Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Kafedra mudiri

Xolmatov Normuhammad Urozovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +99866-239-18-26
  • Elektron pochta: tar-fak@samdu.uz

  • 1959 yilda Samarqand viloyati Nurota tumanida tug'ilgan;
  • 1976 -1978 yillar Qo‘shrabot tumani E. Jumanbulbul jamoa xo‘jaligi ishchisi;
  • 1978 -1983 yillar Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti talabasi;
  • 1983 -1987 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi katta lobaranti;
  • 1987-1988 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi stajyor tadqiqotchisi;
  • 1988 -1991 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi aspiranti;
  • 1991 -1993 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi assistenti;
  • 1993 -1995 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi assistenti;
  • 1995 -2000 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi dotsenti;
  • 2000 -2005 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi dotsenti;
  • 2005 -2011 yillar Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti dekan o‘rinbosari;
  • 2011 - 2011 yillar Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri;
  • 2011 -2013 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi dotsenti;
  • 2013 -2016 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi dotsenti;
  • 2016 -2017 yillar Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti dekani;
  • 2018 - yildan Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi mudiri.

Kafedra 1971-yil dekabrda O’zbeksiton Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 448-farmoni  bilan Afrosiyob shaharchasini tarixiy-arxeologik jihatdan o’rganuvchi muammoviy labaratoriya asosida tashkil qilingan. Hozirda kafedrada 18 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shulardan 1 nafari fan doktori, professor M.D. Djuraqulov, 1 nafari tarix fanlari nomzodi, professor N.Avanesova, dosentlar, N.Xolmatov, B.Sayfullayev,  J.Mirzaahmedov, D.Djurakulovalar va B. PhD Abriyev R.B, PhD- Ergashev O.T, o’qituvchilar . Sharipov S.I., Berdiyev R.B, Qurbonboyev,  U.Umarov, A.Aslanov, A.Sandiboyev, A.Umarov,  Nazarov A.A, Kasparov A.R, Berdiqulov M.T. kafedrada mehnat qiladi hamda o’zlarinig ilmiy-pedagogik kasbiy malakalarini O’zFA qoshidagi Arxeologiya instuti va O’zMU etnografiya kafedrasi kabi markazlarda oshirishadi. Ular tarix va arxeologiya yunalishi bakalavr hamda magistrlarga arxeologiya, ibtidoiy jamiyat tarixi, qadimgi dunyo tarixi, etnologiya, tarixiy Geografiya, arxeologik dala tadqiqot usullari  singari bir qator fanlardan ta`lim berishadi.

Kafedra 1944-yildan boshlab Respublikamiz hududida arxeolgik, etnografik tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy markazlardan hisoblanadi. Kafedra dala kuzatuv tadqiqotlar, yodgorliklarni qazib o’rganish,  etnografik hamda qadimgi tarixga doir yozma manbalarni to’plash va tadqiq qilish ishlarini bajaradi. Kafedra ,, ikki daryo oralig’i havzasi ilk sivilizatsiyasi va uning  bosqichlari ‘‘ mavzusi ustida tadqiqot ishlari olib boradi, xalqoro va boshqa ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etadi. Kafedra bir necha yillar davomida MDH mamlakatlarining yetakchi ilmiy markazlari bilan aloqa o’rnatib keladi. Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev, Markaziy Osiyo  respublikalari oliy o’quv yurtlari FA, O’zFA, Arxeologiya va Tarix institutlari kabilar bilan ilmiy hamkorlikda bo’lib keladi, anjumanlarda qatnashadi, fikr almashish va ilmiy maslahatlar amalga oshiriladi.

Kafedra Arxeologiya, qadimgi dunyo va etnografiya masalalariga doir davriiy to’plam nash qilindi. Professor-o’qituvchilar tomonidan 300 bosma toboqdan ortiq monografiya, darslik o’quv va uslubiy qo’llanmalar, o’quv-uslubiy hamda elektron darsliklar tayorlangan.

Kafedra qoshida  Arxeologiya muzey-laboratoriyasi faoliyat ko’rsatadi. Ushbu muzey-laboratoriya 1963-yil D.N.Lev tomonidan tarix fakultetining arxeologiya kafedrasi ba`zasida tashkil etilgan. Muzey-laboratoriya fondida muste davridan (yer.avv 90-70ming yillik) milodiy XIII asrgacha bo’lgan faqatgina o’lka to’g’risida emas, balki butun O’rta Osiy bo’yicha tarixiy, ilmiy va badiiy ahamiyatga ega 40 mingdan ziyod qimmatli topilmalar saqlanadi. Muzey-laboratoriyasining barcha topilmalari har yilgi birinchi bosqich talabalarning dala amaliyotida to’plangan.

Kafedraning ilmiy mavzusi: «O’zbekiston xududidagi ilk sivilizasiyalar: moddiy va ma’naviy madaniyat»

Kafedraning bakalavriat ta’lim yo’nalishi: 5120400 “Arxeologiya” 104 nafar talaba tahsil oladi.

Kafedraning magistratura mutaxassisligi: 5A120401 “Arxeologiya” 12 nafar magistr tahsil olmoqda.

Kafedrada o’tiladigan fanlar: kafedra tarix va arxeologiya ta’lim yo’nalishi talabalariga dars o’tadi.

Bakalavriat: Arxeologiya va etnologiya asoslari, ibtidoiy jamiyat tarixi, qadimgi dunyo tarixi, tarixiy o’lkashunoslik, tarixiy gayeografiya,  jaxon sivilizasiyasi, O’rta Osiyo arxeologiyasi, Yevropa arxeologiyasi, Jaxon arxeologiyasi, Jaxon xalqlari etnologiyasi, to’rtlamchi geologiya, arxeologik dala tadqiqot usullari, O’rta Osiyo mezoliti va neoliti, O’rta Osiyo yeneoloti va bronzasi, O’rta Osiyo antik davr arxeologiyasi, O’rta Osiyo o’rta asrlar arxeologiyasi, tarixiiy davlatchilik va shaxarsozlik, tog’-kon metallurgiyasi, Arxeologiyada GIS, arxeologiyada zamonoviy axborot texnologiyalari kabi fanlardan bakalavriat talablarga dars o’tiladi.

Magistratura: Paleoekologiya va sivilizasiya dinamikasi, Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari, O’rta Osiyo shaharlar tarixiy topografiyasi, O’rta Osiyo kulolchiligi, Markaziy Osiyo tog’-kon metallurgiyasi va tog’ qoyatosh rasmlari, Samarqand madaniyat tarixining ko’hna ildizlari, Sharq san’ati,  Tarixiy arxeologik tadqiqot usullari kabi fanlardan taxsil olmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari:

Djurakulov M.D. tarix fanlari doktori, professor, tarix fanlari nomzodi, professor, Avanesova N.A, tarix fanlari nomzodi, dosent, Xolmatov N.O’, tarix fanlari nomzodi, dosent, Djurakulova D.M,  tarix fanlari nomzodi, dosent, Mirzaaxmedov J.K, tarix fanlari nomzodi, dosent, Sayfullayev B. PhD Abriyev R.B, PhD- Ergashev O.T, o’qituvchilar-Sharipov S.I., Berdiyev R.B.Qurbonboyev I.M, Umarov U.A, Aslanov A.P,  Sandiboyev A.N, Umarov A.Sh, Nazarov A.A, Kasparov A.R, Berdiqulov M.T. kafedra tarkibida ish olib bormoqdalar.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: «Arxeologiya, qadimgi dunyo tarixi va etnologiya masalalari»,«Zarafshon vodiysi arxeologiyasi masalalari”  nomli ilmiy to’plamlar har yili nashrdan chiqarilmoqda. Bundan tashqari kafedrada 20 dan ziyod monografiya 40 dan ziyod uslubiy qo’llanma va 2000 minga yaqin ilmiy, ilmiy ammobob maqolalar nashr etilgan.

Kafedraning umumiy ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: Kafedra a’zolari yilida «O’zbekiston xududidagi ilk sivilizasiyalar: moddiy va ma’naviy madaniyat» mavzusi ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. Har bir ilmiy xodim umumiy mavzuning muayyan bandi ustida tadqiqotlar olib bordilar. Tadqiqot natijalari OTMning mahalliy, mintaqaviy, respublika hamda xorijiy ilmiy markazlari to’plamlarida, jurnallarida nashr qilingan. Har bir professor-o’qituvchi ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishganlar. Ilmiy tadqiqot natijalari o’quv-uslubiy qo’llanmalar, o’quv qo’llanmalarining yangi avlodini tayyorlashda, shuningdek, fanlar bo’yicha o’quv majmualari mazmunini boyitishda qo’llanilib kelinmoqda. Undan tashqari xar bir professor-o’qituvchi ilmiy ish ustida izlanmoqdalar.

 

1

prof. Djurakulov M.D

Zarafshon vohasi tosh asri arxeologiyasi

2

dos. Xolmatov N.O’.

Sazog’an madaniyati va uning O’zbekiston neolit davrida tutgan o’rni

3

dos.Djurakulova D.M

O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i qadimgi sivilizasiyasi tarixi

4

Dos.Avanesova N.A

Markaziy Osiyo hududida hind-oriylar muammosi

5

dos.Mirzaaxmedov J.K

IX-XIX asrlarda Movorounnaxr yirik shaxarlar markazlari  sirli sopollarining  O’zbekiston ijtimoiy iqtisordiyotini o’rganishda manba ekanligi

6

t.f.n.Sayfullayev B.K.

O’zbekistonda so’nggi paleolit davri (texnik-tipologik tadqiqot)

7

katt.o’qit. Ergashev O.T

Zarafshon vohasi tosh davri ustaxonalari (texnik, tipologik tadqiqotlar)

8

katt.o’qit. Abriyev R.B

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda tarixiy me’moriy obidalarni ta’mirlash va qayta tiklash tarixi  (Zarafshon vohasi misolida)

9

ass.Qurbonboyev I.M

O’zbekiston paleolit davri toshga ishlov berish ustaxonalari

10

ass.Saidov M.M.

Markaziy so’g’d shaxar turar joylari qurilish madaniyati

11

ass.Umarov U.A

O’rta Osiyoda tosh davri zeb-ziynatlarining jamoalar ma’naviy xayotida tutgan o’rni

12

ass.Aslanov A.P.

Markaziy So’g’d o’rta asr shaxarlarining tarixiy topografiyasi

13

ass.Sandiboyev A.N.

Ilk o’rta asrlarda Maymurg’ning moddiy madaniyati

14

ass.Umarov A.Sh.

1991-2016 yillarda Samarqand yoshlarining madaniyati (etnologik taxlil)

15

ass.Nazarov A.A

Shimoliy Baqtriyaning bronza davri moddiy madaniyati

16

Ass.Berdiyev R.B.

Naymanlar va ularning o’zbek davlatchiligi tarixida tutgan o’rni

17

Sharipov S.I.

 O’rta asrlarda Samarqand shaxrining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti

18

acc. Berdiqulov M.T.

Janubiy O’zbekiston neolit davri jamoalari madaniyati

19

Ass.Kasparov A.R

Buston yodgorligining o’rganilishi tarixi va muammolari

Aloqalar va uslubiy xamkorliklar:  Kafedrada chet el bilan ilmiy aloqalar urnatilgan, jumladan. Italiyaning Baloniya  universiteti professori Maurisio Tozi kafedra bilan Zarafshon vodiysi muammolarini urganish buyicha memorandum tuzilgan. Bundan tashqari, Fransiya Milliy tadqiqotlar instituti Markaziy Osiyoni urganish buyicha bulim boshlig’i, fransuz-o’zbek arxeologik ekspedisiyasi boshligi X.Bedezu-Sarmyento bilan xalqaro shartnoma tuzilgan. Rossiya Federasiyasi madaniyat vazirligiga qarashli «Sharq xalqlari san’ati Davlat muzeyi» xamda kafedra professori. N.A. Avanesova tomonidan imzolangan xalqaro ilmiy hamkorlik grant-shartnomasi (2013-2015 yillarga mo’ljallangan) amalga oshirilgan. Past-Darg’om tumanidagi oxirgi 20 yil davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasi buyicha to’plam chiqarish ko’zda tutilgan. Ass.Aslanov Abduvali 2017 yil dekabrida XXR ning Siyan viloyati Shimoliy-g’arbiy universitetida bo’lib o’tgan “Butun Xitoy arxeologlari quriltoyi” xalqaro konferensiyada o’z ma’ruzalari bilan qatnashdi. Samarqand davlat universiteti va Italiyaning Bolonya universiteti arxeologiya departamenti bilan 2014-2019 yillarga mo’ljallangan arxeologik tadqiqotlar borasida o’zaro shartnoma imzolangan (21.05.2014); Samarqand davlat universiteti va Rossiyaning Samara davlat madaniyat Instituti universiteti arxeologiya departamenti bilan 2014-2019 yillarga mo’ljallangan ilmiy,ta’lim va madaniy hamkorlik borasida o’zaro shartnoma imzolangan (26.04.2016); Samarqand davlat universiteti va Xitoyning Shimoliy-G’arbiy Universitet (Sian) bilan hamkorlik memarandum  2014 yil aprel’, 2018-2021 yillarga mo’ljallangan Germaniya arxeologiya Instituti va SamDU arxeologiya kafedrasi o’rtasida ilmiy hamkorlik grant shartnomasi tuzilgan. O’zbekiston-Germaniya xalqaro arxeologik ekspedisiyasi 2018 yil aprel,may oylarida Qo’shrabot tumanida ibtidoiy davr  arxeologik yodgorliklar ustida tadqiqot ishlarini amalga oshirishdi.

O’quv-ilmiy komplekslar tashkil etildi. Xususan, Samarqand davlat universiteti O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti bilan hamkorlikda tuzgan Xalqaro va davlat grantlarida professor- o’qituvchilar, magistrlar, iqtidorli talabalarning ishtirokini ta’minlash;  Xalqaro arxeologik ekspedisiyalar tadqiqotlarida professor- o’qituvchilar, magistrlar, iqtidorli talabalarning ishtirokini ta’minlash; Tarix bakalavr yo’nalishi talabalari (1- kurs), Arxeologiya bakalavr yo’nalishi talabalari (1,2,3-kurs) dala arxeologik amaliyotlari, “Arxeologiya” magistratura mutaxassisligi  magistrlari ilmiy tadqiqot ishlarini O’zR FA arxeologiya  instituti qoshidagi xalqaro va respublika arxeologik ekspedisiyalari, SamDU arxeologik ekspedisiyalari arxeologik yodgorliklari obyekti bazasida o’tkazish, zamonaviy arxeologik tadqiqot uslublari bilan tanishtirish kabi maqsadlarni amalga oshirish rejalari nazarda tutilgan.

O’zR FA arxeologiya institutining  ilmiy tadqiqot ishlarida, xalqaro arxeologik ekspedisiya (O’zbekiston-Fransiya,O’zbekiston-Italiya,O’zbekiston-Rossiya) tadqiqotlarida faol qatnashmoqda. Masalan, N.U.Xolmatov, I.M.Qurbonboyevlar O’zbekiston-Fransiya xalqaro arxeologik ekspedisiya tarkibida Qizilqumdagi Oyoqag’itma neolit yodgorligi tadqiqotida, O.Ergashov O’zbekiston-Rossiya xalqaro arxeologik ekspedisiyasining Toshkent vohasida tosh davri yodgorliklari tadqiqotida, A. Aslanov O’zbekiston-Italiya xalqaro arxeologik ekspedisiyasining Kofirqala yodgorligidagi qazuv ishlarida, A.Sandiboyev, I.M.Qurbonboyev  O’zR FA  Arxeologiya instituti xodimlari bilan hamkorlikda Qashqadaryo  viloyati tumanlari arxeologiya yodgorliklari umumiy jamlamasini tuzish iщlarida ishtirok etishib, hamkorlik doirasida bajarilayotgan ilmiy ishlar namunasi hisoblanadi.

Kafedra assistenti A.P.Aslanov  2015 yil yanvar oyidan boshlab, UzFA Arxeologiya institutidagi «Sug’d va Usturshonaning antik  va o’rta asrlar davri urbanizasiya jarayoning roli» (F1-FA-O-83775) grant loyixasining bajarilishida ishtirok etadi. Shuningdek ass. I.M. Qurbonboyev UzFA Arxeologiya institutidagi « Qashqadaryo voxasi sug’orish inshoatlari tarixi» (A1-FA-O-17607) deb nomlangan grant loyixasining ishtirokchisi sifati qatnashib kelishmoqda.

Samarqand tumanidagi Kofirqal’a yodgorligida O’zbek-Yaponiya  arxeologlari tomonidan 2001 yildan buyon   arxeologik-qazishma ishlarini amalga oshirib kelinmoqda

TASHKILIY USLUBIY ISHLAR:

Kafedrada “Yosh arxeolog” to’garagi faoliyat olib bormoqda.   Kafeda a’zolari  ikki yo’nalishga dars soatlarini o’tib keladi.

Kafedra yo’nalishi bo’yicha taxsil olayotgan talabalar soni o’quv yilida 103 tani tashkil qiladi. Jumladan  2017-2018 o’quv yilida bitiruvchi  talabalar 26 tani tashkil etib, shulardan 8 tasi iqtidorli talabalar qatoriga  kiridi. Xisobot  yilida kafedra iqtidorli talabalar soni 18 tani tashkil qiladi. Talabalarning barchasiga ilmiy raxbarlar va mavzulari ega. Kafedraning xar yilda nashrdan chiqadigan “Zarafshon vodiysi arxeologiyasi masalalari” nomli  to’plamda va iqtidorli talabalar va magistrlarning an’anaviy konferensiya materiallarida o’z ma’ruzalari bilan qatnashib keladi. Bu ma’ruzalar ilmiy maqola tarzida  nashrdan chiqadi. Xisobot yilida iqtidorli talabalar tomonidan nashr etilgan maqolalar soni 26 tani tashkil etadi.  maqola chop etilgan.

O’zbekiston respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risidagi” qonunida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan xolda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi  “O’zbekiston iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag’batlantirish to’g’risida”gi 226-sonli qarorini amalga oshirish maqsadida 5 ta talabani nomdor va prezident stependiyasi talabgorlari sifati ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Kafedra 2015 yil  Urgut tumani “Axadbobo” fermer xo’jaligi bilan 450 ming so’mlik xo’jalik shartnomasi imzolanib, universitet xisob raqamiga kelib tushdi. SamDU qoshidagi 1-son akdemik liseyda bo’lib o’tgan «Innovasion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar» yarmarkasidagi ishtirok etdi. Bu yarmarkada Samarqand shaxar iqtisod va servis instituti qoshidagi 2-son akademik lisey bilan shartnoma imzolandi. Shartnoma 500 ming so’mni tashkil qilib, undan ko’zlangan maqsad sifatida “Tarixiy atamalar lug’ati” deb nomlangan risolani taqdim etish. Kafedra o’qituvchilari tomonidan ushbu risolaning qoralama shakli nixoyasiga yetkazildi.

MA’NAVIYA-MA’RIFIY ISHLAR: Kafedrada «“Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston”, “Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim shiori ostida bosh g’oya mazmun-mohiyatini tushintirish”. “«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi » bo’yicha kafedra reja ishlab chiqilgan.

  • «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi  munosabati bilan kafedra a’zolari har xaftada bir marta bir kurs talabalari bilan “Diniy vaziyatni sog’lomlashtirish” mavzusida davra suhbatlari, tadbirlar o’tkazib bordi Bundan tashqari “diniy ekstrimizm terrorizm insoniyat dushmani”, “Giyoxvanlik asr vabosi”, “Spidsiz dunyo sari ”, “Ogohlik va xushyorlik davr talabi”, “Konstitusiya baxtimiz qomusi”, “Vatan sarhadlari ishonchli qo’llarda”, “Ayol borki olam munavvar”, “Navro’z yangilanish bayrami” kabi tadbirlarda kafedra a’zolari faol ishtirok etishdi.
  • Kafedra a’zolaridan Umarov A.Sh (205-gurux raxbari), , A. Aslanov (304-gurux raxbari ), U. Umarov (406-gurux rahbari) o’quv yili davomida har bir guruh talabalari bilan xar yili yanvar va mart oylarida  ota-onalar yig’ilishini o’tkazib turadi.
  • Talabalarni bo’sh vaqtida ommaviy-madaniy tadbirlar, to’garaklarga jalb etish maqsadida. 18 may kuni «Xalqaro muzeylar kuni» munosabati bilan fakultet talabalari, dekan o’rinbosari . ass.Qurbonboyev I.M, guruh murabbiylari Umarov A.Sh (205-gurux raxbari), A. Aslanov (304-gurux raxbari ), U. Umarov (406-gurux rahbari) Samarqand shahrida joylashgan Bibixonim jomye masjidiga, Registon maydoni, Go’r Amir maqbarasiga, viloyat o’lkashunoslik muzeyiga, Xazrati Xizr masjidi, Shoxizinda maqbarasiga sayyohat uyushtirishdi. Shuningdek, ,,Konstitusiyamiz baxtimiz poydevori’’, “Siz Samarqandni bilasizmi”  mavzularida insholar tanlovi o’tkazildi. 10 fevralda A.Navoiy  va Z.M.Bobur tavallud kunlariga bag’ishlangan ,,Tafakkur sinovlari’’ tanlovi o’tkazildi. Unda kafedra o’qituvchilari Umarov U va Aslanov A raxbarlik qilayotgan gurux talabalari ishtirok etishdi.
  • Kafedra o’qituvchisi Aslanov Abduvali “68-Spartakiada” musobaqolarida fakultet jamoasiga raxbarlik qilib, fakultet talabalari umumjamoa xisobida faxrli 1-o’rinni egalladi. Bunda kafedra talabalari xam faol ishtirok etishdi. Bu musobqalarda kafedra o’qituvchilari xam ishtirok etib, faxrli 2- o’rinni egashga o’z xissalarini qo’shishdi.
  • O’quv yili davomida  AL va KHK bilan  hamkorlikda  ma’naviy- ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni  olib borildi.  Xususan, Oqdaryo agrosanoat va servis kasb-xunar kolleji bilan   «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning asarlari», «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili», «Faol tadbirkorlik innovasion goyalar va texnlogiyalarni kullab kuvvatlash yili» Davlat dasturlariga bag’ishlangan  davra suhbatlarida ma’ruzalar o’tkaziladi.  SamDU arxeologlari  tadqiqotlari  borasida  ma’ruza  qildik. O’quv, ilmiy, madaniy,  ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarida  yilning har  oylarida  ishtirok etishib kelishmoqda.
  • Arxeologiya kafedrasi jamoasi o’quv  yili mobaynida KHK va AL ta’lim dargohlari uchun ilmiy va o’quv-uslubiy ishlar bilan yordam ko’rsatib kelmoqda. Ushbu o’quv dargohlariga Oqdaryo agrosanoat va servis kasb-hunar kolleji, Taylok mayishiy xizmat kollejlari kiradi.
  • Kolleji va liseylarda Abuturent shtablar tashkil etilgan, kafedra filiallari faoliyat kursatmokda.
  • «Ustoz-shogird» tizimida kasb-xunar kollejlarida ishlaydigan, faol , bilimli, yosh ukituvchilarga kafedra tomonidan raxbarlar tayinlandi. Kollejda «Yosh pedagog», Ziyo» tugaraklari faoliyat olib bormokda.