Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Abituriyentga eslatma

E-mail Bosish PDF
Abituriyent ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

      - ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varag‘ini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi); 
        - o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning aslini; 
       - 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani; 
        - pasporti nusxasini; 
        - 3,5x4,5 sm (pasportdagi kabi) hajmdagi 6 ta fotosuratni; 
     - xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblariga o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning aslini; 
    - muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi. 
 Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.
Abituriyent hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abituriyentlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi.
Suratga tushmagan abituriyentning hujjatlari qabul qilinmaydi.
Abituriyentlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilish rad etilmaydi;
Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.

Abituriyentlar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar (“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, 14-modda).
Abituriyent 26 iyuldan qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalarini diqqat bilan o‘rganib, test topshiradigan binoning qayerda joylashganligi, auditoriyaning tartib raqami va qaysi qavatda ekanligini bilib oladi.
Abituriyentlar guruh tartib raqami (auditoriya tartib raqami bilan mos) ko‘rsatilgan ruxsatnomani 27 iyuldan boshlab ta’lim muassasasi qabul komissiyasidan oladi.
Kunduzgi, maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari, Qabul to‘g‘risidagi nizomga asosan 3 tilda, o‘zbek, qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston respublikasida) va rus tillarida, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida 10* iyul va 1 avgust kuni bir vaqtda o‘tkaziladi (*-bilan ko‘rsatilgan sana harbiy oliy ta’lim muassasalariga tegishli).
Test sinovlari o‘tkaziladigan kuni abituriyentlarni binoga kiritish soat 7.30 da boshlanadi. Abituriyent binoga kirishda ruxsatnoma  va pasportini shaxsan ko‘rsatadi. Soat 8.00 dan boshlab abituriyentlar o‘z guruhlari raqamiga mos raqamlangan auditoriyaga kiradilar.
Qabul komissiyasi test sinovlari o‘tkaziladigan binoga abituriyentlar tomonidan mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, aloqa vositalari, shpargalka va shu kabilarini olib kirish harakatini aniqlagan xolda abituriyentning ruxsatnomasi olib qo‘yiladi, dalolatnoma  yoziladi (ixtiyoriy shaklda) unga OTM qabul komissiya a’zosi imzo qo‘yadi. Abituriyent test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Test jarayoni boshlangandan so‘ng (8.30 dan keyin) abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.
Test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.
Abituriyent test sinovlarini ta’lim muassasasida o‘qiydigan tilda va yozuvda (kirill, lotin) topshiradi.
Test vaqtida abituriyentlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
savollar kitobi va javoblar varag‘ini olgandan so‘ng, javoblar varag‘i varianti bilan savollar kitobi varianti mosligini har bir fan bo‘yicha sinchiklab tekshirib chiqadi. Savollar kitobining fanlar bo‘yicha test topshiriqlarida tipografik xato yoki boshqa sabablarga ko‘ra to‘la nashr qilinmagan o‘rinlar yoki betlar va shunga o‘xshash xatolar bo‘lsa, darhol auditoriya rahbariga xabar beradi va nuqsonsiz test savollari kitobi hamda javoblar varag‘ini oladi (agar abituriyent soat 9.00 gacha savollar kitobidagi nuqsonlar haqida auditoriya rahbariga xabar bermasa, uning murojaati qabul qilinmaydi). Savollar kitobining tegishli joyiga o‘z familiyasi, ismi va otasining ismini yozib, imzo qo‘yadi. Abituriyent savollar kitobi va javoblar varag‘ining “Abituriyentlar diqqatiga” qismini o‘qib chiqishi va belgilangan qoidalarni bajarishi shart.
Javoblar varag‘ini to‘ldirishda abituriyent faqat ko‘k (havorang) pastali sharikli ruchkadan foydalanadi. Flomaster, siyohli avtoruchka va gelli  ruchkalardan foydalanish man etiladi.
Abituriyent o‘zi haqidagi ma’lumotlarni javoblar varag‘ining tegishli qismiga titul varag‘idan ko‘chirib yozadi va imzo qo‘yadi.
Javoblar varag‘i raqamini titul varag‘i va ruxsatnomasidagi mos kataklarga ko‘chirib yozadi.
 Pasporti seriyasi va raqamini, maxsus kodini, ta’lim muassasasi kodini va tanlov kodini javoblar varag‘ining mos joylariga titul varag‘idan ko‘chiradi va doirachalarni mos ravishda bo‘yaydi.
Titul varag‘i va ruxsatnomasiga auditoriya rahbari va kuzatuvchilarini familiyasi, ismi va otasining ismini yozuv taxtasidan (doska) ko‘chirib yozadi.
 Har bir fan bo‘yicha javoblarni mos ravishda o‘z joyiga belgilaydi. Chet tili bo‘yicha test topshirayotgan abituriyent mos kelgan tilga tegishli doirachani bo‘yashi shart.
Har bir test topshirig‘iga faqat bitta javob belgilanadi. Agar bitta topshiriqqa ikki yoki undan ko‘p javob belgilansa, ushbu topshiriqqa ball berilmaydi.
Javoblarni tanlash uchun 108 ta savolga 3 soat, 72 ta savolga 2 soat vaqt beriladi.
ixtiyoriy. Abituriyent o‘zi tanlagan javoblarini javoblar varag‘ining tegishli blokiga-Javoblarni tanlash mos ravishda ko‘chiradi. Buning uchun testga ajratilgan vaqtdan tashqari 20 daqiqa vaqt beriladi.
To‘ldirilgan javoblar varag‘i abituriyentning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjatdir.
Javoblar varag‘ining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir.
Javoblar varag‘ida tegishli doirachalarni noto‘g‘ri belgilagan, javoblar varag‘ini almashtirgan, fan bloklari o‘rnini almashtirib bo‘yagan, javoblar varag‘ining tegishli bloklarida familiyasi, ismi va otasining ismi, ta’lim muassasasi kodi, maxsus kodi, tanlov kodi, pasport seriyasi va raqamini yozmagan hamda imzo qo‘ymagan, titul varag‘iga javoblar varag‘i raqamlarini yozmagan yoki undagi raqamlarni bo‘yagan abituriyentlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.
Test sinovi tugagunga qadar abituriyentlarning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Auditoriyadan chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Test sinovlariga abituriyent mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, aloqa vositalari va shpargalkalar olib kirgan bo‘lsa, test jarayoni davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa, abituriyentlarga yordam bersa va shu kabi salbiy hollarda abituriyent test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, u test sinovidan chetlashtiriladi.
Test sinovini belgilangan muddatdan oldin tugatgan abituriyent savollar kitobi, javoblar varag‘i va titul varag‘ini auditoriya rahbariga topshiradi, abituriyentlar ro‘yxatidagi o‘z familiyasi to‘g‘risiga testni tugatgan vaqtini yozadi va o‘z joyiga borib o‘tiradi. Agar u boshqa abituriyentlarga yordam bersa yoki ularning ishlashiga xalaqit bersa, unga ham test sinovidan chetlashtirish haqida dalolatnoma tuziladi va dalolatnoma javoblar varag‘iga yelimlanadi.
Abituriyentlar auditoriyada test sinovlarini topshirish qoidalari buzilganligi to‘g‘risida auditoriya rahbari va kuzatuvchisiga murojaat qilishlari mumkin.
 Abituriyent tomonidan savollar kitobi varag‘i yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi. Ushbu haqda dalolatnoma tuzilib, javoblar varag‘iga yelimlanadi.
Test sinovidan chetlashtirilganlarning javoblar varag‘i o‘qilmaydi va unga ball berilmaydi.
Abituriyent javoblar varag‘ining tegishli joyini bo‘yash bilan auditoriyadagi test jarayonining borishiga o‘z fikrini bildirishi mumkin.
Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng (soat 12.20, 11.20**), auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman e’lon qiladi. Abituriyentlarning barcha test materiallari: savollar kitobi, javoblar varag‘i va titul varaqlarini auditoriya rahbari va kuzatuvchisi yig‘ib oladi. Bu vaqtda hamma abituriyent o‘z joyida o‘tiradi. Test materiallarini o‘z vaqtida topshirmagan abituriyentlar uchun belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi va uning javoblar varag‘iga yelimlanadi.
Auditoriya rahbari va kuzatuvchisi test materiallarini sanab qutiga joylashtiradi va qutidagi shaklda belgilangan joyga ikki abituriyent ham imzo qo‘yadi.
O‘tkazilgan test sinovlari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat test markazida murojaatlarni ko‘rish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda - Komissiya) tashkil etiladi.
Komissiya tarkibiga Davlat test markazining mas’ul xodimlari va fanlar bo‘yicha ekspertlari kiritiladi. Komissiyaning tarkibi Davlat test markazi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Murojaat etuvchi test javoblari e’lon qilingan kundan boshlab bir oy davomida Komissiyaga yozma ravishda murojaat qilishi mumkin. Uning arizasi ro‘yxatga olingan kundan boshlab 10 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.(harbiy ta’lim muassasalari abituriyentlarining e’tirozlari ham ta’lim muassasa-larining abituriyentlari e’tirozlari bilan bir vaqtda ko‘riladi)
Ariza murojaat etuvchi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish jarayonida murojaat etuvchining ota-onasidan biri shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda qatnashishga haqli. Murojaat etuvchi komissiyaga pasporti va ruxsatnomasi bilan belgilangan kuni kelishi shart.
Arizani ko‘rib chiqish jarayonida murojaat etuvchiga uning javoblar varag‘i ko‘rsatiladi va unga test sinovida yo‘l qo‘ygan notug‘ri javoblari ro‘yxati bilan birgalikda testda tushgan savollar kitobining nusxasi beriladi.
Murojaatni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha bayonnoma tuziladi va Komissiya a’zolari hamda murojaat etuvchi tomonidan imzolanadi.
Komissiya xulosasi bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
Murojaat etuvchi o‘z huquqlarini himoya qilishni so‘rab boshqa davlat idoralariga murojaat qilishga haqli.

 
Oxirgi yangilash ( 22.12.2016 12:54 )  

Fotogaleriya


foto-111-22foto-3foto-4foto-19

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 

logoabitur1

 


  

Rektor virtual qabulxonasi

 


РЕСПУБЛИКА МАЪНАВИЯТ ТАРҒИБОТ МАРКАЗИ

ОДАМ САВДОСИ – ИНСОНИЯТ КУШАНДАСИ

 РЕСПУБЛИКА МАЪНАВИЯТ ТАРҒИБОТ МАРКАЗИ ОДАМ САВДОСИ – ИНСОНИЯТ КУШАНДАСИ  Ўзбекистон Республикаси фуқароси қаерда бўлмасин, ўз фуқаролигини сақлаб қолиш ҳуқуқига эга. Ўзбекистон Республикаси фуқаролари чет элда вақтинча ёки доимий яшаётганлигидан қатъий назар, ўз фуқаролик ҳуқуқий мақомини сақлаб қолади ҳамда Ўзбекистон Республикаси ҳимоясида бўлади. Ушбу қоида 1966 йил 19 декабрдаги «Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисида»ги халқаро фактда акс этган принципларга тўла мос келади. Мазкур пактда шундай дейилган: ...


Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 

Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.

Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.


2016 yil dekabr oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.  


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 482
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 15138324
Hozir 862 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант