Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Umumiy ma'lumotlar Universitet tarixi

Universitet tarixi

E-mail Bosish PDF
 Samarqand davlat universiteti tarixi
Samarqand davlat universitetining tarixiy ildizi Temuriylar davriga borib taqaladi. Ilmu-fan, ma'naviyat va ma'rifat targ'ibotchilari bo'lgan Temuriylar hukumronligi davrida Samarqand mintaqasida va umuman Movarounnahr hududida, fan, ta'lim taraqqiyoti uchun to'liq ma'nodagi zaminu-asos yaratildi. Sohibqiron Amur Temur va uning davomchilari tomonidan bunyod etilgan qator madrasa-maktablar, nafaqat diniy ta'lim maskani bo'lib qolmasdan, ular dunyoviy bilimlar beruvchi makon ham edi. Ushbu madrasalardagi saboqlarning 70% dan ortig'ini dunyoviy predmetlar tashkil qilgan. Aslida Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg'ariy kabi allomalarni voyaga yetkazgan yurtda ta'lim tizimini yanada taraqqiy qildirish, ilmu-fanni yuksaltirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo'lganligi hech qanday bahsni talab qilmaydi.  Ayniqsa, Temuriylar avlodining yorqin yulduzi, o'zbek ilmining faxri bo'lgan Muhammad Tarag'ay Ulug'bek yaratgan ilmiy maktabning salohiyati buyukdir. Registon maydonidagi Ulugbek madrasasi (1417-1420-yillarda qurilgan) so'zsiz Samarqand dorilfununining "beshigi", uning tashkil topish asosidir. Ushbu "alma matre"da Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Hofiziy Obro', Mavlono Nafis, Samarqandiy, Lutfiy, Badaxshiy kabi mavlonolar tahsil olishgan va saboq berishgan. Ulug'bek astronomik maktabining vakillari Al Koshiy, Jamshid ibn Ma'sud, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Mahmud Xavofiylar madrasai-dorilfununda matemtika, astronomiya, hisoblash asoslari, jo'g'rofiya kabi tabiiy fanlardan dars berganlar.  Temuriy va undan oldingi davrlar ta'lim an'analari keyingi asrlarda o'z davomini madrasa-maktablar bag'rida topdi va rus istilosi (XIX-asr) paytigacha uzluksiz ta'lim olish uchun xizmat qildi. Buning isbotini madrasalar qurilishining davom etganligida ham ko'rishimiz mumkin.
Buyuk o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan 1941-yilda universitetga uning nomi berildi. 1941-1944-yillarda O'zbekiston Davlat universiteti Toshkent Davlat universiteti bilan vaqtincha birlashtirildi va 1944-yil 24-martdan boshlab universitet o'z mustaqil faoliyatini Samarqand shahrida qaytadan boshladi. O'zbekiston Davlat universiteti 1960-yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti (SamDU) deb nomlandi.
Universitetning o'tgan yillari mobaynida moddiy bazasi tobora mustahkamlanib, kadrlar tayyorlash sifati yaxshilandi. Bunday ulug'vor vazifalarni uddalay olishda birinchi bo'lib Moskvadan N.A.Merkulovich, Minskdan D.A.Jarinov, Qozondan Anuchin, A.M.Zavadskiy, Buxorodan Abdurauf Fitrat, Toshkentdan G'ozi Olim Yunusovlar Samarqandga kelgan, har biri o'z sohasining yetuk mutaxassislari bo'lgan professorlar otryadi hal qiluvchi rol o'ynadi. 1930-40-yillarda Samarqand davlat universiteti professor-o'qituvchilari safiga jadidchilik harakatining yetakchi vakillari Abdurauf Fitrat, G'ozi Olim Yunusov, Said Ahmad Siddiqiy Ajziy, Saidrasul Saida Aziziy kabilar qatorida universitet dargohida aspiranturani o'tagan M.Abdulqosimov, V.Abdullayev, I.Mo'minov, M.Sobirov, U.Tursunuv, S.Umarov, R.Iskandarov, A.Yakubov va J.Qobilovlar kelib qo'shildilar. 1950-yillar va undan keyingi davrlarga kelib, universitetda milliy talabalarning miqdori ancha ko'payadi. Asta-sekin o'zbek tilida ham muntazam o'qitish yo'lga qo'yiladi. Qayta qurish shamollari esgach, jiddiy o'zgarishlar yuz berdi.
SamDU o'z xizmatlari va salohiyati bilan universitet shuhratini olamga S.Umarov, A.Bahovuddinov, J.Zokirov, U.Oripov, Ya.G'ulomov, M.Osimov, I.Mo'minov, V.Abdullayev, A.Otaxo'jayev, O.Sharafiddinov, U.Tursunov, Yu.Avaliani kabi xalqaro miqyoslarda o'z nufuzida ega ilmiy maktablar yaratib, samarali mehnat qilgan o'nlab allomalari bilan haqli suratda iftixor etadilar. Shuni ham ta'kidlash lozimki, universitetimizda o'tgan yillar o'nlab yirik davlat, madaniyat va fan arboblari, shoir va yozuvchilar yetishib chiqdilar. Bular Hamid Olimjon, Oydin, Uyg'un, Mirtemir, Amin Umariy, Usmon Nosir, Hasan Po'lat, O'tkir Rashid, Nazarmat, Sharof Rashidov, Habib Yusufiy, Ra'no Uzoqova, Adham Hamdam, Asqad Muxtor, Shukur Sa'dulla kabilar. Bugungi kunda Dushan Fayziy, Omon Matjon, Normurod Narzullayev, Barot Boyqobilov kabi zamonaviy o'zbek adabiyotining juda katta umumbashariy yukini tortib kelayotgan o'nlab ijodkorlarimiz mana shu universitetda ta'lim-tarbiya olib voyaga yetdilar.
SamDUda 6 mingdan ortiq talaba turli sohalar bo'yicha chuqur bilim olmoqda, ilm-fan sirlarini o'rganmoqda va ta'lim-tarbiy olmoqdalar. Universitetda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash bevosita aspirantura va doktorantura hamda stajyor-tadqiqotchilik orqali amalga oshirilmoqda.
Professor-o'qituvchi va ilmiy xodimlar orasida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi, o'ndan ortiq kishilar esa dunyoning eng nufuzli akademiyalarining faxriy a'zolaridir. Olimlarimizning fanda erishgan yutuqlari tufayli o'ndan ortiq xodimlari O'zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomli Davlat mukofotining sovrindorlari. Taniqli olimlar va iqtidorli yoshlardan xalqaro Soros va Yevroosiyo fondlari mablag'lari orqali ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan va shu asosda AQSH, Germaniya, Italiya, Belgiya ilmiy va o'quv markazlariga ilmiy safarlarga borayotganligini alohida ta'kidlash lozim.
Bir guruh olimlarning ilmiy asarlari AQSH, Eron, Turkiya kabi mamlakatlarda tarjima qilinib, nashr etilmoqda. SamDU olimlari Respublikamizdagi barcha Oliy o'quv yurtlari hamda Fanlar Akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari bilan yaqindan ilmiy aloqalar qilgan holda yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashda ishtirok etishmoqda va O'zbekiston Respublikasi Fan va Texnika Davlat Komiteti e'lon qilgan ilmiy tanlovlarga qatnashmoqdalar.
Universitetda o'zbek filologiyasi va fizika bo'yicha fan nomzodligi unvoni beruvchi Ixtisoslashgan kengash bir necha yillardan beri ishlab turishi ham SamDU obro'yiga obro' qo'shmoqda. Har yili 5-6 ta fan doktori va 15-20 ta fan nomzodlarining universitetda tarbiyalanib chiqishi, yuzlab ilmiy maqolalar, o'nlab monografiya va o'quv darsliklari nashr etilishi hamda ixtirolar uchun patentlarning olinishi, ko'p millionlab davlat byutjetidan mablag' bilan ta'minlanadigan mavzular va xo'jalik shartnomalai asosida ilmiy tadqiqotlarning bajarilishini qayd qilmoq lozimdir.
Universitet olimlari chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, universitet moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilmiy tadqiqot ishlari natijalari va tayyor ilmiy ishlanmalarni bevosita xalq xo'jaligiga joriy qilish, ilmiy mavzularni zamon talabiga asosan qaytadan ko'rib chiqish orqali yiriklashtirish, ilmiy kadrlar miqdori va sifatini oshirish, ularni yoshartirishga erishish muammolari bilan shug'ullanadilar. Universitet professor-o'qituvchi va ilmiy xodimlari jahon fani yutuqlari bilan hamnafas bo'lgan holda rivojlangan ilmiy va madaniy markazlar bilan bevosita hamkorlik asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, bular jumlasiga Bonn, Geydelberg va Bamberg (Germaniya), Kaliforniya (AQSh), Monreal (Kanada), Milan (Italiya), Izmir (Turkiya), Tel-Aviv (Isroil), Poznan (Polsha), Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Krasnoyarsk (Rossiya), Kiyev (Ukraina), Minsk (Belorussiya) universitetlari, Dubna shahridagi Birlashgan Yadro Tadqiqotlari instituti, Krasnoyarsk Fizika instituti (Rossiya), Ukraina Milliy Akademiyasining Fizika instituti va shu kabilar kiradilar.
Bugungi kunda universitetda qator muammo laboratoriyalari mavjud. Bularga Mikro va makroelementlar muammolar laboratoriyasi, Biometodlar muammoli laboratoriyasi, O'simliklarni integratsiyalangan himoyalash usuli muammo laboratoriyasi, Akademik A.K.Otaxo'jayev nomidagi muammo laboratoriyasi, Kosmik nurlar muammo laboratoriyasi, Lazer spektroskopiya muammo laboratoriyasi, Lyuminessensiya va fotokimiyo muammo laboratoriyasi, Nochiziqli optika muammo laboratoriyasi, Yadro Fizika muammo laboratoriyasi, Kimyo sensorlarni tadqiq muammo laboratoriyasi, Arxeologik tadqiqotlar muammo laboratoriyasi, Sharq qo'lyozmalari va noyob kitoblar muammo laboratiriyasi, Matnshunoslik va manbashunoslik muammo laboratoriyalari kiradilar. Bundan tashqari, 30 dan ortiq ilmiy laboratoriyalar ham bor.
Hozirgi paytda SamDU tarkibida 9 ta fakultet hamda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti, xalqaro aloqalar bo'limi, akademik litsey, o'quv va muammoviy ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, zamonaviy axborot va kompyuter markazlari, INTERNET aloqa tarmog'i, Alisher Navoiy, "Arxeologiya", "Zoologiya" va "SamDU tarixiy muzeylari, "Oranjeriya" va "Botanika" bog'i hamda 3 million fondli Axborot-resurs markazi, yotoqxonalar, dam olish va davolanish maskanlari, sport komplekslari mavjud.
1996-yildan universitet qoshida akademik litseyga 9-sinfni bitirgan yoshlar test sinovlari asosida qabul qilinadi. Akademik liseyda o'quvchilarning qiziqishi va iqtidoriga qarab, davlat standarti asosida ijtimoiy-gumanitar, fizika-matematika va iqtisodiyot yo'nalishlari bo'yicha chuqurlashtirilgan ta'lim beriladi.
SamDU qoshida mintaqaviy malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi faoliyat ko'rsatmoqda. Unda universitet professor- o'qituvchilari bilan bir qatorda Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand va boshqa viloyatlarda joylashgan oliy o'quv yurtlarning, shuningdek, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari umumta'lim fanlari o'qituvchilari malaka oshiradilar va qayta tayyorlashdan o'tadilar.
SamDU o'zining "Tilshunoslik" (asoschilari prof. U. Tursunov, L.I.Royzenzon, Y.Y. Avaliani), "Adabiyotshunoslik" (asoschilari prof akademik S. Ayniy, Y. Zundelovich, V. Abdullayev, falsafa (asoschisi prof. I. Mo'minov), "Jahon tarixi va arxeologiya" (asoschilari prof. D.Lev, prof. M.Jo'raqulov, "Algebra va sonlar nazariyasi" (asoschilari prof. N. Romanov, prof. X. Narzullayev), "Matematik tahlil va differensial tenglamalar" (asoschilari prof. I. Kukles, prof. SH. Yormuhamedov), "Yadro va kosmik nurlar fizkasi" (asoschisi prof. M.Mo'minov)' "Molekulyar optika" (asoschisi akad. A. Otaxo'jayev), "Analitik organik ximiya" (prof. Y. Kurbatov), "O'simliklar va hayvonot fiziologiyasi hamda zoologiyasi (asoschilari prof. I. Protasov, prof. A. Sagitov) kabi nufuzli ilmiy maktablari bilan jahon ilmiy jamostchiligi orasida alohida mavqega egadir.
Samarqand davlat universiteti olimlari TASIS, TEMPUS, YEVROOSIYO xalqaro dasturlari asosida hamkorlikda fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqot hamda rivojlangan mamlakatlarning (Fransiya, Germaniya, Italiya, AQSH, Yaponiya, Isroil, va h.k.) ilmiy va madaniy markazlari bilan mustahkam munosabatlar o'rnatish, intellektual aloqalarni yaxshi yo'lga qo'yish bo'yicha samarali ishlar olib borilmoqa. "Ustoz" va "Umid" jamg'armalari orqali ko'plab olimlarimiz va iqtidorli talabalarimiz AQSH, Angliya, Yaponiya va Germaniyaning ilmiy va o'quv markazlarida bakalavriat va magistraturalarda tahsil olmoqdalar hamda stajirovka o'tamoqdalar.
Oxirgi yangilash ( 14.12.2016 12:24 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-131-181-30foto-8foto-10

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2017-2018 o‘quv yillarida Italiya OTMlarida tahsil olish uchun grant stipendiya tanlovini e‘lon qilgan.
Grant shartlari:
1. Italyan tilini bilish,
2. http://borseonline.esteri.it/BorseOnLine/Default.aspx sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish
3. Italiya universitetidan ilmiy rahbar rozilik xati (PhD bo‘yicha)
Xujjatlarni topshirish muddati: 10 may 2017 yil (xujjatlar Italiya elchixonasiga topshiriladi) Qo‘shimcha ma’lumotni xalqaro aloqalar bo‘limidan olish mumkin.  


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 497
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 18265494
Hozir 644 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант