Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

AL va KHK bo'limi

Tanlov

166

 
2016 BU1

“Diniy ekstremizmning ijtimoiy - siyosiy omillari”

Samarqand Davlat universitetining  Oʻzbekiston tarixi kafedrasi jamoasi tomonidan 2016 yil 5 mart kuni Samarqand Davlat universiteti qoshidagi 1-son akademik litseyida “Diniy ekstremizmning ijtimoiy - siyosiy omillari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirni litseyning ma’naviy-ma’rifiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari M.Abduxalik-zade kirish soʻzi bilan ochdi. Oʻzbekiston tarixi kafedra mudiri R.Xoliqulov kirib kelayotgan 8-mart Xalqaro-xotin qizlar bayrami va Navroʻz ayyomi bilan yigʻilganlarni chin dildan tabrikladi. Mavzu yuzasidan dotsent M.Nasrullayev ma’ruza qildi. Shundan soʻng, kafedra oʻqituvchisi H.Qoʻshboqov oʻquvchilarga universitet tarixi, faoliyati va talabalik davrida erishgan yutuqlari bilan oʻrtoqlashdilar. Tadbirda prezentasiyalar, videoroliklar namoyish etildi. Tadbir oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi hamda ular  oʻzlarining qiziqtirgan savollariga qoniqarli javob oldilar.

Yangilash 12.03.2016 04:12
 

Tadbirlar rejasi

Zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish, yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, tafakkuri va dunyoqarashini boyitish, raqobatbardosh mutaxassislarni tarbiyalash, yosh olimlarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarini amaliyotga tatbiq qilish borasida “XXI asr – intellektual avlod asri” mavzusida universitetning professor-o‘qituvchilari tomonidan Samarqand davlat universiteti qoshidagi akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarda  o‘tkaziladigan 

TADBIRLAR REJASI

Tadbirlar mavzusi

O‘tkazilish muddati va vaqti 

Otkazish va ma’ruza qilish uchun mas’ullar

SamDU qoshidagi 1-son akademik litsey

1.

 “XXI asr – ekologiya asri” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

2 may

 14 00

dos.Jabborov Abdurashid

Ass. Xamzayev Rafiq

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

 2.

Iqtidorli yoshlar - kelajagimiz davomchilari” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

 12 may

 1400

prof.Nasimov Abdullo

dos. Tashpulatov Xurshid

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

 3.

 “Ekoturizmda yoshlarning faolligi” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

19 may

 14 00

dos.Raxmatullayev Arzimurod

Ass. G‘aniyev Shaxob

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

SamDU qoshidagi 2-son akademik lisey

4.

Yoshlar va ekologik madaniyat” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

3 may

 1400

prof.Izzatullayev Zubaydullo

 ass.Otaqulov Bekzod

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

 5.

Ta’lim, fan va ishlab chiqarishda intellektual salohiyatli yoshlarning o‘rni” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

10 may

 1400

kat.o‘q.Murodov Qodir

Ass. Quchqarov Otabek

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

 6.

 “Axborot asrida ta’lim-tarbiyaning o‘rni ” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

17 may

 1400

Dos.Jo‘raqulov Xayrullo

Ass. Xursandov Dunyobek 

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

SamDU qoshidagi 3-son akademik lisey

7.

Inson va tabiat: uyg‘unlikdagi hayot” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

 6 may

 1400

dos.Boboyev Sobirjon

ass. Qudratov Jasur

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

 8.

 “Ilg‘or g‘oya va ishlanmalar-taraqqiyot omili” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

10 may

 14 00

Prof. Muhammadiyev Nurali

Ass. Saidov Xurshid

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

9.

 “Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

20 may

 1400

Dos. Kadirov Murodillo

Ass. Xasanov Jasur

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

Samarqand oziq-ovqat kasb-hunar kolleji

10.

 “Tabiat qonunlari va mo‘jizalari” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

10 may

1400

prof. Rajamurodov Zayniddin

ass.Haydarov Siroj

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

Urgut xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

 11.

 “Kelajakka qadam - yoshlar tarbiyasidan boshlanadi” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

11 may

1400

dos.Radjabov Asatullo

ass. Ashrapov Abbosjon

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

Urgut tuman Qoratepa maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

12.

 “Yoshlar – yurt kelajagi” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

13 may

1400

dos.Ochilov Qo‘yli

ass. Ro‘ziyev Farid

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

Urgut tuman Baxrin maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

13.

 “Ilmning umidbaxsh yo‘llari” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

16 may

 1400

prof.Ismoilov Zafar

ass. Axmedov Akbar

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

Samarqand yengil sanoat kasb-hunar kolleji

14.

 “Yoshlar ta’lim-tarbiyasi – taraqqiyot kafolati” mavzusida ma’ruza.

Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

18 may

 1400

prof.Abduraxmonov Ergashboy

Ass. Mamirzayev Mashrab

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan

Sartepo turizm maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

15.

 “Ta’lim, fan va ishlab-chiqarish o‘zaro innovatsion hamkorlik samaralari” mavzusida ma’ruza. Stipendiatlar va kamolotchilarning chiqishlari.

27 may

 1400

Dos.Abduraximov Mingjigit

Ass. Hayitov Davron

SamDU “Kamolot” YoIH yetakchisi To‘xtayev Husan


Eslatma: 1. Har bir ma’ruzachi Samarqand Davlat universitetining faoliyati, tarixi, yutuqlari, bundan tashqari, oranjeriya, muzeylari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, haqida 20 daqiqalik ma’ruza qilish kerak. Ma’ruza to‘g‘risida prezentasiya,videolavhalar, so‘nggi 3 yil ichida chiqarilgan o‘quv adabiyotlar bilan tanishtirib o‘tish lozim.

2. Tadbir o‘tkazilishidan 3 kun oldin rangli qog‘ozda taklifnoma tayyorlab, rektorga, AL va KHKlari bilan ishlash bo‘limiga va o‘rta maxsus, kasb-hunar boshqarmasi hamda AL, KHKlariga yetkazilishi kerak (universitetning saytiga joylashtirish uchun).

3. O’tkazilgan tadbir tafsilotlari haqidagi bayonnoma (AL yoki KHK direktori tasdig‘i bilan), rasm (15x20 o‘lchamdagi 6 dona) va videolavhalarni shu kunning o‘zida AL va KHKlar bilan ishlash bo‘limiga yetkazilishini ta’minlash kerak (universitetning saytiga joylashtirish uchun). ashtirish uchun).

Yangilash 11.05.2016 09:49
   

3-Akademik litsey

SamDU qoshidagi 3-sonli akademik lisey
Universitet qoshidagi 3-sonli AL OO’MTV, O’MKHT Markazining 2007 yil 24 noyabrdagi 7/1-sonli  hamda viloyat O’MKHT boshqarmasining 2007 yilning 16 martdagi № 51-sonli buyruqlari asosida 2007 yildan faoliyat boshlagan.
Bugungi kunda  akademik liseyda jami 33 nafar oliy ma’lumotli o’qituvchi bo’lib, shundan 23 nafari doimiy shtatda, 10 nafari o’rindosh va soatbay asosida sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. O’qituvchilardan 1 nafari fizika-matematika fanlari nomzodi, 1 nafari Xalq o’qituvchisi, 1 nafari O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Xalq ta’limi hodimi, 2 nafari Xalq ta’limi a’lochisi, 3 nafari katta o’qituvchidir. G’.Fazliyev “El-yurt hurmati” ordeni bilan, kimyo fani o’qituvchisi R.Vohidov “Mustaqillikning 20 yilligi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
ALda aniq fanlar (iqtisodiyot), tabiiy fanlar, xorijiy filologiya, ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi 4  yo’nalishda 449 nafar o’quvchi tahsil olmoqda.
Liseyda barcha umumta’lim va chuqur o’rganiladigan fanlardan 22 ta to’garak tashkil qilingan. Bu to’garaklarda 375 nafar o’quvchi yoshlar qatnashadi.
Ta’lim muassasasi yetarli darajada moddiy texnik bazasiga ega. Barcha o’quv xonalari fanga oid ko’rgazmali plakatlar va o’quv jihozlari bilan yaxshi ta’minlangan. O’quv laboratoriyalari ham kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. o’quvchilar fanlar bilan chuqurroq shug’ullanishlari uchun to’garak xonalari, hamda dam olishlari uchun dam olish xonalari faoliyat ko’rsatadi. O’quvchilar uchun  60 o’rinli axborot resurs markazi,  100 o’rinli oshxona, 100  o’rinli yotoqxona xizmat qilmoqda. Binolar isitish moslamalari bilan jihozlangan.
2012-2013 o’quv yilida ALning 136 nafar bitiruvchidan 121 nafari testda qatnashgan va shundan 26 nafari  oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan. Bu 19,1%ni tashkil etadi. Shundan 5 nafariSamarqand davlat universitetining talabasidir.
ALda tashkil etilgan fan klublari va “Abituriyent shtab”i mashg’ulotlarida universitetning 6 nafar professor-o’qituvchisi ishtirok etmoqda.
ALda universitet kafedralaridan 3 tasining filiali tashkil etilgan.
Akademik liseyda 2013 yil davomida 46 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilgan.
3-son AL o’qituvchilari universitet professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda 9 ta maqola nashr ettirilgan.
Yangilash 05.11.2016 10:00
 

2-Akademik litsey

SamDU qoshidagi 2-sonli akademik lisey
 
Universitet qoshidagi 2-sonli AL 2004 yildan lisey sifatida faoliyat boshlagan. Bugungi kunda akademik liseyda jami 95 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatadi. Ulardan 79 nafari asosiy shtatda, 5 nafari o’rindosh, 11 nafari soatbay o’qituvchilardir. 3 nafari fan nomzodi, 12 nafari bosh o’qituvchi, 16 nafari yetakchi o’qituvchi, 36 nafari katta o’qituvchi, 28 nafari o’qituvchidir. 
Universitetning 9 nafar professor-o’qituvchisi ALda o’rindoshlik asosida ishlamoqda.
2-son ALda aniq fanlar (iqtisodiyot), aniq fanlar (texnika), tabiiy fanlar, xorijiy tillarni o’rganish (ingliz va nemis tillari), ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi 4 yo’nalishda 1278 nafar o’quvchi tahsil olmoqda.
ALda 11800 ga yaqin kitob fondiga ega bo’lgan 80 o’rinli ARM bor. ARMda 200 ortiq ilmiy-ommabop mavzulardagi gazeta va jurnallar mavjud. ARM fondining elektron katalogi yaratilmoqda.
2013 yilda 29 ta o’qituvchi malaka oshirish kursini  o’tagan.
Joriy o’quv yilida akademik liseyda 47 fan, 1 ta ijodiy, 9 ta sport to’garagi faoliyat ko’rsatmoqda.
2013 yilda AL o’quvchilaridan 19 nafari viloyat olimpiadasida ishtirok etgan va 2 nafar o’quvchi g’olib bo’lgan. Ya’ni 2-kurs o’quvchisi Mamatkarimov Umidbek tarix fanidan I o’rinni, 3-kurs o’quvchisi Yuldoshev Olmos matematika fanidan III o’rinni egallagan. Olimpiadaning  Respublika bosqichida O.Yuldoshev ishtirok etgan.
2012-2013 o’quv yilida ALning 136 nafar bitiruvchidan 121 nafari testda qatnashgan va shundan 26 nafari  oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan. Bu 19,1%ni tashkil etadi. Shundan 5 nafariSamarqand davlat universitetiga qabul qilingan.
ALda tashkil etilgan fan klublari va “Abituriyent shtab”i mashg’ulotlarida universitetning 11 nafar professor-o’qituvchilari ishtirok etishmoqda.
ALda universitet kafedralaridan 5 tasining filiali tashkil etilgan.
AL yosh o’qituvchilarining dars berish salohiyatini oshirish maqsadida universitet professor-o’qituvchilari tomonidan ALda 9 marta ochiq darslar tashkil etilgan.
Akademik liseyda 2013 yil davomida 81 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilgan.
2-son Akademik lisey SamDU professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda quyidagi darslik va o’quv qo’llanmalarini yaratilgan: Abduhamidov A.U., Nosirov U.M. va boshqalar  Algebra va matematik analiz asoslari. 1-qism, 2-qism. – Toshkent: “O’qituvchi”, 2012; Bodirov A.J., Xolmatov N.Q., Sultonov E.M. Tarix fanidan yangi darsliklar asosida mavzulashtirilgan testlar to’plami. Samarqand: SamDUnashri, 2011; Bodirov A.J., Xazratov A. Jahon tarixidan  yangi darsliklar asosida mavzulashtirilgan testlar to’plami. – Samarqand, 2012; Bodirov A.J., Rajabov Q.K. O’zbekiston tarixi (1917-2012 yillar). Akademik lisey va KHK o’quvchilari uchun   mavzulashtirilgan testlar to’plami. – Samarqand, 2012 va boshqalar.
2-son AL o’qituvchilari universitet professor-o’qituvchilari bilan  hamkorlikda 46 ilmiy maqola nashr etilgan.
Yangilash 05.11.2016 09:55
   

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-101-31foto-18foto-151-30

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-Iyun. Kushshayeva Matlyuba, Xamrakulova Iroda Shaxobovna, Boboqulov G‘olib Doniyorovich, Kushatov Toshkul Shamsiyevich, Pirnazarov Sherzod Shermamatovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Samarqand Davlat universiteti “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etadi. Tadbir 2017 yil 10-12 iyun kunlari 900 da Samarqand Davlat universitetining katta majlislar zalida ochiladi. Manzil: Samarqand shahar, universitet xiyoboni, 15-uy, Tel: (0366) 233-60-85.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 554
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 19682992
Hozir 1691 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант