matemika va axborot texnologiyalari
51.     5A480104 Matematik modellash
52.     5A480107 Matematik fizika
53.     5A480108 Optimallashtirish va optimal boshqaruv
54.     5A521701 Qattiq jismli elektronika mekroelektronika
55.     5A521703 Kvant elektronikasi
56.     5A521709 KH fanlarni o‘qitish metodikasi (elektronika va mikroelektronika)
57.     5A521906 Hisoblash mashinalari, komplekslari, tizimlari va tarmoqlarini ilmiy tadqiqotlarda qo‘llash
58.     5A620101 Tuproqshunoslik
59.     5A620103 Agrotuproqshunoslik va agrofizika
60.     5A850201 Ekologiya
 
3). Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
a) aspirantura:
01.01.01 Matematik analiz
01.01.02 Differensial tenglamalar
01.01.03 Matematik fizika
01.01.06 Matemati mantiq, algebra va sonlar nazaryasi
01.02.01 Nazariy mexanika
01.04.02 Nazariy fizika
01.04.03 Radiofizika
01.04.05 Optika
01.04.07 Qattiq jism fizikasi
01.04.11 Magnit xodisalari fizikasi
01.04.16 Atom yadorosi va elementar zarrachalar fizikasi
01.04.21 Lazer fizikasi
02.00.02 Analitik kimyo
03.00.04 Biokimyo
03.00.05 Botanika
03.00.08 Zoologiya
03.00.12 O‘simliklar fiziologiyasi
05.13.01 Texnika tizimlarida boshqaruv
06.01.03 Agrotuproqshunoslik va agrofizika
07.00.00 Tarix fanlari
07.00.02 Vatan tarixi
07.00.03 Umumiy tarix
08.00.01 Iqtisodiy nazariya
08.00.10 Aholishunoslik va mehnat iqtisodi
09.00.01 Dialektika va bilish nazariyasi
09.00.06 Din va hurfikrlilik falsafasi
10.01.02 Hozirgi milliy adabiyot (o‘zbek adabiyot)
10.01.03 Milliy adabiyot tarixi (o‘zbek adabiyot)
10.02.02 Milliy tillar
a) o‘zbek tili
b) rus tili
v) tojik tili
11.00.01 Tabiiy geografiya, landshaftlar geofizikasi va geokimyosi
13.00.01 Pedagogika nazariyasi va tarixi
 
b) doktorantura:
01.01.03 Matematik fizika
01.04.05 Optika
10.02.02 Milliy tillar
13.00.01 Pedagogika nazariyasi va tarixi
 
v) qo‘shimcha professional ta’lim (malaka oshirish va qayta tayyorlash):
1.         Matematika
2.         Informatika va hisoblash texnikasi
3.         Biologiya
4.         Geografiya
5.         Kimyo
6.         Fizika
7.         Fransuz tili
8.         Nemis tili
9.         Lotin tili
10.     Ingliz tili
11.     Pedagogika va psixologiya
12.     O‘zbek tili va adabiyoti
13.     Rus tili va adabiyoti
14.     Tojik tili va adabiyoti
15.     Falsafa
16.     Iqtisodiy nazariya
17.     Siyosatshunoslik
18.     Sosiologiya
19.     O‘zbekiston tarixi
20.     Etika va estetika
 
Universitet tayyorlov markazidaquyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tinglovchilar tayyorlanadi:
1.       Fizika, elektronika va mikroelektronika, kasbiy ta’lim
2.       Matematika, mexanika
3.       Amaliy matematika va informatika
4.       Axborot texnologiyasi va informasion texnologiya
5.       Ximiya
6.       Biologiya
7.       Ekologiya
8.       Tuproqshunoslik
9.       Davolash
10.   Pediatriya
11.   O‘zbek tili va adabiyoti
12.   Rus tili va adabiyot
13.   Tojik tili va adabiyot
14.   Jurnalistika
15.   Tarix
16.   Sosiologiya
17.   Falfasa
18.   Milliy istiqlol g‘oyasi; huquq va ma’naviyat asoslari
19.   Huquqshunoslik
20.   Iqtisodiyot
21.   Chet tillari (ingliz, nemis, fransuz, korey filologiyasi)
22.   Jismoniy madaniyat
23.   Geografiya, gidrometeorologiya
24.   Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim
25.   Pedagogika va psixologiya
26.   Musiqiy ta’lim
 
25.Universitet oliy ta’limning asosiy ta’lim dasturlarini ikki bosqichda amalga oshiradi: bakalavriat va magistratura.
Bakalavriyat – ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o‘qish muddati 4 yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestasiyasi yakunlari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishiga tegishli «bakalavr» darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Magistratura – yo‘nalishning aniq mutaxassisligi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, bakalavriyat negizda, o‘qish muddati 2 yildan kam bo‘lmagan oliy ta’limdir.
Magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestasiyasi yakunlari bo‘yicha muayyan mutaxassislikga tegishli «magistr» darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Bakalavrlik va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki tanlangan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik)ga muvofiq navbatdagi ta’lim bosqichlarida o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.
Magistratura qabul qilish tartibi ta’limni boshqarish bo‘yicha Davlat organi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq belgilanadi.
Respublika va horijiy oliy o‘quv yurtlari bilan magistrantlarni almashish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
26.Universitetda o‘quv jarayonini tashkil etish, universitet tomonidan namunaviy o‘quv rejalari asosida ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan o‘quv rejalar (o‘quv kurslar, fanlar va o‘quv yillari bo‘yicha taqsimlanan ta’lim dasturlari mazmuni), yillik kalendar o‘quv jadvali hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
O‘quv jarayonini maqsadli yo‘naltirish yo‘li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo‘li bilan talabalariga oliy ta’limning asosiy.
Ta’lim va tarbiya jarayonining birligi davlat ta’lim standartlari bilan ta’minlanadi. Universitetning ma’naviy-ma’rifiy va sport bo‘g‘inlariga, talabalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlariga rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish ma’naviy va ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektor tomonidan amalga oshiriladi.
27.Universitetda o‘quv mashg‘ulotlarning quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, konsultasiya, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, malakaviy amaliyot, kurs loyihasi (kurs ishi), bakalavrlik bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertasiyasi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 tanaffussiz akademik soat belgilangan. O‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 minut bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus, tojik, ingliz.
28.Universitetda mutaxassislar tayyorlash kunduzgi va sirtqi o‘quv shaklida olib boriladi.
Oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun yagona davlat ta’lim standarti qo‘llaniladi.
29.Universitetda  o‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va uning har birida talabalarning o‘zlashtirishi reyting nazorati  shaklida yakunlanadi.
Sirtqi o‘quv shaklida o‘quv yili o‘quv grafigiga ko‘ra belgilanadi.
Reyting nazoratida talabalar o‘zlashtirishi 100 ballik tizimda  belgilanadi.
O‘zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekani tavsiyasiga binoan rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.
Oliy ta’limning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, albatta, bitiruvchilarning Yakuniy davlat attestasiyasi bilan tugallanadi.
30.Universitetda ilg‘or pedagogik va informasion texnologiyalarni, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofali ta’lim berishni qo‘llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘natirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.
31.Universitetda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha aspirantura va doktorantura orqali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek, fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertasiyalar tayyorlash va himoya qilish uchun universitetga tadqiqotchilarni biriktirish ishlari amalga oshiriladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyigi ta’limni olish tartibi, uzluksiz ta’limda ilmiy va ilmiy-pedogogik kadrlar tayyorlash to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi. Universitetda 1. 010402 Optika mutaxassisliklari bo‘yicha fan nomzodi ilmiy darajasini berish yuzasidan ixtisoslashgan kengash faoliyat ko‘rsatadi.
32.Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida, shuningdek, kurslarda o‘rnatilgan tartibdagi  hujjatberiladi.
33.Ilmiy kengashning tematik rejalar bo‘yicha, bajariladigan ishlarning sifati hamda mehnat xavfsizligini ta’minlagan holda talabalar, aspirantlar, doktorantlarni keng jalb etish ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarga keng jalb etish  amalga oshiriladi.
Ilmiy-tadqiqotlar quyidagi mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi:
·     Fan, texnika va madaniyatning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va qidiruv tadqiqotlarni  bajarish uchun ajratiladiga davlat byudjeti;
·     Shartnoma asosida, sohaviy vazirliklar, idoralar, korxonalar, birlashmalar va boshqa, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar grantlari mablag‘lari.

 

 

 


 

IV. Oliy o‘quv yurtining tarkibi

 

34.Universitetning tarkibiga quyidagilar kiradi:

 SamDU bo‘limlari

1.  Rektorat
2.       Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi
3.       Ichki nazorat va monitoring bo‘limi
4.       O‘quv-uslubiy boshqarmasi
5.       Marketing bo‘limi
6.       Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi
7.       Axborot texnologiyalar markazi
a)  Axborot-texnik ta’minot bo‘limi
b) O‘quv-ma’lumotlar resurslarini tadbiq qilish va dastur ta’minoti bo‘limi
8.       Ilmiy axborot-resurs markazi
9.       Muharririyat va chop etish bo‘limi
10.    Fakultetlar
11.    Xalqaro aloqalar bo‘limi
12.    Moliya-rejalashtirish bo‘limi
13.    Hisobxona
14.    Kadrlar bo‘limi
15.    Birinchi bo‘lim
16.    Ikkinchi bo‘lim
17.    Devonxona va arxiv
18.    O‘quv-texnik uskunalar bo‘limi
19.    Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi
20.    Ekspluatasion-texnik va xo‘jalik bo‘limi
a) Yotoqxona
21.    Qozonxona
22.    Botanika bog‘i
23.    Sport-sog‘lomlashtirish maskani
24.    Alisher Navoiy nomidagi muzey
25.    Universitet tarixi muzeyi
26.    Arxeologiya muzeyi
27.    Zoologiya muzeyi
28.    Kinofotolaboratoriya
29.    Harbiy kafedra
30.     To‘lov-kontrakt asosida o‘qitish bo‘yicha shartnomalar hisobi va rasmiylashtirish guruhi
31.    Astronomiya ilmiy-o‘quv markazi
 
a) fakultetlar:
1.       Tarix-falsafa
2.       Tojik tili va adabiyoti
3.       Pedagogika
4.       Fizika-matematika
5.       Tabiiy fanlar
6.       Iqtisodiyot
7.       Filologiya
8.       Huquqshunoslik
9.       Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat
10.   Maxsus sirtqi bo‘lim.
 
b) kafedralar:
1.       Anorganik kimyo
2.       Tahliliy kimyo
3.       Organik kimyo
4.       Fizikaviy kimyo va kimyoviy ekologiya
5.       Zoologiya
6.       Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi
7.       Fiziologiya, genetika va biokimyo
8.       Ekologiya va agrokimyo
9.       Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
10.   Tabiiy geografiya
11.   Iqtisodiy nazariya
12.   Iqtisodiyot va mehnat sosialogiyasi
13.   Buxgalteriya hisobi va audit (menejment shu kafedraga qo‘shildi)
14.   Umumtexnika fanlari
15.   Kasbiy ta’lim metodikasi
16.   Pedagogika va psixologiya
17.   Boshlang‘ich ta’lim uslubiyati
18.   Musiqa pedagogikasi uslubiyati va xalq cholg‘u asboblarida chalish
19.   Musiqa nazariyasi tarixi va an’anaviy ijrochilik
20.   Sport-pedagogika fanlarini o‘qitish uslubiyati
21.   Jismoniy madaniyat nazariyasi asoslari
22.   Jismoniy madaniyat
23.   Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti
24.   O‘zbek tili va adabiyoti
25.   O‘zbek adabiyoti tarixi
26.   O‘zbek tilshunosligi
27.   Rus tilshunosligi va jahon adabiyoti
28.   Milliy guruhlarda rus tili
29.   Chet tili kafedrasi
30.   Jinoyat huquqi
31.   Davlat huquqi
32.   Fukarolik huquqi va umumiy huquqshunoslik
33.   Optika va spektroskopiya
34.   Umumiy fizika va magnetizm
35.   Yadro va kosmos nurlar fizikasi
36.   Kvant elektronika va nazariy fizika
37.   Matematik analiz
38.   Algebra va geometriya
39.   Differensial tenglamalar
40.   Matematik fizika va funsional tahlil
41.   Ehtimollar nazariyasi va matematik o‘qitish metodika
42.   Matematik modellashtirish
43.   Mexanika
44.   Axborot texnologiyalari
45.   Hisoblash usullari
46.   O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
47.   Sosiologiya
48.   Milliy istiqlol g‘oyasi va falsafa
49.   O‘zbekiston tarixi
50.   Arxeologiya, qadimgi dunyo tarixi va etnografiya
51.   Umumiy tarix
52.   Sharq falsafasi va ma’naviyat
53.   Manbashunoslik va tarixshunoslik
54.   Tojik adabiyoti
55.   Tojik tili va sharq filologiyasi
 
v) laboratoriyalar: 
Muammoviy va tarmoq laboratoriyalari:
1.       Akbar Otaxo‘jayev nomidagi muammolar laboratoriyasi
2.       Yadro fizikasi laboratoriyasi
3.       Astrofizika va kosmos fizikasi laboratoriyasi
4.       Mikro- va makroelementlar laboratoriyasi
5.       Biotexnologiyalar laboratoriyasi
6.       O‘simliklarni integral himoyalash tarmoq laboratoriyasi
7.       Sotsiolingvistika laboratoriyasi.
Ilmiy laboratoriyalar:
8.       Kvant elektronikasi
9.       O‘simliklar fiziologiyasi
10.   Magnit hodisalari fizikasi
11.   Matematik modellashtirish
12.   Kimyoviy sensorlarni o‘rnatish
13.   Moddalar lyuminessensiyasi
14.   Organik kimyo
15.   «Urbalayf».
 
35.Universitet O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.

 


 

V. Oliy o‘quv yurtini boshqarish

 

36.Universitetni boshqarish.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq, yakka rahbarlik va universitetning homiylar kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini uyg‘unlashtirish prinsipi asosida amalga oshiriladi.

37.Universitetni bevosita boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  tayinlaydigan rektor tomonidan amalga oshiriladi.

Rektorga universitetda va undan tashqarida haq to‘lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy  va ilmiy-uslubiy rahbarlikdan tashqari) o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor o‘z vazifalarini o‘rindoshlik bo‘yicha bajarishi mumkin emas. Rektor O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, universitet nomidan ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalar bilan muzokaralarda uning vakili sifatida qatnashadi, universitetning mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bankda universitetning hisob raqamlarini ochadi, kreditlardan qanday foydalanish bo‘yicha farmoyishlar beradi.

Rektor  unga berilgan vakolat doirasida:

·  universitetning barcha xodimlari hamda ta’lim olayotganlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;

·  bosh buxgalterni ishga tayinlaydi va ishdan ozod qiladi;

·  prorektorlarning muayyanlavozimvazifalari hamda mas’uliyatlarini belgilaydi;

·  universitet xodimlari va xizmatchilarini, shuningdek, ilmiy-pedagog xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda ishga olish hamda bo‘shatishni amalga oshiradi;

·  universitet tarkibiga kirgan ilmiy-tadqiqot, tajriba–eksperimental hamda boshqa tashkilot va bo‘linmalarning vakolatini belgilaydi, ular to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi;

·  universitet xodimlarining lavozim maoshlariga ustama va qo‘shimchalarni belgilaydi;

·  kasaba uyushma qo‘mitasi va universitetning vakolatli organi bilan kelishgan holda ichki tartib-qoidalarni tasdiqlaydi.

Rektor universitetning Namunaviy shtatiga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hamda mehnat haqi jamg‘armasi, universitet xodimlarining soni, limiti va lavozim maoshlari tarif setkasi doirasida quyidagi huquqlarga ega:

·  professor-o‘qituvchilar tarkibi kiritilgan xodimlarning shtat birligini tasdiqlash hamda lavozim maoshlarini belgilash;

·  universitet Ilmiy kengashining tavsiyasiga binoan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda,  fakultetlartashkil qilish, ularni qo‘shish yoki ajratish, yopish: kunduzgi o‘quv shaklida fakultet talabalarining soni 150 gacha bo‘lgan holda 0,5 shtat birligi hajmida, 150 nafardan ziyod bo‘lganda, to‘la shtat birligi hajmida, sirtqi o‘quv shaklida: fakultet talabalar soni 300 dan kam bo‘lmaganda dekan lavozimlarini (belgilangan tartibda dekan o‘rinbosarlari lavozimini) kiritish;

·  shtatlardan kelib chiqqan holda, universitet ilmiy kengashining tavsiyasiga binoan,kafedralarni tashkil etish yoki tugatish.

·  kafedralar tarkibida kamida 5 nafar o‘qituvchi bo‘lishi va ulardan biri, odatga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lishi, kamida 2 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dosent unvoniga ega bo‘lishi lozim. Jismoniy tarbiya, chet tillar, grafika va chizmachilik, rasm va musiqa kafedralarida, odatda, kamida ikki o‘qituvchi ilmiy daraja yoki unvonga ega bo‘lishi lozim.

38.Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq universitetda asosiy masalalarni muhokama etish uchun Ilmiy kengash tashkil etiladi.

Ilmiy kengash tarkibiga rektor (ilmiy kengash raisi hisoblanadi), prorektorlar, fakultetlar dekanlari hamda bitiruvchi kafedralar mudirlaridan vakillar, shuningdek, talabalar va xodimlar universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari kiradi. Ilmiy kengashning boshqa a’zolari umumiy majlisda (konferensiyada) yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan ilmiy kengashga saylanadiganlar soni rektor buyrug‘i bilan belgilanadi.

Ilmiy kengashning vakolati, uni saylash va faoliyat yuritish tartibi ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan «Oliy o‘quv yurti ilmiy kengashi to‘g‘risidagi Nizom» bilan belgilanadi.

39.Universitetda xomiylar kengashi universitetni boshqaruvchi jamoatchilik organi tashkil etiladi va uning tarkibiga muassis-vazirliklar, mahalliy hokimiyat, ishbilarmon doiralar, jamoatchilik tashkilotlari, jamg‘arma va homiylar, boshqa ta’lim muassasalarining vakillari kiradi.

Homiylar kengashining tarkibi, vakolatlari, shakllantirish tartibi va faoliyat homiylar kengashi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.

40.Universitetda kasaba uyushmalari va boshqa  jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi. Talabalar va xodimlar manfaatlarini, himoyalashni ta’lim va fan kasaba uyushmalari hamda ularni universitetda saylangan organlari amalga oshiradi. Talabalar va xodimlar vakolat organlarining huquqlari va ularga nisbatan universitet ma’muriyatining burchlari quydagilardir:

-  amaldagi nizomlarga muvofiq Universitetda ilmiy va ixtiyoriy jamiyatlar, ilmiy-uslubiy kengashlar va komissiyalar, yosh olimlar kengashi va boshqalar tashkil etilishi mumkin.

- rektor va Ilmiy kengash o‘z faoliyatida universitet jamoatchilik tashkilotlarining tavsiyalarini ko‘rib chiqadi va o‘z faoliyatlarida ularni hisobga oladi.

41.Universitet fakultetini boshqarish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda dekan tayinlanadi.

Fakultet dekani o‘z faoliyatida «Oliy o‘quv yurtining fakulteti to‘g‘risidagi Nizom»ga amal qiladi.

Fakultet to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq fakultetda Ilmiy kengan tashkil etiladi.

Ilmiy kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va faoliyatining tartibi Oliy o‘quv yurti fakultetning Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.

Kafedra faoliyatiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, tanlav asosida universitet Ilmiy kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi.

Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatining tartibi «Oliy o‘quv yurtining kafedrasi to‘g‘risidagi Nizom» bilan belgilanadi.  


VI. Moliya–xo‘jalik faoliyati va moddiy–texnik baza

42.Universitetga ushbu ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta’sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, universitet pasportiga muvofiq, asbob-uskunalar, shuningdek, iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mulklar biriktirilgan.

Universitet faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladigan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar qatoriga kiritilgan. Universitetga yer uchastkalari muddatsiz tekin foydalanish uchun biriktirilgan.

43.Universitet jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘a, hadya yoki vasiyat bo‘yicha berilgan pul mablag‘lari, mol-mulk boshqa mulkiy obyektlarga, universitet faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek o‘z faoliyati orqali oladigan daromaddan va bu daromad hisobidan sotib olinadigan mulkiy obyektlarga egalik qilish huquqi berilgan.

44.Universitet mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkini ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega. Universitet o‘ziga biriktirilgan mulkiy obyektlarni ilmiy kengashning roziligi bilan  sotib olish huquqisiz, joylardagi hokimiyat organlari tomonidan belgilangan narxalardan past bo‘lmagan narxda ijaraga berishni amalga oshiradi.

Ijara haqi sifatida olingan mablag‘lar ta’lim jarayonini ta’minlash va uni rivojlantirish uchun foydalaniladi, shuning uchun ham u soliq va mahalliy byudjet to‘lovlardan ozod etiladi.

45.Universitetning ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan mablag‘lar, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan, talabalar va tinglovchilarni o‘qitish uchun belgilangan tartibda olingan to‘lov–shartnoma asosidagi  mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

Universitetda o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lardan foydalanish amaldagi me’yoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi.

46.Universitet asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta’lim va boshqa sohalarda pullik xizmat faoliyatini amalga oshirish mumkin. Universitet  shug‘ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning Ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.

Universitet mulki bilan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarning ustav jamg‘armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, konsultasiyalar va boshqa xizmatlar uchun  narxlarni belgilash; soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan va boshqa majburiy to‘lovlardan so‘ng, qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.

Universitetning pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasiga va uning o‘rniga amalga oshirilishi mumkin emas.

Universitet O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda ushbu Ustavga zid bo‘lmagan sharnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo‘yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.

47.Universitetda byudjetdan lavozim maoshlari mehnat sharnomasi (bitimi) tuzilayotganda mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Universitet xodimiga lavozim maoshi (stavka), o‘z xizmat vazifalarini hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to‘lanadi. Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag‘batlantirish tadbirlarining hajmini universitet mustaqil, byudjet hisobidan esa, ish haqi fondi doirasida, qonunchilikda nazarda tutilgan hajmda belgilaydi.

Belgilangan maoshlar attestasiya natijasiga ko‘ra, faqat uni oshirish maqsadida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

48.Universitet jamoat tashkilotlariga faoliyat ko‘rsatishlari uchun ularga zarur bœlgan xonalarni beradi va tozalashni tashkil etadi.

Universitet qoshidagi tibbiy–sanitar muassasasiga, shuningdek uning hududiga joylashgan yoki universitetning balansida bo‘lgan hamda talaba, tinglovchi va xodimlarga xizmat ko‘rastuvchi oshxona va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalariga isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan ta’minlangan xonalar beriladi.


 

VII. Xalqaro hamkorlik

Universitet O‘zbekiston Resublika oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorligida quyidagilarga qatnashish huquqiga ega:

·     Universitet ilmiy kengashining qaroriga binoan xorijiy davlatlarning tegishli o‘quv yurti bilan bevosita aloqalarni o‘rnatish, ular bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish, qonunchilikda belgilangan tartibda hamkorlikda fakultetlar tashkil etish;

·     talabalar, aspirantlar, doktorantlar, pedagogik va ilmiy xodimlar bilan ikki tomonlama almashish dasturida ishtiroq etish;

·     hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar, shuningdek kongresslar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

·     xorijiy yurdik shaxslarning buyurtmalari bo‘yicha fundamental va amaliy–ilmiy-tadqiqotlarni, shuningdek tajiba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish;

·     oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi kasbiy ta’limni takomillashtirish xalqaro dasturlarida ishtirok etish.

50.Universitetda chet fuqarolarini tayyorlash, qayta tayyorlash va uning malakasini oshirish, o‘quv yurti ilmiy-pedagogik xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqari o‘qituvchilik va ilmiy-tadšišotchilik ishlari davlatlararo organining xorijiy davlatlarning ta’limni boshqarish bo‘yicha tegishli organlari orasidagi shartnomalar, shuningdek universitetining qonunchilikka muvofiq, chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

51.Universitet quyidagi huquqlarga ega:

·  xalqaro nodavlat tashkilotlarga a’zo bo‘lish;

·  O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida xorijiy sheriklar bilan hamkorlikdagi faoliyat to‘g‘risida shartnomalar tuzish.

Xorijiy sheriklar ishtirokida universitetning tarkibiy bo‘linmalari (markazlar, laboratoriyalar, texnik saroylar va boshqa bo‘linmalar)ni tashkil etish.

52.Universitet O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, ushbu Ustavga nazarda tutilgan va «Ta’lim to‘g‘risida» hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlarga belgilangan vazifalarni bajarishga, shuningdek xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

                53.Universitetning tashqil iqtisodiy faoliyatdan tushgan valyuta, moddiy tushumlari amaldagi qonunchilikka binoan, uning Ustavida belgilangan faoliyati ta’minlash uchun ishlatiladi.


 

VIII. Yakuniy qoidalar

 

54.Universitet O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javobgardir:

·     Uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarmaganligi;

·     O‘quv jarayonida o‘quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari hajmini to‘liq bajarmaganligi;

·     Ta’lim jarayoni vaqtida universitetda ta’lim oluvchilar va xodimlarning hayoti va sog‘ligi;

·     Ta’lim oluvchilar va universitet xodimlarining huquq va erkinliklarning buzilganligi;

·     O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hatti-harakatlar uchun.

            55.Ushbu Ustavga o‘zgartirishlar belgilangan tartibda Ilmiy kengash qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i asosida kiritiladi.

 

                                                      Ustav Samarqand davlat
                                                     universitetining Ilmiy
                                                     kengashining 29 fevral
                                                    2008 yil 8-son majlisida
                                                    tasdiqlangan
Oxirgi yangilash ( 27.11.2016 15:08 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-141-71foto-71-16

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 487
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15569058
Hozir 460 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант