Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Kafedra mudiri

Kodirov Mumin Kodirovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998943498595
  • Elektron pochta: patent@samdu.uz

1977-1979 yillar Samarqand shahar 78-maktab o‘qituvchisi;
1979-1981 yillar Samarqand davlat pedagogika instituti fizika fakulteti muhandisi;
1981-1991 yillar Samarqand davlat pedagogika instituti fizika fakulteti muhandisi, Rossiya Fanlar akademiyasi fizika instituti laboranti, muxandisi va kichik ilmiy xodimi;
1991-1998 yillar Samarqand davlat universiteti ilmiy-tadqiqot majmuasi boshlig‘i;
1998-2002 yillar Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor o‘rinbosari;
2002-2003 yillar Samarqand davlat universiteti doktoranti;
2003-2005 yillar Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekani;
2005-2015 yillar Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori;
2016-yildan Samarqand davlфt universiteti astronomiya kafedrasi mudiri.

Astronomiya (Kosmik nurlar va astrofizika)   kafedrasi 1988 yilda tashkil etilgan. Kafedra olimlarining o‘quv-ilmiy faoliyati, astronomiya fani va ta’limini targ‘ib qilishdagi ishlari buyuk bobokalonimiz  Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosini hozirgi avlodga yetkazish va jahonga yoyishga xizmat qilmoqda.

Ko‘p yillar davomida kafedrada professor Sharof Mavlonovich Mavlonov, professor Fayzullo Sayfiyevich G‘aniyev, dosentlar A.A.Yusupov, I.J.Jabborov, M.Hamraqulov, D.Hotamov, S.E.Eshonov, R.Q.Turniyazov, T.Alimov, S.Qurbaniyazov, O.Davronov, G.Narzullayev,  R.M.Eshbo‘riyev, N.Toshpo‘latov, N.Sirajev kabi ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyati yuqori bo’lgan professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib keldilar.

2007-2008 o‘quv yilida Kosmos fizikasi va astrofizika kafedrasi bazasida “Astronomiya” ta’lim yo‘nalishi ochildi va bugungi kungacha 200 dan ortiq  astronom-mutaxassislar tayyorlandi.

2016 yil noyabr oyidan boshlab kafedraga fizika-matematika fanlari doktori Qodirov Mo‘min Qodirovich rahbarlik qilib kelmoqda.   Bugungi kunda kafedrada ilmiy, o‘quv-uslubiy va ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda professorlar B.M.Mahmudov, M.Q.Qodirov,  dosentlar R.Q.Turniyazov, T.Alimov, A.A.Yusupov, S.X.Qurbaniyazov, U.Z.Zaxidov, A.Q.Ajabov va assistentlar Sh.Egamberdiyev, J.To‘rayev, S.Qo‘chqorovlar faol qatnashmoqdalar.  Shuningdek, kafedrada   bir qator o‘quv- texnik xodimlar o‘quv jaryonini tashkil qilishda xizmat ko‘rsatmoqdalar.

O‘zFA Astronomiya instituti direktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi, akademik   Sh.Egamberdiyevning tashabbusi bilan Samarqand Davlat universitetida diametri 48 santimetrli optik teleskopning o‘rnatilishi, astronomik kuzatishlar olib borish imkoniyatini yanada oshirdi. Ushbu teleskopda 2006 yildan buyon   muntazam ravishda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda va olingan ilmiy natijalar qator xalqaro ilmiy anjumanlarda muhokama qilinib, shu soha mutaxasisslari tomonidan yuqori baholangan.

Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari O‘zFA Astronomiya instituti Xalqaro respublika va chet el ilmiy markazlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.  Kafedradagi eng dolzarb muammolardan biri-bu yosh o‘qituvchilarni fanning yangi sohalari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga yo‘naltirish,  ilmiy daraja va unvonlar olishlariga erishishdan iborat.   Kafedraning 2 nafar xodimi (Z.Mirtoshev, M.Mirkomilov) tayanch doktoranturada tahsil olmoqdalar.