Samarqand Davlat Universiteti

ru-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Talabalar uylari

E-mail Печать PDF
Недоступен ни однин перевод.

Bugungi kunda Samarqand davlat universiteti 3 ta talabalar turar joyiga ega.  

1 - son talabalar turar joyi  397 o’rinli bo’lib, Spitamen shohko’chasi 166 – uyda;

2-son talabalar turar joyi  245 o’rinli bo’lib, Otaturk ko’chasi 11-uyda;

3-son talabalar turar joyi 256 o’rinli bo’lib, Otaturk ko’chasi 9-uyda joylashgan.

Shuningdek, «Talabalar mehmonxonasi»ning 4-qavati magistrantlar uchun ajratilgan. 

2010-2011 o’quv yilida talabalar turar joylarida jami 911 nafar talaba istiqomat qilmoqda. Shundan 545 nafari qizlar.

 

Talabalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari hamda ularning mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishlari uchun1-son talabalar turar joyi tarkibida «Ma’naviyat va ma’rifat» xonasi, o’quv zali, dam olish xonasi; 2-son talabalar turar joyida «Ibn Sino salomatlik maskani» ma’rifat markazi, «Yosh posbonlar» tuzilmasi; 3-son talabalar turar joyida «Ma’naviyat va ma’rifat» xonasi, «Klublar markazi», o’quv zali faoliyat ko’rsatmoqda.

Universitet Talabalar turar joylari Davlat ramzlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 1, 2, 4, 5, 6, 8, 13, 15, 49, 52, 89-moddalari mazmun-mohiyatini ifodalagan «Asosiy qonun saboqlari» nomli, «Fuqarolik jamiyati rivojlanishining o’zbek modeli», «Jahon moliyaviy inqirozi», «Dunyoda betakror bu xalq, bu Vatan», «Vatan, el manfaati – muqaddas»  nomli plakatlar, talabalar turar joyi nizomi va boshqa me’yoriy hujjatlari, «Kamolot» YoIH universitet BT, «Ibn Sino salomatlik maskani» faoliyatlariga doir  stendlar, turar joylar koridorlari turli kartinalar bilan jihozlangan.

Turar joylardagi o’quv zallari o’quv, ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlangan. O’quv zallarida topilmagan adabiyotlar kutubxonachi tomonidan talabalar buyurtmasiga binoan universitet Ilmiy axborot resurs markazidan keltirib beriladi.

Shuningdek, o’quv zallari «Fan va turmush», «Hidoyat», «Saodat», «Sharq yulduzi», «Boshlang’ich ta’lim», «Xalq ta’limi», “Huquq va burch” kabi jurnallar, «Xalq so’zi», «O’zbekiston ovozi», «Zarafshon», «XXI asr», «Pravda Vostoka», «Samarkandskiy vestnik», «Turkiston», «O’zbekiston adabiyoti va san’ati», «Xurriyat», «Narodnoye slovo», «Samarqand», «Sog’lom avlod» kabi gazetalar bilan uzluksiz ta’minlanmoqda.

Talabalar turar joylarida yashovchilar uchun zarur maishiy sharoitlar, oshxona, yuvinish, kir yuvish, dazmollash, kir quritish xonalari, dush, hojatxona hamda qizlar gigiyena xonalari tashkil qilingan. 1-son talabalar turar joyida 2 ta, 2-son talabalar turar joyida 2 ta, 3-son talabalar turar joyida 3 ta televizorlar ishlab turibdi.

Talabalar mehmonxonasining 2-qavatida zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan, tarkibida 3 ta izolyator bo’lgan tibbiy punkt faoliyat ko’rsatmoqda. Mavjud 2 ta tibbiy punkt qoshida “Salomatlik maslahat markaz”lari tashkil etilgan.

Talabalar turar joylari hovlisida joylashgan sport majmuasida  «Talaba» sport klubi faoliyat ko’rsatmoqda. Undagi 12 ta sport seksiyasida  (voleybol (o’g’illar, qizlar), basketbol (o’g’illar, qizlar), qo’l to’pi (o’g’illar, qizlar), futbol, stol tennisi, gimnastika, tosh ko’tarish, shaxmat, shashka) talabalar turar joylarida yashovchi talabalar ham bo’sh vaqtlarida sport bilan shug’ullanishmoqda. Talabalar turar joyi hovlisida gimnastika sport maydonchasi barpo etilgan.

Обновлено ( 23.02.2013 17:52 )  

Виртуальная приемная ректора

Баннер

Фотогалерея


1-31-281-131-21foto-16

Электронная почта

1414756350 e-mail2
Баннер

Объявления

logoabitur1 


 Румынский университет “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” сообщает об участии по программе “Erasmus +” для сотрудников и студентов.Срок подачи документов до 5 ноября 2016 года. Заполнение анкеты по сайту:https://erasmusplus.uaic.ro/

За дополнительной информацией обращаться в отдел Международных связей Университета.
Примечание: Все расходы покрываются  

 

Проекты

Баннер
Баннер

СамГУ в блогах fikr.uz

Баннер

Национальный интернет конкурс

Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер

Reyting


Статистика

Пользователи : 7
Статьи : 487
Ссылки : 6
Просмотры материалов : 15569075
Сейчас 502 гостей онлайн

Погода

Онлайн консультант